Muallif Mavzu: Horijda o'qish  ( 55879 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Horijda o'qish
« : 15 Iyun 2006, 21:20:44 »
Assalomu alaykum!

ushbu bo`lim orqali horidagi o`qish istagida bo`lgan toliblarga yordam berasizlar degan umiddamiz.

Aynan shu bo`lim orqali chetda o`qish uchun applicationlar reklama qilinsa yaxshi bo`lardi.

Chet-eldagilar u yerdagi sharoitlar haqida hikoya qilib berishsa, maslahatlar berishsa deyman.

Nima dedingiz?

Mavzu arxivi
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #1 : 03 Iyul 2006, 05:38:56 »
AQSh XORIJ TALABALARINI JALB ETMAY QO‘YDI

09.02.2005.
O‘tgan o‘quv yilida AQSh oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 2,4 foizga qisqardi, deya xabar qiladi Financial Times gazetasi. Bu dalilni xorijda tahsil olish va malaka oshirish ishlarini nazorat qiluvchi eng yirik xalqaro agentliklardan biri, Xalqaro ta’lim instituti tadqiqotchilari keltirgan.

AQShda tahsil olishga qiziqish o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgan edi. Endi esa, bu hol manfiy tomonga o‘zgarmoqda. Buning asosiy sabablari xorijlik talabalarga amaldagi prezident Jorj Bushning tashqi siyosati yoqmasligi, 11 sentyabr voqealaridan keyin mamlakatda qattiq tartib vujudga kelib, erkin harakatlanishning cheklanganligi va yana shunga o‘xshash bir qator noqulayliklardir.

Endilikda talabalar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya kabi ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatlarda tahsil olishni afzal ko‘rmoqdalar. Ta’lim bozorida liderlikni qo‘ldan chiqarish xavfi AQSh davlat departamentini xorijlik talabalarni qaytarishga mo‘ljallangan “jalb qilish kampaniyasi”ni tashkillashtirishga undadi. Bu tashviqot xorijlik talabalarga viza va samolyot chiptasi kabi yengilliklarni va’da qiladi.

Shuningdek, departament davlat imidjini ham unutmadi. Bu masala bilan davlat arboblari bilan bir qatorda, kampaniya reklamasiga ko‘maklashuvchi universitet va kollej xodimlari ham qayg‘uradilar.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #2 : 03 Iyul 2006, 05:39:16 »
YAPONLAR QIYNALIB QOLISHDI

09.02.2005.
Yapon oliygohlarining deyarli 25 foiz talabalari o‘z ona tillarini 15 yoshli maktab o‘quvchisi darajasida o‘zlashtirmoqda. Multimedia ta’lim instituti talabalar orasida aynan shu masalaga bag‘ishlangan loyihaviy sinov o‘tkazdi. Loyihada 33 ta universitet va kollejning 13 mingdan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Ko‘p sonli test savollari o‘rtacha murakkablikda edi. Ammo, natija kutilganidan ham past ko‘rsatkichda.

Har uch talabadan ikkitasi “g‘amgin” ma’nosini beruvchi ieroglifni “quvnoq” deb qabul qilgan. Ajablanarlisi, yapon tilini o‘rganayotgan xorijlik talabalar til sohiblaridan ko‘ra zehnliroq ekanlar. Olimlar loyiha natijasi haqida fikr bildirishdan o‘zlarini tiydilar. Har holda bu shunday ham ravshan. So‘nggi o‘n yil ichida Yaponiyada ona tili va yozuvini o‘zlashtirish ingliz tiliga nisbatan pasaydi. Uning asosiy sababi sifatida dunyodagi eng murakkab yapon yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.

Yapon ierogliflari tuzilmasi taxminan 15 mingdan ortiq belgidan iborat va Xitoy yozuvlari asosida paydo bo‘lgan. Yapon alifbosi esa, har biri 47 harfdan iborat ikki Xiragana va Katakana qismlaridan tashkil topgan. Ammo, grafik harflar bilan ierogliflarni almashtirib bo‘lmaydi. Axir, har bir belgi o‘nlab ma’no kasb etishi mumkin.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #3 : 03 Iyul 2006, 05:40:06 »
Otabek:

Koreya oliygohi bilan tahsil olayotgan Universitetingiz o'zaro shartnoma tuzgan bo'lsa, muammo yo'q. Bizning O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti va Chung-Ang universiteti o'rtasida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga muvofiq, Xalqaro Talaba Almashuv dasturi amalga oshiriladi. Bunda ma'lum miqdordagi o'zbek talaba Koreaga, shuncha miqdordagi koreys talaba O'zbekistonga o'qishga yo'l oladi. Dasturga ko'ra, talaba o'qishi tekin, yotoqxona va 3 mahal ovqati tekin bo'ladi. Lekin samalyot biletini o'zi olishiga to'g'ri keladi. Agar o'zbek talaba Chung-Ang Universitetida kontraktni o'z yonidan to'lab o'qimoqchi bo'lsa, koreyslar buni sal yengillashtirishi mumkin. Ya'ni, talaba kontraktning 70% foizinigina to'laydi. Yotoqxona va ovqatlanish talabaning o'z cho'ntagidan bo'ladi.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #4 : 03 Iyul 2006, 05:41:07 »
Bonu:

Assalomu alaykum! Otabek aka, mana siz shu chet eldasiz, hozirgi o'qish sistemasi bilan bizada Uzb. dagini solishtiradigan bolsak, qaysi davlatdaligingizda ichingizdan, dildan ham qiynalib ham mazza qilib oqigansiz? Masalan, mani USA dagi dostlarim etishadi: "mani Toshkentdagi dars qilishim hozirgi kitob titkilashimni 7 dan biri bolsa kerak". Angliyadagilar etishadi: "Man oldin UMUMAN dars qilmas ekanman, oqish degani mana bunaqa ekande!"
Siz nima deysiz?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #5 : 03 Iyul 2006, 05:41:32 »
Otabek;

Assalomu alaykum, Bonu.
Darhaqiqat, til o'rganish borasida Toshkentda yaxshi o'qimaganligim ko'rinib qolayapti. Buni eng avvalo, Koreyada "koreys tili" darsining chuqur o'rgatilishi bilan izohlash mumkin. Harqalay, Toshkentda hali koreys tilini o'rganuvchilar uchun darsliklar ko'p emas. Shunday bo'lsa ham koreys tilini iloji boricha zo'r o'tishga harakat qilgan ustozlarimdan minnatdorman.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #6 : 03 Iyul 2006, 05:42:10 »
Noza:

Salom Otabek! Korea bilim yurtlarida forma masalasi qanday?
Kinolarda ko'rganmiz maktablarda hamma bir hil formada yuradi, hoh u boyni bolasi bo'lsin hoh oddiy oilanong bolasi.
Lekin oliy o'quv yurtlarida qanday forma masalasi?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #7 : 03 Iyul 2006, 05:42:39 »
Otabek:

Assalomu alaykum, Dilnozaxon!
Koreyadagi maktablarda forma kiyish ommaviy sanaladi. Xatto, yakshanba kunlari ham ko'chaga aylangani chiqqan o'quvchi formada chiqadi.
Oliy o'quv yurtlarida forma kiyish shart emas. Men kuzatganlarim talabalarning deyarli hammasi yengil sport kiyimlari kiyishadi...

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #8 : 03 Iyul 2006, 05:43:12 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Hozirgi kunda barcha yoshlarning orzusi chetga chiqib shu yewrda ta'lim olishdir.
Horijdagi vatandoshlar!
Sizlarning bundan yoshlarga maslahatlaringiz qanday?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #9 : 03 Iyul 2006, 05:44:07 »
Behzodbek:

Assalomu alaykum,

Horijda o'qish yaxshi narsa, lekin bunda niyat muhimroq, kimdir o'yin-kulgi uchun, kimdirbutunlay qolib ketish uchun, kimdir pul topish uchun... Lekin, albatta, bilim olish uchun borayotganlar ham bor.

Zo'r, o'qishga borishsin, ilm o'rganishsin, pul ham topishsin, o'yin kulgi ham qilishsin, chegaradan chiqmay wa muhimi, ortlarida O'zbekiston, xalq, oilalari turganini, ularga yordam berish kerakligini unutishmasin.
Men balandparvoz gaplarni gapirmayapman, ehtimol rostdan ham balandparvoz, odamning ensasini qotiradigan gaplardir. Lekin men shunday o'ylayman.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #10 : 03 Iyul 2006, 05:44:21 »
Maknuna:

Albatta hammasi emas. Chunki haqiqiy bilim bolaman deb borayotgan yoshlar ham juda ko'p. Ham ziyorat ham tijorat deganlaridek, boshqa narsalarga ham ulgishayotgani albatta yaxshi narsa. Ular ham ota-onalarini o'ylayotganlari uchun chet-eldan moliyaviy najot kutmoqdalar. Buni qoralab bo'miydi.

PS. Hindistonda ta'lim tizimi qanday?

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #11 : 03 Iyul 2006, 05:44:49 »
Dilshodbek Zoirov:

Salom forum qatnashchilari ya’ni opayu akaxonlarim. Kechagina Navro’z bayramini nishonlab yerga dehqonlarimiz chigit qadagan edi bugun esa taqdir charxpalagi aylanib yana o’shal kunga yetdik va bu uchun Olloy Taologa shukurlar bo’lsin. Hayotda shunday nemat bor buning otin vaqt deydilar biz esa bu nematdan unumli foydalanmog’imiz zarurdir qadrdon. Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni
Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda) . Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda. Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi. Kechirasizlaru biz hozirda forumda vaqtimizning ko’p qismini ikkinchi darajali muloqotlarga sarflamoqdamiz. Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang. “Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun “, “O’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. ” , “biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz.” Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??

Rahmatnoma


Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #12 : 03 Iyul 2006, 05:45:05 »
Behzodbek:

Qoyil, Dilshodbek, shoir bo'lib keting-e.

Lekin hamma ham siz kabi o'ylamaydi-da. Ehtimol, vaqt o'tib sizning ham fikrlaringiz o'zgarib qolar. Lekin gaplaringizga to'la qo'shilaman. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo'ladi.

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #13 : 03 Iyul 2006, 05:45:19 »
Malik:

Ajoyib fikrlarni bildiribsiz, qoil, lekin, aqlingizga, shu narsaga yetmagan aqlingizga.
O'ylisizki, shuncha ketvotgan yoshlar pul uchun ketvottimi?
Hato qilasiz, pulli o'zimizadayam topsa bo'ladi.

Nima qilsin, o'zimizada poraxo'rlik, ho'jako'rrlik uchun o'qib yuraversinmi?
Ho'p qani o'sha temirchining bolg'asidan yaralgan pullar?
O'sha kottalariz cho'nchagiga kiradigan pulli 1 foiziyam emas bu.
Ikkinchidan unaqa zamonla o'tib ketdi. Hozir hech kim sizi tekinga chetga o'qishga jo'natmiydi.
Aqliz bo'lsa, imkoniyatiz bo'lsa, keturasiz.

Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, lekin...

Ziyo

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1328
Re: Horijda o'qish
« Javob #14 : 03 Iyul 2006, 05:45:58 »
Margilanets:

Iqtibos
Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni  Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda).

Hozir davlat sizi bepulga jo'natadimi? Puliz bo'sa bemalol keto'rasiz. Hamma chet-elga ketganlaram unaqabas. Endi borib attegi sharoitti ko'rgandan keyin nima qiladi qaytib. Betga kelib ketmon chopadimi yo 50 ming oylikka ishlaydimi? Qandini ursin. Yurursin. Pul topadi, ilm o'rganadi. Dunyoni ko'radi. O'sha davlatimiz kelajagi uchun uyoqdan valyuta jo'natadi. Davlatimizam boyiydi. Xalqimizam boyiydi (agar qisib qomasa).

Iqtibos
Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda.

Temirchi, ketmonchingizni puli oldin o'ziga yetsin. Keyin siz aytgandaqa bo'ladi. O'qitgan bo'lsa, o'zini farzandini o'qitgan. Bir kun kelib , albatta kuniga yaraydi.

Iqtibos
Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi.


Eee, akam Navoiyni ilm bilan shug'ullanishi uchun kotta sharoit yaratib berishgan. Hazrat boy bo'lgan. Kotta-kotta ehsonlar qilgan. Tashvishi (iqtisodiy) yo'q bo'lgandan keyin bemalol ijod qilgan. Sizga kim hozir sharoit yaratib beradi. 15000 stipendiyez bilan necha kun tirik yura olasiz?

Iqtibos
Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang.

Asta-sekin ko'pchiligi kelyapti. Mayli-da, borib ko'p narsalarni o'rganib keladi, keyin o'zimizdayam qo'llashar. Lekin kel-kel, deyaverish, ularning ustiga mag'zava ag'darish kerak emas.

Iqtibos
“Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun “,

Stalinning shiori! KOmmunizmning shiori!

Iqtibos
“O’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. ”

Juda yaxshi shior. Hammaning maqsadi ham shu! Qabrga to'plaganiz opketalmesiz. Xalqqa qilgan xizmatiz, xalqti duosi qoladi. (agar shunga loyiq bo'sez).

Iqtibos
“biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz.” Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??

Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, Amerikayam 2000 yilda erishgan, bizga endi 15 yil bo'ldi : )))) Shunday deb o'zimizi o'zimiz ovutib yururamiz...

Rahmatnoma


 

Horijda o'qish juda qiziq bo'lsa kerak...?

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 62
Ko'rilgan: 41659
So'nggi javob 07 Iyun 2017, 01:42:24
muallifi Zaha
Kitob o'qish kimga yoqar...

Muallif MargilanetsBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 76
Ko'rilgan: 32658
So'nggi javob 04 Mart 2012, 21:33:10
muallifi Skromnaya
Horijda o'qishmi yoki Vatanda???

Muallif ZiyoBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 16
Ko'rilgan: 12355
So'nggi javob 10 Dekabr 2008, 02:48:31
muallifi ibnUyayna
Chet elda o'qish haqida savollarga javob beraman

Muallif gani sherBo'lim Xorijiy bo'lim/Foreign board

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 34217
So'nggi javob 18 Dekabr 2014, 12:59:36
muallifi KTL Yuridik idorasi
Horijda ta'lim olmoqchi bo'lganlar uchun: Graduate Scholarship Opportunities

Muallif AbdulAzizBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5433
So'nggi javob 22 May 2008, 20:57:08
muallifi AbdulAziz