Yurtdosh > Xorijdagi o'zbeklarim

Horijda o'qish

Sahifalar: (1/13) > >>

AbdulAziz:

Assalomu alaykum!

ushbu bo`lim orqali horidagi o`qish istagida bo`lgan toliblarga yordam berasizlar degan umiddamiz.

Aynan shu bo`lim orqali chetda o`qish uchun applicationlar reklama qilinsa yaxshi bo`lardi.

Chet-eldagilar u yerdagi sharoitlar haqida hikoya qilib berishsa, maslahatlar berishsa deyman.

Nima dedingiz?

Mavzu arxivi

Ziyo:

AQSh XORIJ TALABALARINI JALB ETMAY QO‘YDI

09.02.2005. O‘tgan o‘quv yilida AQSh oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 2,4 foizga qisqardi, deya xabar qiladi Financial Times gazetasi. Bu dalilni xorijda tahsil olish va malaka oshirish ishlarini nazorat qiluvchi eng yirik xalqaro agentliklardan biri, Xalqaro ta’lim instituti tadqiqotchilari keltirgan.

AQShda tahsil olishga qiziqish o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgan edi. Endi esa, bu hol manfiy tomonga o‘zgarmoqda. Buning asosiy sabablari xorijlik talabalarga amaldagi prezident Jorj Bushning tashqi siyosati yoqmasligi, 11 sentyabr voqealaridan keyin mamlakatda qattiq tartib vujudga kelib, erkin harakatlanishning cheklanganligi va yana shunga o‘xshash bir qator noqulayliklardir.

Endilikda talabalar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya kabi ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatlarda tahsil olishni afzal ko‘rmoqdalar. Ta’lim bozorida liderlikni qo‘ldan chiqarish xavfi AQSh davlat departamentini xorijlik talabalarni qaytarishga mo‘ljallangan "œjalb qilish kampaniyasi"ni tashkillashtirishga undadi. Bu tashviqot xorijlik talabalarga viza va samolyot chiptasi kabi yengilliklarni va’da qiladi.

Shuningdek, departament davlat imidjini ham unutmadi. Bu masala bilan davlat arboblari bilan bir qatorda, kampaniya reklamasiga ko‘maklashuvchi universitet va kollej xodimlari ham qayg‘uradilar.

Ziyo:

YAPONLAR QIYNALIB QOLISHDI

09.02.2005. Yapon oliygohlarining deyarli 25 foiz talabalari o‘z ona tillarini 15 yoshli maktab o‘quvchisi darajasida o‘zlashtirmoqda. Multimedia ta’lim instituti talabalar orasida aynan shu masalaga bag‘ishlangan loyihaviy sinov o‘tkazdi. Loyihada 33 ta universitet va kollejning 13 mingdan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Ko‘p sonli test savollari o‘rtacha murakkablikda edi. Ammo, natija kutilganidan ham past ko‘rsatkichda.

Har uch talabadan ikkitasi "œg‘amgin" ma’nosini beruvchi ieroglifni "œquvnoq" deb qabul qilgan. Ajablanarlisi, yapon tilini o‘rganayotgan xorijlik talabalar til sohiblaridan ko‘ra zehnliroq ekanlar. Olimlar loyiha natijasi haqida fikr bildirishdan o‘zlarini tiydilar. Har holda bu shunday ham ravshan. So‘nggi o‘n yil ichida Yaponiyada ona tili va yozuvini o‘zlashtirish ingliz tiliga nisbatan pasaydi. Uning asosiy sababi sifatida dunyodagi eng murakkab yapon yozuvlarini ko‘rsatish mumkin.

Yapon ierogliflari tuzilmasi taxminan 15 mingdan ortiq belgidan iborat va Xitoy yozuvlari asosida paydo bo‘lgan. Yapon alifbosi esa, har biri 47 harfdan iborat ikki Xiragana va Katakana qismlaridan tashkil topgan. Ammo, grafik harflar bilan ierogliflarni almashtirib bo‘lmaydi. Axir, har bir belgi o‘nlab ma’no kasb etishi mumkin.

Ziyo:

Otabek:

Koreya oliygohi bilan tahsil olayotgan Universitetingiz o'zaro shartnoma tuzgan bo'lsa, muammo yo'q. Bizning O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti va Chung-Ang universiteti o'rtasida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga muvofiq, Xalqaro Talaba Almashuv dasturi amalga oshiriladi. Bunda ma'lum miqdordagi o'zbek talaba Koreaga, shuncha miqdordagi koreys talaba O'zbekistonga o'qishga yo'l oladi. Dasturga ko'ra, talaba o'qishi tekin, yotoqxona va 3 mahal ovqati tekin bo'ladi. Lekin samalyot biletini o'zi olishiga to'g'ri keladi. Agar o'zbek talaba Chung-Ang Universitetida kontraktni o'z yonidan to'lab o'qimoqchi bo'lsa, koreyslar buni sal yengillashtirishi mumkin. Ya'ni, talaba kontraktning 70% foizinigina to'laydi. Yotoqxona va ovqatlanish talabaning o'z cho'ntagidan bo'ladi.

Ziyo:

Bonu:

Assalomu alaykum! Otabek aka, mana siz shu chet eldasiz, hozirgi o'qish sistemasi bilan bizada Uzb. dagini solishtiradigan bolsak, qaysi davlatdaligingizda ichingizdan, dildan ham qiynalib ham mazza qilib oqigansiz? Masalan, mani USA dagi dostlarim etishadi: "mani Toshkentdagi dars qilishim hozirgi kitob titkilashimni 7 dan biri bolsa kerak". Angliyadagilar etishadi: "Man oldin UMUMAN dars qilmas ekanman, oqish degani mana bunaqa ekande!"
Siz nima deysiz?

Sahifalar: (1/13) > >>

Go to full version