Ota-onam doim sen ham chet elga chiq, pul yubor deyishardi, lekin men hamma chetga chiqsa, bu yerda kim qoladi deb hech harakat qilmas edim, tabiiyki ota-onamga bunday demadim, magistraturani tugatay keyin dedim, keyin uylandim, endi uylandim, nima farqi bor, kelinga ham azob bo'lmasin, chet eldan qaytgach bari-bir noldan boshlashim kerakku, hoziroq noldan boshlay qolay derdim, lekin afsuski, ishlar rejalashtirganimdek bo'lmadi, taqdir taqazosi bilan mana chet eldaman, oilamni ham olib keldim, ota-onam ham aylanib ketishdi ... Ammo bu yerlarning O'zbekistonning O' harfiga ham teng kela olmasligini his qilib yashadim, chet elda yashash, pul ishlash qachon qiymatga ega, qachonki siz uni O'zbekiston uchun ishlata olsangiz, agar chet elda pul ishlab u pulga dang'illama uy quradigan bo'lsangiz, chet elga chiqmay qo'ya qoling, agar olgan ilmingiz va ishlagan pulingiz bilan O'zbekistonga qaytgach qandaydir sohani rivojlantirmasangiz unda nima foydasi bor u ilmning sizga-yu millatga.
Sen ham ketibsanku bari-bir deyishingiz mumkin, lekin men xudo xoxlasa, duo qilib tursalariz, uyga O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsulotni, ishlab chiqaruvchi uskuna bilan qaytaman, buni maqtanish uchun yozmayabman, shu niyat bilan yurganimni yozyabman xolos, zotan bizdan faqatgina niyat qilish va harakat qilish, Alloh xoxlasa yaratadi, xoxlamasa yaratmaydi, lekin tavakkalni O'ziga qilganingiz uchun siz savobingizni olasiz.
Chet elga chiqar ekansiz, niyatingizni faqatgina pulga bog'lamang, men ko'p kishini ko'rdim faqat pul uchun chiqib ketishyapti, albatta ular shuning uchun ham puldan boshqa narsani topishmayabti, ammo hayot faqatgina puldan iborat emasku, hayot abadiy dunyoga olib boruvchi qisqagina yalakcha xolos.