Horijda o'qish  ( 59602 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


rukiya  14 Dekabr 2008, 19:23:46

assalomu  alaykum  chet  eldagi yurdoshlarizmizga omad Alloh doim ular bilan. biz mulsima qizlargayam borish nasib qilsin. mahramlarimiz bilan.

Qayd etilgan


The_Alchemist  20 Dekabr 2008, 10:46:20

Tugrisini etsam chet eldagi hayot Uzbekistondagidan kura orzoq osonroq lekin Hudo kursatmasin biror narsa bulib qolsa begonalar orasida qolib ketish daxshati tinchlik bermaydi. Uzbekistonda mana shundan kunling tuq buladi, ajdodlaring tuprogida qolishingni his qilish ozroq taskin beradi!

The Alchemist

Qayd etilgan


Shohrux  27 Dekabr 2008, 04:15:22

Uzbekistonlik bollar dunyoni zabt etishmoqda manimcha , lekin nima bulganda ham bu yaxshi chunki dunyoni ko'rish judayam zur, nima bulsa ham chet- elda uqish yaxshi

Qayd etilgan


prettyuz  09 Yanvar 2009, 17:16:40

Chet elda o'qish yahshi lekin bazi chet elda o'qiyotganlar o'zi bilib yoki bilmay O'zbeklar haqida noto'g'ri malumotlar berishadi masalan Koreada.Ular oýlashmaydi bu yerda faqat man emas butub o'zbeklar nomini ko'tarib yuribman deb.

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2009, 23:50:07

Assalomu-alaykum azizlar. Bu yerda judaaa dolzarb mavzular yozilib tortishilganiga ham ancha bo'libdi, men ziyouzga yaqinda a'zo bo'lganim uchun, sekin asta qolgan sahifalardagi mavzularni o'qiyabman. Endiii, grant degan narsalar bizga nasib bo'lmagan. Ota-onamiz davlatda ishlaydigan oddiy odamlar bo'lgani uchun o'qishga ham Alloh-Taoloninggina yordami, nasibi bilan kirganman. Yana boshqa sahifalarda yozganimday o'qishga kirganimga o'zim ham ishona olmay, o'rnimdan turolmay qolganman. Davlat imtihoniga 1-2 hafta qolgunicha belimga kitobni bo'g'lab qo'limda ketmon bilan, egilganimda o'qib yurganman. Ha endi nima qilasiz, tirikchilik. Hullas, o'qish ham tugadi, Turk tilida aspirantura o'qish niyati bilan yana o'zimni Allohga omonat qilgan holda, qayerdasan Turkiya deb, yo'lga tushdim. Turkiya Aeraportiga kelib tushganimda cho'ntagimda 11 Dolar bor edi.
Allohga shukrlar bo'lsin, boshda Ollohning menga bergan dastaklari bilan aspiranturamni ham tugatdim. Tabiiki ota-ona yor birodarlarimning hayir duolari ham katta yordamchi bo'lgan. 
Balki shahsiy hayotimni yozish bilan sizlarni ancha siqqandurman, lekin bular haqiqat, shunchaki aytilgan go'zal so'zlar emas. Ukalar-singillar, hech narsa uchun hech qachon kech emas, Ollohga tavakkal qilinglar har doim, inson avvalombor ota-onasi, tanish bilishini emas, o'zining kuchiga ishonishi kerak. Agar e'tibor bergan bo'lsangiz butun mashhur kishilar kambag'allikda yashab ijod etganlar. Faqatgina qorin masalasi emas, jon masalasi ham ular uchun jiddiy muammo bo'lgan. Yuqorida bir ukamiz Navoiy boy bo'lgan,debdilar. To'g'ri lekin hech kim Navoiyning joni uchun so'z beraolmas edi. Shuning uchun inson o'zidan so'rashi kerak:
Men nima uchun o'qimoqchiman, o'qib pul topib boy bo'lish uchunmi?
Yoki faqat ilm yo'lida yangi kashflar qilib insonlarga foydali bo'lish uchunmi?
Va yohud faqatgina Ollohning menga bergan aqlini bir ishlatib ko'ray qanchalik muvoffaqiyatli ishlar ekan, deyish uchunmi?
Men hech qachon ilmni orqasidan pul topishni o'ylamadim, hamma so'rardi ota-onamdan,  "qizingiz pul jo'natib turibdimi Turkiyadan?"deb :) 
Aytganimday hammaning kelajakdagi niyatlari farqli farqli. Lekin kun o'tishi uchun ham tabiiki moddiyat lozim.Ortiqcha pulni hech zarari yo'q, hech bo'lmaganda ehtiyoji bo'lgan bechora bir talabaga dastak bo'lasiz. Alloh Taolo: İlm yo'lidagi kishi mening yo'limdadir, deb buyurganku ahir.  Lekin moddiyatni asiri bo'lib qolishdan qo'rqish kerak.

Barchaga kelajakdagi o'qish-ishlarida omadlar tilayman, buni beradigan ham Alloh, demakki nima ekan, bu yo'lga duo bilan boshlashimiz kerak ekan:)

Qayd etilgan


Muslima.bgm  24 Avgust 2009, 16:04:31

Assalomu aleykum Kapalak. Menda xam siznikiga o'xshab ketadigan voqealar bolgan.Koreyaga o'qishga borganimda odamlar ota-onamdan qizingiz pul jonatib turibdimi deb so'rashgan ekan.Odamlar chetga kimdir chiqsa faqat pul topishga chiqadi deb o'ylashsa kerakda a?

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 16:22:45

V.assalom. Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmaysan, degan gap borku. Yana : "Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh- tarozu " deb ham bekorga aytishmagan:)

Qayd etilgan


Bayern M  24 Avgust 2009, 17:50:41

Qattiq hohlagan edim horijda o'qishni, alhamdulillah Alloh niyatimga yetkazdi. Musofir bo'lmaguncha musulmon bo'lmaysan degan gapni ma'nosini tushunib yetdim. Ota-onani, vatanni qadriga yetdim. Burchlarimni qiladigan ishlarimni aniqlashtirib oldim. Uzb-da ancha narsarlarni qadriga yetmay yurar ekanman.

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 18:30:43

Omadingizni bersin:) Doimo qadriga yeting, o'zgarmang.

Qayd etilgan


Muhammadiy  25 Avgust 2009, 03:47:46

Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.

Qayd etilgan