Horijda o'qish  ( 98602 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Muslima.bgm  25 Avgust 2009, 10:05:48

Assalomu aleykum azizlar.
Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.
Lekin Xammasi insonni irodasiga, imon kuchiga  bog'liq. Imonini, dinini yo'qotaman degan odam shu erda xam yo'qotadi. Shu erda xam ko'rib turibmizku xar -xil missionerlarning sovg'a, pullariga uchib dinidan kechayotganlarni.
Avvalo odamni o'ziga insof bersin.

Qayd etilgan


Ansora  25 Avgust 2009, 13:37:08

İnson bu dunyoga turfa hil hayot shartlari bilan sinov qilinishga kelganligi uchun horijga borib o'qish nasib qilgan ekan bu ham bir imtihon, bir sinov tabiiki. Qarshimizga chiqqan turli hil voqealar qarshisida o'z  irodamizni qanday ishlata olishimizga qarab yo jazolantirilamiz yoki mukofotlandirilamiz albatta. Yuqorida bildirilgan barcha fikrlarda jon bor. İnson buzilaman, shaytonni yo'lini tutaman, desa onasini tizzasida o'tirib ham qilaveradi. Agar diniga bog'liq, iymoni but bo'lsa, hech tanimaydigan yerlarda ham, meni Alloh ko'ryapdi, ota-onam, tanishim ko'rishi shart emas, deydi.
Alloh barchamizni, qayerda bo'lishimizdan qat'iy nazar Yaratgandan qo'rqadigan, bandasidan uyaladigan qullardan aylasin insholloh.

Qayd etilgan


Ezozkhon  24 Mart 2010, 23:33:49

Assalamu alaykum birodarlar!
 Yaponiyaga o'qishga topshirish tartibi qanday, shu haqda malumot berila iltimos!
 IT bo'yicha bo'lsa zo'r bo'lardi 

Qayd etilgan


OnLine  25 Mart 2010, 03:52:37

polshada o'qishga grant kelgandi..kim topshirdi? yana yer osti xabarlariga qaraganda jahon tillari universitetiga ham Xitoyda o'qish uchun grant kelgan...xarakat qilyapasilami forumdoshla?

Mani sinfdoshim adashmasam 3 yoki 4 kursni bitirib siz etgande Hitoyga oqishga ketdi. Muammo shundaki uyoda 5 yil oqidi uni bosa bolasi va ayoli bor. Buyoda oqigani nima boladi uni ? Hitoydigi oqish qay darajada samarali ekan arzdimi 5 yil umrni ketqazib yana qayta oqishga ?

Qayd etilgan


uzboy  26 Mart 2010, 03:45:42

Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.

Shu gaplarga biroz e'tirozim bor edi. Qaytanga ko'pchilik, chet elga chiqib diniy tomondan ham, dunyoviy tomondan ham ancha rivojlanadi. Shaxsan man bilganlarning kupchiligi musofirchilikda islom dinini yaxshi tushuna bowlawdi. Urf-odatlar, ananalarni esa yanada yaxshi bilib olada chet eldagilar, chunki bowqalar suraganda ularga aytib berish uchun yanada chuqurroq o'rganishga harakat qiladi odam. Chet elda yurganlarda, Vatan so'ginchida internetdan O'zbekiston haqida, islom haqida juda ko'p videolarni ko'raveradi. Shu tomonlarini inobatga olganda sizning fikringiz sal noo'rinroq buldi...

Qayd etilgan


Habib  26 Mart 2010, 09:27:37

Falonchi Amerikada o'qiydi, falonchi Angliyada ishlayapti, degan gaplarni ko'p eshitamiz.
Yuqorida bir birodarimiz aytganlaridek, har yerda tosh-tarozi bor.
Men, ba'zan, ayrim masalalada O'zbekistonda yurgan birodarlarimga havas qilaman. Xorijda inson o'zligini, dinini yo'qotib qo'yishi xavfi juda yuqori. Odam dinini boy bergandan ko'ra, dala-dashtda cho'ponlik qilib, namozini o'qib yurgani ming marta afzal.
Qo'shilishga shoshmagan bo'lardim fikringizga. Aksincha, inson musofirlikda Vatanni,Dinini,Xalqini, ota-onasini,yaqinlarini qadrini seza boshlaydi. Va bun narsa insonni ma'nan shakllanishiga sabab bo'ladi. Siz aytgayotgan guruch ichra kurmaklar yo'q emas to'g'ri. Lekin  bu narsa imonning zaif yoki kuchliliga bog'liq! Vatanda yashab ham, dala -dashtta yurib ham aroqni ichib, yomon ishlarni qilib yurganlar bor...

Qayd etilgan


Shokir63  27 Mart 2010, 17:47:18

Ota-onam doim sen ham chet elga chiq, pul yubor deyishardi, lekin men hamma chetga chiqsa, bu yerda kim qoladi deb hech harakat qilmas edim, tabiiyki ota-onamga bunday demadim, magistraturani tugatay keyin dedim, keyin uylandim, endi uylandim, nima farqi bor, kelinga ham azob bo'lmasin, chet eldan qaytgach bari-bir noldan boshlashim kerakku, hoziroq  noldan boshlay qolay derdim, lekin afsuski, ishlar rejalashtirganimdek bo'lmadi, taqdir taqazosi bilan mana chet eldaman, oilamni ham olib keldim, ota-onam ham aylanib ketishdi ... Ammo bu yerlarning O'zbekistonning O' harfiga ham teng kela olmasligini his qilib yashadim, chet elda yashash, pul ishlash qachon qiymatga ega, qachonki siz uni O'zbekiston uchun ishlata olsangiz, agar chet elda pul ishlab u pulga dang'illama uy quradigan bo'lsangiz, chet elga chiqmay qo'ya qoling, agar olgan ilmingiz va ishlagan pulingiz bilan O'zbekistonga qaytgach qandaydir sohani rivojlantirmasangiz unda nima foydasi bor u ilmning sizga-yu millatga.

Sen ham ketibsanku bari-bir deyishingiz mumkin, lekin men xudo xoxlasa, duo qilib tursalariz, uyga O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan maxsulotni, ishlab chiqaruvchi uskuna bilan qaytaman, buni maqtanish uchun yozmayabman, shu niyat bilan yurganimni yozyabman xolos, zotan bizdan faqatgina niyat qilish va harakat qilish, Alloh xoxlasa yaratadi, xoxlamasa yaratmaydi, lekin tavakkalni O'ziga qilganingiz uchun siz savobingizni olasiz.

Chet elga chiqar ekansiz, niyatingizni faqatgina pulga bog'lamang, men ko'p kishini ko'rdim faqat pul uchun chiqib ketishyapti, albatta ular shuning uchun ham puldan boshqa narsani topishmayabti, ammo hayot faqatgina puldan iborat emasku, hayot abadiy dunyoga olib boruvchi qisqagina yalakcha xolos.

Qayd etilgan


UzbJADID  06 Noyabr 2010, 01:36:10

Kanadada religious studies yo`nalishi bo`yicha masters degreega o`qimoqchiman. Info bsa xabar beriylar iltimos.

Qayd etilgan


akmal bax  06 Noyabr 2010, 09:02:15

forumdoshlarga biroz e'tirozim bor. bu yerga xorijda o'qishing yaxshi va yomon tomonlari haqida emas, balki oldiga ezgu maqsadlarni qo'ygan toliblarga maslahat berilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. yuqorida adminstrator ta'kidlaganidek, aplikatsiyalarni to'ldirish, qanday qilib grant yutish yoxud oliygohni tanlash haqida gapirilsa barchaga manzur bo'ladi deb o'ylayman.
manashularni ko'zlagan holda men ham o'z bilganlarimni siz bilan biroz baham ko'rmoq istadim. quyidagi linklardagi kitoblar sizni grant yutib olishingizga yordam bersa ajabmas, inshaalloh:
http://uploading.com/files/776b2e31/1932662367Scholarship.rar/

Qayd etilgan


_Otabek_  17 Noyabr 2010, 17:24:51

Assalomu alaykum,

http://www.gradus.us/ ham yaxshi sayt, u yerda chet elda o'qigan bir guruh rossiyalik yoshlar o'z tajribalarini yo'zishadi, masalahatlar berishadi.
TOEFL, GRE degan narsalar ham qo'yilgan edi

Qayd etilgan