Behzodbek:
Assalomu alaykum,
Horijda o'qish yaxshi narsa, lekin bunda niyat muhimroq, kimdir o'yin-kulgi uchun, kimdirbutunlay qolib ketish uchun, kimdir pul topish uchun... Lekin, albatta, bilim olish uchun borayotganlar ham bor.
Zo'r, o'qishga borishsin, ilm o'rganishsin, pul ham topishsin, o'yin kulgi ham qilishsin, chegaradan chiqmay wa muhimi, ortlarida O'zbekiston, xalq, oilalari turganini, ularga yordam berish kerakligini unutishmasin.
Men balandparvoz gaplarni gapirmayapman, ehtimol rostdan ham balandparvoz, odamning ensasini qotiradigan gaplardir. Lekin men shunday o'ylayman.