Horijda o'qish  ( 60005 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:44:21

Maknuna:

Albatta hammasi emas. Chunki haqiqiy bilim bolaman deb borayotgan yoshlar ham juda ko'p. Ham ziyorat ham tijorat deganlaridek, boshqa narsalarga ham ulgishayotgani albatta yaxshi narsa. Ular ham ota-onalarini o'ylayotganlari uchun chet-eldan moliyaviy najot kutmoqdalar. Buni qoralab bo'miydi.

PS. Hindistonda ta'lim tizimi qanday?

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:44:49

Dilshodbek Zoirov:

Salom forum qatnashchilari ya’ni opayu akaxonlarim. Kechagina Navro’z bayramini nishonlab yerga dehqonlarimiz chigit qadagan edi bugun esa taqdir charxpalagi aylanib yana o’shal kunga yetdik va bu uchun Olloy Taologa shukurlar bo’lsin. Hayotda shunday nemat bor buning otin vaqt deydilar biz esa bu nematdan unumli foydalanmog’imiz zarurdir qadrdon. Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni
Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda) . Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda. Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi. Kechirasizlaru biz hozirda forumda vaqtimizning ko’p qismini ikkinchi darajali muloqotlarga sarflamoqdamiz. Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang. "œBir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun "œ, "œO’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. " , "œbiz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz." Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:45:05

Behzodbek:

Qoyil, Dilshodbek, shoir bo'lib keting-e.

Lekin hamma ham siz kabi o'ylamaydi-da. Ehtimol, vaqt o'tib sizning ham fikrlaringiz o'zgarib qolar. Lekin gaplaringizga to'la qo'shilaman. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo'ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:45:19

Malik:

Ajoyib fikrlarni bildiribsiz, qoil, lekin, aqlingizga, shu narsaga yetmagan aqlingizga.
O'ylisizki, shuncha ketvotgan yoshlar pul uchun ketvottimi?
Hato qilasiz, pulli o'zimizadayam topsa bo'ladi.

Nima qilsin, o'zimizada poraxo'rlik, ho'jako'rrlik uchun o'qib yuraversinmi?
Ho'p qani o'sha temirchining bolg'asidan yaralgan pullar?
O'sha kottalariz cho'nchagiga kiradigan pulli 1 foiziyam emas bu.
Ikkinchidan unaqa zamonla o'tib ketdi. Hozir hech kim sizi tekinga chetga o'qishga jo'natmiydi.
Aqliz bo'lsa, imkoniyatiz bo'lsa, keturasiz.

Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, lekin...

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:45:58

Margilanets:

Iqtibos
Men bir narsadan juda ham hafaman va ulardan afsusdaman. Men chet elda o’qiyotgan ko’p talabalarni  Bilaman ular davlatimizning ishonchini qozonib chet elga grant asosida o’qishga ketishgan ammo ular bu pullarni qaytarish haqida o’ylashmaydi(qo’pol qilib aytganda).

Hozir davlat sizi bepulga jo'natadimi? Puliz bo'sa bemalol keto'rasiz. Hamma chet-elga ketganlaram unaqabas. Endi borib attegi sharoitti ko'rgandan keyin nima qiladi qaytib. Betga kelib ketmon chopadimi yo 50 ming oylikka ishlaydimi? Qandini ursin. Yurursin. Pul topadi, ilm o'rganadi. Dunyoni ko'radi. O'sha davlatimiz kelajagi uchun uyoqdan valyuta jo'natadi. Davlatimizam boyiydi. Xalqimizam boyiydi (agar qisib qomasa).

Iqtibos
Ular faqatgina o’sha yerda qolib ko’p pul ishlash payidalar lekin hech o’ylab ko’rganlarmi ya’ni bu pullla temirchining qora peshonasidan, dehqonning siniq ketmonidan, savdogarning uyqusiz tunlaridan
Kelgani haqida. Ba’zida vijdonlariga havola deb qo’yaman ammo oltin zanglamas deganlari shu ekanda.

Temirchi, ketmonchingizni puli oldin o'ziga yetsin. Keyin siz aytgandaqa bo'ladi. O'qitgan bo'lsa, o'zini farzandini o'qitgan. Bir kun kelib , albatta kuniga yaraydi.

Iqtibos
Tarixda Navoiy ham tojik tilida asar yozib bir dunyo pul yig’ishi mumkin edi ammo u bunday qilmadi qiyin bo’lsa ham jar yoqasida yotgan turkey tilni jonlantirdi va unga zeb berdi bu esa haqiqiy turkey farzandning qo’lidan keladi va u buni uddaladi.


Eee, akam Navoiyni ilm bilan shug'ullanishi uchun kotta sharoit yaratib berishgan. Hazrat boy bo'lgan. Kotta-kotta ehsonlar qilgan. Tashvishi (iqtisodiy) yo'q bo'lgandan keyin bemalol ijod qilgan. Sizga kim hozir sharoit yaratib beradi. 15000 stipendiyez bilan necha kun tirik yura olasiz?

Iqtibos
Uning o’rniga biz chet elda o’qiyotgan o’zbek talabalrni yana o’zbekistonga chorlab O’zbekistonni rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz zarur. Men sizlardan ularni birlashtirishga yordam so’rayman agarda bu ish qo’lingizdan kelmasa iltimos bunga qarshilik qilmang.

Asta-sekin ko'pchiligi kelyapti. Mayli-da, borib ko'p narsalarni o'rganib keladi, keyin o'zimizdayam qo'llashar. Lekin kel-kel, deyaverish, ularning ustiga mag'zava ag'darish kerak emas.

Iqtibos
“Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun “,

Stalinning shiori! KOmmunizmning shiori!

Iqtibos
“O’zbekiston vatanim manim agarda mening vatanimga zarradek bo’lsa ham nafim tegsa men dunyodagi eng yaxshi agarda bu qo’limdan kelmasa eng nonko’r vatanim o’g’loniman. ”

Juda yaxshi shior. Hammaning maqsadi ham shu! Qabrga to'plaganiz opketalmesiz. Xalqqa qilgan xizmatiz, xalqti duosi qoladi. (agar shunga loyiq bo'sez).

Iqtibos
“biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam ham bo’lmaymiz.” Umid qilaman siz meni qo’llab quvatlaysiz va biz birgalikda Mustaqil O’zbekistonimizni prezidentimiz rahnamoligi ostida bundanda rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shamiz.??

Ha, biz hech kimdan kam emasmiz, Amerikayam 2000 yilda erishgan, bizga endi 15 yil bo'ldi : )))) Shunday deb o'zimizi o'zimiz ovutib yururamiz...

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:47:43

Dilshodbek Zoirov:

Shior hech qachon bitta inson tompnidan o'ylab topilmaydi Stalinga ham uning o'qituvchisi o'qutuvchisiga esa o'qituvchisi o'rgatgan. Menimcha siz tarixga uncha qiziqmaysiz shekilli agar siz tarixga chuqur nazar solganingizda bu shior haqida bunday nomaqbul fikr uyg'onmasdi. Bir kun chet elda bir tajriba o'tgazilibdi 2 ta o'zbek odamini chiziq bilan chegaralabdi qolgan xalqlarni
esa 10 100 metr chuqurga taqshlab hech qayoqqa qochma deyishibdi shunda bir inson so'rabdi nega o'zbeklarni chiziqlab chegaraladinu boshqalarni o'ralarga tashlading deb so'rabdi. Shunda bir ulamo agar buylarning biri qochadigan bo'lsa ikkinchi xabar beradi yani ular jipslasha olmaydi deb NEWSWEEK jurnalida o'quvdim balkim o'sha endi o'z so'zini aytayapti.
It hururadi Karvon o'turadi deganlari shudurda do'stlar


Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:48:55

Kumushbibi:

Bir o'qituvchimiz tanishish bahonasida uyiga taklif etdilar.Har xil mamlakatdan talabalar kelishgan.Hamma o'z yurti haqida to'lib-toshib gapirib berdi.Navbat menga..Qo'limdan kelgancha tanishtirishga harakat qildim.Al- Buxoriy,At-Termiziylar haqida gapirganimda ba'zi talabalar ular haqida bilishligini lekin yurtimiz haqida ma'lumotga ega emasliklarini aytishdi.Hatto ba'zilari O'zbekistonni Pokiston deb bilishgan ekan..:(

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:49:44

Shoir:

AQSH yoshlari asosan qaysi sohalarga qiziqishadi?

Qayd etilgan


Ziyo  03 Iyul 2006, 05:50:13

Ozodaxon:

AQSH yoshlari menimcha ko'pincha o'qituvchi, rassomlikga qiziqishadi. Masalan meni maktabimda AQSHlik tanishlarimni tahminam hammasi o'qituvchi, yoki rassom bo'lmoqchi. RAssomchilik sinfimda o'quvchilarni ko'pligi ham shundan dalolat bo'lsa kerak. Yanayam, bilmadim!!!

Feruza:

ASsalomu alaykum.
Bizning yoshlardan farqli o'laroq, ular ko'proq sport bo'yicha mutaxassis bo'lishni istashadi.(Mening maktabimda) Umuman olganda, hamma har xil. Lekin ijtimoiy sohada ketmoqchi bo'lganlar judayam oz.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2006, 12:43:03

Ozodaxon:

AQSH yoshlari menimcha ko'pincha o'qituvchi, rassomlikga qiziqishadi. Masalan meni maktabimda AQSHlik tanishlarimni tahminam hammasi o'qituvchi, yoki rassom bo'lmoqchi. RAssomchilik sinfimda o'quvchilarni ko'pligi ham shundan dalolat bo'lsa kerak. Yanayam, bilmadim!!!

Feruza:

ASsalomu alaykum.
Bizning yoshlardan farqli o'laroq, ular ko'proq sport bo'yicha mutaxassis bo'lishni istashadi.(Mening maktabimda) Umuman olganda, hamma har xil. Lekin ijtimoiy sohada ketmoqchi bo'lganlar judayam oz.

Xorijdagi forumdoshlardan iltimos: chet eldagi ta'lim tizimi va asosan  magistratura haqida ma'lumot bersalaring yaxshi bo'lardi.

Qayd etilgan