Webmoney nima?  ( 16662 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Nodi  28 Sentyabr 2006, 15:53:56

Assalomu alaykum!
Manga Webmoney haqida ma'lumot kerak edi...

Qayd etilgan


MaxCmd  29 Sentyabr 2006, 07:35:10

Assalomu alaykum!

WebMoney - nomidan ko`rinib turibdiki, Internetdagi pul hisoblanadi. U orqali siz Internetdagi elektron magazinlardan ixtiyoriy narsani xarid qilishingiz mumkin. WebMoneydagi pulingiz Internetda aylanib yuraveradi. WebMoneyda pulga ega bo`lish uchun uning kartochkasini olishingiz kerak(masalan, 10 000 so`mlik va h.k.). WebMoneyga a'zo bo`lish tekin. uning maxsus programmasini o`zingizga o`rnatib olsangiz bo`ldi. Faqat bu programma orqali ehtiyot bo`lib ishlash kerak. Sizning ozgina xato harakatingiz orqali pulingiz boshqaga o`tib ketishi mumkin.
Hozirha shu. Qolganlarini
http://webmoney.uz
dan topasiz.

Qayd etilgan


MarufXON  18 Noyabr 2007, 18:57:51

WMZ kartasini qayerdan topsa bo'ladi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Noyabr 2007, 08:19:46


Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  03 May 2008, 13:01:44

Internetda pul ishlash haqida ko'p linklar bor. Shular real mi? haqiqatdan pul ishlab webmoney orqali olish imkoniyati bormi? Aniqroq javob kerak!

Qayd etilgan


Usmon  05 May 2008, 18:21:32

Yengil mehnat uchun - katta pul.
Bu hech qachon real bo'lmagan.
"Bepul pishloq faqat qopqonda bo'lishi" haqidagi rus maqolini ham esdan chiqarmang.
To'g'ri forexda ishtirok etib, pulingiz miqdorini oshirishingiz mumkin. Biroq bunda sizdan ancha-muncha bilim va malaka talab qilinadi.
Yodda tuting! Iqtisodiyotga real foyda bermaydigan ish o'zingiz uchun ham pirovardida foyda keltirmaydi (hatto bunda uncha-muncha pul ishlab olsangiz ham).

Qayd etilgan


Jakonda  05 May 2008, 19:28:54



"Bepul pishloq faqat qopqonda bo'lishi" haqidagi rus maqolini ham esdan chiqarmang.


Hardoimam bunaqamas! Masalan,man kelajakda bepul loyihlarni vujudga keltirmoqchiman. Masalan, bepul kutubxona,bepul tayyorlov kurslari,bepul jurnal.Hudo hohlasa! lekin birortasiga qopqon qo'yish niyatim yo'q. Webmoneyga keladigan bo'se,undan keladigan pul orqali bittasi sayt ochganini eshitgandim. Demak,net doirasidigi ishni bajarish uchun sarf etish mumkin.

Qayd etilgan


Usmon  06 May 2008, 09:22:32

Albatta "bepul pishloq" deganda men bilimni nazarda tutganim yo'q. Siz aytgan loyihalar hammasi ma'naviy "boylik" berish uchun yo'naltirilgan. "Bepul pishloq" deganda esa, men moddiy boylikni nazarda tutgandim.
Webmoney yoki boshqa elektron hamyonlardan pul yechish, ular orqali webda pul sarflash esa amalda keng qo'llaniladi.

Qayd etilgan