Ilm va ziyo > Internet
GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish
MaxCmd:
Google Mail
Assalomu alaykum!
Men hozir sizlarni GMail haqidagi o`zim bilgan ma'lumotlar bilan tanishtirishga harakat qilaman.
http://mail.google.com, gmail.com
GMail - Google Mail Google ning yangi servislaridan biri bo`lib, u o`zining juda ko`p imkoniyatlari bilan boshqa elektron pochta servislaridan ajralib turadi. Uning imkoniyatlari haqida to`xtalib o`taman:
1. Elektron pochtangizning hajmi taxminan 2,5 GigaBaytni tashkil etadi va kundan kunga bu hajm ortib boraveradi. Siz pochtangizning to`lib qolishi haqida o`ylab ham o`tirmaysiz.
2. Interfeys AJAX texnologiya orqali qilingan bo`lib, pochtaga kirgandan so`ng, unda xatlarni ko`rish/o`chirish, yangi maktub yozish va h.k. lar juda tez amalga oshadi. Boshqa pochta servislari kabi bir maktubni o`qib bo`lgandan so`ng, boshqasini yuklanishini kutib o`tirmaysiz.
3. Kontaktlar, maktublar va WEB da qidiruv imkoniyatining tezligi. Agar siz kontaktlarda biror kishining ismini yozishni boshlasangiz, tergan harflaringiz ishtirok etgan ism-familiyalarni avtomatik ko`rsatib turadi. Maktub qidiruvi esa, 2-3 sekundga qolmay amalga oshadi.
4. Pochta sahifasining yuqorirog`ida yangiliklar mavjudligi. Bunda yangiliklarning davomini ko`rish uchun sahifa boshidan yuklanmaydi.
5. GMail Chat. Pochtaning o`zida biror kishi bilan chatda gaplashish mumkin. Faqat u ham GMail mijozi bo`lishi kerak.
6. Spamlarni avtomatik Spam papkasiga tashlaydi. Biror pochtadan kelgan xatlarni Spam deb e'lon qilish ham mumkin. Spam papkasida joylashgan maktublar 30 kundan keyin avtomatik o`chirib tashlanadi.
7. Yangi xat yozayotganda kontaktlarning avtomatik paydo bo`lishi ishingizni ancha osonlashtiradi.
8. Maktubni HTML formatida tahrirlash imkoniyati.
9. Maktubingiz har 5 minutda avtomatik saqlanib turadi. Agar biror ish bilan maktubingizni jo`natishga ulgurmasangiz, Uni Drafts papkasidan topib, maktubingizning davomini yozishingiz mumkin.
10. GMail juda ko`p tillarda ishlashi mumkin. Buni Settings ga kirib o`zgartirishingiz mumkin.
11. Pochtaga Filter qo`yish. Bunda sizning talablaringiz asosida kelgan xatlar olinmaydi.
Va hokazo. Bitta pochta uchun buncha imkoniyatlar ko`pga o`xshaydiyu, lekin nailoj... Qolganlarini mavzu davomida gaplashaveramiz.
GMail ga a'zo bo`lish
GMail ga a'zo bo`lish uchun, sizga taklifnoma kelishi kerak. Bu taklifnomani sizning GMail da pochtaga ega bo`lgan biror tanishingiz jo`natishi mumkin.
Mening pochtamda ko`rib turganingizdek, 85 ta taklifnoma bor.
GMailda pochtaga ega bo`lishni xohlaganlar shu xabarda o`z elektron adreslarini qoldirsalar, men ularga taklifnoma yuboraveraman. GMailda pochta ochib bo`lgandan so`ng, sizlar ham taklifnomaga ega bo`lsangiz, boshqalarni GMaildan bahramand bo`lishlariga imkon bering!
Kamoli ehtirom ila, MaxCmd.
Shohi:
Assalomu alaykum !
Ma'lumotlaringiz uchun katta raxmat !
Muattar:
Salom.
gmailda taklifnoma yuborgan shaxs uni olganshaxsning yangi gmaildagi mailini biladimi?
Muattar:
Salom.
gmailda taklifnoma yuborgan shaxs uni olganshaxsning yangi gmaildagi mailini biladimi?
MaxCmd:
Ha. GMailda pochta ochgan odamning pochtasi va ism-familiyasi taklifnoma yuborgan odamning kontaktlariga avtomatik ravoshda qo`shiladi.
Navigation
[0] Message Index
[#] Next page
Go to full version