GMail(Google Mail) haqida hamma narsa va unda yangi pochta ochish  ( 29322 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


MaxCmd  28 Sentyabr 2006, 16:22:36

Google Mail

Assalomu alaykum!

Men hozir sizlarni GMail haqidagi o`zim bilgan ma'lumotlar bilan tanishtirishga harakat qilaman.
http://mail.google.com, gmail.com
GMail - Google Mail Google ning yangi servislaridan biri bo`lib, u o`zining juda ko`p imkoniyatlari bilan boshqa elektron pochta servislaridan ajralib turadi. Uning imkoniyatlari haqida to`xtalib o`taman:

1. Elektron pochtangizning hajmi taxminan 2,5 GigaBaytni tashkil etadi va kundan kunga bu hajm ortib boraveradi. Siz pochtangizning to`lib qolishi haqida o`ylab ham o`tirmaysiz.

2. Interfeys AJAX texnologiya orqali qilingan bo`lib, pochtaga kirgandan so`ng, unda xatlarni ko`rish/o`chirish, yangi maktub yozish va h.k. lar juda tez amalga oshadi. Boshqa pochta servislari kabi bir maktubni o`qib bo`lgandan so`ng, boshqasini yuklanishini kutib o`tirmaysiz.

3. Kontaktlar, maktublar va WEB da qidiruv imkoniyatining tezligi. Agar siz kontaktlarda biror kishining ismini yozishni boshlasangiz, tergan harflaringiz ishtirok etgan ism-familiyalarni avtomatik ko`rsatib turadi. Maktub qidiruvi esa, 2-3 sekundga qolmay amalga oshadi.
 
4. Pochta sahifasining yuqorirog`ida yangiliklar mavjudligi. Bunda yangiliklarning davomini ko`rish uchun sahifa boshidan yuklanmaydi.

5. GMail Chat. Pochtaning o`zida biror kishi bilan chatda gaplashish mumkin. Faqat u ham GMail mijozi bo`lishi kerak.
   
6. Spamlarni avtomatik Spam papkasiga tashlaydi. Biror pochtadan kelgan xatlarni Spam deb e'lon qilish ham mumkin. Spam papkasida joylashgan maktublar 30 kundan keyin avtomatik o`chirib tashlanadi.
   
7. Yangi xat yozayotganda kontaktlarning avtomatik paydo bo`lishi ishingizni ancha osonlashtiradi.

8. Maktubni HTML formatida tahrirlash imkoniyati.

9. Maktubingiz har 5 minutda avtomatik saqlanib turadi. Agar biror ish bilan maktubingizni jo`natishga ulgurmasangiz, Uni Drafts papkasidan topib, maktubingizning davomini yozishingiz mumkin.

10. GMail juda ko`p tillarda ishlashi mumkin. Buni Settings ga kirib o`zgartirishingiz mumkin.

11. Pochtaga Filter qo`yish. Bunda sizning talablaringiz asosida kelgan xatlar olinmaydi.


Va hokazo. Bitta pochta uchun buncha imkoniyatlar ko`pga o`xshaydiyu, lekin nailoj... Qolganlarini mavzu davomida gaplashaveramiz.

GMail ga a'zo bo`lish

GMail ga a'zo bo`lish uchun, sizga taklifnoma kelishi kerak. Bu taklifnomani sizning GMail da pochtaga ega bo`lgan biror tanishingiz jo`natishi mumkin.

Mening pochtamda ko`rib turganingizdek, 85 ta taklifnoma bor.
GMailda pochtaga ega bo`lishni xohlaganlar shu xabarda o`z elektron adreslarini qoldirsalar, men ularga taklifnoma yuboraveraman. GMailda pochta ochib bo`lgandan so`ng, sizlar ham taklifnomaga ega bo`lsangiz, boshqalarni GMaildan bahramand bo`lishlariga imkon bering!

Kamoli ehtirom ila, MaxCmd.

Qayd etilgan


Shohi  30 Sentyabr 2006, 11:25:07

Assalomu alaykum !
Ma'lumotlaringiz uchun katta raxmat !

Qayd etilgan


Muattar  02 Oktyabr 2006, 10:46:25

Salom.
gmailda taklifnoma yuborgan shaxs uni olganshaxsning yangi gmaildagi mailini biladimi?

Qayd etilgan


Muattar  02 Oktyabr 2006, 10:49:48

Salom.
gmailda taklifnoma yuborgan shaxs uni olganshaxsning yangi gmaildagi mailini biladimi?

Qayd etilgan


MaxCmd  02 Oktyabr 2006, 11:43:40

Ha. GMailda pochta ochgan odamning pochtasi va ism-familiyasi taklifnoma yuborgan odamning kontaktlariga avtomatik ravoshda qo`shiladi.

Qayd etilgan


MaxCmd  18 Oktyabr 2006, 13:19:47

Arofat:

Salom mani pochtam [email protected] manga GMAIL ochishim uchun nima qili pochtam shu

Qayd etilgan


MaxCmd  18 Oktyabr 2006, 13:52:26

Arofat:
Pochtangizga jo`natib yubordim.

Qayd etilgan


soima06  25 Sentyabr 2007, 11:06:35

ассалому алайкум биродарлар мени почтам манашу [email protected] менга GMAIL ОЧИШ УЧУА АА ДАМ БЕА ИАГЛАА  ИЛТИМОС

Qayd etilgan


ilhomman  29 Sentyabr 2008, 17:33:27

Ассалому-алейкум. Мени почтам [email protected] менга GMAIL очиш учун ёрдам беринг.

Qayd etilgan


Zamiraxon  31 Oktyabr 2008, 13:18:24

Assalomu alaykum.
Siz aytgan Gmail.com ham pochta ochdim. Endi nimalar qilish mumkin u yerda?

Qayd etilgan