Oson va oqliqsiz pishloq tayyorlaymiz.  ( 10151 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  01 Dekabr 2012, 14:43:34

 :asl3:

Xabaringiz bo'lsa kerak odatda pishloqlarni tayyorlash uchun ham oqliq (Turk tilida-maya) ishlatiladi. Bu pishloq uchun oqliq shart emas. Turkiyada bu pishloqni nomi- Lor, Inglizchasi-Curd ekan.
Men 5 litr sut olaman har hafta, olgan sutimni 1 litrga yaqinini ishlatgandim, qolganidan pishloq qildim, 500 gr-ga yaqin pishloq hosil boldi. Siz ham sutingizni miqdoriga qarab ishlatiladigan sirka va tuz miqdorini belgilashingiz mumkin.


Kerakli masalliqlar:

4 litr sut
5 qoshiq sirka (olma, uzum sirkasi farqi yo'q)
Agar tuzli xohlasangiz tuzlamalarga ishlatiladigan maxsus qoya yoki dengiz tuzi, men 1 qoshiq tuz soldim.



Qayd etilgan


Ansora  01 Dekabr 2012, 14:44:04

Tayyorlanishi:

Sutni qaynatishga qoying, qaynay boshlaganda sirkani soling, aralashtiring. Sut qattiqlashib, qoyiqlasha va yashil suvi ajrala boshlagandan keyin yana 2 daqiqa qaynating. Olovdan oling. 20 daqiqa shunday tursin.



Qatiq suzadigan buyumingizni (marli, paxtali materaldan tikilgan xalta) suzadigan idishingizga ogzini ochib yeguliklarni suzadigan buumingizga joylashtiring.  Pishloqqa aylana boshlagan qorishmani suti bilan birga xaltaga toking.




Tuzli xohlasangiz shu qismda tuzini solishingiz mumkin. Xalta yoki marlining ogzini boylab ustiga ogir narsa qoying, men ichiga suv toldirilgan qozonchamni qoydim.




Qayd etilgan


Ansora  01 Dekabr 2012, 14:44:18

Ustiga ogir buyum qoyilgan holda pishloqimiz 4 soat qolishi kerak. Bu vaqt otgandan keyin pishloqni xaltamizdan olib tograymiz va bolaklarga bolib, ogzi yopiladigan idishga solamiz. Pishloq 5-6 kungacha aynimaydi.



Pishloqimiz korib turganingizday ortiqcha moddalarsiz tayyorlandi. Qaynagani uchun Бруяелла ismli bakteriyalardan holi.

Pishloq suvini agar non, bulochka qiladigan bolsangiz shularda bemalol ishlating....

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


Mahdiyah  01 Dekabr 2012, 19:21:05

Zamira opa ta'mi qanaqa bo'ladi?

Huddi magazindaka pishloqdaymi yoki brinzaga ko'proq o'xshidimi?

Qayd etilgan


Ansora  03 Dekabr 2012, 13:26:58

Zamira opa ta'mi qanaqa bo'ladi?

Huddi magazindaka pishloqdaymi yoki brinzaga ko'proq o'xshidimi?


 :asl3:

Ta'mi brinzaga yaqinroq shekilli:) ozimizni brınzalarni yemaganimga unutdim mazasini:)

Bu pishloq shiringa yaqin boladi. Asosan boreklarda ishlatiladi, albatta nonushtadayam zor ketadi, asal va murabboni yonida:)

Qayd etilgan