Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Sahobalar hayotidan

(1/43) > >>

AbdulAziz:
Abdulloh ibni Abbos r.anhu:

Rosul Akramning amakivachchalari. Tafsir, hadis, fiqh va boshqa ilimlarning olimidir. Sahobai kiromning mashhurlaridan. Hijrattan oldin Makkada tavallud topganlar. 68 yili Toifda vafot etganlar.

Abulloh ibni Abbos r.anhu tavallud topganlarida otalari u zotni Rosul Akramning oldilariga olib bordilar. Payg'ambarimiz S.A.V tupruklarini uzotning tomoqlariga surkadilar hamda Abdulloh ibni Abbosning haqlariga duo qiladilar. Holalari Maymuna binti Horis r.anho Rosul AKramning zavjalari bo'lganligi bois Rosul Akramning uylariga tez tez kelib turganlar. Ba'zan kechalari ham o'sha yerda qolganlar. Tahorat olishni va namoz o'qishni Rosul Akramning o'zlaridan o'rganganlar.

Makkaning fathidan keyin Madinaga hijrat qilganlar. o'sha vaqtda 11-12 yoshlarda edilar. Rosul Akram zamonlaridan Qur'oni Karimning bir qismini yodlagan edilar. Rosul Akram vafot etganlarida 13-15 yoshlarda edilar. BUndan keyin Qur'oni karimni to'la yodlab Ubay ibni Ka'b r.anhu va Zayd ibni Sobit r.anhularga boshidan yoddan o'qib berdilar. Hz.Umarning ilm suhbatlarida juda ko'p qatnashib u zotdan ilm o'rgandilar. Abdulloh ibni Abbos r.anhu Qur'oni karimning tafsirida juda katta ilmga sohib edilar. Shu bois u zotga Tarjimanul Qur'an laqabi berilgandir. Ibni Mas'ud r.anhu u zot haqlarida "U Mufassirlarning sultonidir" deb e'tirof qiladilar.

Abdulloh ibni Abbosning tafsir kitoblari yo'qdir. Ammo muhtalif rivoyatlari bor. Islom olimlari u zotning rivoyatlari bilan tafsir kitoblarini bezaganlar.

Abdulloh ibni Abbos r.anhumo Rosul Akramdan juda ko'p hadis rivoyat qilganlar. ba'zi manbalarning xabar berishicha u zot rivoyat qilgan hadislar soni 1660 tadir. U zot umrlarining oxirlarida ko'zlari ko'r bolib qolgan. 68 yili bir hafta kasallikdan so'ng olamdan o'tganlar. Janozalarini Hz. Alining o'gillari Muhammad Al Hanafiyya o'qiganlar.

AbdulAziz:
Abdulloh ibni Amr ibni Os r.anhumo:

Sahobalarning buyuklaridan, otalaridan oldin imon bilan musharraf bo’lga zot. Islomga kirmaslaridan oldin ismlari Os edi, keyin Rosul Akram Abdulloh deb o’zgartirganlar. Otalaridan 12 yosh kichik bo’lganlar. Tahminan 65 hijriyda vafot etganlar.

Ashobi kirom orasida buyuk ilmga sohib bo’lgan zotlardan. Qur’oni karimning to’laligicha yod olgan hofizlardan edilar. Abdulloh ibni Amr r.anhumo Rosul Akramning o’zlaridan juda ko’p ilm oldilar. Uzotdan eshitgan hadislarini to’plab yozib yurdilar. Bu haqda Ashobi kiromning ichida eng ko’p hadis rivoyat qilgan zot Abu Hurayra r.anhu shunday deydilar: Ashobi kiromning ichida mendan ko’ra ko’p hadis biladigan va yod olgan zot yo’q magar Abdulloh ibni Amr mendan ko’proq hadis biladi va yod olgan. Chunki u hadislarni yozardi men esa yozmas edim."

Ibni Amr r.anhumo Rosul Akramdan eshitgan hadislarini Sahifai Sodiqa nomli majmuada to’plaganlar. Rosul Akramdan tahminan 700 tacha hadis rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislaridan ba’zilari shunlardir:

"œBizga qarshi qurol ko’targan bizdan emasdir"

"œYeyinglar, ichinglar, sadaqa beringlar, isrofsiz va takabbursiz kiyininglar. Janobi Haq ne’matlarini bandaning ustida ko’rilinishini hohlaydi"

"œShahidning Qul haqqidan boshqa barcha gunohlari o’chiriladi"

AbdulAziz:
Abdulloh ibni Umar r.anhu:

Ashobi kiromning buyuklaridan, fiqh, tafsir, hadis ilmida ustun bo’lganlaridan. Kunyalari Abu Abdurrahmon. Musulmonlarning qorako’zi Hz. Umar ul Faruqning o’g’illari. Onalari Zaynab binti Ma’uni Jumayhidir. Makkai Mukarramada hijratdan 14 yil oldin dunyoga kelganlar. Shu yerda 73 hijrida vafot etganlar. Qabr lari Muhassabdadir.
Otalari iymonga kelishlari bilan kichik yoshda iymon keltirganlar. Madinai Munavvaraga hijrat etib Islom tarbiyasi bilan kamolga yetganlar. Yoshlari kichik bo’lganligi sababli Badr va Uhud g’azotlarida ishtirok etmaganlar. Birinchi bor Handaq g’azotida ishtirok etganlar. Bayati Rizvonda otalaridan oldin bay’at qilganliklari rivoyat qilinadi. Misr va Shimoliy Afrika fathlarida ishtirok etganlar. Xuroson va Tabariston safarlarida ishtirok etganlar. Otalari shahodat topganl vaqtlarida o’g’illarini halifalikka tayin qilishlikni so’raganlarida otalari "œ Bir uydan bir shahid yetadi" deb marhamat qildilar. Saylanmaslik sharti bilan Sho’roga a’zo bo’lganlar. Hz. Usmonning shahodatlaridan keyin halifalikka nomzod qilib ko’rsatilganlarida qabul qilmadilar. Hz. Ali r.anhuga bay’at qildilar. Faqat ichki hodisalarga aralashmadilar. "œJihod islom mamlakatida musulmonlar orasida bo’lmaydi. Jihod kofirlarga qarshi bo’ladi" deb o’z fikrini bildirdi. 15 ta farzandlari bo’lgan. 14 o’g’il va 1 qiz.
Abdulloh ibni Umar r.anhumo Rosul Akramga juda bog’li edilar. U zoti bobarokotning yo’llaridan yurmoqlikni va ahloqlari bilan ahloqlanmoqlikni istardilar. Huzur’i saodatlaridan ayrilmoqlikni istamazdilar. Qayerga borsalar orqalaridan ta’qib qilib borar edilar. Juda ko’p hodisalarga guvoh bo’lib hadis sharif eshitishga muvaffaq bo’ldilar. Ibodatda, suhbatda va g’azotlarda hamda Vidalashuv hajjida Rosul Akramning doim yonlarida edilar. Rosul Akramga hizmat qilish sharafiga muyassar bo’lishliklari bilan barcha ilimlarda mohir ustod bo’lib yetishdilar. Harom va shubhalilardan saqlanishlari, ilmlari va dunyoga e’tibor bermasliklari o’rnak qilishlikka arziydigan ahvolda edi. Qur’oni karimning tafsiriga oid masalalarda ashobi kiromining ichida ko’zga ko’ringalaridan biridirlar. Halol va haromga oid ko’p hadis shariflarni u zot rivoyat qilganlar. Jami 2630 hadis rivoyat qilganlilari turli manbalarda yoritilmoqda.
Imomi Molik r.a Abdulloh ibni Umar r.anhumo to’g’risida shunday deydi: Abdulloh ibni Umar Rosul Akramdan keyin haj mavsumida va boshqa vaqtlarda odamlarga 60 yil fatvo berdi. Fatvo berishda juda ehtiyotkor birisi edi." Tobiinlarda Mihron shunday deydi: Ibni Umardan ko’ra faqihroq birisini ko’rmadim.
Ozod qilgan qullari Imomi Nafe shunday deydi: Abdulloh ibni Umar 1000 kishi ozod qilmasdan jonini taslim qilmadi. Ba’zan oylab go’sht yemazdi. Faqat Ramazonda va mehmoni bo’lganda go’sht yeyardi. Biror bir narsaga ortiqcha ko’ngil qo’yishi bilan uni unga ehtiryoji bo’lgan birisiga in’om etardi.’

Munira xonim:
Abu Hurayra r.anhu:

Mashhur sahobiylardan birlari. Ashobi kirom ichida eng ko’p hadis rivoyat qilgan zot. Ismlari haqida turli rivoyatlar mavjud. Eng sahihrog’i Abdurrahmon ibni Sahr. Yamanning Davs qabilasidanlar. Kunyalari Abu Hurayra. Haybar yili iymon keltirganlar. 59 hijrida 78 yoshlarida vafot etganlar.
Hijratning 7 yili iymonga kelganlar. Bu Haybar g’azoti vaqtida ro’y bergan. Shundan keyin Abu Hurayra r.anhu Rosul Akramni hech ham tark qilmaganlar. Madinada qolib Ashobi Suffa ning a’zolaridan biri bo’lishgan. Juda faqir bo’lganlar. Masjidda qolib ibodat bilan mashg’ul bo’lganlar. Chunki u zotning tijorat va mol qayg’usi bilan mashg’ulliklari bo’lmagan.
Madinaga kelishliklarini o’zlari shunday anglatadilar: Rosulullloh s.a.v Haybardalik vaqtlarida Madinaga muhojir sifatida keldim. Bomdod namozini Rosululloh s.a.v Madinaga voliy qilib tayinlab ketgan kishilari Sibo’ ibni Urfuta r.anhu imomliklarida o’qidim. Birinchi rak’atga Maryam surasini ikkinchi rak’atga Mutoffifun surasini o’qidi. Namozdan keyin Sibo’ning yoniga bordik. U bizlarga taom berdi."
Rosul Akramning yonlarida juda ko’p bo’lishliklari u zotga juda ko’p hadis eshitish va rivoyat qilish imkonini berdi. Rosul Akramning oldilariga kelganliklaridan keyin faqat U zoti bobarokotga hizmat qilishlik bilan mashg’ul bo’ldilar. Bilmaydigan hamma narsalarini Rosul Akramning o’zlaridan so’rab o’rgandilar. Rosul Akramga 4 yil hizmat qildilar. Bir zot Abdulloh ibni Umar r.anhumolardan so’radi: Abu Hurayra r.anhu Rosululloh s.a.v dan shunaqangi ko’p hadis rivoyat qiladi, shu to’g’rimi?

Munira xonim:
Ibni Umar shunday javob berdilar: Allohga qasamki, hech qaysisida shak va shupha yo’qdir. Chunki Abu Hurayra hamisha Rosul Akramdan savol so’rar va olgan javoblarini yodlar edi".
Yana bir marta Oishai Siddiqa r.anho onamizda so’radilar: Rosulloh s.a.v ning so’zlarini va hollarini sizmi yaxshi bilasiz yoki Abu Hurayra? Hz. Oisha shunday dedilar: Abu Hurayra biladi. Chunki men uy ishlari bilan band bo’lganimda u Rosulullohing yonlaridan ayrilmas edi.
Mulla Aliyul Qorining habar berishlaricha Abu Hurayra r.anhu jami 5364 ta hadis rivoyat qilganlar. U zotdan esan tahminan 500 ga yaqin kishi rivoyat qilgan. U zotdan hadis rivoyat qilganlardan biri Bashir ibni Nuhayqdir. U Abu Hurayradan eshitib yozganlarini to’plab keyin Abu Hurayraga o’qib berib izin olgandir.
Abu Hurayra r.anhu Rosululloh s.a.v ning vafotlaridan keyin eng sevgan ishi U Zoti bobarokotdan hadis rivoyat qilishlik bo’lgan. Hz. Abu Bakri Siddiq r.anhu davrlarida idora ishlari bilan mashg’ul bo’lmaganlar. Hz. Umar r.anhu davrlarida esa Bahraynga volilik qilganlar. Hz. Usmon r.anhu davrlarida Makkaga qozilik qildilar. Hz. Muoviya davrlarida Madina voliysi bo’ldilar. . Har Juma kuni namozdan oldin hadisi sharif darslarini berganlar.
Usmon an Nahai shunday buyuradi: Abu Hurayra r.anhuni yeti kun mehmon qildim. Kechalarini namoz o’qib Qur’on o’qishlik bilan o’tkazardi."

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version