Sahobalar hayotidan  ( 132775 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Munira xonim  25 Fevral 2007, 14:47:13

Вақтлар стиб Умар ибн Хаттоб (родисллоху анху)нинг халифалик йиллари келди, у киши Муаз (родисллоху анху)нинг «Бану Килоб» қабиласига юбориб, бойлардан солиқ йиғиб камбағалларга тақсимлаб беришни буюрдилар. Бу ишни бажариб қайтганларидан сснг хотинлари олдига бордилар, кийимларини ювишлик учун хотинларининг бсйнига осиб қсйдилар.. .. Хотинлари у кишидан ссради:
   «Қани сз ахлиз учун олиб келган хадснгиз?»
   "œМен билан дойим мени кузатиб юривчи бслди" - деди Муаз.
Хотинлари хайрон бслиб:
   Сиз ахир аввал А асулуллох (саллаллоху алайхи ва саллам)нинг ва Абу Бакр (родисллоху анху)нинг вақтларида снг ишончли кишилардан сдингиз-ку? Умар (родисллоху анху) Сизга ишонмасдан устингиздан қсриқчи қсйиб қсйдими?
Кейин хотинлари Умар (родисллоху анху)ниниг хотинига Умар ибн Хаттоб (родисллоху анху)дан шикост қилидилар.
Бу хабар Умар (родисллоху анху)га етиб боргач жахиллари чиқиб, Муаз (родисллоху анху)ни сз хузурларига чақириб ундан ссрадилар:
   "œА­й Муаз мен қачон сенинг устингдан қсриқчи қсйиб, кузатишни буюрган смушман?"
   "œЙсқ.. А­й Амрул мсминин! Мен сз хотинимга бошқа бахона топа олмасдан сзимни оқлаб, шундай деган сдим".
Умар (родисллоху анху) кулиб юбордилар.. .. ва у кишига озгина хадс бериб дедилар:
   «Боргин аёлингни шу билан рози қилгин»

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2007, 14:48:09

Умар ибн Хаттоб (родисллоху анху) шомга Язид ибн Абу Суфён (родисллоху анху)ни слчи қилиб юбордилар, у киши бориб халифага шом ахлига қуръондан дарс берадиган инсонлар кераклиги хақида слчи юбордилар. Шом ахлининг кспчилиги шариат ва қуръондан дарс бера оладиган кишига мухтож сдилар. А­лчи келиб деди: "œА­й амирул мсьминин! Сиздан илтимосим шул-ки, уларга таълим берадиган инсонни шомга юборсангиз.
Умар ибн Хаттоб (родисллоху анху) хузурларига беш кишини чақирдилар, Муаз ибн Жабал (родисллоху анху), Убода ибн Сомит (родисллоху анху), Абу Айуб ал Ансорий (родисллоху анху), Убай ибн Кааб (родисллоху анху) ва Абу Дардолар (родисллоху анху)ни.. .. буларнинг хаммалари А асулуллох (саллаллоху алайхи ва саллам)нинг зомонларида Куръонни жамлаган кишилар сди.
Умар (родисллоху анху) дедилар:
   "œШомдаги биродарларингиз сизлардан ёрдам ссраб уларга қуръон ва динимизни таълим бера оладиган инсонни юборишлигимизни ссрашибди. Сизлардан уч кишини танлаб юборишга менга ёрдам берсангизлар, агар хохласангиз қурра ташлангизлар.
   "œАима қиламиз қурра ташлаб, Абу Айуб қари инсон, Убай ибн Кааб сса касалвон бслсалар, биз уч киши қолдик" — дедилар.
Умар (родисллоху анху) дедилар: 
   "œБирларингиз Хисмонга ва сна бирингиз сса Дамашққа ва охирингиз Фаластинга борасизлар."
Шундай қилиб А асулуллох (саллаллоху алайхи ва саллам)нинг уч сахобалари Умар ибн Хаттоб (родисллоху анху)нинг буйруғлари билан йслга отландилар. «Хисмонга» Убода ибн Сомит (родисллоху анху) тушдилар, «Дамашққа» Абу Дардо (родисллоху анху) ва Муаз ибн Жабал (родисллоху анху) сса «Фаластинга» бордилар.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Fevral 2007, 14:48:25

Фаластинга борганларида Муаз ибн Жабал (родисллоху анху)ни вабо касали ушлади. Ўлимлари олдидан юзларини қиблага қаратиб шу ссзларни қайтардилар:
   "œХуш келибсан сй слим! Мана кспдан бери кутаётган зиёратчим (съни слим фариштаси) хам мени олдимга келди" - кейин юзларини осмонга қаратиб дуо қилдилар: «А­й Аллохим! Ўзинг биласан мен бу дунёни унча схши ксрмайман, ва мен дарё ёки дарахзор барпо қилгани келмадим. Мен бу дунёга фақатгина илм мажлислари ва зикр халқасида иштирок стиб қиёматни кутиш учун келдим. А­й Аллохим! Менинг жонимни схшилик билан қабул қил ва мсминлар қаторида жонимни олгин...»
Шунданг сснг Муаз ибн Жабал (родисллоху анху)нинг жонлари хамирдан қил суғирилгани каби секингина таналаридан узилди. Аллох у кишини сз ахилларидан узоқда ва сзининг йслида жонларини олди.
Аллох у кишидан ва ахли оилаларидан рози бслсин.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:42:23

SUROQA IBN MOLIK

"œEy Suroqa! Kisroning bilak uzugini taqqaningda qanday bo‘larkin?"(Muxammmad Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam)dan)

Erta tongdan Qurayshning axli qattiq sarosimaga tusha boshladi. Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) qorong‘u kechada Makkani tark qildi degan xabarlar tarqala boshladi. Qurayshning kattalari dastlab bu xabarlarga ishonishmadi. Keyin ular Bani Xoshim uylarini birma-bir qarab, Paygambar (sallalloxu alayxi va sallam)ni qidira boshladilar, saxobalarning uylarini birma-bir surishtib, xatto Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)ning uylariga xam borishdi, ularga qizlari qarshi chiqdi.
   Abu Jaxl so‘radi: "œEy qizaloq! Otang qani?"
   Qizlari javob berib: "œMen bilmayman qaerdalar xozir" Abu Jaxil qo‘lini ko‘tarib o‘zining bo‘yniga qattiq urdi-ki, xatto qulog‘idagi ziragi yerga tushdi.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:42:46

* *  *
Quraysh kattalari Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) Makkani tashlab ketganligini aniq bilishgach, g‘azablana boshladilar. Va o‘zlari bilan izquvar yonlab Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam)ning izi Makkaning qaysi tarafidan ketganligini bilish uchun qidira boshladilar. Izlaridan borgan izquvar (Saur) boshliqlariga dediki:
   "œIzlar shu g‘orgacha keldi, ular shu yaqin orada".
Qurayshning kattalari bu gapni aytganlarida ular xato qilmagan edilar. Xaqiqatdan xam Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) va uning ikki do‘sti g‘or ichida edilar. Qurayshliklar shundoqqina ularning tepalarida turishgan edi, xatto ularni oyoqlari g‘or tarafga qarab kelayotganini ko‘rgan Abu Bakr (rodiyalloxu anxu) yig‘ladilar. Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) xotirjam, muloimlik bilan unga go‘zal qarash qilib, rostgo‘ylik bilan shivirladilar.
Abu Bakr (rodiyalloxu anxu) turgan joylarida:
   "œAlloxga qasamki Ey Rasulullox! Men o‘zim uchun yig‘layotganim yo‘q balki, Ular sizga yomonlik qilishliklaridan xovotirdaman."
Saxovotli Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) xotirjamlik bilan
   "œEy Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)! А‚amgin bo‘lmang, albatta Allox biz bilan birgadir".

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:42:57

Shu ondayoq Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)ning qalblariga xotirjamlik tushdi va tashqaridagi oyoqlarga qarab aytdilar:
   "œAgar ularni birontasi oyoqlari ostiga qarasalar albatta bizni ko‘rib qolishadi."
Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam):
   "œEy Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)! Gumondamisiz ikki kishimiz deb, axir Allox uchunchimizdir-ku?"
Qurashliklar orasidan bir kishi aytdiki:
   "œKelinglar g‘orga tushib ichiga kiramiz."
Umaya ibn Xalaf kesatib:
   "œKo‘rmayapsanmi g‘or og‘zidagi o‘rgimchak inini? Axir Allox bu inni Muxammad dunyoga kelmasidan oldin qo‘yib qo‘ygan-ku" - javob berdi.
Abu Jaxil uning so‘ziga qo‘shilib:
   "œLot va Uzzoga qasamki! Meni xisobimcha ular bizga yaqin va bizni eshitib, ko‘rib turishibdi, lekin xozir ularni ko‘rmayabmiz. Ko‘zimizni sexirlab qo‘yishganligidan.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:43:08

                                      *  *  *
Shunga qaramasdan, Qurayshliklar umidlarini uzmadilar. Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam)ni topishlik uchun bo‘lgan xarakatlari susaymadi. Ular boshqa qabilalarga xam, Makka va Madina oralig‘ida yashovchi qavmlarga xam xabar berib, Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam)ni o‘liginimi yoki tiriginimi olib kelgan kishi uchun 100 ta tuya mukofat e’lon qilishdi.
*  *  *
Suroqa ibn Molik Al-Majidii «Makka» yaqinidagi «Qudayd» degan joydagi yig‘inda ishtirok etdi, shu yig‘inda qurayshliklardan biri ishtirok etib, ularga Quraysh qavmi Muxammadni tirigigami yoki o‘ligigami 100 ta tuya mukofot tayin qilishganligini xabarini yetkazdi.
Suroqa 100 ta tuyani eshitib, o‘sha ondayoq qanday bo‘lsa xam qo‘lga kiritishlikni re qo‘ydi. Lekin o‘zini qo‘lga olib, boshqalarni qo‘zg‘atmaslik uchun biron bir so‘z chiqarmadi.
Suroqa majlisdan chiqmasdanoq uning qavmidan bir kishi kelib aytdi-ki: "œAlloxga qasamki! Men xozir uch kishini Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) va uning ikki yo‘lovchisini ko‘rgandek bo‘ldim. Gumon qilamanki  ular Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) va Abu Bakr va yo‘lboshchilaridir.
Suroqa dedi:
   "œYo‘g‘-e ular yo‘qolgan tuyalarini izlab yurgan falonchining o‘g‘ilaridir?
   "œBo‘lishi mumkin" - deb jim bo‘ldi xaligi kishi.
Qavmdan biron bir kishini shubxaga solmaslik uchun Suroqa majlisda ozgina o‘tirdi. Qavm boshqa so‘zga o‘tgandan keyin, sekingina bildirmasdan uylariga borib xizmatkorlariga otlarini boshqalarga bildirmasdan vodiyning o‘rtasiga bog‘lab qo‘yishlikni buyurdi. Keyin xizmatkorlariga qurol aslaxalarini tayorlab, orqa ko‘chadan xech kimga ko‘rsatmasdan olib borib otining yoniga qo‘yib qo‘yishlikni buyurdi.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:43:19

*   *   *
Qurollanib Suroqa otiga mingashib, otini choptirganicha Muxammmad (sallalloxu alayxi va sallam)ni qidirib, quraysh qavmidan biron bir kishi undan oldin mukofotni olmasligi uchun shoshildi.
*   *   *
Suroqa ibn Molik o‘z qavmi orasida zo‘r chavandoz edi, uning ustiga oti zotdor, bo‘yni uzun va baquvvat, uchqur otlardan edi. Suroqa shoir tabiyatli va so‘zga usta, yaxshi iz quvar va yo‘llarni yaxshi biladigan kishi edi.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:43:29

*   *   *
Suroqa jon-jaxti bilan otni choptirib oldinga intildi, birdan oti qoqilib, Suroqa otdan yiqilib tushdi. Bu xoldan jaxli chikib:
   «Nima bo‘ldi endi? Bu ot bilan sen uzoqqa borolmaysan.» - dedi.
Va yana o‘ziga kelib, otiga mingashdi va yana choptirib ketdi. Ko‘p o‘tmasdan yana qoqilib tushdi. Suroqaning jaxli oldingisidan xam qatiqroq chiqdi, lekin orqasiga qaytishlikni iloji yo‘q edi, yuzta tuyani yodiga olib yana yo‘lini davom ettirdi. Xali oti toyilgan joydan uzoq ketmasdanoq Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) va uni ikki yo‘ldoshini ko‘rib qoldi. Suroqa qo‘lini kamoniga cho‘zdi-yu, lekin qo‘li joyida qotdi.. .. Qarasaki oti joyida turganicha yerga kirib boryapti. Uning ustiga chang ko‘tarildi, ko‘zlari oldidagini ko‘rmay qoldi.. .. Suroqa otini qo‘zg‘atmoqchi bo‘ldi-yu, biroq otini qo‘zg‘atolmadi, go‘yo bir kishi uning otining oyoqlarini temir mixlar bilan qoqib qo‘ygandek. Ovozining boricha baqirib, Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) va uni yo‘lovchisiga qarab:
   «Ey sizlar! Robbingizdan so‘ran-ki u meni otim oyoqlarini bo‘shatib yuborsin va men sizlarga so‘z beraman-ki, orqalaringizdan boshqa quvmayman».
Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) duo qildilar va uni otlari oyoqlari bo‘shatib yuborildi. Suroqaning ochko‘zligi uni aldab qo‘ydi. Va yana u ularni orqasidan quvdi. Bu safar uni otining oyoqlari avvalgisidan ko‘ra yerga ko‘proq botib ketdi. . ... Suroqa yana yo‘lovchilarga qarab yordam so‘rab baqirdi:
   "œMen sizlarga bor yo‘q ozuqamni va qurol aslaxamni beraman. Bu safar Alloxga qasam keltiramanki, ortimga qaytib ketaman."
Paygambar (sallalloxu alayxi va sallam) va ikki soxiblari Suroqaga deyishdi:
   «Seni oziq-ovqat, qurollaring bizga kerak emas. Biz seni bizni ortimizdan ergashishlikni to‘xtatib ortinga qaytishligingni xoxlaymiz.. ..»
Keyin Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) duo qilib, Suroqaning otini bo‘shatishligini so‘radilar.. .. Suroqaning oti bo‘shaldi. Ortiga qaytay deb turganida, Suroqaga Payg‘ambar (sallalloxu alayxi va sallam) va ikki soxiblari:
   «Sen biz bilan qolishlikni xoxlamaysanmi?» deb so‘rashdi.
Suroqa dedi:
   "œAlloxga qasamki! Ey Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam), Siz olib kelgan din to‘g‘ri ekan, men bildim-ki, bir kun kelib Siz g‘alaba qilasiz, menga so‘z bering-ki, men sizning oldingizga borganimda xurmat bilan kutib olaman deb va menga xozir yozib biring..
Alloxning Rasuli Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)ga yozib berishlikni buyurdilar, suyak bo‘laklariga yozib unga uzatdilar, ajralib ketayotganida Rasullullox (sallalloxu alayxi va sallam) Suroqaga qarab dedilar:
   «Ey Suroqa! Kisroning bilak uzugini taqqaningda qanday bo‘larkin?»
Suroqo xayron bo‘lib so‘radi:
   «Forslarning podshoxi Xusroy ibn Xurmizonni aytayabsizmi?"
-   "œXa, Xusroy ibn Xurmizonni"..- dedilar.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:43:46

*  *  *
Qaytayotganida yo‘lda, Suroqa Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam)ni qidirib yurgan odamlarni uchratdi, ularga qarab dedi: "œOrtingizga qaytingiz men xar bir joyni sinchiklab chiqdim, ularni topa olmadim, sizlar meni yaxshi iz quvarligimga shubxalanmasangiz xam bo‘ladi.
Odamlar u kishni eshitib ortlariga qaytishdi. Suroqa o‘zining iymonini, Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) va ikki soxiblari bilan uchrashganligini ular «Madinaga» eson omon yetib olishguncha maxfiy tutdi. Keyin bo‘lgan voqeani ularga xammasini gapirib berdi. Abu Jaxil Suroqani Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) bilan uchrashganligini eshitib, so‘ng Suroqani qoralay boshladi:
   "œShunday imkoniyatni qo‘rqoqligidan qo‘ldan boy beribdi.
So‘roqa bu malomatlarga javob qildi:
   "œEy Abu Xakam! Agar sen meni otimni oyoqlari botib qolganligini ko‘rganingda, Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) Alloxni Rasuli ekanligiga, va xech kim unga qarshi tura olmasligiga senda biron bir gumon qolmasdi.

Qayd etilgan