Xamza ibn Abdul Muttalib
"œAllohning arsloni va mujohidlar sayyidi"
Makka ahli sa’yi harakat, mehnat, ibodat va lag‘v-behudaga to‘lib toshgan kundan keyin, kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uxlab yotibdilar"¦ Faqatgina ulardan bir inson yon boshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk zavq va shavq bilan o‘rnidan sakrab turardi. Chunki u Alloh taolo bilan ahdlashgan edi. Bas u hujrasidagi ibodat qiladigan joyiga borib, Robbisiga munojot va duo qilardi. Har qachon astoydil duo bilan tavba-tazarru qilib yig‘layotgan shovqinini eshitib, uyg‘ongan ahli unga rahmi kelib, nafsini bu qadar qiynamasdan , uyqu orqali orom olishga chaqirganda, ko‘zlarida yosh bilan unga:
"œEy Hadicha, uxlaydigan davr o‘tdi!!!" - deb javob berardi.
Bu inson da’vatini endigina boshlab, so‘zlarni boshqalarga mahfiy ravishda, pichirlab gapirishiga qaramay, quraysh ahliga uyqu bermay, ularni bezovta qila boshlagan edi.
U zotga iymon keltirganlar hali juda ozchilikni tashkil qilardi. Iymon keltirgan mo‘minlardan tashqari, unga nisbatan hurmat va muhabbatni qalbida ko‘tarib hali iymon keltirishga ulgurmagan insonlar ham bor edi. Bu insonlarning qalblari u zotga iymon keltirib, uning muborak karvonida sayr qilishga zavq-shavq bilan to‘lib toshgan edi. Jamiyat va urf-odatlarning uslubi, ota-bobolaridan meros qolgan dinlariga taqlid qilish bosimi, g‘arb va sharq orasidan chiqayotgan nidolar tufayli ikkilanishdan o‘zga narsa ularni iymon keltirishdan to‘smasdi. Shunday insonlardan biri Rosululloh sallallahu alayhi vasallamning amakilari va emikdosh birodarlari bo‘lmish Hamza ibn Abdul Muttalib edi.