Sahobalar hayotidan  ( 132879 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:43:56

*  *  *
Yillar ketidan yillar o‘tdi ...
Qachonlardir Makkani noilojlikdan qoldirib qayg‘u bilan tark etgan Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) bugun endi mardonavorlarcha g‘alaba qilgani, minglab o‘tkir qurollangan saxobalar bilan qaytardilar. ..
Vaqti-ki Quraysh kattalari yer yuzini to‘ldirib kelayotgan saxobalar bilan uchrashganliklarida, qo‘rqqanlaridan titrab so‘ray boshladilar.
   "œEndi bizlarni nima qilmoqchisizlar?"
Payg‘ambarlarga xos ulug‘ xislat bilan ularga:
   "œBoringlar sizlar ozoddirsizlar» ... dedilar.
Shundan keyin Suroqa ibn Molik yo‘lga otlanib, Rasullullox (sallalloxu alayxi va sallam) xuzurlariga o‘zini islomga oldin kirganligini oshkor qilishlik uchun va o‘n yil oldin yozdirib olgan bitiklarini xam o‘zi bilan olib keldi.
Suroqa (rodiyalloxu anxu) aytadilar.. .: 
   «Rasulullox salloloxi alayxi va sallamni «Jiyron»da (Makka bilan Toif o‘rtasidagi joy) uchratdim». Borganimda men Ansorlar jamoasiga yo‘liqdim. Ular meni qurshab olib, nayzalarini ko‘ndalang tarafi bilan meni nuqtay boshladilar: "œEy bu yerdan ket, ket bu yerdan!" Men shunga qaramasdan ularning jamoasini kesib o‘tmoqchi bo‘lganimda Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) tuya ustida o‘tirgan xolda kelib qoldilar. Men qo‘limdagi bitikni ko‘tarib, ovozim boricha "œEy Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam)! Men Suroqa ibni Molik bo‘laman. Qo‘limdagi esa Siz bergan bitik... Alloxning Rasuli: «Yaqinroq kel! Ey Suroqa .. . Bu kun vafolar va yaxshiliklar kunidir.»
Rasulullox salloloxi alayxi va sallam bilan ko‘rishganidan so‘ng Suroqa ibn Molik (rodiyalloxu anxu) ular bilan bir necha oy birga bo‘ldilar xolos. Xatto Allox o‘z Rasulining muborak jonini olgunga qadar. Suroqa qattiq qayg‘uga tushdi.. U bir yencha yil oldin yuzta tuya uchun o‘ldirmoqchi bo‘lgan kishisi bilsaki yer yuzining barcha tuyalari uning bir tirnog‘iga xam arzimas ekan.
Suroqa bir necha yillar oldin Alloxning Rasuli tarafidan unga aytilgan so‘zni qaytarar: «Ey Suroqa Kisroning bilak uzugini taqqaningda qanday bo‘larkan-a?»
Va u kishining qalbida bir kun kelib, o‘sha bilak uzukni taqishligiga shubxa yo‘q edi.   

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:44:12

*   *   *
Ko‘p o‘tmasdan Abu Bakr (rodiyalloxu anxu) va undan so‘ng Umar ibn Xattob Al Farrux (rodiyalloxu anxu)ning xalifalik davrlari boshlandi. Umar ibn Xattob (rodiyalloxu anxu)ning xalifalik davrlarida musulmonlar ko‘p joylarni zabt etishdi va Fors mamlakatini xam fatx etishdi. Ular mustaxkam Qal’alar ostida jang qilib oxiri Forslar saltanatini boyligi bilan qo‘lga kiritishdi. Umar (rodiyalloxu anxu)ning xalifalik yillari oxirgi kunlarida Madinaga Saad ibn Abu Vaqqos (rodiyalloxu anxu) xursandlik bilan g‘alaba xabarini olib keldilar. Ular o‘zlari bilan musulmonlar g‘aznasining Alloxning yo‘lida qo‘lga kiritilgan, besh qismiga teng keladigan g‘animatlarini topshirdilar.
Umar (rodiyalloxu anxu) g‘animatlarga nazar solib, ular orasidagi bir qimmat baxo Kisroning taqinchoqlari va qimmat baxo ko‘zlar qadalgan tojisiga ko‘zlari tushdi. Ular orasida antiqa bilak uzuk xam bor edi.   Qo‘llaridagi kaltak bilan ularni ustini yopib qo‘yib, so‘ng atrofga qarab:
   "œJangchilar albatta yaxshi va xalol ishlashdi."
Ular orasida Ali ibn Abu Tolib (rodiyalloxu anxu) turib aytdilarki:
   "œAlbatta Siz oliyjanob kishidursiz, agar qo‘l ostingizdagilarga oliyjanoblik qilmaganinggizda, ular xam oliyjanoblik qilmagan bo‘lur edilar, ey mo‘minlar amiri!"
Umar ibn Xattob (rodiyalloxu anxu) Suroqa ibn Molik (rodiyalloxu anxu)ni chaqirib, u kishiga Xusroning ko‘ylagini va shalvarini va oyoq kiyimlarini berib o‘zlari belbog‘ bilan Kisroning tojisini taqib qo‘ydilar. Bu xodisani musulmonlar Alloxu akbar .. Alloxu akbar .. deb olqishlashdi.
Umar (rodiyalloxu anxu) Suroqa (rodiyalloxu anxu)ga qarab dedilar:
   "œMadlaj qavmining bolasiga qarang. Vox, vox, Kisroni toji va bilakuzugini taqib olganini qarang.
Boshlarini osmonga qaratib Umar (rodiyalloxu anxu) duo qildilar:
   «Ey Allox! Sen bu mollarni Rasulullox sallalloxu alayxi va sallamga bermading, va mendan senga yaxshiroq bo‘lgan Abu Bakrga xam bermading... va o‘zingdan panox so‘raymanki meni karix (yomon) ko‘rmaginki menga shularni berganing uchun.
Umar xamma g‘animatlarni musulmonlarga taqsimlab bo‘lgunlaricha joylaridan jilmadilar. Allox xammalaridan rozi bo‘lsin.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:46:29

TALXA IBN UBAYDULLOX TAMIMI

"œKim o‘lganidan keayin xam yerda yurgan kishini ko‘rmoqligi xursand qilsa, bas u Talxa ibn Ubaydulloxga qarasin." (Muxammad Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam)dan)

 Quraysh axlining tijorat karvonlaridan biri Shomga qarab yo‘l oldi. Talxa  ibn  Tamimi (rodiyalloxu anxu) ular bilan birga edi. Karvon Busra shaxriga (Busra Suriyadagi  shaxarlardan biri edi) kirib keldi.
Qurayshning ulug‘ savdogarlari oldi-sotti qilishlik uchun odamlari ko‘p bozorga shoshildilar. Kichkina yosh bola bo‘lishlariga qaramasdan, katta savdogarlar kabi savdo sotiqni yaxshi biladigan, zakovotli, nozik ishlarda ular bilan birga raqobat qilar edilar.
Ertalabdan to kechgacha Talxa (rodiyalloxu anxu) vaqtlarini bozorda o‘tkazdilar, Xar-xil o‘lkalardan odamlar bozorga oqib kelar edi. Shunday kunlarning birida bir xodisa yuz berdiki, shu  sababdan butun xayotlari o‘zgarib ketdi.
Keling so‘zni yaxshisi "œTalxa ibn Ubaydullox (rodiyalloxu anxu)ga" bersak, ular o‘zlarining qiziqarli xayotlarini bizga so‘zlab bersinlar. 

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:46:58

*   *   *
Talxa (rodiyalloxu anxu) aytadilar:
   "œBusro bozorida yurganimda, nasroniy dini roxiblaridan biri odamlarni o‘ziga chaqirdi: "œEy savdogarlar jamoasi! Oralaringizda Makka axlidan biror kishi bormi?" Men yaqinroq bo‘lganim sababli shoshilib, "œmen Makka axlidanman dedim".
   "œOralaringizda "œAxmad" ismli kishi bormi?" - deb so‘radi.
   "œKim u  "œAxmad"œ?" - dedim.
   "œAbdul Mutallibning o‘g‘li Abdullox" - dedi roxib. "œShu oy u kishining  kelishlari  kerak va u oxirgi Payg‘ambarlardandur. U sizlarning Makka yeringizdan chiqadi va qora toshli yeringizga joylashadi, xurmo va chuchuk suv bor joyga. Ey yigit! uning oldiga shoshiling."
Talxa davomida aytadilar :
   "œRoxibning aytganlari qalbimga joylashib qoldi. Men tuyalarim oldiga shoshilib ularni Makkaga qaytishlikka xozirladim, shoshganimdan karvonimni xam qoldirib ketdim. Yetib kelib o‘z axlimdan so‘radim: "œMakkada men yo‘g‘imda biron kor xol bo‘ldimi? Menga aytishdiki: "œXa Abdulloxning o‘g‘li Muxammad chiqib, o‘zini oxirgi Payg‘ambar deb e’lon qildi. Unga Abu Kuxofa ya’ni (Abu Bakr) ergashdi.
Talxa dedilar:
   Men Abu Bakrni juda yaxshi bilar edim. U  kishi  yoqimli va  ko‘pchilikni ichida obro‘li inson edilar. Xalol va rostgo‘y tijoratchi va biz u kishi bilan do‘st bo‘lib, ko‘p vaqtlarimni u kishining oldida o‘tkazishlikni yaxshi ko‘rardim. Undan tashqari "œqurayshliklar" tarixini yaxshi bilar va nasablarini ajrata olar edilar. Oldilariga borib so‘radim: "œOdamlar Abdulloxning o‘g‘li Muxammadni oxirgi payg‘ambar va siz u kishiga ergashgan emishsiz,  shu to‘g‘rimi?", "œXa", - deb javob berdilar. Keyin u kishi menga Payg‘ambar xaqida gapirib berdilar va meni xam u kishiga ergashishlikka targ‘ib qildilar. Men xam Abu Bakirga roxibdan eshitganlarimni gapirib berdim. U kishi xayron qolib dedilar: "œMen bilan birga Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam)ning oldilariga borgin, bu xabarni o‘zing u kishiga aytib bergin, keyin ular nima deganlarini eshitamiz.
Alloxning diniga targ‘ib qilishlik uchun. Talxa (rodiyalloxu anxu) qissalarini davom ettiradilar:
   Men va Abu Bakr (rodiyalloxu anxu) ikkimiz Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam)ning oldilariga borganimizda u kishi menga islomni qabul qilishlikni taklif qildilar va qur’on oyatlaridan menga tilovat qilib berdilar, dunyo va oxirat xabarlarini yaxshi yetkazdilar. Allox qalbimni islomga ochdi. Men u kishiga "œBusradagi" bo‘lgan voqeani so‘zlab berdim. Mening so‘zimdan Muxammad (sallalloxu alayxi va sallam) juda xursand bo‘ldilar, bu shundoqqina yuzlaridan ko‘rinib turar edi. Keyin men ular oldida oshkor qilib imon keltirib, shaxodatni aytdim "œGuvoxlik beraman Alloxdan o‘zga ilox yo‘q va Muxammad Alloxning elchisi", Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)ning sharofatlari bilan men islomni 4 chi bo‘lib qabul qildim.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:47:09

*   *   *
Bu  qurayshlik bolani islomni qabul qilishidan uning yaqinlarini bir chaqmoq urgandek bo‘ldi. Xammadan ko‘proq onasini jaxli chiqib qayg‘urdi. Saxiyligi va xalqparvarligidan onasi uni qavmining kattasi bo‘lishligiga umidvor edi.
*   *   *
Talxaning qarindoshlari uning yangi dindan yuz o‘girishini istaganlarida, xuddi ulkan tog‘ joyidan qimirlamagandek, uning xam qaytmasligini bilishdi. Yaxshi gapga kirmaganlikdan umidini uzgan qavm og‘ir qiynoqlarni qo‘llay boshladilar.
Mas’ud Ibn Xarash so‘zlab beradilar:
   "œSafo va Marvo tog‘lari orasida sayr qilayotgan edim (sayr qilishlik joxiliyat xayitida xam bo‘lgan). Ko‘p odamlar bir yigitni ketidan kelishayotganini ko‘rdim, qo‘llari bo‘yniga bog‘langan, orqasidan nuqtab, boshiga qarab urishar edi. Ularning orasida bir qariya ayol xam bor edi. U ovozini boricha uni xaqoratlab kelardi. Men so‘radim: Bu yigit nima qildi? Javob berishdiki: "œBu Talxa Ibn Abdullox, o‘zining dinidan voz kechgan va qandaydur xoshimiyga ergashgan kimsa." Unday bo‘lsa orqasidagi qari ayol kim?: "œBu ayol Assaba Bint Al Xazromi, shu yigitni onasidur.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:47:23

*   *   *
Shundan  so‘ng  Nofal ibn Xuaylid, qurayshliklar bu kishini (qurayshning sheri) deb laqablashardi, Talxa ibn Ubaydullox (rodiyalloxu anxu)ning yonlariga kelib, arqon bilan qo‘llarini qattiq bog‘ladi va Abu Bakr (rodiyalloxu anxu)ni xam ikki qo‘lidan bog‘lab, ularni ustilarida xar-xil qiynoqlarni o‘tkazish uchun, ikkovlarini Makkaning aqli zaiflari qo‘liga topshirdi. Shu sababdan Talxa (rodiyalloxu anxu) va Abu Bakr Siddiq (rodiyalloxu anxu)ni "œikkisi bog‘langan" deb chaqirishar edi.
*   *   *
Kunlar ketidan kunlar o‘tib, xodisalar birin ketin bo‘lib o‘tdi. Talxa (rodiyalloxu anxu) o‘sib kuch quvvatga to‘lishdi. Allox va Rasulining yo‘lida ulg‘ayib katta bo‘ldi. Talxa (rodiyalloxu anxu)ning islomga bo‘lgan qattiyatliklari va sadoqatliklari xamma musulmonlar uchun o‘rnak bo‘ldi. Xatto "œtirik shaxid"œ degan nom oldilar, Alloxning Rasuli u kishini bir necha nomlar bilan nomladilar (yaxshi Talxa, saxovatli Talxa, ko‘ngli keng Talxa) deb chaqirar edilar. Bu xar-xil laqablarning o‘z tarixi bor va ularning xammasi biridan qiziqarliroqdur.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:47:36

*   *   *
"œTirik shaxid" laqabining qissasi "œUxud  jangi" kunida musulmonlar Alloxning Rasulini tashlab qo‘yganida, oldilarida faqatgina 11 kishilik ansorlar va muxojirlardan iborat jamoat qolganida yuz berdi. Talxa ibn Ubaydullox (rodiyalloxu anxu) va Alloxning Payg‘ambari tog‘ tarafga qarab chekinishayotgan paytda, mushriklar ularga tashlanib Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam)ni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan edi.. Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) aytdilar:
   "œKim ularni orqasiga qaytarib, men bilan birga jannatda bo‘lguvchidur?"
   Talxa "œMen ey Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) dedilar.
   Â¬va yana bir kishi ansorlardan "œMen" dedi.
   Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) ansoriga ruxsat berib, menga sen qol dedilar. Ansori dushmanning xujumini qaytarib shaxid bo‘ldi. Mushriklar yana xujum qilib musulmonlar jamoasini o‘rab oldilar.
Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) dedilar:
   "œMushriklarni qaytaruvchi yana kim bor?"
   "œMen, yana chiqdim" - Alloxning Rasuli yana izn bermadilar.
   "œUnda men u ishni qilaman" - deb ansorlardan bir kishi chiqdi.
   Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) yaxshi sen bor dedilar. Bu ansori xam mardonavorcha kurashib shaxid bo‘ldi.
Alloxning rasuli tog‘ tarafga qarab ko‘tarilayotganlarida mushriklar yana o‘rab oldilar. Shunda Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) yana qaytaruvchi kim bor dedilar. Talxa (rodiyalloxu anxu) bu safar "œYana men" deb izn so‘radilar. Bu safargisida Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam) u kishiga ruxsat berdilar, boshqa ansorlar xammasi shaxid bo‘lgan edi.
Allox rasulining muborak tishlari sindi, lablari yorilgan, yuzlaridan qon oqardi, oyoqlari lat yegan, charchaganlikdan xollari yo‘q edi. Talxa (rodiyalloxu anxu) mushriklarga tashlanib ularni daf qildilar. Keyin orqalariga qaytib kelib, Payg‘ambarimiz (sallalloxu alayxi va sallam)ga toqqa chiqishlari uchun yordamlashdilar. Bir qancha vaqtdan so‘ng u Rasulullox (sallalloxu alayxi va sallam)ni yerga o‘tkazib, so‘ng yana mushriklarni yo‘q qilgani jangga kirib ketdi.
Abu Bakr (rodiyalloxu anxu) aytadilar:
Bu vaqtda men va Abu Uboda ibn Jarrox (rodiyalloxu anxu) ikkimiz Rasululox (sallalloxu alayxi va sallam)ga yaqin edik. U kishining oldilariga yordam uchun borganimizda:
   "œMeni xoli qo‘yinglar, do‘stingiz uchun yordamga shoshilinglar (Abu Talxani nazarda tutib aytdilar)."
Talxa bir necha joyidan jaroxatlangan edi. Qilich zarbidan, kamon o‘qidan, nayza zarbasidan qonlar oqardi, jang vaqtida bir qo‘llari kaftidan kesilib chuqurchada yotardi "œkaftlar". Shundan keyin Alloxning Rasuli aytdilar: "œKimning o‘limdan keyin xam yerda yurgan kishiga qarashligi xursand qilsa, bas u Talxa ibn Ubaydulloxga qarasin".

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:47:47

*   *   *
Talxa ibn Ubaydullox (rodiyalloxu anxu)ning "œtirik shaxid" qissalari shundaydur. Boshqa laqablari xususida to‘xtalsak "œsaxovotli va bag‘ri keng" bularning xar birini o‘zining aloxida qissalari bor:
Bilamizki Talxa (rodiyalloxu anxu) katta tijoratchi edilar. Bir kuni  "œXadramautdan" qilgan savdolari uchun u kishi 70 000 dirxam foyda ko‘rdilar. Shu kechasi uxlay olmasdan chiqdilar, yonlariga xotinlari Ummu Gulsum, Abu Bakr Sidiq (rodiyalloxu anxu)ning qizlari kirib dedilar:
   "œNima bo‘ldi sizga? Ey Muxammadning otasi, naxotki bizdan biron birimiz sizni xafa qilgan bo‘lsak?"
   "œYo‘q" — dedilar Talxa (rodiyalloxu anxu), - sen musulmon kishida bo‘ladigan eng yaxshi xotindursan. Lekin men kechasi bilan o‘zimga savol berib qiynaldim: "œBir inson uyida shuncha boylik bo‘la turib, qanday qilib tinch uxlay oladi, o‘zining Robbisi xuzurida nima deb xisob beradi?"
   "œNima uchun bu sizni tashvishga solayapti?" — deb so‘radi xotinlari.
   "œ¡zing o‘ylab ko‘rgin, atrofimizda shuncha muxtojlar bo‘la turib qanday xotirjam bo‘lay".
   "œErtalab bu pullarni ular orasida taxsimlar berib yuboring" - dedi xotinlari. Allox sendan rozi bo‘lsin sadoqatli insonning qizi va sadoqatli xotin deb xursand bo‘ldilar. Ertalab bu pullarini va boshqa boyliklarni Talxa (rodiyalloxu anxu) ansor va muxojirlar orasida taqsim qilib berdilar.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Iyun 2007, 07:48:11

*   *   *
Rivoyat qilishadiki, Talxa (rodiyalloxu anxu)ning oldiga bir kishi kelib u bilan qarindoshligini va unga yordam berishni so‘radi. Talxa (rodiyalloxu anxu) dedilar:
   "œMeni oldimda xech kim bu qarindoshlikni xabarini aytmagan edi. Agar xoxlasang meni bir yerim bor, uni Usmon ibn Affon mendan 3000 dirxamga so‘rab turibdi, xoxlasang sotib pulini olib beraman yoki xovlini olgin."
U kishi pulini olishlikni so‘radi, Talxa (rodiyalloxu anxu) shu pulning xammasini berib yubordilar.  Allox u kishidan rozi bo‘lsin (Saxovotli va ochiq ko‘ngil) deb chaqirgan Rasulillox (sallalloxu alayxi va sallam)ning xam Allox qabrlarini nurga to‘ldirsin.

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:29:23

Xamza ibn Abdul Muttalib

"œAllohning arsloni va mujohidlar sayyidi"

Makka ahli sa’yi harakat, mehnat, ibodat va lag‘v-behudaga to‘lib toshgan kundan keyin, kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar to‘shaklari ustida u yoq- buyoqlariga ag‘darilib uxlab yotibdilar"¦ Faqatgina ulardan bir inson yon boshini to‘shagidan uzoqda tutib, bedor bo‘lmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk zavq va shavq bilan o‘rnidan sakrab turardi. Chunki u Alloh taolo bilan ahdlashgan edi. Bas u hujrasidagi ibodat qiladigan joyiga borib, Robbisiga munojot va duo qilardi. Har qachon astoydil duo bilan tavba-tazarru qilib yig‘layotgan shovqinini eshitib, uyg‘ongan ahli unga rahmi kelib, nafsini bu qadar qiynamasdan , uyqu orqali orom olishga chaqirganda, ko‘zlarida yosh bilan unga:
"œEy Hadicha, uxlaydigan davr o‘tdi!!!" - deb javob berardi.
Bu inson da’vatini endigina boshlab, so‘zlarni boshqalarga mahfiy ravishda, pichirlab gapirishiga qaramay, quraysh ahliga uyqu bermay, ularni bezovta qila boshlagan edi.
U zotga iymon keltirganlar hali juda ozchilikni tashkil qilardi. Iymon keltirgan mo‘minlardan tashqari, unga nisbatan hurmat va muhabbatni qalbida ko‘tarib hali iymon keltirishga ulgurmagan insonlar ham bor edi. Bu insonlarning qalblari u zotga iymon keltirib, uning muborak karvonida sayr qilishga zavq-shavq bilan to‘lib toshgan edi. Jamiyat va urf-odatlarning uslubi, ota-bobolaridan meros qolgan dinlariga taqlid qilish bosimi, g‘arb va sharq orasidan chiqayotgan nidolar tufayli ikkilanishdan o‘zga narsa ularni iymon keltirishdan to‘smasdi. Shunday insonlardan biri Rosululloh sallallahu alayhi vasallamning amakilari va emikdosh birodarlari bo‘lmish Hamza ibn Abdul Muttalib edi.

Qayd etilgan