Sahobalar hayotidan  ( 132949 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 B


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:32:41

* * *
Rosululloh sallallahu alayhi vasallam jangdan uylariga qaytib ketayotib yo‘lda Banu Abdil Ashhal qabilasining ayollari, shahid ketgan erlari uchun yig‘layotganlarini eshitdilar. Janobimiz amakilariga bo‘lgan muhabbatlari cheksizligidan dedilar:
"œAmmo Hamzaning ortidan yig‘laguvchisi yo‘q"¦"
Bu so‘zlarni eshitgan Sa’d ibn Muoz Rosululloh sallallahu alayhi vasallam ayollarning amakilari Hamza roziallohu anhu uchun yig‘lashlaridan hushnud bo‘ladilar deb gumon qilib, tezlik bilan Banu Abdil Ashhal qavmining ayollari yoniga borib, Hamza roziallohu anhu uchun yig‘lashlarini buyurdi. Bas, ular huddi shunday qildilar. Rosululloh sallallahu alayhi vasallam ularning yig‘ilarini eshitishlari bilanoq , yonlariga borib dedilar:
"œMen buni qasd qilmagan edim. Alloh sizlarni rahm qilsin, uylaringizga qayting, bugungi kundan keyin yig‘i bo‘lmaydi."
Qattiq iztirobda bolgan Payg‘ambarimiz sallallahu alayhi vasallamni ko‘ngillarini olish uchun ashoblar Hamza roziallohuning anhu buyuk manoqiblarini ulug‘lab, u kishini maqtab marsiyalar yoza boshladilar.
Hamza roziallohu anhu muborak xotiralariga yanada hushbo‘ylik keltirgan narsa, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam u kishining jasadi tepasida turib aytgan mana bu so‘zlari edi:
"œAlloh seni rahmatiga olsin. Albatta sen men bilganday, silai rahm va yahshilik qiluvchi inson eding."

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:32:50

* * *
Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning amakilari Hamza roziallohu anhu vafoti tufayli kechirayotgan musibatlari nihoyatda og‘ir edi. Shu sababli bu musibatga sabr qilib, tinchlanish ham o‘ta qiyin kechdi. Ammo taqdir Janob Rosululloh sallallahu alayhi vasallam uchun juda go‘zal bo‘lgan sabr va tasallini zahira qilib qo‘ygan edi.
Payg‘ambarimiz Uhuddan uylariga qaytib ketayotib, yo‘lda jangda otasidan, eridan va akasidan ajralgan Banu Diynor qabilasiga mansub bir ayolning yonidan o‘tib qoldilar. O’sha ayol jangdan qaytayotgan musulmonlarga ko‘zi tushishi bilanoq , ular tomonga yugurib kelib, jang natijasi xususida so‘radi. Musulmonlar unga bu jangda otasidan, akasidan va eridan ajralganini bildirdilar.
U ayol esa his-hayajon va xavotir bilan:
"œRosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?" - deb so‘radi. Musulmonlar:
"œAlhamdulillah, sen yaxshi ko‘rganingdek, u kishi sog‘-omonlar" - dedilar. O’sha ayol:
"œMenga Rosululloh sallallahu alayhi vasallamni ko‘rsatinglar" - dedi. Musulmonlar Rosululloh sallallahu alayhi vasallam yetib kelgunlaricha, ayolning yonida biroz to‘xtab turdilar. Ayol vaqtiki, Rosululloh sallallahu alayhi vasallamni ko‘rgach, u zotning yonlariga kelib dedi:
"œSizga yetadigan musibatdan boshqasi biz uchun u qadar og‘ir emas".

Qayd etilgan


Laylo  12 Sentyabr 2007, 06:33:05

* * *
Ha, albatta"¦
Darhaqiqat, bu Rosululloh sallallahu alayhi vasallam uchun eng go‘zal ta’ziya bildirish va u kishini hotirjam qilish edi. Ehtimol, bu so‘zlarni eshitgan Janobimiz hushnud bo‘lib, tabassum qilgandirlar. Negaki bu yorug‘ dunyoda, bu qadar do‘stlik va fidoyilikning tengi yo‘q edi.
Bir zaif, miskin ayol, bir lahzada ham otasi, ham eri, ham akasini yo‘qotgan. So‘ngra tog‘larni larzaga keltiradigan bu xabarni eshitgach:
"œRosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?" - deb tashvish xavotir chekyapti!!!
Taqdir mana bu ko‘rinishning suratini va vaqtini nihoyatda go‘zal qildiki, unda Janob Payg‘ambarimiz sallallahu alayhi vasallam "œAllohning arsloni va shuhadolarning sayyidi" bo‘lgan amakilari Hamza ibn Abdul Muttalib uchun aytilgan ta’ziyalarning ichida, o‘zlarini tinchlantiradigan eng chiroyli tasalli so‘zlarini eshitdilar.

Qayd etilgan


Hadija  15 Sentyabr 2009, 21:06:13

Assalam alaykum Wa Rahmatulloh.
Hurmatli forumdoshlar. Sahobiylar hayotidan savollarim bor edi.

Bugun bir birodarim tomonidan quyidagi savolni oldim va javobini internetdan qidirib topa olmadim, iltimos, javobini bilsangizlar yoki qandaydir ma'lumotlar bo'lsa, yordamingiz ayamasangiz, ulug' ayyom kunlarida. Oldindan tashakkur...

Abjad,Kabbala va Jafar sahobai kiromlar to'g'risida bilasizmi?

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 21:09:51

V.Assalom.
Agar Turkcha bilsangiz Kabbala uchun pastdagi linkka qarashingiz mumkin:

http://tr.wikipedia.org/wiki/Kabbala

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 21:10:41


Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 21:19:50

Jafar sahobai kirom haqida turfa hil ma'lumotlar bor, Siz aniq qilib so'rasangiz o'rtog'ingizdan, qaysi biri haqida so'ragan ekanlar. Ma'lumotlarni ajratishimiz oson bo'lardi.
Abjad, deb qidirganimda esa to'g'ridan abjad hisobi haqidagi ma'lumotlar chiqyabdi. Shu alifbemizdagi "j" harfi yomonda. "j" bilan yozganizda so'zlarning asl ma'nolaridan juda yiroq ma'nolarga olib ketadi:(

Qayd etilgan


Hadija  15 Sentyabr 2009, 21:21:23

V.Assalom.
Agar Turkcha bilsangiz Kabbala uchun pastdagi linkka qarashingiz mumkin:

http://tr.wikipedia.org/wiki/Kabbala


Alloh rozi bo'lsin, tashakkur juda hursand bo'ldim, shuni o'zbechasini topishni ilojisi yo'qmi?  ::)

Qayd etilgan


Ansora  15 Sentyabr 2009, 21:22:39

Amin Jumlamizdan. Menimcha O'zbekchasi yo'q. Vaqtim bo'lsa tarjima qilib beraman, agar tez kerak bo'lmasa:)

Qayd etilgan


Hadija  15 Sentyabr 2009, 21:23:09

Jafar sahobai kirom haqida turfa hil ma'lumotlar bor, Siz aniq qilib so'rasangiz o'rtog'ingizdan, qaysi biri haqida so'ragan ekanlar. Ma'lumotlarni ajratishimiz oson bo'lardi.
Abjad, deb qidirganimda esa to'g'ridan abjad hisobi haqidagi ma'lumotlar chiqyabdi. Shu alifbemizdagi "j" harfi yomonda. "j" bilan yozganizda so'zlarning asl ma'nolaridan juda yiroq ma'nolarga olib ketadi:(

Opa shu Jafar haqidagilarini linkini bera olmaysizmi, agarda o'zbekcha bo'lsa?
Ochig'i, shu Abjaad degan sahobani umuman eshitmagan ekanman... :-[ :'(

Qayd etilgan