Sahobalar hayotidan  ( 132967 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 22 B


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:08:06

OISHA (ra) (613-678) - Muhammad(sav)ning xotinlari, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi. Laqablari Siddiqa, unvonlari Ummul-mo‘minin (Mo‘minlar onasi)dir. Muhammad (sav) vafotlaridan keyin O. (ra) xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o‘rtasidagi munozaralarda faol ishtirok etgan. O. (ra) payg‘ambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan.
Islom tarixida hazrati O. (ra)ning ilm jihatdan mavqei juda balanddir. O. (ra) bevosita Muhammad (sav) b-n birga yashagani tufayli juda ko‘p hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar ba’zi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni O. (ra)dan so‘rab bilib olar edilar. Abu Bakr, Umar va Usmon (ra) zamonlarida fatvolar ham bergan. O. (ra) tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor bo‘lgan. Hazrati O. (ra) nihoyatda qanoatli ayol bo‘lib, butun hayoti davomida bir juftgina oyoq kiyim, bir nechtagina ko‘ylak kiyganlari rivoyat qilinadi. Mil. 678 y. 13 iyulda vafot etgan, janozasini Abu Hurayra (ra) o‘qigan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:09:29

SAID ibn ZAYD (taxm. 600-671) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashshara axlidan. Otasi Zayd Banu Adaviy urug‘idan bo‘lgan. Saidning bobosi johiliya davrida Makkadaga boshlikdardan hisoblangan. S. ibn 3. Umar (ra)ning pochchasi edi. Zavjasi Fotima b-n ikkisi Umar (ra)dan avval musulmon bo‘lishgan, Habashistonga ham birga ko‘chishgan. Talha b-n birga Shomga jo‘natilgani uchun Badr jangida qatnashmagan. Lekin g‘animatlardan uning ulushi ajratilgan. Boshqa janglarda qatnashgan. Xalifa Abu Bakr Siddiq davrida Shom fathida ishtirok etgan. S. ibn 3. saxiy, ibodatga qattiq berilgan, taqvo sohibi, mujohid bir zot bo‘lgan. Dunyo ishlariga ahamiyat bermagani uchun biror vazifa olmagan. Madina yaqinidagi Aqiq degan joyda vafot etgan. S. ibn 3. Rasuli Akramdan to‘rt hadis rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:09:57

SAID ibn al-OS (625-679) - sahoba. Islom amirlaridan. Umar (ra) huzurida tarbiya topgan. Usmon (ra) uni Kufaga amir qilib tayinlagan. Hazrat Usmon (ra)ga qarshi uyushtirilgan fitnada uni himoya qilgan. Usmon (ra) shahid bo‘lganidan so‘ng (658) Makkaga ketgan. Muoviya xalifalik zamonigacha (661) u yerda qolgan, so‘ng to umrining oxirigacha Madinaga voliy bo‘lgan. Tabariston (Eronning shimolida) fathida qatnashgan. Usmon (ra) huzurida bo‘lib, Qur’oni karimni jamlash va kitob holiga keltirishda faoliyat ko‘rsatgan. Uning Madinada qurgan qasri hozirgacha saklanib qolgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:10:28

SALMON al-FORSIY, Abu Abdulloh Salmon al-Forisiy (? - 658) - sahoba; Rasululloh (sav)ning mavlolaridan. Asli isfahonlik. Din qidirib safarga chiqqan. Majusiy dinidagi otasidan qochgan. Avval nasroniy diniga kirib, bir necha vaqtdan keyin Madinaga borib, islom dinini qabul qilgan. 627 y.dagi Xandak, jangida aynan S. al-F. Muhammad (sav)ga Madina sh. atrofiga xandaq qazishni va unga kamonchilarni joylashtirishni maslahat bergan. Arabistonda ilgari ko‘rilmagan bu yangi taktik usul makkaliklar harbiy kuchining asosiy zarbdor qismini tashkil etgan badaviylar otliq qo‘shinining jangovarlik imkoniyatlarini ancha pasaytirgan. Bu ular uchun kutilmagan hol bo‘lib, sarosimaga solgan, natijada musulmon qo‘shini zafar qozongan. S. al-F. tasavvufning asoschilaridan biri hisoblanadi. Shialar S. al-F.ni Alining sodiq safdoshi sifatida juda qadrlaydilar. Madoin sh. (Iroq)ga hokim bo‘lganda, bo‘yra to‘qib sotib, o‘z mehnati evaziga tirikchilik o‘tkazgan; maoshini muhtojlarga sadaqa qilgan. Rasuli Akram (sav)dan ko‘plab hadislar rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:10:56

SAFVON al-JUMAHIY, Abu Vahb Safvon ibn Umayya ibn Xalaf ibn Vahba al-Jumahiy al-Qurayshiy al-Makkiy (? - 661) -sahobalardan. Johiliyatda ham, islomda ham kuraysh qabilasining ulug‘laridan edi. Makka fathidan so‘ng islomga kirgan. Yarmuk g‘azotida qatnashgan. Makkada vafot etgan. 13 ta hadis rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:11:22

SAFIYA bint HUYAY, Safiya bint Huyay ibn Axtab al-Xazrajiyya (? - 670) - Rasululloh (sav)ning xotinlaridan biri. Johiliyat davrida zodagon oilada tarbiya topgan. Madina axlidan bo‘lib, yahudiy diniga kirgan. Yahudiy qabilasidan bo‘lmish Bani Qurayzalik Sallom ibn Mishkami unga uylangan, keyin undan ajralib, Kinona ibn ar-Rabiga turmushga chiqqan. Kinona Haybar jangida halok bo‘lgan. Undan so‘ng Rasululloh uni o‘z nikoxdariga olganlar. 10 ta hadis rivoyat qilgan. Madinada vafot etgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:12:10

SA’D ibn ABU VAQQOS, to‘liq ismi Molik ibn Vahb ibn Abdumanof al-Qurayshiy Zahriy (taxm. 590-674) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan, Muhammad (sav)ning qo‘riqchilaridan biri. Quraysh qabilasidan, Rasuli Akramning onalari Omina kabi Bani Zahra urug‘idan bo‘lgan. Madinaga ko‘chib borgan muhojirlardan. Rasululohning barcha g‘azovatlarida qatnashib, u kishining hurmatlariga sazovor bo‘lgan. Royat jasur, mard inson, mohir mergan hisoblangan. Uhud jangida Rasuli Akramning yonlarida turib jang qilgan Sa’d mingdan ortiq o‘q otgan. Eronga yuborilgan qo‘shinga lashkarboshi etib tayinlangan. Unga shuhrat keltirgan Qodisiya jangvda (636y.) Rustam boshchiligidaga 40 ming kishilik fors qo‘shinlari yengilgan. So‘ng Madoin (Ktesifon) sh.ni hujum b-n olgan va Sosoniy shoxlarining behisob xazinalarini qo‘lga kiritgan. Ma’lum muddat Eron va Iroq noibi bo‘lgan. Umar (ra) zamonida (638 y.) Kufa sh.ni qurgan. Usmon (ra)ning fojiali o‘limidan so‘ng biror ishga qo‘shilmagan, xalifalikka da’vogarlik qilmagan. Jamal va Siffin janglarida ishtirok etmagan. Muoviya huzuriga chaqirtirilganda bormagan. Madina tashqarisidaga uyida 84 yoshvda vafot etgan. Vasiyatiga binoan, Badr jangida kiygan va 55 y.dan beri asrab kelgani - jundan to‘qilgan bir jubbasi b-n kafanlangan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:13:14

TALHA ibn UBAYDULLOH (taxm. 594-656) -   sahoba,  makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan  Kuraysh qabilasining Banu Tamim urug‘idan bo‘lgan. Talha islomga kirgan paytlari mushriklardan ko‘p zulm ko‘rgan. Badr jangidan boshqa ham g‘azovotlarda Muhammad (sav) b-n birga bo‘lgan. Badr jangida Rasuli Akram uni quraysh karvoni haqida ma’lumot keltirish uchun Shomga yuborganlari sababli bu jangda qatnashmagan,  biroq o‘ljalardan unga ulush  ajratilgan.  Uhud jangida, Rasuli  Akramning yonlaridan jilmagan,    hatto    dushman    tarafidan payg‘ambarimizga serpalgan bir qilichni qo‘li b-n qaytarib, qattiq jarohat olgan. Usmon (ra) vafotidan so‘nggi voqealarda Oisha tomonida  bo‘lgan.  Jamal  jangi  (656)da yaralanib,  Basrada  vafot  etgan.   Talha payg‘ambarimizdan 38 ta hadis rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:14:58

UMAR ibn Xattob (ra) (taxm. 585-644) -dastlabki to‘rt xalifadan ikkinchisi (634-644). Islomni taxm. 616-y. qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u zot olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakrning xalifa bo‘lib saylanishining tashabbuskori, uning yaqin maslahatgo‘yi bo‘lgan. Abu Bakr (ra) o‘limidan avval U. (ra)ni o‘z o‘rniga tavsiya etgan va jamoat U. (ra)ga qasamyod qilgan. U. (ra)ning o‘n yillik xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviya, Eronning g‘arbiga tarqaldi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy ma’muriy-huquqiy muassasalar, avvalo, soliq-o‘lpon tizimi tuzildi. Bulardan eng muhimi fath etilgan yerlarni bo‘lib olinishini man etilishi va buning o‘rniga devon ro‘yxatiga kiritilgan barcha sahobalar va jangchilarga maosh (ato) va oziq-ovqat ulushi (rizq) to‘lashni joriy etish bo‘lgan. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol U. (ra) xalifa unvoniga birinchi bo‘lib qo‘shimcha amir al-mo‘minin (mo‘minlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. U yangi musulmon yil hisobi - hijriy yil taqvimini joriy etdi (rabi ul avval oyining 16 kuni - mil. 637 y. apr.). Har yili haj amali borasidagi diniy-huquqiy farmoyish ham U. (ra)ga nisbat beriladi. Sunniylar tarixiy an’anasida U. (ra)ni risoladagidek hukmdor, ya’ni taqvodor, kamsukum, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson, "Umari odil", hukmronlik davrini esa, islomning "'oltin asri" deb tavsiflashgan. Mil. 644 y. Basra voliysi Mug‘iyra ibn Shu’baning quli nasroniy Abu Lu’lua U. (ra)ga xanjar sanchib yaralagan va shu kuni kechqurun U. (ra) 63 yoshda vafot etgan. O’limi oldidan o‘z o‘rniga yanga xalifa saylash uchun Muhammad (sav)ning olti nafar eng keksa safdoshlaridan iborat sho‘ro tuzgan va shu kengashlardan birida Usmon (ra) xalifa etib saylangan. Vasiyatiga ko‘ra, Oisha onamizning hujralariga, Rasuli Akram va Abu Bakr Sidtsiq yonlariga dafn etilgan.

Qayd etilgan


Muslimaxon  14 Oktyabr 2006, 06:15:42

USMON ibn Affon (ra) (taxm. 575- 656) -dastlabki to‘rt xalifadan uchinchisi. Umaviylar qabilasiga mansub. Makkalik boy savdogar. Muhammad (sav)ning eng dastlabki izdoshlaridan biri. Musulmonlar guruhi b-n Habashistonga ko‘chgan, 623 y.da Madinaga kelgan. U. (ra) dastlab Payg‘ambar (as)ning qizlari Ruqayyaga uylangan (taxm. 610), u vafot etgach, Rasululloh ikkinchi qizlari Ummu Gulsumni ham U. (ra)ga nikoxlab berganlar (623), shuning uchun "Zun-Nurayn" - ikki nurli, degan nom olgan. Umar (ra)ning o‘lim oldidagi vasiyatiga ko‘ra, U. (ra) yangi xalifani saylashi lozim bo‘lgan sho‘ro tarkibiga kirgan va ular tomonidan xalifa qilib saylangan. U. (ra) hukmronligi davrida Sosoniylar davlatini fath etish tugallandi, musulmonlarning Tunis va Kavkazorti o‘lkalaridagi mavqei mustahkamlandi. U. (ra)ning buyrug‘i b-n Qur’oni karim matni to‘planib, bir butun (mushaf) kitob shakliga keltirildi va bu 7 mushaf turli o‘lkalarga tarqatildi, Masjidi Nabaviy kengaytirilib, qayta ta’mirlandi, Rumo arig‘i qazildi. Umrining oxirgi yillarida birinchi bor xalifaga muxolifat yuzaga keldi, qo‘shin va viloyatlardagi zodagonlar o‘rtasida U. (ra) siyosatiga qarshi norozilik kuchayib, U. (ra) Madinada, Qur’on o‘qib turgan chog‘ida dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Uning qoni Qur’on sahifalariga sachragan. Ushbu Qur’on muqaddas yodgorlik sifatida O’zbekiston musulmonlar idorasida saqlanadi

Qayd etilgan