Sahobalar hayotidan  ( 132469 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 22 B


AbdulAziz  02 Oktyabr 2006, 06:07:37

Abdulloh ibni Abbos r.anhu:

Rosul Akramning amakivachchalari. Tafsir, hadis, fiqh va boshqa ilimlarning olimidir. Sahobai kiromning mashhurlaridan. Hijrattan oldin Makkada tavallud topganlar. 68 yili Toifda vafot etganlar.

Abulloh ibni Abbos r.anhu tavallud topganlarida otalari u zotni Rosul Akramning oldilariga olib bordilar. Payg'ambarimiz S.A.V tupruklarini uzotning tomoqlariga surkadilar hamda Abdulloh ibni Abbosning haqlariga duo qiladilar. Holalari Maymuna binti Horis r.anho Rosul AKramning zavjalari bo'lganligi bois Rosul Akramning uylariga tez tez kelib turganlar. Ba'zan kechalari ham o'sha yerda qolganlar. Tahorat olishni va namoz o'qishni Rosul Akramning o'zlaridan o'rganganlar.

Makkaning fathidan keyin Madinaga hijrat qilganlar. o'sha vaqtda 11-12 yoshlarda edilar. Rosul Akram zamonlaridan Qur'oni Karimning bir qismini yodlagan edilar. Rosul Akram vafot etganlarida 13-15 yoshlarda edilar. BUndan keyin Qur'oni karimni to'la yodlab Ubay ibni Ka'b r.anhu va Zayd ibni Sobit r.anhularga boshidan yoddan o'qib berdilar. Hz.Umarning ilm suhbatlarida juda ko'p qatnashib u zotdan ilm o'rgandilar. Abdulloh ibni Abbos r.anhu Qur'oni karimning tafsirida juda katta ilmga sohib edilar. Shu bois u zotga Tarjimanul Qur'an laqabi berilgandir. Ibni Mas'ud r.anhu u zot haqlarida "U Mufassirlarning sultonidir" deb e'tirof qiladilar.

Abdulloh ibni Abbosning tafsir kitoblari yo'qdir. Ammo muhtalif rivoyatlari bor. Islom olimlari u zotning rivoyatlari bilan tafsir kitoblarini bezaganlar.

Abdulloh ibni Abbos r.anhumo Rosul Akramdan juda ko'p hadis rivoyat qilganlar. ba'zi manbalarning xabar berishicha u zot rivoyat qilgan hadislar soni 1660 tadir. U zot umrlarining oxirlarida ko'zlari ko'r bolib qolgan. 68 yili bir hafta kasallikdan so'ng olamdan o'tganlar. Janozalarini Hz. Alining o'gillari Muhammad Al Hanafiyya o'qiganlar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Oktyabr 2006, 06:08:58

Abdulloh ibni Amr ibni Os r.anhumo:

Sahobalarning buyuklaridan, otalaridan oldin imon bilan musharraf bo’lga zot. Islomga kirmaslaridan oldin ismlari Os edi, keyin Rosul Akram Abdulloh deb o’zgartirganlar. Otalaridan 12 yosh kichik bo’lganlar. Tahminan 65 hijriyda vafot etganlar.

Ashobi kirom orasida buyuk ilmga sohib bo’lgan zotlardan. Qur’oni karimning to’laligicha yod olgan hofizlardan edilar. Abdulloh ibni Amr r.anhumo Rosul Akramning o’zlaridan juda ko’p ilm oldilar. Uzotdan eshitgan hadislarini to’plab yozib yurdilar. Bu haqda Ashobi kiromning ichida eng ko’p hadis rivoyat qilgan zot Abu Hurayra r.anhu shunday deydilar: Ashobi kiromning ichida mendan ko’ra ko’p hadis biladigan va yod olgan zot yo’q magar Abdulloh ibni Amr mendan ko’proq hadis biladi va yod olgan. Chunki u hadislarni yozardi men esa yozmas edim."

Ibni Amr r.anhumo Rosul Akramdan eshitgan hadislarini Sahifai Sodiqa nomli majmuada to’plaganlar. Rosul Akramdan tahminan 700 tacha hadis rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislaridan ba’zilari shunlardir:

"œBizga qarshi qurol ko’targan bizdan emasdir"

"œYeyinglar, ichinglar, sadaqa beringlar, isrofsiz va takabbursiz kiyininglar. Janobi Haq ne’matlarini bandaning ustida ko’rilinishini hohlaydi"

"œShahidning Qul haqqidan boshqa barcha gunohlari o’chiriladi"

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Oktyabr 2006, 05:09:57

Abdulloh ibni Umar r.anhu:

Ashobi kiromning buyuklaridan, fiqh, tafsir, hadis ilmida ustun bo’lganlaridan. Kunyalari Abu Abdurrahmon. Musulmonlarning qorako’zi Hz. Umar ul Faruqning o’g’illari. Onalari Zaynab binti Ma’uni Jumayhidir. Makkai Mukarramada hijratdan 14 yil oldin dunyoga kelganlar. Shu yerda 73 hijrida vafot etganlar. Qabr lari Muhassabdadir.
Otalari iymonga kelishlari bilan kichik yoshda iymon keltirganlar. Madinai Munavvaraga hijrat etib Islom tarbiyasi bilan kamolga yetganlar. Yoshlari kichik bo’lganligi sababli Badr va Uhud g’azotlarida ishtirok etmaganlar. Birinchi bor Handaq g’azotida ishtirok etganlar. Bayati Rizvonda otalaridan oldin bay’at qilganliklari rivoyat qilinadi. Misr va Shimoliy Afrika fathlarida ishtirok etganlar. Xuroson va Tabariston safarlarida ishtirok etganlar. Otalari shahodat topganl vaqtlarida o’g’illarini halifalikka tayin qilishlikni so’raganlarida otalari "œ Bir uydan bir shahid yetadi" deb marhamat qildilar. Saylanmaslik sharti bilan Sho’roga a’zo bo’lganlar. Hz. Usmonning shahodatlaridan keyin halifalikka nomzod qilib ko’rsatilganlarida qabul qilmadilar. Hz. Ali r.anhuga bay’at qildilar. Faqat ichki hodisalarga aralashmadilar. "œJihod islom mamlakatida musulmonlar orasida bo’lmaydi. Jihod kofirlarga qarshi bo’ladi" deb o’z fikrini bildirdi. 15 ta farzandlari bo’lgan. 14 o’g’il va 1 qiz.
Abdulloh ibni Umar r.anhumo Rosul Akramga juda bog’li edilar. U zoti bobarokotning yo’llaridan yurmoqlikni va ahloqlari bilan ahloqlanmoqlikni istardilar. Huzur’i saodatlaridan ayrilmoqlikni istamazdilar. Qayerga borsalar orqalaridan ta’qib qilib borar edilar. Juda ko’p hodisalarga guvoh bo’lib hadis sharif eshitishga muvaffaq bo’ldilar. Ibodatda, suhbatda va g’azotlarda hamda Vidalashuv hajjida Rosul Akramning doim yonlarida edilar. Rosul Akramga hizmat qilish sharafiga muyassar bo’lishliklari bilan barcha ilimlarda mohir ustod bo’lib yetishdilar. Harom va shubhalilardan saqlanishlari, ilmlari va dunyoga e’tibor bermasliklari o’rnak qilishlikka arziydigan ahvolda edi. Qur’oni karimning tafsiriga oid masalalarda ashobi kiromining ichida ko’zga ko’ringalaridan biridirlar. Halol va haromga oid ko’p hadis shariflarni u zot rivoyat qilganlar. Jami 2630 hadis rivoyat qilganlilari turli manbalarda yoritilmoqda.
Imomi Molik r.a Abdulloh ibni Umar r.anhumo to’g’risida shunday deydi: Abdulloh ibni Umar Rosul Akramdan keyin haj mavsumida va boshqa vaqtlarda odamlarga 60 yil fatvo berdi. Fatvo berishda juda ehtiyotkor birisi edi." Tobiinlarda Mihron shunday deydi: Ibni Umardan ko’ra faqihroq birisini ko’rmadim.
Ozod qilgan qullari Imomi Nafe shunday deydi: Abdulloh ibni Umar 1000 kishi ozod qilmasdan jonini taslim qilmadi. Ba’zan oylab go’sht yemazdi. Faqat Ramazonda va mehmoni bo’lganda go’sht yeyardi. Biror bir narsaga ortiqcha ko’ngil qo’yishi bilan uni unga ehtiryoji bo’lgan birisiga in’om etardi.’

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:02:49

Abu Hurayra r.anhu:

Mashhur sahobiylardan birlari. Ashobi kirom ichida eng ko’p hadis rivoyat qilgan zot. Ismlari haqida turli rivoyatlar mavjud. Eng sahihrog’i Abdurrahmon ibni Sahr. Yamanning Davs qabilasidanlar. Kunyalari Abu Hurayra. Haybar yili iymon keltirganlar. 59 hijrida 78 yoshlarida vafot etganlar.
Hijratning 7 yili iymonga kelganlar. Bu Haybar g’azoti vaqtida ro’y bergan. Shundan keyin Abu Hurayra r.anhu Rosul Akramni hech ham tark qilmaganlar. Madinada qolib Ashobi Suffa ning a’zolaridan biri bo’lishgan. Juda faqir bo’lganlar. Masjidda qolib ibodat bilan mashg’ul bo’lganlar. Chunki u zotning tijorat va mol qayg’usi bilan mashg’ulliklari bo’lmagan.
Madinaga kelishliklarini o’zlari shunday anglatadilar: Rosulullloh s.a.v Haybardalik vaqtlarida Madinaga muhojir sifatida keldim. Bomdod namozini Rosululloh s.a.v Madinaga voliy qilib tayinlab ketgan kishilari Sibo’ ibni Urfuta r.anhu imomliklarida o’qidim. Birinchi rak’atga Maryam surasini ikkinchi rak’atga Mutoffifun surasini o’qidi. Namozdan keyin Sibo’ning yoniga bordik. U bizlarga taom berdi."
Rosul Akramning yonlarida juda ko’p bo’lishliklari u zotga juda ko’p hadis eshitish va rivoyat qilish imkonini berdi. Rosul Akramning oldilariga kelganliklaridan keyin faqat U zoti bobarokotga hizmat qilishlik bilan mashg’ul bo’ldilar. Bilmaydigan hamma narsalarini Rosul Akramning o’zlaridan so’rab o’rgandilar. Rosul Akramga 4 yil hizmat qildilar. Bir zot Abdulloh ibni Umar r.anhumolardan so’radi: Abu Hurayra r.anhu Rosululloh s.a.v dan shunaqangi ko’p hadis rivoyat qiladi, shu to’g’rimi?

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:04:13

Ibni Umar shunday javob berdilar: Allohga qasamki, hech qaysisida shak va shupha yo’qdir. Chunki Abu Hurayra hamisha Rosul Akramdan savol so’rar va olgan javoblarini yodlar edi".
Yana bir marta Oishai Siddiqa r.anho onamizda so’radilar: Rosulloh s.a.v ning so’zlarini va hollarini sizmi yaxshi bilasiz yoki Abu Hurayra? Hz. Oisha shunday dedilar: Abu Hurayra biladi. Chunki men uy ishlari bilan band bo’lganimda u Rosulullohing yonlaridan ayrilmas edi.
Mulla Aliyul Qorining habar berishlaricha Abu Hurayra r.anhu jami 5364 ta hadis rivoyat qilganlar. U zotdan esan tahminan 500 ga yaqin kishi rivoyat qilgan. U zotdan hadis rivoyat qilganlardan biri Bashir ibni Nuhayqdir. U Abu Hurayradan eshitib yozganlarini to’plab keyin Abu Hurayraga o’qib berib izin olgandir.
Abu Hurayra r.anhu Rosululloh s.a.v ning vafotlaridan keyin eng sevgan ishi U Zoti bobarokotdan hadis rivoyat qilishlik bo’lgan. Hz. Abu Bakri Siddiq r.anhu davrlarida idora ishlari bilan mashg’ul bo’lmaganlar. Hz. Umar r.anhu davrlarida esa Bahraynga volilik qilganlar. Hz. Usmon r.anhu davrlarida Makkaga qozilik qildilar. Hz. Muoviya davrlarida Madina voliysi bo’ldilar. . Har Juma kuni namozdan oldin hadisi sharif darslarini berganlar.
Usmon an Nahai shunday buyuradi: Abu Hurayra r.anhuni yeti kun mehmon qildim. Kechalarini namoz o’qib Qur’on o’qishlik bilan o’tkazardi."

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:05:28

Abu Muso Al Ash'ariy r. anhu:

Ismlari Abdulloh. Abu Muso kunyasi bilan tanilaganlar. Otalarini ismi Qays, onalariniki esa Toyyiba binti Vahb ibni Oq. Vahiy kelmasdan avval Yaman ning Zabid hududida tug’ilganliklari rivoyat qilinadi. Ammo tarihi aniq emas. 42 hijrida Kufada yana boshqa bir rivoyatda Makkai Mukarramada vafot etganlar.
O’zlari musulmon bo’lganliklarini shunday ta’riflaydilar: Biz Yamandalik vaqtimizda Rosul Akramning habarlari bizga keldi. Men va ikki akam(Abu Burda va Abu Ruham) va Ash’ariy qabilasidan 52 yoki 53 kishi bir kemaga chiqdik va Rosulallohni ko’rmoqlik uchun yo’lga chiqdik. Ammo kemamizni shamol Habashiston tomonga olib borib tashladi. U yerda Ja’far ibni Abu Tolib r.anhu bilan ko’rishdik va musulmon bo’ldik. Ja’far "œ Bizni Rosulalloh s.a.v bu yerga jo’natdilar va bu yerda ma’lum muddat qolmoqligimizni amr qildilar. Sizlar ham biz bilan bu yerda qoling" dedi. Biz ham u yerda qoldik.
Keyin Rosul Akramning murojaatlariga binoan Habashiston hukumdori bizlarni ikki kemaga chiqarib Madinaga jo’natdi. Biz Madinaga kelganimizda Rosul Akram Haybar fathida edilar. Bu urushda qatnashmaganlarga ulush berilmagani holda bizga ulushda berdilar"¦"
Rosulalloh s.a.v zamonlarida Zabid, Adan va Yaman voliligini bajardi. Hz. Umar davrlarida Kufa va Basra voliysi bo’ldi. Bu yerda voliylik qilgan vaqtida Ahvaz, Isfahon va Nusaybin fath edildi. Hz. Usmon vaqtida ham Basra va Kufa voliylik ishlarini bajardi. Hz. Ali vaqtida Kufaga voliylik qildi. Jamal voqeasida qatnashmadi. Ammo Siffiyn muhorabasidan keyin sulh uchun Hz. Alining vakillari bo’ldilar. Hz. Muoviya davrida vafot etdilar.
Abu Muso al Ash’ariy r.anhu Qur’oni Karimning to’la yod olganlardan edilar. Hz. Abu Bakr vaqtlarida Qur’oni Karimni to’plagan hay’atning a’zosi edi.
Islom taqvimini yozilarida ilk bor qo’llagan zot bu kishidir. 

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:08:08

Abu Zar G'iforiy r. anhu:

Ilk musulmon bo’lgan zotlardan. Ismlari Jundab ibni Junoda. Musulmon bo’lmasdan oldingi kunyalari Abu Mamla. Musulmon bo’lganlaridan keyin unga Rosulalloh s.a.v Abu Zar kunyasini berdilar. Laqablari Masihul Islomdir. Bani G’ifor qabilasidanlar. Tug’ilgan yillari noma’lum bo’lib hijriy 32 da Madina atrofidagi Rabaza deyilgan joyda vafot etganlar.
Qovmi orasida jasurligi bilan shuhrat qozongan, kuchi va quvvati bilan u yerlarda mashhur bo’lganlar. Faqat u bularning hammasidan hech bir lazzat olmas, insonlarning o’zlari qo’llari bilan yasab olgan butlariga sig’inishlariga hech chiday olmasdi. Nihoyat bir kun butun koinotning yaratuvchisi borligini anglab yetib insonlardan alohida hayot kechirishga kirishdi. 3 yil shunday davom etdi. Abu Zar G’iforiy hidoyatda odim odim ildamlab turgan bir paytda Janobi Xaq Rosul Akramga vahiy yubordi. Insonlar sekin asta musulmon bo’lishni boshlagan. Atrofda turli tuman gap ko’paygan bir payt. Kunlarning birida Makka tarafdan kelgan bir inson Abu Zarning La ilaha illalloh deyayotgani eshitib unga Makka tarafda ham bir inson chiqib Allohdan o’zga iloh yo’q ham U Allohnng elchisiligini e’tirof etmoqda dedi. "¦
Bu habarni eshitar eshitmas Abu Zar u zotning qaysi qabiladan ekanligini so’radi. Qurayshtan degan javobni olishi bilan ukasi Unaysni Makkaga jo’natdi. Unays Makkada Sarvari Koinot Rosul Akram s.a.v haqlarida ma’lumot olib keldi. Shundan keyin Abu Zar bir oz ozuqa olib Makkaga keldi. Makka borib hech kimga o’zi to’g’risida gapirmadi. Ka’baning oldiga kelib Rosul Akram s.a.v ni ko’rmoqlik uchun bir qulay fursat kelishini kutib o’tirdi. U vaqtlarda Rosulallohning qayerda ekanliklari begonalardan sir tutular edi. Shu bois Abu Zar hech qanday ma’lumot bila olmadi. Oqshmga yaqin Hz Ali Abu Zarni Ka’baning oldida ko’rib g’arib bir ahvolda ekanliklarini bilib o’z uylariga olib ketdilar. Abu Zar o’z sirini Hz. Aliga bildirmadi. Ertalab yana Makka ko’chalarini aylanib kechgacha Rosul Akram to’g’rilarida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmadi. Oqshomga yaqin Hz Alini Abu Zarni ko’rib yana uylariga olib ketdilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:10:02

Uning bu yerlarda nima qilib yurganini so’radilar. Abu Zar : Agar menga to’g’ri ma’lumot berishlikka ont ichsangiz aytaman- dedi. Hz. Ali rost ma’lumot berishlikka va’da berdilar. Shundan keyin Abu Zar nima maqsadda kelganliklarini Hz. Aliga aytdilar. Hz Ali u zotni Koinotning Sarvari Xotamal Anibiyo bo’lgan Rosul Akram s.a.v ning oldilariga olib bordilar. Shu tariqa Islom ne’matidan bahramand bo’ldilar. Iymon keltirishlari bilan Ka’baga borib bor ovozlari bilan Allohdan o’zga iloh yo’q va Muhammad s.a.v uning elchisidir dedilar. Buni eshitgan mushriklari hamon u zotning ustilariga kelib rosa do’pposladilar. Ularni qo’lidan Hz. Abbos r.anhu qutqarib qoldilar. Hijratga qadar Abu Zar r.anhu Rosul Akram o’z qavmini Islomga da’vat qilishlikka buyurdilar.
Madinaga hijrat qilgan Abu Zar r.anhuni Payg’ambarimiz s.a.v yana o’z qabilasiga Islomni yoyishlik uchun jo’natdilar. Abu Zar r.anhu Handaq urushidan keyin Madinaga joylashtilar.shundan keyin Rosul Akramning yonlaridan ayrilmadi. Butun vaqtini ilm o’rganishlikka sarfladi. Hamma narsani Rosul Akramdan so’rar edi.
Tabuk urushiga ketilayotganda qo’shindan orqada qolgan Abu Zarni ko’rib Rosul Akram shunday dedilar: Alloh taolo yolg’iz yurgan va yolg’iz vafot etadigan va yolg’iz ko’miladigan Abu Zar’ni rahmat qilsin.
Abu Zar G’iforiy Hz. Usmon r.anhu zamonlarida Madina yaqinidagi Rabaza degan joyda vafot etdilar.
Abu Zar r.anhu ba’zi rivoyatlarga ko’ra Rosul Akramdan 281 hadis sharif rivoyat qilganliklari bildirilmoqda.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:11:18

Anas ibn Molik r. anhu:

Ashobi Kiromning buyuklaridan. Kunyalari Abu Hamza. Bu kunyalarini Rosulalloh s.a.v qo’yganlar. Laqablari Hodimi Rosulalloh dir. Hijratdan 10 yil oldin tug’ilganlar va hijratning 93 yili Basra yaqinidagi Tot degan joyda vafot etdilar.
Rosulalloh s.a.v Madinai Munavvaraga kelganlarida Anas r.anhu 9-10 yoshlarida edilar. Onalari Ummi Sulaym bu kishini Rosul Akram s.a.v ning oldilariga olib keldilar. Hizmatlariga olishlarini hohladilar va shunday dedilar: Yo Rosulalloh! Ansorlarning erkak va hotinlaridan sizga hadya bermagani qolmadi. Meni mana shu bolamdan boshqa hadya qiladigan narsam yo’q. O’g’limni hizmatingizga oling. Sizga hizmat qilsin. Rosul Akram s.a.v uning o’g’lini hizmatlariga oldilar. Shu kundan boshlab Anas r.anhu Sarvari Koinot Rosul Akram s.a.v ning hizmatlarini qila boshladilar. 11 yil hizmatlarini qildilar. Mana shu davr ichida Islomning to’laligicha Rosul Akramning o’zlaridan o’rgandilar.
Hz. Abu Bakr r.anhu davrlarida Bahraynda zakot to’plashga mukallaf qilindilar. Hz. Abu Bakr r.anhu vafot etgan paytda Anas r.anhu Bahraynda edilar. Keyin Madinaga qaytdilar. Hz. Umar r.anhu davrlarida Madinada fiqhdan dars berish bilan mashg’ul bo’ldilar hamda Hz. Umarning mashvarat majlislariga qatnashdilar. Yana shu davrda Tustarda Eron qo’shini bilan jangda qo’lga kiritilgan g’animatlarni va Hz Umarga jo’natilish sharti bilan taslim bo’lgan Hurmuzanni Madinaga olib kelish Anas r.anhuning zimmalariga yuklatiladi. Madinadan Basraga kelganlarida Hz. Umarning vafotlarini eshitadilar va Basrada qoladilar. Hz. Usmon r.anhu davrlarida ham Basrada qolib fiqhdan dars beradilar.
Anas ibni Molik r.anhu Rosul Akramning duolarining sharofatidan juda barakali va ko’p umr ko’radilar. 103 yoshlarida vafot etadilar.
9-10 yoshlaridan Rosul Akram s.a.v ning hizmatlarini qilishlari u zotga tafsir ilmida ham yuksak bilim olishga muyassar bo’ldilar. Hadis ilmiga ham o’ziga hos bir iz qoldirdilar. Rosul Akram s.a.v dan ba’zi bir manbalarda qayd etilishicha 2200 dan ziyod hadis rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Oktyabr 2006, 20:12:45

Uboda ibn Somit r.anhu:

Ashobi kiromdan. Ansorlarning kattalaridan. Madinada milodiy 583 yili tug’ilib Falastinda hijratning 34 yili vafot etganlar.
Uboda r.anhu vahy tushgandan 11 yil keyin Makka kelib musulmon bo’ldilar. Birinchi Aqoba bay’atida bo’lgan 12 kishidan biridir. Rosulalloh s.a.v ning Madinaga hijratlaridan keyin muhojirlardan bo’lgan Abu Marsad r.anhu bilan qarindosh tutindilar. Rosulalloh s.a.v ning sut holalari bo’lmish Ummi Xirom r.anhu bilan uylandilar. Nikohlarini Rosul Akram s.a.v o’qidilar.
Deyarli barcha janglarda ishtirok etganlar. Rosul Akram s.a.v zamonlarida Qur’oni Karimni to’liq yod olganlardan biri edilar. Asri saodatda Ashobi Suffaga domlalik qilganlar. Ularning ko’plariga yozishni o’qishni Qur’oni Karimdan va dini bilimlardan dars berganlar.
Uboda r.anhu hadis ilmida juda diqqatli ish qilardilar. Rosulalloh s.a.v dan rivoyat qilgan barcha hadislarini deyarli Rosulloh s.avdan eshitdim, Rosulloh s.a.v dan eshitganimga guvohlik beraman deb boshlaganlar. Rosul Akram s.a.v dan ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 180 atrofida hadis rivoyat qilganlar. Sahobai kiromning faqehlaridan edilar.
Hijratning 34 yili Ramlada kasallanib vafot etdilar.
Uboda ibni Somit r.anhu shunday dedi: Jahannamning 7 ta eshigi bor 3 tasi boylar uchun, 3 tasi hotinlar uchun va 1 tasi kambag’allar uchun"

Qayd etilgan