Abdulloh ibni Amr ibni Os r.anhumo:
Sahobalarning buyuklaridan, otalaridan oldin imon bilan musharraf bo’lga zot. Islomga kirmaslaridan oldin ismlari Os edi, keyin Rosul Akram Abdulloh deb o’zgartirganlar. Otalaridan 12 yosh kichik bo’lganlar. Tahminan 65 hijriyda vafot etganlar.
Ashobi kirom orasida buyuk ilmga sohib bo’lgan zotlardan. Qur’oni karimning to’laligicha yod olgan hofizlardan edilar. Abdulloh ibni Amr r.anhumo Rosul Akramning o’zlaridan juda ko’p ilm oldilar. Uzotdan eshitgan hadislarini to’plab yozib yurdilar. Bu haqda Ashobi kiromning ichida eng ko’p hadis rivoyat qilgan zot Abu Hurayra r.anhu shunday deydilar: Ashobi kiromning ichida mendan ko’ra ko’p hadis biladigan va yod olgan zot yo’q magar Abdulloh ibni Amr mendan ko’proq hadis biladi va yod olgan. Chunki u hadislarni yozardi men esa yozmas edim."
Ibni Amr r.anhumo Rosul Akramdan eshitgan hadislarini Sahifai Sodiqa nomli majmuada to’plaganlar. Rosul Akramdan tahminan 700 tacha hadis rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislaridan ba’zilari shunlardir:
"œBizga qarshi qurol ko’targan bizdan emasdir"
"œYeyinglar, ichinglar, sadaqa beringlar, isrofsiz va takabbursiz kiyininglar. Janobi Haq ne’matlarini bandaning ustida ko’rilinishini hohlaydi"
"œShahidning Qul haqqidan boshqa barcha gunohlari o’chiriladi"