Sahobalar hayotidan  ( 132483 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 22 B


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:40:52

Men bir kuni xurmo tepasida edim. Xo‘jayinim esa daraxt tagida o‘tirgan edi. Bir vaqt amakivachchalaridan bo‘lgan yahudiy bir kishi kelib unga xitob qildi: "œBani Qaylani Alloh halok qilsin, Makkadan kelib Quboda turgan kishini payg‘ambar deb o‘ylab, izzat ko‘rsatmoqdalar".
Allohga qasamki, bu so‘zlarini aytib bo‘lishi bilan meni titroq bosdi. Xurmo tebranib, xo‘jayinimning ustiga ag‘darilib tushayozdim! Tez tushib: "œNima dedingiz? Payg‘ambar kelibdimi?!" deya so‘radim.
Xo‘jayinim qo‘lini ko‘tarib, musht tortib yubordi. So‘ng: "œSening nima ishing bor? Bor, ishingga jo‘na!" dedi.
Ishimga qaytdim... Kech kirgizib, o‘zimdagi bor narsani yig‘dim. So‘ng Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) Qubodagi maskanlariga borish uchun yo‘lga chiqdim. Men kirgan payt-da ashoblaridan bir nechasi bilan o‘tirgan ekanlar. Ularga aytdim: "œSizlar g‘arib va hojatmand kishilarsiz. Menda yegulik narsalar bor edi, ularni sadaqa uchun nazr qilgan edim. Menga sizlarning manzilingizni aytishgan edi, bunga odamlarning haqlirog‘i ekaningizni bilganim uchun sizlarga olib keldim".
So‘ng uni yerga qo‘ydim, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ashoblariga: "œBismillah, deb yenglar", dedilar va o‘zlari qo‘llarini ovqatga uzatmadilar.
Men ichimda: "œAllohga qasamki, bu birinchi alomat... U sadaqa yemaydi!" dedim.
Manzilimga kelib, tongda ovqat ko‘tarib, yana Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) huzurlariga qaytdim. Va: "œSizning sadaqa yemasligingizni bildim. Men hozir keltirgan narsani siz-ga hadya o‘laroq taqdim etishni ma’qul ko‘rdim", dedim va uni oldilariga qo‘ydim. Ashoblariga: "œBismillah, deb yenglar", dedilar va o‘zlari ham undan totindilar.
Ichimda: "œBu alomat, Allohga qasamki, ikkinchisi: U hadyani yeydi!" dedim.
Keyin uyga qaytib, Alloh xohlaganicha turdim. So‘ng yana keldim. Payg‘ambarni (sollallohu alayhi va sallam) Baqi’da, bir janoza ortidan kelayotganlarida ko‘rdim. Atroflarida ashoblari. Egnilarida chopon... Men salom berdim va orqalariga qarash uchun burildim. Nimani xohlayotganimni bildilar va yelkalaridan burdalarini yechdilar: nubavvat muhri ikki kuraklari o‘rtasida turardi...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:41:39

Engashib o‘paman va yig‘layman. So‘ng Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) meni chaqirdilar. Oldilarida o‘tirib, sizlarga so‘zlab berganimdek, butun kechmishimni gapirib berdim.
Keyin Islomni qabul qildim... Qul ekanligim mening Badr va Uhud g‘azotlariga qatnashishimga mone’lik qildi...
Kunlarning birida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "œXo‘jayining bilan mukotaba* qil", dedilar. Men mukotaba qildim va Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) sahobalariga mening ishimda yordam bermoqqa amr qildilar. Alloh meni qullikdan xalos etdi va ozod musulmon o‘laroq yashay boshladim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan Handaq g‘azotida qatnashdim va boshqa voqealarga guvoh bo‘ldim...»
Himmati, sidqi bu darajada bo‘lgan kishining Islomidan nimani kutamiz?
Uning Islomi abror, muttaqiylarning Islomidek bo‘lgan. U zuhdida, farosatida va taqvosida Umar ibn Xattobga juda ham o‘xshash kishi bo‘lgan.
Bir qancha vaqt Abu Dardo bilan bir hovlida yashashgan. Abu Dardo (roziyallohu anhu) kechalari namoz o‘qir, kunduzlari ro‘za tutar edi. Uning ibodatdagi bu qadar mubolag‘asini Salmon tanqid qilardi.
Bir kuni Salmon uni nafl ro‘zaga qilgan niyatidan qaytarmoqchi bo‘ldi.
Abu Dardo unga ta’na qilib, dedi: "œMeni Rabbimga ro‘za tutishdan, namoz o‘qishdan man etasanmi?"
Bunga Salmon shunday javob qildi: "œAlbatta, senda ko‘zingning haqqi bor, albatta senda ahlingning haqqi bor. Ro‘za ham tut, og‘zing ochiq ham yursin, namoz o‘qigin va uxlagin ham..." Bu gap Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) yetib borganida: "œDarhaqiqat, Salmon ilmga to‘yingandir", dedilar.
Salmon Rasululoh (sollallohu alayhi va sallam) bilan uchrashib imon keltirganidan beri ashob bilan birga, ozod musulmon, mujohid va obid bo‘lib yashadi.
Bu yillarning kattagina qismida Islom bayroqlari ufqni to‘ldirgan edi. Xazina va mollar Madinaga oqib kelar, turmush farovonlashib borar edi.
Turli darajalardagi hukmronlik mas’uliyatlari ko‘paygan, tabiiyki, bunga qarab amal va mansablar ham ko‘tarilgan zamon edi.
Bu nekbin davrda Salmon qaerda edi? Mana shu farovon, to‘kin va ne’matlarga boy kunlarda uni qaerdan topamiz?

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:42:14

* * *
Soyada o‘tirgancha, poxol o‘rib-eshib turli idish va savatlar to‘qiyotgan haybatli bu qariyani ko‘ryapsizmi?
U Salmon!
Yaxshilab qarang...
Uning kirimi ko‘p. Yiliga to‘rt mingdan olti minggacha topardi. Biroq u buning hammasini odamlarga tarqatib yuborardi. Bir dirham ham olmas, va shunday der edi: "œBir dirhamga poxol sotib olib, unga ishlov beraman, keyin uni uch dirhamga sotaman. Bir dirhamni yana xomashyoga sarflayman, bir dirhamni oilamga infoq qilaman va qolgan bir dirhamini sadaqa etaman. Agar meni bundan Umar ibn Xattob qaytarsa ham, to‘xtatmayman".

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:42:55

* * *
Demak, u qalbini dunyoning mollari, mansablari va obro‘laridan boylik, behojatlik bilan to‘ldirgan ekan. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) unga va barcha ashobiga qilgan nasihatlari shunday edi: "œDunyo sizni egallab olishiga yo‘l qo‘ymang, birortangiz ham undan yo‘lovchining yukidan ortig‘ini olmang".
Salmon ahdga vafo qildi. Shunday bo‘lsa-da, chegaradan chiqmaganmikanman, deya qo‘rqib, ruhi rihlat qilar chog‘da ko‘zyoshi to‘kardi.
Uning bisotida ovqatlanadigan lagani va suv ichib, tahorat oladigan idishidan boshqa hech narsasi yo‘q edi. Lekin shunga qaramay, o‘zini badavlat hisoblardi. Men sizlarga uni Umarga judayam o‘xshash kishi, demaganmidim? U Madinaga amir bo‘lgan kunlarida ham holatida hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi. Ko‘rib o‘tganimizdek, amirlik mukofotlaridan bir dirhamni ham olmadi. Savat to‘qish kasbi orqali kun ko‘rdi. Libosi oddiylikda eski kiyimdan qolishmaydigan abogina bo‘ldi.
Bir kuni yo‘lda Shomdan kelayotgan, anjir va xurmo ko‘targan bir kishiga yo‘liqib qoldi. Yuk shomlikni qiynab, holdan toydirgan edi. Ko‘z oldida avom va kambag‘al kishidek ko‘ringan odam paydo bo‘lganida, ko‘zlagan manziliga olib borib qo‘ysa, hammolligi evaziga haq berarman, deb o‘ylab, yukni uning yelkasiga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu odamga ishora qiluvdi, u yetib keldi. Shomlik unga: "œYukimni ko‘tar", dedi. U ko‘tardi va birga yurib ketishdi.
Ular yo‘lda borisharkan, bir to‘p odam uchrab qoldi. Boyagi kishi salom bergan edi, ular ham: "œAmirga salom bo‘lsin", deya alik olishdi.
"œAmirga salom bo‘lsin? Qaysi amirni nazarda tutishyapti?!" Shomlik ichida shunday o‘ylardi. Bu odamning hayrati yo‘lovchilarning ba’zilari Salmon tomon chopib: "œBizga bering, ey amir!" deyishganida yanada kuchayib ketdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:43:38

Shomlik kishi bu odam Madoin amiri Salmon Forsiy ekanini bilgach, qo‘lidan majol ketdi, lablaridan uzr va afsus kalimalari ucha boshladi. Unga yaqinlashib, yukini olmoqchi bo‘luvdi, Salmon rad etib, bosh silkidi va: "œManzilingga olib borib qo‘ymaguncha bermayman", dedi.
Birodari bir kun uning xamir qorayotganini ko‘rdi va: "œXizmatkor qaerda?" deya so‘radi. U javob qildi: "œBir ish bilan jo‘natuvdik. Unga boshqa ishni yuklashni ma’qul ko‘rmadik".
Uyi haqida gap ketar ekan, bu uyning qanday ekanini yaxshilab o‘ylab ko‘raylik. Majozan uy deb atash mumkin bo‘lgan bu kulbani qurishda ustadan: "œQanday qurasiz?" deb so‘radi. Usta mulohazali va zakiy edi. Salmonning zuhdi va taqvosini bilardi. Shunday javob qildi: "œQo‘rqmang! U issiqdan soya qiladigan, sovuqdan to‘sadigan, tursangiz boshingiz, yotsangiz oyog‘ingiz tegadigan bino bo‘ladi!" Salmon unga: "œHa, shunday qiling", dedi.
Salmon haddan ziyod ardoqlagan, xotinigagina ishonib, ko‘zdan pana bir ishonchli joyga yashirib qo‘yishini so‘ragan bir narsa bor edi. O‘lim to‘shagida, joni olinar kun tongida xotiniga nido qildi: "œBerkitgan narsangni olib kel!" Xotini keltirdi. Bu — hamyondagi misk edi. Uni Jalavlo fathida qo‘lga kiritgan, vafot kunimning atri bo‘lsin, deya asrab qo‘ygan edi.
So‘ng suv keltirishini buyurdi va miskni unga sepdi. Qo‘lini u bilan ho‘llab xotiniga dedi: "œBuni atrofimga sepib chiq. Chunki hozir huzurimda taom yemaydigan, biroq xushbo‘yni sevadigan Allohning bir nav xalqi hozir bo‘lishadi". Buyrug‘i bajarilgach, xotiniga: "œEndi eshikni yopgin-da, chiqqin", dedi.
Ko‘p o‘tmay xotin yana kirdi. Qarasa, uning muborak ruhi jasad va dunyosini tark etgan edi. Darhaqiqat, u Malaul-a’loga shavq qanotlarida ko‘tarilgan edi. Zero, u yerda Rasul Muhammad (sollallohu alayhi va sallam), u zotning ikki sohibi Abu Bakr va Umar hamda shahid va abrorlardan iborat sharafli guruh bilan va’dalashilgan uchrashuv bor edi... 

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:46:04

Fotima binti Hattob.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hali ochiq da’vatga chiqmagan paytlar edi. U zotga imon keltirish bilan musharraf bo‘lganlar soni endi o‘ntaga yetib qolgan. O‘sha imon bilan sharaflanganlarning biri Umar ibn Xattobning singlisi Fotima binti Xattob (r.a.) edi.
Fotima Sayd ibn Zayd (r.a.) bilan oila qurgan va ikkalalari ham turmushlarini imon nuri ila saodatlantirishgan edi. (Siz Sayd ibn Zaydni yaxshi taniysiz. U zot (r.a.) hayotlik davrida jannat bilan bashoratlangan o‘n sahobaning birlaridir.) Eru xotin birga-birga ibodat qilishar, Qur’on o‘qishar, o‘rganishar edi. Hazrati Fotima bilan eri Sayd Alloh va Rasuli (s.a.v.) yo‘liga fidoyi ekan, ayni paytda uning akasi Umar u paytda Payg‘ambarning beayov dushmani, o‘taketgan johil, qalbini jaholat zulmati qoplagan bir kimsa edi.
Butunlay iskanja va zulm ichida ham, musulmonlarning soni kun sayin ortib borayotganidan boshqa mushriklar qatori o‘sha biz suygan Umar ham ta’rifsiz qo‘rquv va hayratda qoldi. Makka ahli nima qilib bo‘lsa-da, musulmonlarning yo‘lini kesishni o‘ylardi. Nihoyat ular, Muhammadni (s.a.v.) o‘ldiramiz, degan bir to‘xtamga kelishdi. O‘zlaricha reja tuzishdi. Umar ham ularning ichida edi. Va bu qabohatli ishni shu Umar bo‘yniga oldi. Uning quvvatiga, qat’iyyatiga, jasoratiga ishonganlar, masala xal bo‘ldi, deya oldindan hukm chiqarib qo‘yishdi. Umar ibn Xattob darhol yo‘lga tushdi. Qo‘lida qilich. Ne ajabki, Alloh taolo unga yo‘lda qarindoshi Nuaym ibn Abdullohni ro‘baro‘ qildi...
Umarning niyatidan xabardor bo‘lgan Nuaym uni butunlay niyatidan qaytarolmasa-da, yo‘lini boshqa tarafga burib, muddatni uzaytirishning uddasidan chiqdi: singlisi Fotima va kuyovi Saidning musulmon bo‘lganini aytib, uni qattiq g‘azablantirdi.
Hazrati Habbobdan Kur’on o‘rganishayotgan er-xotin Umar kelganini bilib muallimlarini va Mushaf sahifalarini yashirishdi. So‘ng eshikni ochishdi. Lekin biroz oldin eshik ortidan eshitilgan Qur’on Umarning g‘azabini yangilab ulgurgan edi.
- Men sizlarning Muhammadning dinida ekaningizdan xabarim bor, - dedi va kuyovi Saidni kaltaklay ketdi. Fotima (r.a.) erini akasining qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘lganida, g‘azabnok quvvatli musht uning ham yuziga tushdi va yorib yubordi. Ko‘ziga o‘lim ko‘rinib turgani holda Fotima Umarga bunday deb hayqirdi:
- Sen ayol kishini urishdan uyalmaysanmi? To‘g‘ri, biz musulmon bo‘ldik. Alloh va Rasuliga imon keltirdik. Biz ishonamizki, Allohdan boshqa iloh yo‘q, Muhammad uning elchisidir. Endi qo‘lingdan kelganini qil!
Fotimaning bu so‘zlari o‘ziga o‘lim hukmini chiqarish bilan barobar edi. Ammo Allohning irodasi va hikmatini ko‘ringki, bu qahramonlik Umarning ichiga talotum soldi. Qontalash, lekin jasorat balqib turgan yuz Umardek bag‘ritosh qotilning qalbini titratdi, uning tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘ldi, qilmishiga pushaymon etdi, qalbini yumshatdi.
Oradan bir oz o‘tib, Umar shunday dedi:
- Boya sizlardan eshitganlarimni menga ham beringlar, bir ko‘ray.
Mushafga nisbatan hurmatda bo‘lishini talab qilgan holda Fotima (r.a.) javob berdi:
- Akaginam, sen Allohga sherik tutganing uchun nopoksan, holbuki, bu Kitobga faqat pokiza insonlargina qo‘l tekizadi. Tur, oldin tahorat ol!
Umar g‘usl qildi. Keyin unga Qur’ondan Toha surasining ba’zi oyatlari yozilgan sahifalarni berishdi. Umar ularni o‘qib, chuqur o‘yga toldi. Yuzida hidoyatning nurlari jilolana boshladi.
"Bu qandayin sharafli, qandayin lazzatli kalom! Bundan-da go‘zal, bundan-da shirin so‘z bo‘lishi mumkin emas!"
Umarning yumshaganini ko‘rib, Hazrati Habbob ham bekingan joyidan chiqdi.
Keyin to‘rtovi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) huzuri muboraklariga borishdi. Umar kalimai shahodat keltirdi va... endi biz sevgan Umarga aylandi, saodatli hayotini boshladi.
Hazrati Fotimaning (r.a.) jasorati Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.) kabi bir zotning islomiyat bilan sharaflanishiga sabab bo‘ldi. Zero, Umarning umri oxirigacha qilgan yaxshiliklari hech bir kamaymasdan Fotima binti Xattobning ham daftariga yoziqlikdir.
Fotima (r.a.) eri bilan birga Madinai Munavvaraga hijrat qildi. Umrining so‘ngiga qadar fazilatli yashadi. Akasining xalifa bo‘lganini, adolatli idora qilganini ko‘rish saodatiga muyassar bo‘ldi, Va uning davrida Alloh dargohi sari rixlat etdi.
Alloh barchalaridan rozi bo‘lsin! Omin. 

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:47:24

Abu Bakr r.a.

Payg‘ambarimizdan keyin bani bashar ichida eng afzal zot Abu Bakr Siddiqdir. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin. To‘liq ismlari Abdulloh ibn Usmon ibn Omir ibn Amr ibn Ka’b Taymiydir. Taxminan Fil voqeasidan uch yil o‘tib tug‘ilganlar.
Abu Bakr johiliyag davrida ham odamlar orasida mahbub va obro‘li kishi edilar. U zot biror ishning boshida tursa, Quraysh yakdillik bilan u ishni tasdiqlardi. Xun haqi yoki qarzni kafillikka olsalar, hammalari rozi bo‘lishar, boshqa birov bu ishni qilsa, uni bekor etishar edi.
Islom yo`l topgan ilk manzillardan biri Abu Bakrning pokiza qalbi buldi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu haqda: «Kimni Islomga da’vat qilsam, o‘ylanib ikkilandi, lekin Abu Bakr Islomni zikr qilishim bilan darhol qabul etdi», deganlar. So‘ngra u kishining vositalarida jannat bashoratini olgan Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom, Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Talha ibn Ubaydullohlar qalbi ham Islomga taslim bo‘ldi.
Sof tabiatli inson edilar, shuning uchun ham yovuzliklar «onasi» bo‘lmish hamr-arokni johiliyat davridayoq o‘zlariga harom qilganlar.
Abu Bakr Qurayshdan ko‘p aziyat chekdilar. Islomning ilk davrida musulmonlar Arqam ibn Arqamning uyida maxfiy ibodat qilishar edi. Shunda Abu Bakr: «Ibodatni oshkora qilaylik», dedilar. Keyin hammalari birga chiqishdi. Abu Bakr odamlarga xitob qila boshladilar. Nabiy alayhissalom o‘girgan ko‘yi Allohga duo kilar edilar. Shunda mushriklar ularga tashlanib qolishdi. Abu Bakr Siddiq oyoq ostida qolib ketdilar. Utba ibn Robi’a u zotning yuzlariga bigizli kovushi bilan shu darajada urdiki, burunlari bilinmay ketdi. Taym kabilasidagilar oraga tushib, zo‘rg‘a Abu Bakrni ajratib olishdi. U zot chalajon edilar. Qabiladoshlari: «Agar Abu Bakr o‘lsa, Utbani ham o‘ldiramiz», deb qasam ichishdi. Kechga borib u zot o‘zlariga keldilar. Hushlariga keldilaru birinchi lafzlari Rasulullohning ahvollarini so‘rash bo‘ldi. Onalari:
«Do‘sting haqida hech narsa bilmaymiz», dedi.
So‘ng atrofdagilardan surishtirishni aytdilar. «Rasululloh Arqamning uyidalar, sog‘-salomatlar», degan xabarga ham qanoat qilmay, «Allohga qasamki, Rasulullohning huzurlariga bormagunimcha, suv ham, ovqat ham totmayman», dedi-lar va ahvolari og‘irligiga qaramasdan, yo‘lga tushdilar. Borib, Rasulullohning salomatliklarini ko‘zlari bilan ko‘rganlaridan keyingina ko‘ngillari tinchlandi va u zotga qarata: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli, menta hech narsa bo‘lgani yo‘q. faqat ozgina ozor yetkazishdi», dedilar. So‘ng: «Bu ayol mening mehribon onajonim. Qani endi, Alloh onamni do‘zax olovidan xalos etsa», deya umidlarini so‘yladilar. Shunda Nabiy Abu Bakrning onalari haqqiga duo qildilar va u Islomni qabul etdi.
Abu Bakr Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan birgalikda hijrat qildilar. G‘azotlarda rasuli akramning yonlarida turdilar. Bor mol-dunyolarini Alloh yo‘lida sarf etdidar. Nabiy alayhissalom: «Hech kimning moli menga Abu Bakrning molicha naf bergan emas», dedilar. Shunda Abu Bakr Siddiq yig‘ladilar va: «Ey Allohning rasuli, jonim ham, molim ham sizga fidodir», deb javob qildilar».
U zot nihoyatda kamgap edilar. Boshqalarni
ham so‘zamollikdan qaygarar, tillariga ishora qilib: «Bu tufayli menga ko‘p balolar yuzlandi», der edilar. Haggo ortiqcha gap aytmaslik uchun og‘izlariga tosh solib yurganlari naql etilgan.
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Nabiy alayhissalomdan keyin ikki yilu uch oyu o‘n kun xalifalik qildilar. Hijratning o‘ninchi yili jumodul oxir oyining yigirma ikkinchisi, dushanba kuni shom bilan xufton orasida vafot etdilar. U zotning foniy dunyoda aytgan so‘nggi so‘zlari: «Meni musulmon holimda vafot etdir va solih bandalar qatoriga qo‘sh», deyish bo‘ldi. Alloh u zotdan rozi bo‘lsin. 

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:48:08

ХАЗРАТИ МАЙМУНА БИНТИ ХОРИС
(Уммул-мўминин)

Маймунанинг, розийаллоху анхо, Исломни кабул килиши дин учун хам, мусулмонлар учун хам хайр ва баракот василаси бўлди. Чунки унинг мусулмон бўлиши узок йиллардан бери Исломга карши уруш эълон килган баъзи кишилардан жахолат пардасини кўтарди, кин ва кибр билан тўла калбларни тозалади.

Маймуна, розийалоху анхо, Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, уйланган энг сўнгги аёлдир. Унинг Хазрати Пайгамбаримиз вафотларидан кейинги узун хаёти Расулуллохнинг, алайхиссалом, хотираларига хурмат ва такво билан яшашнинг гўзал намунаси бўлди.

Насаби

Мўминлар онаси Маймуна, розийаллоху анхо, Курайшнинг обрў-эътиборли кишиларидан бўлган Хорис ибн Хилолнинг кизидир. Унинг онаси Макканинг фазилат ва юксак насаби билан машхур аёлларидан бири Хинд бинти Авф, Холид ибн Валиднинг холасидир.
Маймунанинг Уммул Фазл ва Салма исмли опалари бор эди. Аббос ибн Абдулмутталиб, розийаллоху анху, Уммул Фазлга, шахидларнинг улуги Хамза ибн Абдулмутталиб, розийаллоху анху, Салмага уйланган эдилар. Бу акраболик ришталари жуда мустахкам эди.

Тугилиши

Маймуна Набийнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, пайгамбар бўлишларидан олти йил аввал Маккада тугилди.
Исломият келганида хали яхши-ёмонни ажрата олмайдиган бир ёш кизча эди. Бутларга сигинган ота-она тарбиясини олиб, бузук эътикод ва урф-одатлар таъсирида ўсиб-улгайди. Аммо у пайгамбарлик, вахий хакида эшитар, тушунишга харакат килар эди.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:49:13

* * *

Бўйи етгач, уни Макканинг кўзга кўринган йигитларидан Масъуд ибн Амрга узатишди. У Аббос ибн Абдулмутталибнинг завжаси бўлган опаси Умму Фазлнинг уйига тез-тез бориб турарди. Опасидан Ислом дини, мусулмон мухожирлар, Бадр ва Ухуд газотлари хакидаги хабарларни эшитар, бу вокеалар унинг калбига бошкача таъсир килар эди.
Хайбар газоти хакидаги ёлгон хабарни эшитган мушриклар жуда севиндилар. Аббос ибн Абдулмутталибга, розийаллоху анху, азият берувчи сўзлар айтиб, масхаралай бошладилар. Аммо орадан кўп вакт ўтмай, хакикий хабар етиб келди. Мусулмонлар жангда галаба козонган ва яхудийлар Хайбардан кувилган эдилар.
Аббос, розийаллоху анху, ўрнидан турди, энг чиройли кийимларини кийди. Худди байрамдагидек ясаниб, викор билан одамлар олдига чикди. Бу сафар у мушрикларга гапирди. Бир оз олдин ёлгон хабарни ёйган киши унинг сўзларини тасдиклагач, мушриклар жим бўлиб, пушаймонда колдилар.
Аббос мусулмонларнинг Хайбар жангида зафар козонганини айтаётганида Маймуна опаси Уммул Фазлнинг уйида эди. Бу хабардан унинг хам боши осмонга етди. Уйига кайтиб эри Масъуд ибн Амрни тушкун холатда кўрди. Масъуд завжасининг хурсандлигидан аччикланиб, у билан тортишиб колди ва охир-окибат, уни тарк этганини айтди. Маймуна хам ортик унинг олдида колмай, яна отасининг уйига кетди.

Ажралиш

Худайбийа сулхи тузилганига бир йил тўлди. Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, мусулмонлар билан бирга умра ибодатини адо этиш учун Макка томон йўл олдилар. Шахарга якинлашгач, барча мусулмонларни тўхташга буюрдилар. Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, бу ерда жангдагидек бир усул кўллашни режалаштириб, мусулмонларни икки кисмга ажратдилар. Биринчи кисм Каъбани тавоф килиш учун Маккага кирадиган, иккинчи кисм эса, куролланган холатда Макка ташкарисида тайёр турадиган, бирор хавф тугилса, мушрикларга хужум киладиган бўлдилар.
Хаммага вазифалар аник бўлгач, яна йўлга чикишди. Нихоят узокдан бир йилдирки кўришга интизор бўлганлари, улар учун эшиклари ёпилган Макка кўринди. Уни кўрар-кўрмас хаммаёкни мусулмонларнинг «Лаббайк Аллохумма лаббайк...» деган овозлари тутиб кетди.
Мусулмонлар улугворлик ва хайбат билан Хазрати Пайгамбаримизнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, атрофларини ўраб олган эдилар. Хамма жўр бўлиб такбир ва тахлил айтарди. Мусулмонларнинг овозларини эшитганлар тогларга караб югурдилар, дархол шахарни бўшатдилар. Чунки улар Мухаммад, соллаллоху алайхи ва саллам, ва асхобининг неча йиллар илгари коронги тунда Маккани тарк этган заиф кишилардек эмас, кувватли ва хайбатли кўринишда куппа-кундузи шахарга бемалол кириб келишларини тасаввур хам килолмас эдилар.
Маккада факат кекса эркаклар, бир неча аёллар колишди, хоlos.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:49:53

Маймунанинг таклифи

Маймуна мусулмон бўлган, аммо имонини яширин тутар эди. Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам ва асхоби бир куёшдек Макка уфкларидан кўтарилгач, у жасоратланиб, Аллохга имон келтирганини хаммага билдирди.
Бу хайрли вокеадан сўнг, Маймуна Расулуллохга, соллаллоху алайхи ва саллам, завжа бўлиш истагида Аббос ибн Абдулмутталибни, розийаллоху анху, элчи килиб юборди.
Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, унинг истагини кабул этдилар ва унга махр сифатида 400 дирхам бердилар.
Худайбийа сулхида кўрсатилган уч кунлик мухлат битди. Курайшийлар Набийга, соллаллоху алайхи ва саллам, элчи юбориб: «Маккада колиш пайтинг тугади, энди чикиб кет», дедилар.
Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, кулимсирадилар ва: «Мени ўз холимга кўйинг. Ундан кўра бир тўй килиб, сиз учун таом хозирлатсам ва тўйимга сиз хам келсангиз бўлмайдими?" дейишди.
Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, Маймунага уйланишлари сабабли Маккада колиш муддатини узайтиришни ва курайшийлар билан кайта битим тузишни мўлжаллаган эдилар.
Тўй учун дастурхон тузалди. Курайшнинг улуглари таклиф этилди. Аммо улар кабул этмадилар.
— Сенинг амалингга бизнинг эхтиёжимиз йўк. Тезрок чикиб кет, — дейишди.
Улар бу гапларни Расулуллохнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, Маккада уч кундан ортик колишларидан кўркишларини яшириш учун айтишди. Зеро, Пайгамбаримизни, соллаллоху алайхи ва саллам, зиёрат этиш баъзи кишиларнинг акли ва рухига таъсир килгани кўрина бошлаган эди. Масалан, Маймуна хаммадан яшириб келган имонини мусулмонлар Маккага киришлари биланок очик эълон этди. Устига устак, Расулуллохга, соллаллоху алайхи ва саллам, завжа бўлди. Бу хол мушрикларни газаблантирган эди.
Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, ушбу мажлисда Маймунага уйланганларини эълон килдилар. Аммо Худайбийа сулхига амал килиб, дархол Мадинага кайтиш тадоригини кўрдилар. Маккадан ўн мил узокликдаги Сараф деган жойга келганларида Маймуна, розийаллоху анхо, билан гўшангага кирдилар.

Qayd etilgan