Sahobalar hayotidan  ( 132400 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 22 B


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:50:29

Ислом йўлида хайр-баракотга васила бўлиши

Маккадан чикаётганларида Маймуна хайкириб курайшийларни мусулмон бўлишга чакирди. Унинг овози курайшийларга кучли таъсир килди. Холид ибн Валид шундай деди: «Энди хар бир акли жойида бўлган одамга очик аён бўлдики, Мухаммад асло сехргар ё шоир эмас! У оламлар Раббисининг каломи билан гапиради».
Икрима ибн Абу Жахл унинг бу гапларига кўшилмади. Бадрда ўлдирилган якинларини эслаб, унга карши чикди. Холид ибн Валид унга шундай жавоб берди: «Бу сўзларинг жохилият иши ва гурурдандир. Лекин мен, валлохи, хак менга аён бўлган замон мусулмон бўлдим...»
Холид ибн Валид Амр ибн Ос билан бирга Мадинага бориб, Расулуллохга, соллаллоху алайхи ва саллам, байъат килдилар.
Шубха йўкки, Маймунанинг очик мурожаат этиши Курайшдан бир канча кишиларнинг Исломга киришларига катта таъсир кўрсатган эди.

Покиза хонадонда

Маймуна Мадинага келганидан сўнг, Пайгамбаримизнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, покиза хонадонларида кадрли завжа бўлиб яшади. Мусулмонлар учун фазилатли она бўлди. Итоатли, самимий, вафодор аёл сифатида завжалик вазифаларини адо этди.
Набий, соллаллоху алайхи ва саллам, унга Хамза ибн Абдулмутталибдан бева колган опаси Салма билан бирга яшашга изн бердилар. Кейинчалик унинг турмуш курмаган синглиси Умара хам шу хонадонда колди.
Набийнинг, соллаллоху алайхи ва саллам, катта кизлари Зайнаб вафот этган йили Маймуна хали йигирма беш ёшда эди. У Расулуллохга, соллаллоху алайхи ва саллам, тасалли бериб, имкони борича дардларига малхам бўлишга харакат килди.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:51:12

Вафо рамзи

Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, вафот этганларидан сўнг, Маймуна онамиз узок йиллар сог-омон яшади. Одам ўгилларининг саййиди, хидоят элчиси ва инсониятнинг муаллими бўлган Пайгамбаримизнинг, алайхиссалом, хотираларини хурмат килиб, такво билан умр ўтказди.
Унинг садокати, мухаббати шу кадар самимий эдики, вафот этганидан сўнг Расулуллох, соллаллоху алайхи ва саллам, билан турмуш куришган жойга дафн этишларини васият килди. Шунга кўра уни Сарафга дафн этдилар.
Аллох таоло Хазрати Маймуна онамиздан рози бўлсин.

Махмуд МАХКАМ таржимаси
http://www.hidoyat.uz/modules.php?name=Content&pa=showpage&pid=288

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:52:15

HAZRATI UMMU HONIY BINTI ABU TOLIB
Qahramon ayollar

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): "œEy Ummu Honiy! Sen himoya etganingni biz ham himoya etamiz, sen omonlik berganingga biz ham omonlik beramiz", deb marhamat qildilar.

Isro va Me’roj voqealari haqida gapirilganida albatta Ummu Honiyning ham nomi tilga olinadi. Chunki Rasululloh, sollallohu alayhi va sallam, Me’roj kechasi uning uyida mehmon bo’lgan edilar va u Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) Me’roj voqeasini xabar bergan roviylardandir.

Xo’sh, Ummu Honiy kim? Asl ismi nima? Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan qarindoshlik darajasi qanday?

Nasabi

Ummu Honiy Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) amakilari Abu Tolibning Fahita ismli qizi bo’lib, Hazrati Alining opalaridir.

Ismi qandayligi haqida turlicha fikrlar bor: Hind, Atiqa yoki Fotima deguvchilar ham bo’lgan. Lekin eng mashhur bo’lgani Fahitadir.

Rasulullohdan (sollallohu alayhi va sallam) bir necha yosh kichikdir. Go’zal axloqli ayol edi.

* * *

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) onalari Ominaning vafotidan so’ng Hadicha binti Huvaylidga uylangunlariga qadar Abu Tolibning uyida yashadilar.

Bu yillar davomida o’zlarini Abu Tolib oilasining bir a’zosidek ko’rar, aslo yolg’izlikni his etmas edilar. U paytda Fahita kichkina bir qiz edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:53:33

Oila hayoti

Hubayra ibn Vahb Maxzum o’g’illarining eng ko’zga ko’ringan kishilaridan edi. Qavmi ichida mavqei ulug’ bo’lib, so’zini o’tkaza olardi. U Fahitani so’rab kelganida Abu Tolib rozilik bildirdi. Fahita Undan ikrom va ehtirom ko’rdi. Uning himoyasida baxtiyor hayot kechirdi.

Oradan kunlar, kunlar ketidan oylar o’tdi. Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) payg’ambarlik tushdi. Oila ahlini, qarindoshlarini, qavmlarini Islomga da’vat etdilar. Bir qismi ishondi va to’g’ri yo’lni topdi, bir qismi ishonmadi va kofir bo’ldi.

Hubayra adashganlar orasida edi. Bu adashganlar imon keltirmaygina qolmay, zulm va jafo bilan yangi dinning yoyilishiga to’sqinlik qilardilar. Ammo Hubayra Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan o’rtalaridagi aqrabolikka rioya qilib, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) shaxsiyatlarini taqdirlar, hurmat ko’rsatardi.

Fahita ham dastlab eriga ergashib, Islomga kirmadi.

Bir kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Ummu Honiy uylarida mehmon bo’lib qoldilar. Bu kecha Alloh taolo Payg’ambarmizga eng buyuk ehson va ikromlar bergan xayrli, uzun bir kecha edi.

Ummu Honiy bu kecha haqida shunday hikoya qiladi:

"œIsro voqeasi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) mening uyimda qolganlarida bo’ldi. Bu kecha Alloh Rasuli xufton namozini o’qib, uxladilar. Biz ham uxlayotgan edik. Erta bilan Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizni uyg’otdilar va:

— Ey Ummu Honiy! Ko’rganingdek, xufton namozini ham bu yerda o’qidim. Hozir ham sizlarning yoningizda bomdod namozini ado qildim, — deb marhamat qildilar.

So’ngra uydan chiqish uchun o’rinlaridan turdilar. Men ketmasinlar deb ridolarining bir uchini tutdim. Qorinlari ko’rindi. Ko’ylaklari Misrda to’g’ilgan, katandan qilingan oxorli ko’ylakka o’xshar edi.

— Ey Allohning payg’ambari, buni odamlarga aytmang. Sizni yolg’onchiga chiqarib, aziyat berishadi, — dedim.

— Allohga qasamki, bu voqeani ularga aytaman, — dedilar.

Shunda men bir habash joriyamga: "œRasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) orqalaridan bor. Odamlarga nima haqida gapirganlarini va ularning javoblarini eshit", dedim.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizning oldimizdan chiqib, boshqa kishilarga ham bizga aytgan gaplarini aytdilar. Ko’pchilik o’zini yo’qotib qo’ydi va:

— Buni qanday isbotlaysan, ey Muhammad. Biz bunday narsa haqida hech eshitmaganmiz, — dedilar.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):

— Dalil shuki, men falon vodiyda, falon kishilarning karvoniga duch keldim. Ularning tuyalari bir hayvondan hurkib, qochib ketgan ekan. Men ularga tuyalari turgan joyni ko’rsatdim. Bu voqea men Shomda bo’lgan paytimda yuz berdi. So’ngra yo’limda davom etdim. Makka yaqinidagi Tixoma degan joyda Dajnon tog’iga duch kelganimda falon-falon kishilarning qofilasiga to’qnash keldim. Ular uxlab yotardilar. Suv solingan bir idishlari bor edi. Ustiga bir narsa o’ralgan ekan. Yopqichni olib, ichidagi suvni ichdim. Keyin qanday bo’lsa, shunday qilib ustini o’radim. Hozir ularning qofilasi Makka yaqinida, Tan’im yo’lidagi Bayzo tepaligidan tushyapti. Oldinda ranggi qoraga moyilroq kulrang tuya kelyapti. Tuyaning ustida biri qora, boshqasi olacha ikkita haror bor, — dedilar.

Bu gapni eshitganlar darhol Rasululloh, (sollallohu alayhi va sallam) aytgan yo’lga yugurdilar. Ilk ko’rganlari tuya bo’ldi. U Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tasvirlaganlaridek ko’rinishda edi. Keyin karvondagilardan idishni so’rashdi. Ular idishda suv to’la bo’lganini, so’ng ustini o’rab qo’yganlarini, uyg’onganlarida esa, ichida suv qolmaganini tasdiqlashdi.

Makkaga qaytishda boshqa qofilani ham uchratishdi. Berilgan savolga ular ham: "œTo’g’ri aytipti, vallohi, u aytgan vodiyda tuyamiz hurkib qochdi. Shunda bir ovoz eshitdik. U ovoz tuyamizning turgan joyini aytdi. U yerga borib, tuyani topdik", deya javob berishdi".

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:54:43

Hijratdan so’ng

Musulmonlar Madinaga hijrat qilganlarida Fahita eri va bolalari bilan Makkada qoldi. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) erishgan zafarlari haqida eshitsa, behad quvonardi. Fahita musulmonlar Makkaga kiradigan buyuk zafar kunini intizorlik bilan kutardi.

* * *

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Makkaga kirdilar. Barcha butlarni sindirdilar. Bilolning (roziyallohu anhu) ovozi tavhid, takbir va shahodatlar bilan jaranglab, Ka’ba uzra yuksaldi: "œAllohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar. Ashhadu an la ilaha illalloh, ashhadu an la ilaha illalloh. Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh, ashhadu anna Muhammadan Rasululloh..."

Bu ovozlarni eshitgan Ummu Honiyning eri Hubayra orqa-oldiga qaramay Makkadan qochdi. U Alloh taoloning diniga kirishdan qochayotgan, Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) zafarlarini ko’rishni xohlamayotgan edi.

* * *

Hubayra Ummu Honiyni ham o’zi bilan ketishga da’vat etdi, ammo Ummu Honiy qabul etmadi. Chunki u Alloh taoloning diniga kirgan, musulmon bo’lgan edi.

* * *

Xoris ibn Xishom Makka fath etilgan kun qoni halol qilingan kishilardan edi. Ammo Xoris Ummu Honiyning Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qoshlaridagi mavqeini bilgani uchun, himoya qilishini so’rab, uning uyiga bordi. Buni ko’rgan Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) Xorisni o’ldirish uchun izma-iz keldi. Ummu Honiy: "œEy onamning o’g’li! Men unga omonlik berdim", deb uni himoyasiga olganini bildirdi.

Ali (roziyallohu anhu) esa bu gaplarga quloq solmay, qilichini sug’urdi. Ummu Honiy uning qo’llaridan tutdi: "œAlloh xayringni bersin, o’ldirma. Men unga omonlik berdim", dedi.

Ali (roziyallohu anhu) undan qutulishga harakat qildi, ammo oyoqlarini yerdan ko’tarolmadi. Shu payt Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kirib qoldilar. Ummu Honiy:

— Yo Rasululloh, men Xoris ibn Xishomni himoyamga oldim. Ali esa uni o’ldirmoqchi. Nimaga buyurasiz? — dedi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam):

— Sen himoya etganingni biz ham himoya etamiz, sen omonlik berganingga biz ham omonlik beramiz. Ammo Alining jahlini chiqarma. U qizishsa, Alloh taoloning g’azabi keladi. Uni qo’yib yubor, — deb buyurdilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:55:25

Shundan so’ng Ummu Honiy Alini qo’yib yubordi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hazillashib:

— Yo Ali, bir ayol sendan g’olib keldi, — deya marhamat qildilar.

Ali:

— Allohga qasamki, oyoqlarimni yerdan ko’tarolmadim, — dedi.

Qahramonlar qahramoni, dovyuraklar dovyuragi Ali ibn Abu Tolibning (roziyallohu anhu) bu gapi Ummu Honiy haqidagi odil bir shahodatdir. Alloh har ikkisidan ham rozi bo’lsin.

* * *

Ummu Honiy eridan ayrilganidan so’ng butunlay farzandlarining tarbiyasi bilan band bo’ldi. Farzandlarining qalbiga fazilat urug’larini ekdi. Islom va imon bilan ularni o’stirdi. Farzandlarining bari olim, fozil kishilar bo’lib yetishdilar.

Ba’zi farzandlari Ummu Honiydan hadis rivoyat etishgan. Ular orasida nabiralari Ja’da al-Mahzumiy, Yahyo ibn Ja’far va Horunlar ham bor.

Ummu Honiy ukasi Hazrati Alining xalifalik davrigacha yashadi. Hijratning qirqinchi yili vafot etdi.

Alloh undan rozi bo’lsin va uni ham rozi etsin. Omin.

Mahmud MAHKAM tarjimasi
http://hidoyat.uz/modules.php?name=Content&pa=showpage&pid=204 

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:56:13

Abdulloh ibn Mas'ud r.a. haqlarida:

http://www.islam.uz/muhim/abdulloh.htm

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:56:40

Hazrati Umar al-Foruq r.a. haqlarida:

http://www.islam.uz/muhim/haq_hamisha_golib1.htm

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:58:00

BILOL Ibn RAVOHA

Hazrati Umar (r.a.) Hazrati Abu Bakrni (r.a.) eslaganida shunday der edi: "œAbu Bakr sayyidimiz va sayyidimizni ozod qilgan kishidir". Bunda u Bilol Habashiyni (r.a.) nazarda tutgan. Hazrati Umar (r.a.) "œsayyidimiz" deb atagan bu kishi ulug‘ va aziz insonlardan edi...
Ammo qop-qora, ozg‘in, bo‘ydor, quyuq sochli va tuksiz yuzli bu kishi bunday maqtovlarni bosh egib va ko‘zlarini yumgan ko‘yi tinglar va shunday der edi: "œAsli men habashiyman, kechagina qul bo‘lganman!"
Kechagina qul bo‘lgan bu habashiy asli kim edi?
U Islom muazzini va but-sanamlarni bezovta etuvchi Bilol ibn Raboh (r.a.) edi. U imon va rostlik mo‘’jizalaridan biri edi. U buyuk Islomning yorqin siymolaridan edi.
Qur’on nozil bo‘la boshlaganidan to bugungacha har o‘n musulmondan kamida yetti nafari Hazrati Bilolni biladi. Ya’ni, zamonlaru avlodlar osha yuzmilyonlab insonlar uni taniydilar. Siz hali boshlang‘ich ta’lim bosqichlaridan hatlamagan bolakaydan ham, yer yuzining istalgan burchagida yashayotgan musulmon farzandlaridan ham: "œBilol kim, ey bolam?" deb so‘rasangiz, u hech ikkilanmay: "œBilol Rasulullohning (s.a.v.) muazzinlari, xojasi dindan qaytarish uchun ustiga og‘ir xarsang qo‘yib azoblaganida ham "œAhad, Ahad" (Alloh yakkadir) degan sahoba" deb javob qiladi.
Islom Hazrati Bilolga bergan bunday sharafni ko‘rib aytamizki, u Islom kelmasidan avval bir hovuch xurmo evaziga xojasining tuyalarini boqib yurgan qul edi. Agar Islom bo‘lmaganida uning peshonasidan o‘la-o‘lgunicha qullik tamg‘asi ketmas, bashar izdihomida oyoqosti bo‘lar, nomi yo‘qlik qa’rida benomu nishon unutilib ketar edi. Lekin rost imoni, inongan buyuk dini unga hayotda va tarixda Islom ulug‘lari va valiylari aro oliy maqom va yuksak rutba ato etdi!
Oliynasab, obro‘li, nufuzli va mol-dunyo sohibi bo‘lgan aksar odamlar habashiy qul Bilol kabi azizlik va martabani qo‘lga kirita olmagan. Tani qoraligi, hasab va nasabda nochorligi uni rostligi, imoni, pokizaligi, fidoyiligi erishtirgan yuksak maqomidan mahrum qilolmadi. 

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:58:50

* * *
Umayya ibn Xalaf alam va g‘azabdan quturib, ko‘kragiga mushtlar va tinmay qichqirar edi:
— "œQanday falokat seni bizga yo‘liqtirdi, ey baxtiqora qul?! Lot va Uzzoga qasamki, seni qul va xoja munosabatlarida zarbulmasalga aylantirib yuboraman!
Bilol mo‘min imoni, valiy buyukligi bilan javob qilardi:
— "œAhad... Ahad!"
Hakamlikni bo‘yniga olgan yana bir kishi bu savdoga aralashib, shunday derdi:
— Ey Umayya, uni o‘z holiga qo‘y! Lotga qasamki, bundan keyin u seni qiynamaydi. Bilol bizdan, onasi joriyamiz bo‘lgan. Endi u ortiq o‘z Islomi bilan bizlarni Qurayshga gap-so‘z va masxara mavzui qilmaydi!
Bilol kazzob va makkor yuzlarga qaraydi va tabassum qilganida old tishlari tong yog‘dusiday yarqiraydi. Ularni dahshatdan qaltirashga majburlaydigan ajab sokinlik bilan:
— Ahad... Ahad..., — deydi.
Tong otadi, tush yaqinlashadi. Bilolni jazirama issiqqa yetaklashadi. U esa hamon sabrli, toqatli, matonatli, sabotli!
Uni azoblayotgan paytda Abu Bakr Siddiq ularning oldiga keladi va:
— Rabbim Alloh! degan kishini o‘ldirasizlarmi? — deya qichqiradi. So‘ng Umayyaga yuzlanib, deydi:
— Narxidan oshig‘iga sot-da, uni ozod qil!
Bu gap go‘yoki cho‘kayotgan Umayyaga najot qayi-g‘ini topganday ta’sir qildi. Abu Bakr ozodlik narxini so‘raganida ko‘ngli xush bo‘lib, sevindi. Chunki u qulni bo‘ysundira olishdan batamom umidini uzgan, bu takabbur xoja "œqiynalib" ketgan edi. Buning ustiga, Umayya savdogar bo‘lib, qulni sotish uni o‘ldirishdan foydaliroq ekanini yaxshi bilardi.
Qulni Abu Bakrga sotishdi. U esa zudlik bilan Bilolni ozod qildi. U hur kishilar orasidan o‘rnini egalladi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Bilolning qo‘ltig‘idan olib, erkinlik sari yetaklayotgan paytda Umayya unga:
— Ol uni, Lot va Uzzoga qasamki, agar uni bir dirhamga olaman deganingda ham sotib yuborgan bo‘lardim, — dedi.
Uning so‘zlarida umidsizlik alamiyu ko‘ngil sovish achchig‘i bor edi. Abu Bakr javob berishni ma’qul ko‘rmadi. Ayni choqda xojaning kinoyali so‘zlarida birodar bo‘lib qolgan bu aziz insonning izzat-nafsiga tegish, tahqirlash ohanglari ham bor edi. Shu bois Umayyaga javoban:
— Allohga qasamki, uni yuz dirhamga sotganingda ham, to‘lardim, — dedi.
U birodarining ozodlikka chiqqanini aytish uchun Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga yo‘l oldi. Bu voqea katta bayramga aylandi. 

Qayd etilgan