Sahobalar hayotidan  ( 132539 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 22 B


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 08:59:36

* * *
Rasululloh (s.a.v.) va musulmonlar Madinaga hijrat qilib, u yerda qaror topganlaridan keyin Payg‘ambar (s.a.v.) namoz uchun azonni mashru’ qildilar. Har kuni besh mahal namoz uchun kim azon aytadi? Ufq uzra kimning takbir va tahlillari yangraydi? Bu baxtli inson Bilol bo‘ldi! O‘n uch yil oldin azob-qiynoqlar tahdid qilgani va vujudini kuydirgani holda "œAllohu Ahad... Ahad..." deya takrorlagan Bilol!
Rasulullohning (s.a.v.) Islom ilk muazzinini tanlashdagi ixtiyorlari Bilolda to‘xtadi. U qalblarni imonga, quloqlarni dahshatga to‘ldirgan kuchli, o‘tkir va g‘amgin ovozi bilan nido qilardi:
Allohu akbar, Allohu akbar!
Allohu akbar, Allohu akbar!
Ashhadu an la ilaha illalloh!
Ashhadu an la ilaha illalloh!
Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh!
Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh!
Hayya ‘alas-solat, hayya ‘alas-solat!
Hayya ‘alal-falah, hayya ‘alal-falah!
Allohu akbar, Allohu akbar,
La ilaha illalloh!

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 09:00:27

* * *

Musulmonlar bilan Quraysh qo‘shini o‘rtasida ayovsiz jang boshlandi. Harb shiddatli, shaf- qatsiz va vahshiyona davom etardi. Musulmonlar birinchi bor kirishgan urush — Badr g‘azotida, Payg‘ambar (s.a.v.) shiori "œAhad... Ahad" bo‘lishini buyurgan ma’rakada Bilol ot o‘ynatib jang qilardi. Mana shu g‘azotda Quraysh eng qadrli odamlarini jangga tashlagan, qavmning barcha ashroflari urush maydoniga chiqqan edi.
Bilolga xoja bo‘lgan, uni vahshiylarcha azoblagan Umayya ibn Xalaf bu urushda qatnashmoqchi emasdi. Agar do‘sti Uqba ibn Abu Muoyt uning qo‘rqoqligi haqidagi gap-so‘zlarni eshitib, qo‘lida bir necha tosh ko‘tarib kelmaganida, bu fikrida qat’iy turgan bo‘lardi. Uqba uning oldiga kelganida Umayya qavmi bilan o‘tirardi. Uqba qo‘lidagi toshlarni uning oldiga tashlab:
— "œEy Abu Ali, mana bu toshlar bilan ketingni artib ol, sen ham ojiza ekansan!" — dedi. Umayya esa unga:
— Tangri seni va keltirgan narsangni ezgulikdan yiroq qilsin", — dedi. So‘ng urushga chiqishdan boshqa iloji qolmay jangchilar safiga qo‘shildi.
Qadarning qandayin sir-asrorlari bor-a! Uqba ibn Abu Muoyt do‘sti Umayyani Bilol va u kabi ojiz musulmonlarni azoblashga eng ko‘p gijgijlagan kishi edi. Bugun esa, halokati kutib turgan Badr g‘azotiga chiqishga ham Uqbaning o‘zi undayapti. Uqbaning o‘zi ham Badrda o‘lim topishiga nima deysiz? Agar do‘sti kinoyali ta’na-malomatlar qilmaganida Umayya bu harbda qatnashishdan o‘zini tiyganlar qatorida bo‘lardi.
Lekin Alloh amrini oxiriga yetkazuvchidir. Umayyani urushga chiqardi. Axir, u bilan Alloh bandalaridan birining eski hisob-kitobi bor. Masalani bir yoqli qilish onlari yaqin edi. Day-yon (hisob-kitob qiluvchi — Alloh) o‘lmaydi. Qilmishingga yarasha albatta jazoingni olasan!
Darhaqiqat, qadar berahmlarni masxaralashni o‘rniga qo‘ygan, mo‘minlarni azoblashga tezlagan Uqbaning o‘zi Umayyani o‘limga ham haydab borgan edi. Yana bu o‘lim kimning qo‘li bilan amalga oshirildi deng? Bilolning, habashiy Bilolning qo‘li bilan! Bir paytlar Umayya osgan zanjirlar ezib tashlagan, xojaning kaltak-azoblari og‘ritgan qo‘llar bilan! Ana shu qo‘llar endi Badr g‘azotida, qadar vaqtini qo-yillatib belgilagan fursatda mo‘minlarni shaf-qatsizlarcha va qahr-g‘azab bilan xorlagan Quraysh jallodi bilan uchrashib turardi!
Ikki guruh o‘rtasida jang qizib turgan paytda musulmonlar tarafidagi ma’rakaning bir tomoni: "œAhad!.. Ahad!.." shiori bilan chayqalardi. Umayyaning yuragi qinidan chiqib ketay derdi. Kechagina bir qul qiynoq va tahdid ostida takrorlagan ushbu so‘z bugun butun bir dinning, yangi bir ummatning shioriga aylanib ulgurgan edi!
Shunchalik shiddat, shuncha katta tezlik bilan-a?! Musulmon jangchilar guruhi Umayya bilan uning quraysh tomonida jang qilayotgan o‘g‘lini o‘rab olishdi. Ularni hech kim, hech narsa, hatto olomon maydalab tashlagan sovutlari ham himoya qilolmadi.
Bilol Umayyaning qilichlar tig‘i ostida yiqilgan jasadiga uzoq tikilib turdi. So‘ng shitob bilan undan yuz burib, bor ovozi bilan:
— "œAhad!.. Ahad!..", — deya hayqirdi...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 09:01:03

* * *

Oylar, yillar o‘tdi...
Makka fath bo‘ldi...
Rasululloh (s.a.v.) o‘nminglarcha musulmonlar bilan shukr qilgan va takbir aytgan holda shaharga kirib keldilar. Lashkarga bosh bo‘lib Ka’ba sari yurdilar. Bu muqaddas makonni quraysh mushriklari yil kunlarining adadicha but-sanamlarga to‘ldirib tashlagan edi.
Haq keldi. Botil ketdi.
Shu kundan boshlab Uzzo ham, Lot ham, Hubal ham yo‘q. Bugundan keyin inson boshini tosh va butlarga egmaydi. Odamlar endi butun vujudlari bilan Vohidul-Ahad, Kabirul-Mutaal, o‘xshashi, tengi yo‘q zot — Allohgagina ibodat qilishadi!
Rasululloh (s.a.v.) yonlariga Bilolni olib Ka’baga kirdilar. Kiraverishdayoq cho‘plar bilan fol ko‘rayotgan Ibrohim, alayhissalom, timsolidagi haykalga yo‘liqishdi. Rasululloh (s.a.v.) g‘azablanib shunday dedilar:
"œAlloh ularni yakson etsin! Shayximiz cho‘plar bilan fol ko‘rmas edilar... Ibrohim (alayhissalom) yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmaganlar, balki hanif musulmonlardan edilar. Va mushriklardan ham emasdilar!
So‘ng Bilolga masjid ustiga chiqib, azon aytmoqni buyurdilar. Bilol azon aytdilar. Zamon, makon va munosabat qandayin go‘zal! Makkadagi hayot harakatdan to‘xtadi. Minglarcha musulmon sokin nasim kabi Bilol ortidan azon kalimalarini xushu’ bilan pichirlagancha takrorlab turdi.
Mushriklar uylarida turib, sira ishonolmayotgan edilar: "œKechagina bu diyordan quvilgan Muhammad va uning kambag‘al do‘stlarimi shular? U bilan o‘nminglab musulmonlarning birga kelishgani ham haqiqatmi? Bizlar quvib solgan, qarshi urushgan, eng suyumli va yaqin kishilarini o‘ldirgan odamlar nahotki shular bo‘lsa?! Erkimiz qo‘lida bo‘lib qolganida esa: "œBoraveringlar, sizlar ozodsizlar!" deya olgan kishi ham shu — Muhammad ekani haqiqatmi?"
Quraysh ulug‘laridan uch kishi Ka’ba hovlisida o‘tirardi. Bilolning oyoqlari bilan sanamlarni toptashi va azon aytib, bahorning muattar bo‘yi kabi ovozini Makka ufqlariga baralla qo‘yib yuborishi ularni yondirardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 09:01:49

* * *

Bilol juda ko‘p voqea-hodisalarga guvoh bo‘lib yashadi. Namozga azon aytib, o‘zini zulmatdan nurga, qullikdan hurlikka chiqargan buyuk dinning marosimlarini ado etib, himoya qilib, Allohning Rasuli (s.a.v.) bilan birga yashadi.
Islomning sha’ni yuksaldi. U bilan birga musulmonlarning ham mavqe-martabalari ko‘tarildi. Har bir o‘tgan kun Bilolning Rasululloh (s.a.v.) qalblariga yaqinligini shu qadar ziyodalashtirdiki, uni "œjannat ahlidan bo‘lgan kishi" deb tavsifladilar. Lekin Bilol odatdagiday kamtar, sertavoze’ holida qoldi. U o‘zini "œkechagina qul bo‘lgan kishi" deb hisoblardi.
Bir kuni o‘zi va inisiga sovchi bo‘lib ikki ayolnikiga bordi va ularning otasiga shunday dedi:
— Men Bilolman, bu esa inim, habashlik bo‘lgan ikki qulmiz. Zalolatda edik, Alloh hidoyat qildi. Qullar edik, Alloh ozod qildi. Agar qizlaringizni bersangiz, Allohga hamdlar bo‘lsin! Agar xohlamasangiz, Alloh ulug‘dir!..

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 09:02:28

* * *

Rasululloh (s.a.v.) rozi holda va rozi bo‘lingan holatda Rafiqul A’loga rihlat qildilar. Keyin musulmonlarning ishiga Abu Bakr Siddiq bosh bo‘ldi.
Bilol Rasulullohning (s.a.v.) xalifalari huzuriga borib:
— Ey Rasulning xalifasi, men Rasulullohning: "œMo‘min amalining afzali Alloh yo‘lidagi jihoddir", deganlarini eshitganman», dedi. Abu Bakr:
— Nima xohlaysan, ey Bilol? — deb so‘radi. Bilol:
— To o‘lgunimcha Alloh yo‘liga aloqadorlikni istayman — deb javob qildi. Abu Bakr Siddiq so‘radi:
— Unda bizga azonni kim aytadi?
Bilol ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib, javob qildi:
— Men Rasulullohdan keyin hech kimga azon aytmayman!
Abu Bakr:
— Qolib, bizga azon aytib turgin, ey Bilol, — deya iltimos qildi. Shunda Bilol aytdi:
— Agar meni o‘z nafsing uchun ozod qilgan bo‘lsang, sen istagandek bo‘laqolsin. Agar Alloh uchun ozod etgan bo‘lsang, unda men va Uning uchun ozod qilingan Zot o‘rtasidagi ishga aralashma!
Abu Bakr Siddiq (r.a.) javob qildi:
— Seni Alloh uchun ozod qilganman, ey Bilol!
Bilol qolgan umrini Islom chegaralarida o‘rnashib o‘tkazdi. Alloh va Rasuliga yo‘liqquniga qadar Alloh va Payg‘ambarimiz yaxshi ko‘radigan amallarda g‘ayrat ko‘rsatdi.
Uning kuchli, o‘tkir va g‘amnok ovozi azon aytib boshqa yangramadi. Sababi shuki, u azon aytarkan: "œAshhadu anna Muhammadar Rasululloh" jumlasiga kelganida xotiralardan qiynalib, ovozi bo‘g‘ilib qolar, kalima va iboralarga qo‘shilib ko‘zlaridan yosh jalasi quyilaverar edi.
Bilol so‘nggi marta Hazrati Umar (r.a.) Shomni ziyorat qilgan kunlari azon aytdi. Musulmonlar Bilolni bir martagina namozlariga azon aytib berishiga ko‘ndirish uchun mo‘minlar amirini vasila qilishdi. Hazrati Umar Bilolni yoniga chorladi. Namoz vaqti kirganida undan azon aytib berishini iltimos qildi.
Bilol mezanaga ko‘tarildi va azon aytdi... U azon aytar ekan, Rasulullohni (s.a.v.) ko‘rgan sahobalar yig‘lab yuborishdi. Yig‘laganlarida ham oldin hech qachon ko‘rilmaganidek qattiq ko‘zyosh to‘kishdi. Eng qattiq yig‘lagan Hazrati Umar bo‘ldi...

Hazrati Bilol xohlaganidek, o‘zini Alloh yo‘liga bag‘ishlab, Shomda vafot etdi. Bugun Damashq zaminida aqida va imon tarafida sabr va jasorat bilan turib berishda bashar erlarining eng ulug‘laridan bo‘lgan kishining jasadi yotibdi...

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Oktyabr 2006, 09:05:11

Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan... 

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Oktyabr 2006, 20:12:03

Ey, Muhammad! Sizga payg'ambarlarning xabarlaridan dilingizni mustahkam qiladigan qissalarni so'ylab berurmiz va bu
qissalarda sizga haqiqat va pand-nasihat hamda
barcha mo'minlar uchun eslatmalar keldi.
Hud surasi, 120-oyat



Muhammad Zakariyo

"œFAZOILUL A’MOL"
(Islom amallarining fazilatlari)

Olloh yo’lida payg’ambar sallollohu alayhi vasallam va uning turli toifadagi sodiq do’stlari uchragan qiyinchiliklarni zamonaviy musulmonlarning tasavvur etishlari, bu qiyinchiliklarga chidashlari yoki hatto chidashga harakat qilishlari juda mushkuldir. Tarixiy kitoblar ularning azob-uqubatlari bayon etilgan hikoyatlarga boydir. Afsuski, biz ana shunday hodisalarga nihoyatda befarqmiz, bu boradagi bilimlarimiz ham yetarli emas. Bu bobni men payg’ambar sallollohu alayhi vasallam haqidagi hikoyadan boshlayman, niyatim Olloh duosini olish, ishonchim komilki, bu ishda kaminaga Olloh madadkor bo’lg’ay.

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Oktyabr 2006, 09:09:04

Payg'ambarning s.a.v. Toifga safari.

Olloh o’z topshirig’ini berish uchun payg’ambar sallollohu alayhi vasallamni tanlagandan beri o’tgan to’qqiz yil davomida u zot Olloh nomalarini Makkada o’qib yurdilar va o’z jamoasini boshqarish hamda shakllantirishga bor kuchini sarfladilar.
Islomni qabul qilgan yoki qabul qilmasa ham unga yordam bergan ba’zi shaxslardan tashqari Makkadagilarning barchasi payg’ambarni va uning izdoshlarini ta’qib qilib tosh otishar va taxqirlashardi. Payg’ambarning amakisi Abu Tolib islom qavmida bo’lmasa ham unga ko’maklashgan qalbi pok insonlarning biri edi.
Bir yil o’tib, Abu Tolib o’lganida, qurayshiylar o’zlarini erkin his etib, hech bir to’siqqa uchramay, pastkashliklarini kuchaytirib yubordilar. Hijozning ikkinchi eng katta shahri Toifda Banu Soqif qabilasi eng kuchli qabilalardan edi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ularnn Islomga bo’ysundiraman degan ishonch bilan Toifga bordilar. Quraysh quvg’inidagilardan ancha qismi Toifda boshpaka topgandi. Shu bilan Islomni kelgusida targ’ib qilishga asos solingan edi. Toifga yetib borgach, payg’ambarimiz Banu Soqif qabilasi boshliqlaridan uchtasi oldiga alohida-alohida tashrif buyuradilar, ularning har biri oldiga Olloh nomasini qo’yib, islomga kirishga da’vat etadilar. Qabila boshliqlari payg’ambarni eshitishni ham istamaydilar, mehmondo’stlikni ham unutib payg’ambarga o’ta jirkanch va qo’pol muomala qilishadi. Ular payg’ambarning shaharda turishini istamasliklarini ochiq-oydin aytishardi. Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam ulardan samimiy muomala, iltifot kutgan edilar, chunki ular qabila boshliqlari edi-da. Ammo ulardan biri istehzo bilan dedi:
«Hey, seni biz emas, Olloh payg’ambar qildiku!»
Ikkinchisi mazax qilib dedi:
«Olloh payg’ambar qilaman deb, sendan boshqa biror kimsani topa olmabmidi?»
Uchinchisi masxarabozlik qilib o’shqirdi:
«Men sen bilan gaplashishni xohlamayman, mabodo sen payg’ambar bo’lsang, unda senga qarshi chiqish - tashvish orttirishni anglatadi, mabodo sen o’zingcha payg’ambarman demoqchi bo’lsang, nega endi sendaqa qallob bilan so’zlashar ekanman?»

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Oktyabr 2006, 09:18:28

Payg’ambar sallollohu alayhi vasallam bardoshlilik va sodiqlikda ikkilansalar-da, qabila rahbarlarining nazorati qarshisida o’zlarini yo’qotib qo’ymadilar, aksincha oddiy odamlarga yaqin borishga harakat qilaverdilar, biroq hech kim unga quloq solmadi. Ular payg’ambardan shaharlarini bo’shatib qo’yishni, xohlagan joyiga ketishini talab etishdi. Barcha uri-nishlar bekor ekanini fahmlagach, payg’ambar shaharni tark etishga qaror qildilar. Boshliqlar payg’ambarning osoyishta chiqib ketishiga yo’l qo’yishmadi, u zotning orqasidan ko’cha bezori bolalarni yuborib, hushtak chalish, baqirish, mayna qilish, hatto u zotni tosh bo’ron qilishga undashdi. U zotga shunchalar ko’p tosh otishdiki, butun badanlari qon bo’lib ketdi, poyafzali oyoqlarini siqib tashlagan edi. Shaharni qayg’uli ahvolda tark etdilar. Shahardan uzoqlashgach, Egam yordamida omon qolib, Ollohga shunday deb iltijo qildilar: «Oh, Egam! Men senga kudratim kamligidan, mablag’im yetmasligidan, odamlar ko’zi o’ngida qadr-kimmatim yo’qligidan shikoyat qilaman. Ey, barcha shafqatlilardan eng shafqatlisi! Sen kuchsizlar zgasidirsan, xususan, mening Egamdirsan. Sendan o’zga kimga ishonay! Meni yoqtirmaydigan, menga qovog’ini soladigan g’animlargami yoki sen mening ishlarimni nazorat qilib turishni topshirgan bevatanlargami? Sening himoyangga muhtojman. Men sening nuringdan boshpana izlayman - nuring jannatni yoritadi, korong’ulikni nurafshon qiladi, bu dunyo va oxirat ishlarini nazorat qiladi. Meni g’azabingga aslo duchor qilmagin, mendan norizo bo’lib qolishingdan saqla. Seni rozi qilish uchun bor kuchimni sarflayman. Sendan o’zga na kuch, na qudrat yo’q!»
Osmon kuchlari iltijo orqali harakatga keltiriladi. Jabroil alayhissalom: «Assalomu alaykum», deb payg’ambar sallollohu alayhi vasallam oldida paydo bo’ldilar va dedilar:
«Sen va manavi odamlar o’rtasida bo’lgan barcha narsalarni Olloh biladi. Olloh tog’larni sening amringga bo’ysundirish uchun bir farishtani vakil qilib yubordi».
Shunday deya Jabroil alayhissalom ul farishtani payg’ambar oldiga boshlab kirdi. Farishta payg’ambar sallollohu alayhi vasallamni olqishladi va dedi:
«Ey, Ollohning payg’ambari! Men sening xizmatingdaman. Agar istasang, mana shu shaharga ikki tomondan qarab turgan tog’larni to’qnashtirib yuborolaman, bu yerdagi barcha odamlar o’lib ketadi yoki sen ularga boshqacha bir jazoni taklif qilishing mumkin».
Rahm-shafqatli va olijanob payg’ambar sallollohu alayhi vasallam: «Mabodo bu kishilar Islomni qabul qilmasalar ham, ularning avlodlari Ollohni qadrlaydi. Olloh ishiga xizmat qilishiga mening ishonchim komil», dedilar. 

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Oktyabr 2006, 09:19:33

Onas bin Nazrning jafo chekishi

Onas bin Nazr roziallohu anhu Badr jangida ishtirok etolmagan sahobalardan biri edi. Islom yo’lida birinchi va eng namoyishkorona jangda qatnashish sharafiga muyassar bo’lmaganidan juda afsuslanardi. Nazr uzoq kutmadi. Kelasi yiliyoq Uxud jangi boshlandi. U eng yaxshi niyatlar bilan qo’shinga qo’shildi. Ahvol og’irligiga qaramay, musulmonlar qo’li baland edi, ba’zi odamlar xato qilganlarida musulmonlar mag’lubiyatga uchrashga majbur bo’lardilar. Payg’ambar sallolohu alayhi vasallam ellikta o’qchini dushman otliq askariga qarshi kurashda orqa tomonni qo’riqlash uchun jo’natdilar. Yolar payg’ambardan buyruq bo’lmaguncha o’rinlaridan qo’zg’almasliklari haqida aniq ko’rsatma oldilar. Ammo dushmanlar musulmonlarning g’olib chiqishayotganini ko’rgach, jang tamom bo’lganiga ishonch hosil qilib, jang maydonlarini tashlab ketdilar. To’da boshlig’i payg’ambar farmonini eslatib, ularni oxirgi marta sinab ko’rmoqchi bo’ldi va qolishni taklif qildi, biroq unga o’ntacha odam quloq soldi, xolos. Ular payg’ambar sallollohu alayhi vasallam farmoni faqat qizg’in jang jarayoniga aloqador edi, deb bahslashishardi. Dushman otliq askarlari orqa tomon himoyasiz qolganini payqab qoldilar va yon tomondan harakat qilishib, musulmonlarning orqa tomoniga o’tib oldilar va ularni ishg’ol etdilar. Shu ahvolda Onas roziallohu anhu oldidan o’tib ketayotgan Sa’d bin Ma’ozni ko’rdi. Onas unga qichqirdi:
«Ey, Sa’d! Qayerga ketyapsan?»
«Olloh yoniga! Uhud tog’idan kelayotgan jannat iforini tuyyapman».
Shunday deya, Onas o’zini dushmanning eng quyuq joyiga otdi, tish-tirnog’i bilan kurashib azob-uqubatga qoldi. Jangdan so’ng, opasi uni badanlari mo’mataloq va mayib kilingan holda shilingan barmoqlaridan tanib oldi. Badanida saksondan ortiq yoy va qilich jarohati bor edi. 

Qayd etilgan