Sahobalar hayotidan  ( 132425 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 B


Secret  18 Avgust 2012, 07:48:20


  Musulmonlarga navbatdagi g’alabani keltirgan Yarmuk ma’rakasi nihoyasiga yetganda jang maydonida og’ir jarohatlangan uchta mujohid yotardi. Ular Horis ibn Hishom, Ayyosh ibn Abu Rabia va Ikrima ibn Abu Jahllar edi. Тomogi qaqrab ketgan Horis bazo’r pichirlab, suv so’radi. Unga suv uzatganlarida tashnalikdan tili tanglayiga yopishib qolgan Ikrimaga ko’zi tushib "unga beringlar", dedi. Ikrima ham suvni olmasdan sal nariroqda chanqab, lablari quruqshagan Ayyoshga ishora qildi. Ayyosh uzatilgan suvni ichishga ulgurmay, dunyodan ko’z yumdi. Avvalgi ikki mujohid ham chanqoqlarini qondirolmay birodarlarining ketidan dorulbaqoga ravona bo’lishdi. Alloh ularning baridan rozi bo’lsin. Ularga bir qultum ichgandan so’ng tashnalik nimaligini mutlaqo bilmaydigan Havzi Kavsar suvidan ato qilsin. Firdavs jannati bog’larida rohatlanmoqlikni nasib etsin.
                                                                                      Doktor Abdurahmon Raf’at al-Posho

Qayd etilgan


Secret  01 Oktyabr 2012, 09:49:53

  Said Ibn Al-Musayyib (سعد بن المسیب) dan:
«Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir - 28), deb marhamat qilgan».
 

Qayd etilgan


ibnUyayna  01 Oktyabr 2012, 11:11:48


  Soib ibn al-Musayyabdan:
«Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar». 


Said ibn Musayyab emasmi nabodo?

Qayd etilgan


sadida  15 Mart 2013, 08:33:44

Abu Xurayra r.a Rosululloh s.a.w ga qattiq muhabbat quyganlaridek, ilmga ham qattiq muhabbat qo'yib, ilm olishlikni o'zlariga odat qildilar. Bir kuni Madina bozorlarida utib ketayotib, Abu Xurayra r.a insonlarni dunyo ishlari bilan mashg'ul xolda ko'rdilar, savdo sotiq va oldi berdiga kirishib ketishganiga qarab:
''Ey axli Madina sizlarga nima yetishmayapti o'zi?'' Dedilarki: '' Ey Abu Xurayra ko'rib turibsanku bizga nima kerakligini?''
Dedilarki: Rosululloh s.a.w dan qolgan meros taqsim qilinmoqda, Sizlar esa bu yerdasizlar, axir borib o'z ulushlaringizni olmaysizlarmi?''
''Qayerdan olamiz ey Abu Xurayra?'' so'rashdi insonlar.
''Masjiddan'' dedilar.
Odamlar bozordan shoshilib masjid tomonga yo'l olishdi, Abu Xurayra esa odamlar qaytib kelguniga qadar joylarida turdilar. Odamlar qaytib kelib u kishiga aytishdiki:
''Ey Abu Xurayra! Biz sen aytganingdek masjidga bordik biron narsani taqsim qilinayotganini ko'rmadik-ku?''
Abu Xurayra r.a ulardan so'radi:
''Sizlar masjidda nahotki biron bir kishini ko'rmadingizlar?''
''Xa..odamlar namoz o'qiyotganini, qur'on tilovat qilayotganlarini, va halol-haromni urganyotganlarini ko'rdik'' deyishdi.
Abu Xurayra r.a. aytdilarki: ''Sho'ringiz qursin usha sizlar ko'rganingiz Rosululloh s.a.w meroslariku''.... dedilar.




Ey dunyo ishlariga berilagan birodarlarim! dunyo tashvishlaringizni bir chetga suringda, Alloh Azza va Jalla farz qilgan ilmni o'zlaringizga odat qilinglar, zero bu ilm Janobimiz Rosululloh s.a.w qoldirgan eng katta boylikdur.
Ilm urganish nina bilan quduq qazganchalik mashaqqat, lekin usha mashaqqatni mazasini siz qazgan quduqdan suv ichganingizdagina anglab yetasiz....
Usha quduqni qazib insonlarga ham ulashishlik barchamizga nasib etsin!

Qayd etilgan