Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 64454 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 13 B


Muslimа  03 Noyabr 2006, 09:03:36

Allohim bergin bandangga
IYMON, INSOF, E’TIQOD.
Ochgin "œkar" quloqlarni,
Poklagin kir dillarni.
SENDANDA so’rab panoh,
Yuzlanurmiz qiblaga.
Gunohlar qilib, ey boh!
INSOF bergin bizlarga.

Qayd etilgan


Muslimа  03 Noyabr 2006, 09:08:43

Qalbimizni sotmaylik,
Bizlar shayton la’yinga.
Dilimizni bermaylik
Bizlar orzu — hafasga.
O’tar ketar bu dunyo,
O’tamiz biz ham albat.
Foyda bermas bizlarga
U dunyoda toju — that
Ko’p qilaylik zikrni,
Yodga olib Allohni
O’rtaga tushmasdan nafs,
Anglaylik biz o’zlikni.
Muslim ham muslima ham,
Tildamas dilda bo’lsin.
IYMON-LA qalbimizda,
Ezgu huslar jo’sh ursin!

Qayd etilgan


Muslimа  03 Noyabr 2006, 09:10:36

Ey, do’stlar men sizlarni ALLOH uchun sevganman,
Barchangizni qalbdagi IYMON bilan sevganman.
Bo’ling doim sog’ omon va DINda sobitqadam,
Dinimizni asraylik TOABAD bo’lib birdam.

Qayd etilgan


Nodi  03 Noyabr 2006, 17:41:38

Assalomu alaykum Noza va Rohatoy!
Alloh rozi bo'lsin!
Judayam chiroyli she'rlar ekan.

Qayd etilgan


Muattar  04 Noyabr 2006, 12:20:24

MUHABBATNING OHANGI

Muhabbat hamon yashar
Inson qalbin qo'rida
Uning turi behisob
Joyi yurak to'rida.

Ba'zan bu hislaringdan
Tonging kelar judayam
Ular seni tark etsa
Hayotingda mazmun kam...

Ne qilaring bilolmay
Tolasan chuqur o'yga
Chunki seni muhabbat
Soladi har xil ko'yga

Hohlasa majbur qilar
Ko'z yoshing to'kmoqlikka
G'ururingdan voz kechib
Unga bosh egmoqlikka

Unda ham bor manguga
Arzigulik xush damlar
Ba'zan shu damni eslab
To'ladi ko'zga namlar...

Nasib etsin ollohim
Barchaga shunday baxtni
Insonlar asray bilsin
Qalbdagi muhabbatni.

Chunki u nur singari
Yo'llarni yoritadi
Mehr-muhabbatlilar
Orzusiga yetadi

Tuyg'ularning buyugi
Ollohga bo'lgan sevgi
Har birbanda qalbida
Yashasin hamon , mangu...




Qayd etilgan


Muattar  04 Noyabr 2006, 13:00:31

"ZAMONAVIY" QIZLARGA

Singil va opajonlar
Nima bo'ldi sizlarga,
O'xshamoqchi bo'lasiz
Yevropalik qizlarga

O'zligini unutish
Bu axmoqlik emasmi!?
Tanqid va yomon so'zlar
Shaxsiyatga tegmasmi?

Chin o'zbek xonadoni
Havas qilarmi sizga.
Aytilgan yomon so'zlar
Ta'sir etmasmi bizga!?

Chunki biz ham siz kabi
O'zbek vakilasimiz
Bu dunyoda "erkak"mas
"Ayollar" sirasimiz!!!

"Shimda yurish "udobno""
Deb uni tanladingiz.
Uning "modniy" yirtig'idan
Ko'rinar badaningiz!!!

Obro'si yo'qolmoqda
Ayol zotin dunyoda
Bunga "ochiq yurganlar"ning[]br Xizmati ko'p ziyoda

"Kiyim kiygin go'zallikni
Ochish emas yashirish chun"
bu dono so'z zamirida
Bordir qancha haqiqat-chin!

Bizning milliy kiyimlar
Befarq qo'ymas hech kimni
Sizday qizlar yarashtirib
Kiysalar shu kiyimni...

Shuning uchun azizlarim,
Yo'qotmaylik o'zlikni.
Yurish, turish, axloqidan
Barcha bilsin o'zbekni!

Bu she'rim tegishlimas
Iffatli biror qizga
Lekin ayrim " devor"lar
Namni tortadi o'ziga!!!



Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 13:35:54

Ey, do’stlar men sizlarni ALLOH uchun sevganman,
Barchangizni qalbdagi IYMON bilan sevganman.
Bo’ling doim sog’ omon va DINda sobitqadam,
Dinimizni asraylik TOABAD bo’lib birdam.


Assalamu alaykum,Rohatoy.
Shu she'ringiz menga juda ham yoqdi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Ilohim, Alloh uchun bir-birini sevganlar Jannatlarda ham birga bo'lsinlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Noyabr 2006, 13:43:46

Assalamu alaykum,Muattar.
"Zamonaviy"qizlarga" degan she'ringiz juda ham zo'r chiqibdi.
Qani endi, bu yerda "ta'riflari" keltirilgan qizlar bundan foyda olishsa juda ham soz ish bo'lardi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Alloh taolo barchamizni Haq yo'liga boshlasin!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Noyabr 2006, 11:59:17

Yasharmikin inson suvsiz, havosiz?
Hayotmikin tanamiz jonsiz?
Bo’larmikin urush qurbonsiz?
Yasharmikin go’dak onasiz?
Ucharmikin qushlar qanotsiz?
Yashnarmikin gullar tuproqsiz?
Yonarmikin olov uchqunsiz?
Oqarmikin daryo oqimsiz?
Bo’larmikin do’stlik sotqinsiz?
Bo’larmikin sevgi armonsiz?
Dunyo qolar ekan bularsiz.
Shundagina yasharman sensiz!!!

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2006, 13:56:00

Ey, do’stlar men sizlarni ALLOH uchun sevganman,
Barchangizni qalbdagi IYMON bilan sevganman.
Bo’ling doim sog’ omon va DINda sobitqadam,
Dinimizni asraylik TOABAD bo’lib birdam.


Assalamu alaykum,Rohatoy.
Shu she'ringiz menga juda ham yoqdi.
Alloh sizdan rozi bo'lsin.
Ilohim, Alloh uchun bir-birini sevganlar Jannatlarda ham birga bo'lsinlar.

Assalomu alaykum Nargiza opa!
Rahmat, kamtarona ijodimga befarq bo'lmaganingiz uchun!
Sizdan ham Alloh taolo rozi bo'lsin!

Qayd etilgan