Muallif Mavzu: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 59521 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shoxjahon12

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 706
  • -oldi: 1044
  • Xabarlar: 2373
  • Jins: Erkak
Re: Forumchilar ijodidan...
« Javob #120 : 30 Avgust 2011, 06:12:07 »
Assalomu alaykum. Ma'lumki, sharq xalqlari she'riyatni boshqacha qadrlaydi. Shuning uchun she'r yozishga qiziqadiganlar xalqimiz orasida serob, men ham she'r yozib turaman. Sizlar ham  o'zingiz yozgan she'rlaringizni shu yerga kiritsangiz juda hursand bo'lar edim.

Qalbimni burib qo'ymagin

Azobga asirdir bechora ko'ngil,
Ravshanlik hohlaydi zulmatgohda dil,
O'zing menga endi bir marhamat qil,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Nafsim hohishini qaytara olay,
Tag'in sururimni yo'qotib qo'ymay,
Shayton aldovidan omonda bo'lay,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
"Ota bobolarim mo'min bo'lgan" deb,
Yashamay "Shuning chun musulmonman" deb,
Yashayin ularni sen uchun sevib,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Har yahshi amalni ixlosla qilay,
Roziliging istab xaq yo'lda yuray,
Sendan o'zim uchun bir narsa so'ray,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Mayliga dunyoda bor yo'g'im ketar,
Yurakni bir narsa haroba etar,
Gunohim kechirsang shu menga yetar,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Ibrat topa olay bo'lsa hikoya,
Qur'onga, sunnatga etib rioya,
Oxir mo'min holda o'lsam kifoya,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.
Bobur holi bugun o'ziga so'roq,
Bilmam menga endi nima afzalroq,
Robbim bilguvchisan mendan yahshiroq,
Qalbimni xaq yo'ldan burib qo'ymagin.

 Endi sizning navbatingiz...
Adashmasam men ham "Forumdoshlar ijodidan namunalar" degan mavzu ochgan edim. "Egizak mavzu" bo'libdida))
Harakatsiz odam dunyoning oyoqlari ostida ezilur. (Abdurauf Fitrat)

Sadulla

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 960
  • -oldi: 914
  • Xabarlar: 512
  • Jins: Erkak
  • Ey,Muslimlar!Olloh yo'lida birlashaylik!
Re: Forumchilar ijodidan...
« Javob #121 : 30 Avgust 2011, 08:03:13 »
 :asl3:


Adashmasam men ham "Forumdoshlar ijodidan namunalar" degan mavzu ochgan edim. "Egizak mavzu" bo'libdida))

Shu ikki mavzuni birlashtirib qo'yish kerak.
Har qanday xolatingda xam senga berilayotgan ne'matlar Allohniki ekanini unutma, har qanday xolatingda xam Alloh sendan habardor ekanini unutma, har qanday xolatingda xam o'limni, qabrga kirishingni unutma.
(Umar ibn Hattob)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #122 : 30 Avgust 2011, 22:26:21 »

Уммон бўлиб улгурган дардларим қатра-қатра,
Аслида бедор тунлар оққан манглай терларим.
Юрагимнинг қаъридан чиққан ҳар битта сатри –
Ҳеч кимга айтолмаган нолаларим – шеърларим...

Ёлғизлик дарёсининг тошқин сувини ичган,
Ифорларин қоғозга гупиллаб, ёйиб, сочган,
Кўнглимнинг гулзорида ийманишиб юз очган,
Қизғалдоғу, настарин, лолаларим – шеърларим.

Сут бирла қонга кирган меҳÑ€ оҳанги, сози,
Яхшиликка чақирган илтижо ҳам ниёзи,
Гудакликда онамнинг хазин наво овози –
Қулоғимда янграган аллаларим – шеърларим.

Қалбга яқин қаторлар хаёлда такрор-такрор,
Байтларни сотгувчи мен, ҳамда яна харидор,
Ўзим қўшиғин куйлаб, ўзим бўлиб бастакор,
Кўнглим куйига баста, яллаларим - шеърларим

Дилда не кечар эрса, сўйлагувчи забоним,
Кимлар учун яхши-ю, кимлар учун ёмоним,
Кетсам-да бу, оламдан, қолдиргувчим нишоним –
Бири шўх, бири ғамгин болаларим – шеърларим...


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #123 : 03 Sentyabr 2011, 09:52:28 »
Жоним ҳалак,
Дил нотинч,
Қалбим ором қўмсайди.
Ичим тирнайди соғинч –
Куз келганга ўхшайди...

Эски дардим ҳамхона,
Изтироблар парвона,
Ёзни айлаб бегона,
Куз келганга ўхшайди...

Эриниб оқмоқда қон,
Юзим баргдек заъфарон,
Шеърга айланар армон –
Куз келганга ўхшайди...

Ёмғир ювар кўз ёшни,
Тақдир синар бардошни,
Олис айлаб қуёшни,
Куз келганга ўхшайди...

Жавоб йўқдек ноламга,
Оқлик мос соч толамга
Алғов-далғов оламга,
Куз келганга ўхшайди...

Ўйчанлик менга юмуш.
Кечаги кун фаромуш.
Инсонлар нега хомуш?
Куз келганга ўхшайди...

Юрак безовта, нотинч,
Дил тўлганга ўхшайди.
Ичим тирнайди соғинч –
Куз келганга ўхшайди...


(с)
__________________

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #124 : 12 Oktyabr 2011, 18:16:32 »
Юрак – қонга тўлган танам парчаси,
Туйғу – шу парчанинг нозик томони .   
Севги – ҳаловатнинг ожиз дарчаси,
Қалам – ҳисларимнинг ёлғиз забони.

Ақлим – кузак сабаб хира тортган дур,
Имон – юзин тоғлар беркитган қуёш.
Идрок – мавҳумликни ёриб чиққан нур.
Ўзлик – ёмғирларда қатра-қатра ёш.

Ҳаёт – умр бўйи турган имтиҳон,
Ёшлик – етукликка элтувчи қадам.
Кураш – тирикликка шарт бўлган мезон.
Бахт – кўнгил осойиш топа олган дам.

Йўллар – паст-баландин билиб бўлмас сир,
Йиллар – ёшимизни ютгувчи эс-ёд.
Эзгулик – дунёда биз қурган қаср,
Ёмонлик – қалбларга чанг солган сайёд
 
Юрак – бағри қоним – умр достоним...

(c)

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Javob: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #125 : 06 Mart 2013, 11:14:02 »
Porumda shunday ijodkorlarimiz boe ekanu biz bilmay yurgan ekanmiz

 

Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 53316
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Forumdoshlar, qachon uchrashamiz.

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 75
Ko'rilgan: 31923
So'nggi javob 17 Dekabr 2009, 11:17:49
muallifi Chustiy
Forumdoshlar tanqidi va Taklifi

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 150
Ko'rilgan: 50815
So'nggi javob 01 Yanvar 2010, 14:20:42
muallifi Hadija
Forumdoshlar haqida savol

Muallif MahdiyahBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 19527
So'nggi javob 01 Iyun 2010, 17:53:21
muallifi BelleQizcha
Kompyuter o`yinlariga qiziquvchi forumdoshlar uchun!

Muallif JaviKBo'lim Umumiy

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 13528
So'nggi javob 16 Yanvar 2011, 19:59:41
muallifi jasur.best