Muallif Mavzu: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 60938 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #75 : 06 Avgust 2008, 00:01:37 »
Men o’ylagan orzularga balki yetarman,
Balki yetmay armonlarning qo’lin tutarman.
Boshim olib bu dunyodan bir kun ketarman,
Lekin shu kun bugun bo’lsa, ayting netarman!

                                                       2005.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #76 : 06 Avgust 2008, 00:19:34 »
Hayot nima – o’lmoqmi bu yoki tirilmoq,
Shaxmat kabi o’yinmi bu: qora hamda oq.
Yo bo’lmasa o’yin-kulgu, g’am-anduhmi bu,
Yo’q!
Hayot asli bor-yo’g’i bir siqim tuproq.

Xom sut emgan bandamizda qilmaymiz shukur,
Pul ketidan quvamiz-u topmaymiz huzur.
Savobnichi?
Ayting axir qachon qilamiz,
Dunyo axir abadiymas, g’animat umr.

                                              2006.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #77 : 06 Avgust 2008, 00:24:18 »
Orzularim armon bo’lmasin desang,
Shijoat, qanoat, sabrni bilgin.
Qalbda hayot guli so’lmasin desang,
Ustozing poyiga bir tuproq bo’lgin.

Paymonam ko’z yoshga to’lmasin desang,
Qora kunlarda ham g’am chekma, kulgin.
Har bir ishda Olloh qo’llasin desang,
Ustozing poyiga bir tuproq bo’lgin.

Bu dunyoda o’ynab kulaman desang,
O’qigin, izlangin, ilmli bo’lgin.
U dunyoda Jannatiy bo’laman desang,
Ustozing poyiga bir tuproq bo’lgin!

                                               2006
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #78 : 30 Oktyabr 2008, 16:27:06 »
Сени ўйлаяпман...
Қайдадир сен ҳам,
Олис юлдузларга
Термуласан жим...
Кимнидир кутасан
Интиқиб шу дам.
Мен ҳали билмаган,
Дилгир малагим.

Кичик бир нуқтада,
Жамулжам хаёл...
Йўл қараб чарчаган
Нигоҳинг ғамгин.
Толиққан қарашда
Сон мингта савол,
Ораста қалбингга.
Бермаяпти тин.

Ичинг анор каби.
Қизилликка ғарқ,
Ҳар битта донаси –
Азобинг, дардинг.
Айт нега жим тилинг,
Сарвинози Шарқ,
Бунчалик сабрни
Қаердан олдинг?

Битмас матонат-у
Туганмас тоқат,
Ва жиндек табассум,
Кўзларингда жо.
Юрагинг ақлингдан
Истайди шафқат,
Ҳар битта зарбаси –
Юзта илтижо.

Бас, етар!
Қийноқли дамларинг
Ортда,
Унутиб ғамларни,
Шодон куламиз.
Эзгуликка тўла
Кўркам ҳаётда,
Албатта иккимиз
Бахтли бўламиз...

Соғиниб, ўртаниб,
Энтикиб ёниб,
Сени ўйлаяпман...


JaruleUZB

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #79 : 24 Sentyabr 2009, 11:02:03 »
A.alaykum JaruleUZB

She'rlaringizni hech kitob holiga keltirganmisiz? O'zingiz haqingizda ma'lumot bersangiz hursand bo'lardik. İjodingizga baraka....

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #80 : 24 Sentyabr 2009, 11:11:48 »
Men o’ylagan orzularga balki yetarman,
Balki yetmay armonlarning qo’lin tutarman.
Boshim olib bu dunyodan bir kun ketarman,
Lekin shu kun bugun bo’lsa, ayting netarman!

                                                       2005.

Man shu she'r juda yoqdi.

Tabriknomalar blogiga card qilib qoyayabman, ijozatsiz uzr  :)


« So'nggi tahrir: 24 Sentyabr 2009, 11:22:45 muallifi Mahdiyah »

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3161
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #81 : 10 Noyabr 2009, 15:39:34 »
Men o’ylagan orzularga balki yetarman,
Balki yetmay armonlarning qo’lin tutarman.
Boshim olib bu dunyodan bir kun ketarman,
Lekin shu kun bugun bo’lsa, ayting netarman!

                                                       2005.

Man shu she'r juda yoqdi.

Tabriknomalar blogiga card qilib qoyayabman, ijozatsiz uzr  :)




Mualliflik huquqini talab qilaman!!!!!!

Yurist 2005dagi she'rlaringiz bilan 2006ni solishtirsak ancha o'sgan ekansiz :)

Xozirchi? Xozirgilari haqida ham bir tiyinga qimmat tanqidiy ko'zoynak bilan qaralgan fikrlaringizni eshitaylik... :-)))))
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #82 : 10 Noyabr 2009, 18:35:53 »
Ҳаққинг бор, Лайлидек ошиқ бўлишга,
Шириндек бўлиш ҳам ўз ихтиёринг.
Яшнаса яшнашга, сўлса сўлишга,
Ўлса ҳам ўлишга,беқарор ёринг!

Мен эса...билмадим, лойиқманмикин
Мажнундек куйгани, ишқингда беун?
Фарҳод ҳам чиқмайди мендан...Гапим чин,
Чунки қалбим қашшоқ, юрагим юпун!


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #83 : 10 Noyabr 2009, 18:37:22 »
Букун кўнгил хижил, дардларим дунё,
Бошқа севмасликка қилгандайман аҳд.
Кунлар ҳам зулматга қул бўлган гўё –
Ўзгага ёр бўлиб, кутаяпсан бахт.

Ҳаққим йўқ бўлса-да тинч қўймайди рашк,
Дилимдан тилимга кўчади оҳим.
Етим бола мисол қолиб кетди ишқ,
Айт менга, не эди менинг гуноҳим.

Кечалар уйқусиз, кундузлар нурсиз,
Бир сўзсиз, изҳорсиз севганлигим рост.
Юрагимдан чуқур қолдириб бир из,
Фақат ёнгинамда бўлмайсан холос.

Ўйинг билан яшаб, кун кўраяпман:
Эрталаб ишга бор... кечқурун уйга.
Шу куйи бегона бўлиб боряпман,
Муҳаббат аталган махзун туйғуга...

Ёлғиз одимлайман ҳаёт сўқмоғин.
Ўтгану кетганлар қарамайди бир.
Кетказа олмайди юракнинг доғин,
Шундай экан тақдир, шу экан тақдир...


(c)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #84 : 12 Noyabr 2009, 22:05:52 »
Даво истар қалбима ҳеч малҳами жон топмадим,
Дил зоримни айтмоғимға битта инсон топмадим.

Дард тажалли мезбон ўлан хонавайрон кўнглима,
Бир тасалли беродирғон гул-гулистон топмадим

Ғамзалардан басирликка маҳкум бўлган кўз учун,
Лутф ила ҳамнур ўлувчи чашми гирён топмадим

Чашмталаб, зиё талаб зим-зимистон кўкима,
Шулаи нур тарқатувчи кавкабистон топмадим.

Кунлар базўр ўтаётир, изтиробга аржуманд,
Шоду хуррам яшамоққа якка имкон топмадим.

Ёр қидирдим, дашти ишқда бўзлаган Мажнун киби,   
Неча йиллар излаяпман, изладим, ҳамон топмадим

Зоҳиримда нола-оҳ, ҳам имонимда иштибоҳ,
Ботинимни уйғотишга соҳиби забон топмадим.

Мағрибу Машриқ қолиб, жар солиб, тилдан қолиб
Жон олиб, жоним бериб, жон тикиб жонон топмадим.


(с)

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 221
  • Jins: Erkak
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #85 : 13 Noyabr 2009, 05:04:36 »

Atrof sariq tusda, xiradir osmon,
Yaproqlar shivirlab so'ylamoqda sir.
Sinoatga to'lgan shu fasli xazon,
Hassos yuragimning tarjimasidir.

Xayolim qush kabi uchib ketmoqda,
Ayro yo'llari yo'q shamol yo'lidan.
Taqdirga tan berib hayot o'tmoqda,
Tutib yolg'izlikning so'lg'in qo'lidan.

Huzur-halovatga begona ko'nglim,
Shikasta dillardan izlaydi najot.
Umid-la ko'z tikib, boshin egib, jim,
Qilarin bilmasdan boshlaydi ijod.

Xazin satrlardan qalbimni topib,
Mungli misralardan qidirib to'zim,
O'zim bemor qilib, ham bo'lib tabib,
To'lg'anib yozaman har bitta so'zim.

Daraxtlar sevinchi - ko'klam ilinji...
Men esa oromim qidirib tundan,
Ichimni kemirib, timdalab, yulib,
She'rlarim yozaman...
Shu qolar mendan.

Kuzgi barg sigari sarg'ayib, so'lib,
Uzilib, yo'q bo'lib ketmasam bo'ldi.
Bir-birovga muhtoj foniy jahonda,
Hech kimga keraksiz o'tmasam bo'ldi...


(c)

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #86 : 13 Noyabr 2009, 05:48:26 »

Mualliflik huquqini talab qilaman!!!!!!


Y_U_R_I_S_T! Uzr o'shanda asl ismizni bilmasdim.
Shunga she'rni tagiga ismizni yozmagandim.
O'ziz ham o'ylab ko'rin Y_U_R_I_S_T dib yozib qo'ysam... yana katta harflar bilan...  ;D
yooooooooooooo tog'ri kemidi  :D



Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #87 : 05 Yanvar 2010, 07:13:08 »
Bekorchilikda siddiqani chizgan rasmini ko'rgandim :)

Man ham ancha oldin (1 yilcha avval) shunaqa bekorchi bo'lganimda ijod qip turardim  :D



Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #88 : 05 Yanvar 2010, 07:18:28 »
bunisiga 2-3 yilcha bo'ldi  :)


Jamila

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 655
  • -oldi: 251
  • Xabarlar: 279
  • Jins: Ayol
  • Hamma savollar javobsiz...
Re: Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^
« Javob #89 : 21 Fevral 2010, 01:42:40 »
Assalomu Alaykum Wr Wb!
Mahdiyah Alloh sizdan rozi bo'lsin yozgan she'rlariniga va chizgan narsalaringiz uchun manga juda yoqadi!
Ijodlarga omad yana kutib qolaman!...

 

Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54373
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Forumdoshlar, qachon uchrashamiz.

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Tabriklar. Uchrashuvlar. E'lonlar

Javoblar: 75
Ko'rilgan: 32664
So'nggi javob 17 Dekabr 2009, 11:17:49
muallifi Chustiy
Forumdoshlar tanqidi va Taklifi

Muallif ikbaljohnBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 150
Ko'rilgan: 51848
So'nggi javob 01 Yanvar 2010, 14:20:42
muallifi Hadija
Forumdoshlar haqida savol

Muallif MahdiyahBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 47
Ko'rilgan: 20120
So'nggi javob 01 Iyun 2010, 17:53:21
muallifi BelleQizcha
Kompyuter o`yinlariga qiziquvchi forumdoshlar uchun!

Muallif JaviKBo'lim Umumiy

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 13780
So'nggi javob 16 Yanvar 2011, 19:59:41
muallifi jasur.best