Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 97574 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 13 B


Shoxjahon12  07 Noyabr 2006, 15:12:33

"ZAMONAVIY" QIZLARGA

Singil va opajonlar
Nima bo'ldi sizlarga,
O'xshamoqchi bo'lasiz
Yevropalik qizlarga

O'zligini unutish
Bu axmoqlik emasmi!?
Tanqid va yomon so'zlar
Shaxsiyatga tegmasmi?

Chin o'zbek xonadoni
Havas qilarmi sizga.
Aytilgan yomon so'zlar
Ta'sir etmasmi bizga!?

Chunki biz ham siz kabi
O'zbek vakilasimiz
Bu dunyoda "erkak"mas
"Ayollar" sirasimiz!!!

"Shimda yurish "udobno""
Deb uni tanladingiz.
Uning "modniy" yirtig'idan
Ko'rinar badaningiz!!!

Obro'si yo'qolmoqda
Ayol zotin dunyoda
Bunga "ochiq yurganlar"ning[]br Xizmati ko'p ziyoda

"Kiyim kiygin go'zallikni
Ochish emas yashirish chun"
bu dono so'z zamirida
Bordir qancha haqiqat-chin!

Bizning milliy kiyimlar
Befarq qo'ymas hech kimni
Sizday qizlar yarashtirib
Kiysalar shu kiyimni...

Shuning uchun azizlarim,
Yo'qotmaylik o'zlikni.
Yurish, turish, axloqidan
Barcha bilsin o'zbekni!

Bu she'rim tegishlimas
Iffatli biror qizga
Lekin ayrim " devor"lar
Namni tortadi o'ziga!!!




"Mixlab" tashlabsiz-ku..:)))))

Qayd etilgan


Dilmurod Nizamutdinov  10 Noyabr 2006, 14:56:38

Tunlarim o’tadi ishqingda bedor,
Muxabbat nafasi titratar dilni.
Qaldirg’ochlar uchar bo’stonda zor-zor,
Sevgi, sevgi deya charchatar tilni.

Sog’inaman seni lahzalar sayin,
Visoling kutaman yonib, intiqib.
Umid uchqunlari esadi mayin,
Yurakka hayajon, g’ulg’ula solib.

Bir lahza ketmaydi yodimdan «ko’zing»,
Ketmaydi hayoldan tengsiz tabassum.
Jonimga orodir sermazmun so’zing,
Bo’lolmas sening-la, hayotim maxzun!

Ishqingda yonmayman, kul bo’ldim axir,
Tanimda qolmadi quvvat-madorim.
Visolingga yetaman, yetaman oxir,
Baxtli bo’lgum albat sen-la Dildorim!!!

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Noyabr 2006, 12:50:22

...

Bir lahza ketmaydi yodimdan «ko’zing»,
Ketmaydi hayoldan tengsiz tabassum.
Jonimga orodir sermazmun so’zing,
Bo’lolmas sening-la, hayotim maxzun!

Ishqingda yonmayman, kul bo’ldim axir,
Tanimda qolmadi quvvat-madorim.
Visolingga yetaman, yetaman oxir,
Baxtli bo’lgum albat sen-la Dildorim!!!


Chiroyli satrlar.
Ijodingizga OMAD!

Qayd etilgan


Mas'ud  12 Noyabr 2006, 08:49:08

...Dilimda tasvirlab bo'lmas bir surur,
O'zgacha zavq berar olgan nafasim.
Zuhro yulduz misol taratguvchi nur
Tabassum yuzlarga kelar havasim.

Borliq go'zalligin atrofga sochgan,
Iforlar keltirib esadi nasim.
Hayoli o'g'irlab oylarga qochgan,
Zulfing torlariga kelar havasim.

O'ylanib qolaman...Goh o'yim ro'yo,
Gohida nuqtaga tikilaman jim.
Hayotdan minnatdor, ham mehridaryo,
Qalbi butunlarga kelar havasim.

Yuragim orziqib, o'rtanar jonim,
Quvonchli kunlarim yodga solib zum...
Bu yorug' olamda hech yo'q armoni,
Baxtli insonlarga kelar havasim.

Yuzlandim necha bor ming turli ko'zga,
Zor bo'ldim bir og'iz darmonli so'zga,
Har erdan izladim, topmadim o'zga,
Sening ko'zlaringga kelar havasim...

*****ga


hurmat ila...JaruleUZB

Qayd etilgan


Mas'ud  12 Noyabr 2006, 08:50:07

Дўстлар мусибатда ёнингга келмас,
Ёринг азобларинг дилдан хис килмас,
Олами Бокийда хеч тенги бўлмас,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Дунёнинг ташвиши адо бўлмайди,
Хеч кимса сен учун фидо бўлмайди,
Дуо олган шох-ки, гадо бўлмайди,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Фано хаммамизга азалий кисмат,
Кимга мансаб керак, кимгадир хурмат,
Конимиз жон эмас, жондир Охират,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Якинлар омонат, ошно омонат,
Омонатга этма асло хиёнат,
Зиёни улашиб яшаш матонат,
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

Яхшилик бошингда яркираган тож,
Ёмондан саклангин, ёмонликдан коч,
Оллохдан эзгулик сўраб кўлни оч!
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

хурмат билан...JaruleUZB

Qayd etilgan


Dilmurod Nizamutdinov  12 Noyabr 2006, 09:50:19

JAVOBSIZ...

Uch yulduz porlardi
Oysiz kechada.
Adashsam yo’limda
Xamroxim bo’lib.
Uch quyosh chorlardi
Baxtga, ziyoga,
Kunimni yoritib
Burkab hayoga.

Biri - onam, menga
Jon ato etgan.
Biri - qodir Olloh
Taqdirni bitgan
Biri - sensan, afsus
Mangu turmagan
O’zga koinotga
Nazarin tutgan.

Men seni yo’qotdim
Yo’qotdim abad.
Shamolga aylandi
Endi hislarim.
Men seni sevardim
Sevardim faqat,
Bo’g’zimga kelguncha
Tanamda jonim.

Javob istadim men
Pok muhabbatga.
Ololmadim ammo
Savolga javob.
Men meni qiynadim,
Quyib azobga
Chidolmasdan xatto
Bu qiynoqlarga.

Bilaman sevmaysan
Mayli sevma xech!!!
Mangu yashayveray
Hislarim bilan.
Bilaman kulmaysan,
Mayli kulma xech!!!
Hayollarda qolay
O’z-o’zim bilan.

O’tmishni eslayman,
Qani, ey Xudo!
Bolalik damlarga
Qaytib qolsaydim
Iliqlik baxsh etgan
O’shal bebaho,
Onamning bag’riga
Boshim qo’ysaydim.

Baxtiyor edim men
Tunlari bedor
Yulduzga termulib
Turganlarimda.
Baxtiyor edim men
Kunlari so’zsiz
Uch quyosh yo’limni
Yoritganida.

Bir kam dunyo ekan,
Dunyo beshafqat.
Baxtiyor bo’lolmas
Bechora odam.
Sevgiga erishdim
Deganda bir zum,
Undan ayrilmoqqa
Quyarkan qadam.

Aldashga urindim
O’zimni, qalbni.
Hislarimga aslo
Qilmadim nazar.
Kunlar o’tgan sayin
Asta boshladi,
Yurak ham o’zimdan
Qilmoqqa xazar.

Muhabbat yo’q endi
Dedim qalbimga.
Taskin topmadim bu
Yolg’on so’zimda
Muhabbat yo’q emas,
Mayli olisda.
Ammo abad qolar
Qalbim tubida!!!


           D I L M U R O D

[color=red]"Yugurdim, yeldim, ammo
Ko’nglingga yo’l topa olmadim.
Bir paytlar muzlagan qalbni,
Yumshatishga erisholmadim!!!"[/color]
[/i]

Qayd etilgan


Muslimа  13 Noyabr 2006, 08:38:00

Яхшилик бошингда яркираган тож,
Ёмондан саклангин, ёмонликдан коч,
Оллохдан эзгулик сўраб кўлни оч!
Дуо олганлардан дуо ол, болам!

хурмат билан...JaruleUZB


Ma'noli satrlar ekan. Yana shu kabi sherlarni kutib qolamiz.
Ijodizda omad. Alloh rozi bo'lsin!!!

Qayd etilgan


Muslimа  13 Noyabr 2006, 08:40:42

Hurmatli Dilmurod Nizamutdinov!
Sizning ham sherlaringiz JUDA chiroyli chiqibdi.
Ijodingizga rivojlar tilab qolaman!
Alloh rozi bo'lsin!!!

Qayd etilgan


Abdullox  13 Noyabr 2006, 18:41:25

                                Kechirgin !!!

Ey Ollox, sendan norizo o'tganlarni kechirgin,
Sinovinga dosh berol'may ketganlarni kechirgin,
Taqdiri azaldir bu peshonanga yozilmish
Taqdirdan qochib qutulmoqchi bo'lganlarni kechirgin !!!

Besabrlik, noshukrlik balosidan asragin,
Dushmandan zo'riroq do'stning a'losidan asragin,
Shayton-u nafs hoyu xavosidan asragin
Xayotdan to'yib botin-la o'lganlarni kechirgin !!!

Bor yaxshilikni sen uchun qilganlarni alqagin,
U dunyoni deb bu dunyodan kechganlarni alqagin,
Banda yomonligidan qochmay o'tganlarni alqagin
Shaytoniy nafs balosidan so'lganlarni kechirgin !!!

So'ngi amal farz bo'lishin yolg'iz sendan so'ragan,
Tana pokligini qalbi pokliginla o'ragan,
U dunyo lazzatin deb bu dunyoni ko'rmagan
Shulardin o'zini yiroq tutganlarni kechirgin !!!

Yaxshilik qilib jar solmaganing yaxshidir,
Xojat chiqarib evaz olmaganing yaxshidir,
Savob ishlar qilib tolmaganing yaxshidir
"Qalb OLLOXda namoz shart emas" deganlarni KECHIRGIN !!!

                                    Nurotalik do'stingiz  Abdullox ( O'tkir)

Qayd etilgan


Dilmurod Nizamutdinov  14 Noyabr 2006, 09:03:35

                           
Ey Ollox, sendan norizo o'tganlarni kechirgin,
Sinovinga dosh berol'may ketganlarni kechirgin,
Taqdiri azaldir bu peshonanga yozilmish
Taqdirdan qochib qutulmoqchi bo'lganlarni kechirgin !!!

Bu kabi she'rlar nafaqat odamnin ko'ngliga taskin beradi, balki bu dunyoda nima uchun yashayotganligi hikmatlarini anglab yetishga yordam beradi. Do'stimiz Abdullohga ijodlarida omadlar tilab qolamiz!!!
                                 

Qayd etilgan