(kechinma)
Salom sevgilim, ayriliq azobidan o'rtanib , hijron o'tida yonib umringni o'tkazyapsanmi ?Balki bu ishlaringdan pushaymondirsan .Buyog'i Olloxgagina ayon.
Menga javob berchi sevgilim,bu dunyoda " O'nsakkizga kirmagan kim bor?".Sen ham men ham to'lin oydek to'lishgan o'nsakkiz yoshda edik.Bu dunyoda inson sevarkan, sevilarkan,toparkan,yo'qotarkan.Sen ham mening "Topganlarim va yo'qotganlarim" ichida topganim ham, yo'qotganim ham sen eding.
Senga "Ulug'bek xazinasi"dagi bor boyliklarni tuhfa etolmasamda , vujudim ,yuragim,muhabbatimni hadya etishga tayyor edim.
Gohi "Oydin kechalar"da ,"Yulduzli tunlar"da "Ufq"ga termulib unsiz hayol suraman ,sening oydek jamolingni ko'z o'ngimda namoyon qilaman va sen bilan g'oyibona suhbatlashaman.Biz huddi "Ishq sarobi"dan mast,muhabbat "Girdob"iga g'arq bo'lgan "Tohir Zuhro"lardek edik.Biroq "Shaytanat" olami vujudingni qamradi.Sening vaslinga zor bo'lib hajringda kuyib "Iztirob"chekayotganlar qancha edi."Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" ekan.Hamma hammasiga chidadim.Sening qalbing o'zga qalb sohibi-la unsiz suhbatlashsa ,charosdek ko'zlaring nigohi o'zgalar nigohi ila to'qnashsa bu nigohlar mening dardli yuragimga hanjar yanglig' qadalardi.Va men rashk o'tida yonardim.
Sendan ilk bora ayrilib ikki o't orasida yonib , "Ikki eshik orasi"da qolib o'rtanganlarim hamon yodimda ."Eh, mening g'o'r yoshligim".O'n yetti yil umrimni sening ishqingda yonib o'tkazdim."Alvido bolalik", esiz ketgan umrlar.Lekin sen hargiz xursand bo'la ko'rma o'n etti yil umrini menga baxshida etibdi deb. "Qaytar dunyo".Hamma - hamma "O'tgan kunlar''im "Ming bir kecha''dek , "Tushda kechgan umrlar"dek o'tdiyu ketti."Armon" bo'ldi.
Sen bir narsani hech qachon unutma , S A D O Q A T chegara bilmaydi.