Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 97573 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


Abdullox  02 Dekabr 2006, 15:25:14

          Assalomu aleykum birodarlar,bu she'rimni pessimistik ohangda qabul   
                                  qilmaysiz   degan   umiddaman !!!
                                         


Bu dunyolardan kechib ketgim keladi,
Shamollardek uchib elgim keladi,
Bu dunyoning dardu g'amin unutib
Sajdaga bosh qo'yib o'lgim keladi .

Ibodatim to'kis ado bo'lganda,
G'ururim darz ketib gado bo'lganda,
Qalbimda Ilohiy ishq sado berganda
Sajdaga bosh qo'yib o'lgim keladi .

Gunoxlarim qalbim qora qilganda,
Pushaymonlik dilim pora qilganda,
E'tiqodim faqat Yora bo'lganda
Sajdaga bosh qo'yib o'lgim keladi .





Qayd etilgan


Abdullox  02 Dekabr 2006, 15:43:09

                Hayot mazmuni
Hayot shami sekin asta so'nib bormoqda,
Neha yuz yil birin -ketin ortda qolmoqda,
Inson esa kech anglab bu falsafani
 O'z umriga o'zi zomin bo'lmoqda.

Chirt uzilganda bandidan yaproq,
Do'st o'z yoriga solganda sirtmoq,
Shuni ham hayot deb bandayu gumrox
O'z umriga o'zi zomin bo'lmoqda.

Nega bila turib bilmaslikka olasan,
Guldek umring  nechun o'tga solasan,
Bir kun bu lahzaning uvoliga qolasan
O'z umringa o'zing changal solasan.

Kel, ey do'zt,umr ummonining so'ng lahzasida ,
Qonib ichaylik oxirat sharobidan
Zero, hech kim bilmas -
umr qachon  ketar  o'z tobidan.

Hasyotning mazmuni asli shundan iborat-
Yaxshilab quloq sol qalb gavxaringa.
Har bir narsada izlasang mo'jizayu bor hikmat
Har bir qalbda yashirin Ilohiy ishq muhabbat.


Qayd etilgan


Abdullox  02 Dekabr 2006, 15:59:01

                          Ojiz aqlimning ojiz in'ikosi

O'zbek bo'lib ham , evropalik bo'lib ham, hatto arab bo'lib ham emas,balki  M U S U L M O N  bo'lib yashamoqlik kerakdir.
     
                                        * * * * *
Fuqarolarni yozib qo'yilgan emas , balki amal qilinayotgan qonunlargina  boshqaradi.

Qayd etilgan


Abdullox  02 Dekabr 2006, 19:20:51

          G'ayrimuslimlarga bag'ishladim.

                         (Xatolarini Olloh kechirsin)     

Dedim:Iymon nima ?
Dedi:Mo'minning qalbidagi porlagan qandil.
Dedim:Namoz nedur ?
Dedi:Mo'minning me'roji.
Dedim:Ro'za nima ?
Dedi:Bandaning nafsiga bo'lgan isyoni.
Dedim:Zakot nima ?
Dedi:Bandaning azobga qarshi tug'yoni.
Dedim:Xaj nima ?
Dedi:Bandaning pok ila qayta tug'ilg'oni.
Dedim:Gunox nima ?
Dedi:Oqibati do'zax bo'lguvchi qalb gardi.
Dedim:Gunox mangumi ?
Dedi:Agar OLLOH hohlasa kechirgusi.
Dedim:Gunox qanday paydo bo'lg'ay?
Dedi:Bandaning nafsi va shaytong'a mag'lub bo'lmog'i.
Dedim:Qalb gardi qanday yuvilgay?
Dedi:Tavba qiling'ay.
Dedim:Yana?
Dedi:Savob qiling'ay.
Dedim:Tavba nedur ?
Dedi:Gunoxin kechirishin so'rab qilingay.
Dedim:Savob nima ?
Dedi:Oqibati jannat bo'lguvchi banda amali.
Dedim:U mangumi ?
Dedi:Xa, biroq  umidsizlik uni o'ldiyg'ay.
Dedim:Savob qanday paydo bo'ladi?
Dedi:Faqat OLLOH va payg'ambari buyurgani qilingay.
Dedim:Savobni nima  ketgazg'ay ?
Dedi:Uni ketgazg'ay bir so'z - bu Riyo.
Dedim:Riyo nedur ?
Dedi:U kibr va manmanlik shirkdir go'yo.
Dedim:Oqibati nedur uning ?
Dedi:Oqibati uch ming yil qizigan otashdir buning .
Dedim:Amal nima aytgil birodar ?
Dedi:Amal udir : yaxshi va yomon.Ikkisigada bordir mukofat.
Dedim:Aytgil nedur mukofat ?
Dedi:U ikkidir buyuk mukofat: Jannat va Do'zax.Ikkisida cheksiz va mangu.
Dedim:Jannat nima ?
Dedi:Mo'minlarning so'ngi makoni .
Dedim:Do'zax nima ?
Dedi:Kofirlarning mangu makoni.
Dedim:Ayt,umrning ma'nosi nima ?
Dedi:Chaqmoq ,sham yoki parvona.
Dedim:Bu dunyoga bino qo'ygan kim?
Dedi:Yo go'l, yo mast , yoki devona .
Dedim:Jihod nedur so'yla birodar ?
Dedi:OLLOh yo'lida qilingan har bir yaxshi ush.
Dedim:Uning boshi nedur ?
Dedi:Nafsiy tarbuya-yu gunoxga sabr qilish.
Dedim:Nafs nima ?
Dedi:Bandaning keragidan ortiq talabi va yo insonning bosh dushmani .
Dedim:Unda shayton nima ?
Dedi:Nafsning so'zsiz ukasi.
Dedim:Shaytonnning vazifasi nedan iborat?
Dedi:Bandani adashtirib gu'nox qildirgay,
        Akasiga aql o'rgatib yo'ldan ozdirgay.
Dedim:Nafs nechchadur?
Dedi:Nafs yettidir:Nafsi ammora, nafsi lavvoma,nafsi mulk,nafsi mo'mina ,nafsi   roziya,      nafsi shariya,nafsi sofiya.
Dedim:Nafsni qanday tarbiyalamoq lozim?
Dedi:Taqvo qilingay.
Dedim:Taqvo nedur?
Dedi:OLLOH va uning rasulining buyurganlarini qilish buyurmaganlarini albatta qilmaslikdir.
Dedim:Uning boshi nimadur?
Dedi:Tanigangada tanimagangada salom berishdir.
Dedim:Nechun?
Dedi:Salom - Asmoil husnadir.
Dedim:Payg'ambarlar kimlardir ?
Dedi:Olloh tomonodan erdagi bandalari orasidan tanlab olingan , insonlarni    jaholatdan qutqaruvchi yuksak hulqli insonlar , elchilardir.
Dedim:Qanday ularga ishonmoq kerak?
Dedi:U OLLOHning so'zlarini insonlarga etkazgay.
Dedim:Yolg'on bo'lsachi ?
Dedi:Aytib o'tilg'ay diningning muqaddas kitobida,
        Yo payg'ambar etkazgay ilohiy me'yorida.
Dedim:Iymon keltirmaganning holi ne bo'lg'ay ?
Dedi:Bila turib iymon keltirmasa gar,
         Unga do'zax o'ti so'zsiz muqarrar.

                                                       Davomi bor....(inshaolloh)


Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Fevral 2007, 15:37:26

BUGUN ALLOH UCHUN SEN NIMA QILDING.

Ko’zing ochding, bamdodga-ku turmading.
Ne’mat berdi, shukr-la duo qilmading
Qo’shni bo’lib, undan habar olmading
Alloh uchun sen nima qilding?

Qo’l tutsalar, sadaqa ham bermading
Mo’minlardan tabassuming ayading
Dunyo uchun yugurding, shoshding
Alloh uchun sen nima qilding?

Chorlasalar masjidga ham bormading.
Qorning to’ydi, asrda ham uxlading.
Kun qoraydi, shom o’tganin bilmading.
Alloh uchun sen nima qilding?

Urar ekan hamon yuragin.
O’yla bu olamga nega kelganing?
Savol bergin o’zinga o’zing!
Alloh uchun sen nima qilding?

Ado etgil bandalik farzing
Qaytar! Bo’lsa omonat qarzing
Kech bo’lmasdan so’ragin o’zing
Alloh uchun sen nima qilding?

Qayd etilgan


Mohinur  28 Fevral 2007, 17:42:18

Ассалому алайкум.
Аллох сиздан рози булсин.
Шеърингиз жуда таъсирли чикибди.

Qayd etilgan


Muslimа  31 Mart 2007, 07:45:40

Sevimli forumim FORUM.ZIYOUZ.COMga bag’ishlanadi.

Allohga shukurki bor shunday imkon,
Iymon egalari birlashgan makon.
Bu makonning nomi Ziyouz
Qalblarga taratar ziyo kecha-yu kunduz.

Bilmaganim o’rgandim,
O’rganganim o’rgatdim.
Intildim pok iymonga,
Mehr qo’ydim Islomga.

Alloh yo’lida sevish va do’stlik
Neligini angladim.
Kimlargadur balki yo’qdim,
Kimlargadur yo’qmadim.

Men topdim chin do’stlarni,
Haqiqiy dil so’zlarni.
Dildan aytaman sizga,
Pokladim bu ko’zlarni.

Harom halol neligin,
Namoz nechun farzligin,
Islomnining haq dinligin
Angladim men shu zamon!


Haqiqatga chorlovchi bir nur,
Haqiqatni o’rgatuvchi do’st.
Hikmat shodasidan erur u bir dur
Bor bo’l doim FORUM.ZIYOUZ!

P.S. Kamchiliklari uchun oldindan uzr, rozi bo'laslar!  :D

Qayd etilgan


Laylo  31 Mart 2007, 12:54:49

Sevimli forumim FORUM.ZIYOUZ.COMga bag’ishlanadi.

Allohga shukurki bor shunday imkon,
Iymon egalari birlashgan makon.
Bu makonning nomi Ziyouz
Qalblarga taratar ziyo kecha-yu kunduz.

Haqiqatga chorlovchi bir nur,
Haqiqatni o’rgatuvchi do’st.
Hikmat shodasidan erur u bir dur
Bor bo’l doim FORUM.ZIYOUZ!

P.S. Kamchiliklari uchun oldindan uzr, rozi bo'laslar!  :D

Ofarin!
Juda go'zal chiqibdi! :)

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Mart 2007, 18:30:08

Sevimli forumim FORUM.ZIYOUZ.COMga bag’ishlanadi.

Allohga shukurki bor shunday imkon,
Iymon egalari birlashgan makon.
Bu makonning nomi Ziyouz
Qalblarga taratar ziyo kecha-yu kunduz.

Bilmaganim o’rgandim,
O’rganganim o’rgatdim.
Intildim pok iymonga,
Mehr qo’ydim Islomga.

Alloh yo’lida sevish va do’stlik
Neligini angladim.
Kimlargadur balki yo’qdim,
Kimlargadur yo’qmadim.

Men topdim chin do’stlarni,
Haqiqiy dil so’zlarni.
Dildan aytaman sizga,
Pokladim bu ko’zlarni.

Harom halol neligin,
Namoz nechun farzligin,
Islomnining haq dinligin
Angladim men shu zamon!


Haqiqatga chorlovchi bir nur,
Haqiqatni o’rgatuvchi do’st.
Hikmat shodasidan erur u bir dur
Bor bo’l doim FORUM.ZIYOUZ!

P.S. Kamchiliklari uchun oldindan uzr, rozi bo'laslar!  :D

Assalamu alaykum,Rohtoy.
Oramizda Tuppa tuzuk shoira qizimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurgan eknmizda. :D
Juda go'zal chiqibdi, ALloh rozi bolsin...

Qayd etilgan


Murod_bek  01 Aprel 2007, 22:48:58

Sevimli forumim FORUM.ZIYOUZ.COMga bag’ishlanadi.

Allohga shukurki bor shunday imkon,
Iymon egalari birlashgan makon.
Bu makonning nomi Ziyouz
Qalblarga taratar ziyo kecha-yu kunduz.

Bilmaganim o’rgandim,
O’rganganim o’rgatdim.
Intildim pok iymonga,
Mehr qo’ydim Islomga.

Alloh yo’lida sevish va do’stlik
Neligini angladim.
Kimlargadur balki yo’qdim,
Kimlargadur yo’qmadim.

Men topdim chin do’stlarni,
Haqiqiy dil so’zlarni.
Dildan aytaman sizga,
Pokladim bu ko’zlarni.

Harom halol neligin,
Namoz nechun farzligin,
Islomnining haq dinligin
Angladim men shu zamon!


Haqiqatga chorlovchi bir nur,
Haqiqatni o’rgatuvchi do’st.
Hikmat shodasidan erur u bir dur
Bor bo’l doim FORUM.ZIYOUZ!

P.S. Kamchiliklari uchun oldindan uzr, rozi bo'laslar!  :D

cok guzel
Gap yo'q!

Qayd etilgan