Muallif Mavzu: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.  ( 6724 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
"Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« : 04 Oktyabr 2006, 19:07:18 »
Bir a'robiy Rasululloh s.a.v.dan so'radi:"Yo,Rasululloh s.a.v. qiyomat qachon bo'ladi?" Rasululloh s.a.v:"Qiyomatga biror tayyorgarliginig bormi, so'rayapsan?"-dedilar. U kishi bo'lsa:"Maqtangudek biror amalim yo'q,lekin Alloh va Uning Rasulini juda sevaman". Shunda Rasululloh s.a.v:"Ohiratda sen sevganing bilan birga bo'lasan..."deya marhamat qildilar.

Ushbu bo'limga jamlangan she'rlar sevgisida va ihlosida holis bo'lgan har bir musulmonni befarq qoldirmaydi, Inshaalloh.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #1 : 04 Oktyabr 2006, 19:17:55 »
Munojot.

Bismillahir rohmanir rohiym,
Ilohi, qulingman, kechir gunohim.

Yelib parvonadek, giryon yuribman,
Kelib devonadek, uryon turibman.

Na toatim bor-u, na savobim bor,
Na toqatim boru na javobim bor.

O'zim sarkashmanu so'zim chalkashgan,
Ko'zim qamashagnu yo'lim adashgan.

Dilimda shukr yo'q, bilmasman tavba,
Qo'limda zulm ko'p qilmasman tavba.

Taqlid to'rin tutdim, tavhid unutdim,
Tahdid zo'rin yutdim, tanqid yuritdim.

Bag'oyat chirkindir ko'nglimda g'ubor,
Hidoyat ber endi, Buyuk, Biru, Bor!!!

Ilohi, zahmating "og'u"sida - bol,
Ilohi rahmating og'ushiga ol.

Suyuk hayol tuni - ibodatimni,
Buyuk visol kuni - ijobatimni.

Ilohi,izmingdan qaytmayin zinhor,
Ilohi, izningla, aytayin ash'or.

Jami mo'minlarning so'ng sarvaridan,
Ham insu jinlarning Payg'ambaridan.

Ko'zlay men yarq etgan so'z ichra zarni,
So'zlay Sen halq etgan mo'jizalarni.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #2 : 04 Oktyabr 2006, 19:25:24 »
Rabiul avvalning o'n ikkinchisi.

Sahro osmonida ufurdi birdan,
Rayhonlar ifori,atirgul isi,
Dunyoni qutqradi qaro taqdirdan,
Rabiul avvalning o'n ikkinchisi.

Ummunlar chayqaldi,zamin qalqidi,
Tushdi Baytullohda butlar yuztuban,
Haqiqat, hidoyat nuri balqidi,
Jaholatga botgan tog'lar ustidan.

Ming yillik olovlar so'ndi Ajamda,
Titradi Busrada qadim saroylar,
Bu charog'on sahar, bu qutlug' damda,
Ta'zim qila turdi yulduzlar,oylar.

Bu nechuk nur edi, bu nechuk sharar*,
U hazrat Omona muborak Ziyo,
Olam iqbolini yo'rgakladilar,
Hazrati Bibi Maryam, hazrati Osiyo.

Sahro osmonida ufurdi birdan,
Rayhonlar ifori, atirgul isi,
Dunyoni qutqradi qaro taqdirdan,
Rabiul avvalning o'n ikkinchisi.

Sharar* - yolqin, uchqun.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #3 : 04 Oktyabr 2006, 19:40:36 »
Shaqqi Sadr.

Shaqqi Sadr, Shaqqi Sadr,
Ko'ksimni yor Shaqqi Sadr,
Har mo'minning ko'kragida,
Bo'lgin takror Shaqqi Sadr.

Shaqqi Sadr,Shaqqi Sadr,
Amri Rahmon, Davri Qadr!!!

Balki bilmay o'tgaydirman,
Nedir Armon, nima sh'er?
Halimaning vahm kirgan,
Yuragiga ovunch ber...

Shaqqi Sadr, Shaqqi Sadr,
Dardi Armon, shavqi sabr.

Qayga ketdiqurg'oqchilik,
qayga ketdi qora qon?
Kuldi chechak,to'ldi ilik,
Salqin kechdi saraton.

Shaqqi Sadr, shaqqi sadr,
Bahri osmon! Ashki abr*!

Shaqqi sadr, shaqqi sadr,
Farishtalar amali,
Nahot ko'ngil tegrasida,
Mangu shayton qamali.

Shaqqi sadr, shaqqi sadr,
Tarki isyon, margi makr!

Kechar yillar riyozatda,
Cho'kar qayg'u - bu ham baht,
Shafe' bo'lsin Qiyomatda,
Rasululloh Muhammad (s.a.v.)

Shaqqi sadr, shaqqi sadr,
Dafni shayton, dafni jabr!

abr* - bulut.



U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #4 : 05 Oktyabr 2006, 07:55:55 »
Man zarra-u, xurshidliqo sensan,
Man xasta-u, ayni davo sensan.
Qanotim yo'q, poyingda ucharman zor,
Man qadahman, yor, qahrabo sensan.

Jaloliddin Rumiy
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #5 : 05 Oktyabr 2006, 09:28:43 »
Buhayro.

Ezgulik burjini aylamish tavob,
Ko'p qadim kitoblar titmish, ey, rohib.
Alloh iqbolingga bitmish, ey, rohib,
Bir ulug' saodat, bir ulug' savob.
Ibtido onidan to ro'zi mahshar,
Qilmishi qabihdir,ko'ngli qabihning,
Sen-chi dilda asrab kelding bir gavhar
Vasiyati yanglig' Iyso Masihning.
Karvon ko'rindimu Makka tomonda,
Tug'yon ila tomda tikilding uzoq?
Sen poyiga mehr to'kkaning onda,
Munofiqlar unga qo'mishlar tuzoq.
Ne sabab ziyofat qurding, Buhayro,
Ahli Quraysh aro tilading, ne qut?
Yuragingga qanday hikmat etdi jo,
Egilgan daraxtu parcha oq bulut?
Olov sharsharasin to'kardi quyosh,
Shamol siypalasa kuydirar eting.
Qanday jon saqladi,netib berdi dosh,
Karvonni qo'riqlab qolgan ul yetim.
Buhayro, Buhayro, ne bo'ldi ohir,
Dunyoda makrla "baht" talashganlar.
Sen mudom eslatib turibsan axir,
Nechog'lik azizdir adashmaganlar.
Kimgaki qalbida iymoni hamroh,
Kimdakim emasdir Allohdan ayro.
Uni balolardan, fitnadan ogoh,
Etib yashayverar rohib Buhayro...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #6 : 06 Oktyabr 2006, 08:59:05 »
Yasribga safar.

O'n ikki kun yo'l yurdik,
Sinadik dil sabrini.
Ziyorat qildik ohir,
Otamizning qabrini.

- Xayr, endi onamga,
Qabiladosh og'alar.
Biz Makkaga qayturmiz,
Omon qoling, tog'alar.

Ummu Ayman,bardam bo'l,
Ko'rsat yo'lda fidolik.
Abvo ostonasida,
Kutar qayg'u - judolik.

Qazo bo'lmish bizga sir,
Qismatdanmu tonamiz.
Jannat poyingizdadir,
Aminajon onamiz.

Cho'kar tog'lar, to'zir qum,
Taqdir mangu chigal ip.
Assalamu alaykum,
Hazrati Abdumutallib.

- Quyosh yuzli bobomey,
Shoshildingiz qayona?
Otam,onam yurtidan
Bo'ldingizmi ravona?

Tuzibsiz katta karvon,
Abu Tolib amaki.
Bunda menga mehribon,
Sizdan boshqa yana kim?

- Ajab cho'zibsanku bo'y,
Misli ko'klam lolasi.
Yuragimni ezma qo'y,
Ey,og'amning bolasi.

Ko'zyosh to'kib ikkovlon,
Nortuyaga mingashdi.
Boshlariga soyabon,
Oppoq bulut engashdi...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #7 : 06 Oktyabr 2006, 09:08:19 »
Shomga safar.

Nazrati Hadicha niyat qildilar,
Karvonga bosh bo'lsin Aminus-Sodiq.
Hazrati Abu Bakr birga jildilar,
Dedilar:Ko'rgaymiz ne bo'lsa yoziq.
Yillarki,yo'lga ko'z tikmish rohib ham,
Boqdi - yaqinlashar karvon qorasi.
O' bunchalar yaqin, buncha mustahkam,
Zamonlar, insonlar, dinlar orasi!
Karvon kelmagandi asli yuk ortib,
U tarix ummonin tog'dek bo'yladi,
Rohib Maysarani bir chetga tortib,
Kelajak Nabiydan sirlar so'yladi.
Tuiyalar tek qotdi.Bo'lmas nachora,
Yuraklari qora qavm kutgani-
Alloh amri ila ikkinchi bora
Shomga kirmay qaydi chetlab fitnani.
Hadicha entikib kuzatar tomdan,
Yo'l ustida bo'lmish Makka ahli jam.
Oqqushlar qanti ostida Shomdan,
Qaytib kelar edi Muhammad aslam*
Bu sarishat ayol huddi shu kuni,
Qismatini tanlab olmishdi ayon,
Asli men ojizga yo'l bo'lsin buni,
Maysara misoli etmoqqa bayon...

aslam* - salomat.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #8 : 19 Oktyabr 2006, 11:01:10 »
Hajarul asvad.

Oqu porloq eding,nechun qorayding,
Tushunsaydi odam - yurak yorayding,
Izni Alloh bo'lsa rizvon borayding,
Men-chi, unsiz aytgum,Yoronlar:
Mulki jaholatdan qo'pingiz,
Hajarul asvadni o'pingiz.

Ne edi hasratu ne bo'ldi hikmat,
Muborak ridosin yoyganda Ahmad,
Yolg'iz Ka'badamu Hajarul asvad?
Men-chi unsiz aytgum:Yoronlar!
Dardi ishq, himmatla boylaning,
Hajarul asvaddan aylaning.

Mo'minga ne erur tiriklik toji,
G'orati Iymonning ne bo'lur boji,
Nurdan ihrom kiygan yuraklar hoji,
Men-chi unsiz aytgum:Yoronlar!
Oxirat obodin tilangiz,
Hajarul asvadni silangiz.

Daryo to'la kufr, irmoq ne bo'lur,
Hasrat-la Ka'baga kirmoq ne bo'lur?
Seni tirnagan ul tirnoq ne bo'lur?
Men-chi unsiz aytgum:Yoronlar!
Amalul maqsadlar ko'ring kosh,
Hajarul asvadga uring bosh.

Biyron so'zlik,qo'ra ko'zlik qora tosh,
Bizlar iblisdan-da o'zdik qora tosh,
Qoshingda qaltirab, to'zdik qora tosh,
Faqat unsiz aytgum:Yoronlar!
Eng buyuk hijratga shaylaning,
Hajarul asvaddan aylaning!!!
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: "Muborak mujdalar". Abdul Jalil.
« Javob #9 : 19 Oktyabr 2006, 11:06:05 »
Tushlar.

Yorug' tushlar ko'rdi. Falakda,
Balqqan oftob misoli yorug'
Nedu-bilmay joni halakda,
Kimdir- buncha visoli yorug'?

G'oyibdanmu kelar mujdalar,
Qanotida asrlar changi,
Tinmay ma'yus ko'nglini chalar,
Quvonch rangi- qayg'u jarangi.

Olti oykim nuri hidoyat,
To'kilmog'in kutdi hilvatda,
Inoyatli Alloh nihoyat,
Ogoh etdi olis hilqatdan.

Ibtidoyu qiyomat qoyim,
Aroyelaverdi tushlari,
Va Allohga shukr, har doim,
O'ngdan kelaverdi tushlari...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

"Muborak Oy tuhfasi" dasturi

Muallif AbdulAzizBo'lim Ro'za

Javoblar: 114
Ko'rilgan: 47570
So'nggi javob 20 Sentyabr 2009, 08:20:21
muallifi Mahdiyah
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6627
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13619
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7309
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 7266
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom