So'rovnoma

Sizningcha, 2012 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti) qaysi?


Abdurrohman: Islom komil insonlar dini emas, balki islom insonni komillik sari yetaklovchi dindir.
  5 (31.3%)
Abdurrohman: Ko'rkam, dindor, o'qimishli yigitning ota-onasi uni uylantirish harakatiga tushib qolishbdi.
  2 (12.5%)
Salsabil: Falastindan maktub bor...
  9 (56.3%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 16

So'rovnoma tugadi: 30 Dekabr 2012, 23:25:42



2012 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti)  ( 5514 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  06 Dekabr 2012, 09:20:29

Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda 2012 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti) uchun nomzodlarni taklif qilishingiz mumkin.

Nomzodlar taklif qilish uchun oxirgi muddat: 19 dekabr, 2012 yil.
Taklif etilgan nomzodlar asosida so’rovnoma tashkil etilib, 20 dekabrdan 30 dekabrga qadar online ovoz berish natijasida ushbu nominatsiya g’olibi aniqlanadi.

Qayd etilgan


Хадича  06 Dekabr 2012, 16:13:15

Islom komil insonlar dini emas, balki islom insonni komillik sari yetaklovchi dindir.

Barchamizda ham o'zimizga yarasha hato kamchiliklarimiz bor. Shu sababli ham bilib yoki bilmay gunoh, hato qilgan vaqtimizda tushkunlikka tushish o'rniga o'zimizni qo'lga olib, darhol istig'for aytib, orqasidan savobli ish qilishni harakatida bo'lishimiz kerak. Beayb yolg'iz parvardigorning O'zidir.

Men odamlarni bir gapini hech o'zimga singdirolmayman. Namozhon odam hato qilsa darhol uning hatosini boshqalarga yoyib, gapning so'ngida "O'zi 5 vaqt namoz o'qiydi" deb qo'shib ham qo'yishadi. Holbuki o'sha gapni aytganlarning o'zi aksariyat hollarda benamoz bo'lishadi. "Ha, namozhon ham sen bilan menga o'xshagan hatokor, hom sut emgan banda! U ham hato, gunoh qiladi, unutadi... Yoki birontasi namoz o'qishni boshlashi bilan farishtaga aylanib qolganini ko'rganmisan? U-ku mayli Allohning farzini baholiqudrat ado etib namozini o'qib yuribdi, sen O'ZINGCHI? O'zing Alloh uchun nima qilyapsan?" deydigan odam yo'q.

Hullas, hech kimdan komillikni kutish kerakmas, keyin komil bo'la olmaganimiz uchun ezilib Allohdan yuz o'girib shaytonga ergashib ketish ham noto'g'ri... Talabalik vaqtimda bir yigitni bilardmim. U  namoz bo'shlaganiga hech qancha vaqt o'tmasdan "Kishining namozi qabul bo'lmayotganiga namoz uni faxsh va munkardan qaytara olmayotgani dalil ekan. Men ham gunohlardan tiyila olmayapmanmi, demak namozim qabul bo'lpmaypti" deb namozni tashlab yuborgandi. Shu sababdan ham bo'lsa kerak ulamolarimiz havf va rajo to'g'risida o'z kitoblarida va ma'ruzalarida bizga ta'lim berishgan.

Aytgancha, Muoz ibn Jabal duolari yodimga tushdi shu payt. Ey bor Xudoyo, men gunohlardan tiyilishga qodir bo'lmasam, Sen gunohlarni kechirishga qodirsanku!

Alloh bizlarni har qanday holda ham O'z hidoyatidan ayirmasin... Bir muddatga ham bizni o'zimizga tashlama Robbim, nafs va shayton yomonligidan hamisha panohingda asra! Ojiz qo'llarimni ochib sening Buyuk fazlikngan so'rayman, Bizga ikkala dunyoda ham yaxshilikarni ber! Ey qodir egam, bizlarni qabr, do'zah azobidan asra! O'zingdan boshqaga sajda qildirma! O'zingdan o'zgga muhtoj ham qilmagin...
Forumda sermulohaza postlar juda ko'p. Xursand bo'lsa arziydi.aniq bir postni keltirish ham mushkul. Misol, Abdurrohman.ning "Abdurrohman"bloglaridagi barcha postlar,mulohazalar samimiy va ibratli. Shulardan shu postni nomzod keltirdim. Best_friend, Xojar, Rabella, Akbarjon kabi userlarning ham ko'plab hayrli postlari bor.

Qayd etilgan


BilmasOY  06 Dekabr 2012, 21:58:43

Ko'rkam, dindor, o'qimishli yigitning ota-onasi uni uylantirish harakatiga tushib qolishbdi. Yigitni ko'p qizlar bilan uchrashtirishdi lekin hech biri yigitning didiga to'g'ri kelmasmdi. Shundan so'ng ota-ona yigitning o'z tanlagani borm bo'lsa kerak degan gumonga bora boshlashdi.

Har holda doimo biron biron qizning uyiga sovchilikka borib qaytishayotgan vaqtda o'gil hamisha "bu ham bo'lmaydi!" degan bir hil javobni berardi.
U yosh yigit faqatina dindorini, dindor bo'lganda ham o'z diniga qat'iyat bilan amal qiladiganini tanlash istagida edi holos. Bir kecha yigitning onasi yana bir qizning uyiga sovchilikka borishni rejalashtirdi. Onaning fikricha navbatdagi qiz dindor va diniga amal qiladiganlardan ekan. Hullas yigit bilan qiz uchrashishib suhbatlasha boshlashdi.

Yigit qizga iltifot ko'rsatib hohlagan savolini so'rashga ijozat beribdi.

Qiz yigitdan juda ko'p savol so'ray ketibdi. Qiz uning hayoti, o'qishi, uning do'stlari, oilasi, sevimli mashg'ulotlari, yashash tarzi, nimalardan zavq olishi, o'tmishi, nechanchi o'lcham (razmer) dagi oyoq kiyim kiyishi ... va h.k. lar haqida so'ray ketdi.

Yigit qizning har bir savoliga erinmasdan, malol ham olmay, tabassum va hushmuomalalik bilan javob qaytardi. Qiz savol so'rayverib ahiri o'zini noqulay his qila boshlabdi va yigitdan unda ham o'ziga nisbatan savol bor yoki yo'qligini sarabdi.

Yigit: "Menda faqat 3 ta savol bor"
Qiz: "Faqat 3 taginami? Marhamat so'rang".
-  "Siz dunyoda kimni hammadan ham ko'ra ko'proq sevasiz?"
- "Bu judayam oson savol. Men hammadan ham ko'ra ko'proq onamni sevaman". Yigit yuzida tabassum bilan ikkinchi savolga o'tibdi.
- "Siz Qur'onni ko'p o'qiganman deb aytdingiz, menga o'zingiz bilgan biron bir suraning ma'nolar tarjimasini aytib bera olasizmi?". Bu savolni eshitishi bilan qizning yuzi qizarib, hijolat bo'lib ketibdi.
- "Men hali hech birining ma'nosini bilmayman. Ohirgi vaqtlarda judayam band bo'ldim, uncha vaqtim bo'lmadi. Lekin Agar Alloh hohlasa tez orada Qur'onning ma'nolar tarjimasi va tafsirini o'rganishga kirishmoqchiman."
- "Men shu vaqtgacha sovchiliklar sababli juda ko'p sizga nisbatan ancha go'zal qizlarni uchratdim. Nimaga endi shuncha chiroyli qizlar bo'la turib aynan sizga uylanishim kerak?". Qiz hayron bo'lib ota-onasiga qarabdi. Jahli chiqa boshlabdi, g'azabga minib:
-"Men bu yigitga turmushga chiqmayman chunki u meni haqorat qilyapti" debdi.

Bo'lib o'tgan bu voqeadan keyin, yana bir muvaffaqiyatsiz tugagan sovchilikdan so'ng  yigit o'z ota-onasi bilan uyga qayta boshlashibdi. Bu safar yigitning ota-onasi judayam achchiqlanishibdi. "Nima uchun u qizning jahlini chiqarding? U qiz yaxshi, dindor oilaning qizi edi. Qizga nimalar deding? Bizga ayt!" deyishibdi.
Yigit aytibdiiki,
- "Birinchi bo'lib men undan hammadan ko'ra ko'proq kimni yaxshi ko'rishini so'radim, u esa onamni deb javob qaytardi."
- "Ho'sh buni nimasi yomon?"
- "Hech kim Alloh va uning Rasulini boshqalardan ko'ra ko'proq sevmagunicha chin musulmon bo'la olmaydi. Agar ayol Alloh va uning rasuliga nisbatan boshqalarga qo'ygandan ko'ra ko'proq muhabbat qo'ysa meni, ya'ni o'z erini sevadi va hurmat qiladi, menga o'sha muhabbat sababidan itoatli bo'ladi va Allohdan qo'rqadi. Chunki bu sevgi go'zallikka nisbatan bo'ladigan vaqtinchalik shahvoniy istakdan ko'ra ancha ustun turadi.
So'ngra men undan: "Ho'sh siz Qur'onni ko'p o'qiyman deb aytyapsiz. O'zingiz bilgan biron suraning ma'nolar tarjimasini aytib beringchi" deb so'radim. U esa ohirgi vaqtlarda band bo'lganini, Qur'on ma'nolarini o'rganishga vaqti bo'lmaganini aytdi. "Ilm o'rganmagan odamlardan boshqa hamma o'likdir" u esa 20 yil yashagan bo'lishiga qaramay Qur'on, ilm o'rganishga UMUMAN vaqti bolmabdi. Nimaga endi men o'zining shar'iy haq-huquqlarini va burchlarini bilmaydigan qizga uylanishim kerak? U mening bo'lajak farzandlarimga beparvo va g'ofil bo'lshdan boshqa nimani o'rgata oladi? Ayol oilada farzandlar uchun eng birinchi madrasa (maktab) ku, Allohi uchun vaqt topa olmagan ayol, o'z eri uchun vaqt ajratarmidi?

Uchunchi savolim:
- "Men shu vaqtgacha sovchiliklar sababli juda ko'p sizga nisbatan ancha go'zal qizlarni uchratdim. Nimaga endi shuncha chiroyli qizlar bo'la turib aynan sizga uylanishim kerak?" deb so'rash bo'ldi. Shu sababli uning qattiq jahli chiqdi." Yigitning ota-onasi:
- "Bu judayam daxshatli, har qanday qiz bolaning ham jahlini chiqaradigan savol, biz darhol qaytib borib qizdan va uning ota-onasidan kechirim so'rashimiz kerak" deyishdi. Yigit:
- "Men bu savolni atayin uning jahlini chiqarish uchun berdim"  payg'ambarimiz s.a.v. dan qanday qilib dindor bo'lish to'g'risida so'ralganda "G'azablanma, g'azablanma, g'azablanma" deganlar, chunki g'azab shaytondandir. Agar ayol begona kishi qarshisida o'z jahlini nazorat qila olmasa, o'z eriga nisbatan jahlini tiya olishi mumkinmi??

Afriin Nawaz

Bu nominatsiya bo'yicha nomzodlar juda ko'p, men ham bitta misol keltirdim))

Qayd etilgan


Музаффар  08 Dekabr 2012, 07:13:48

eng ojiz banda ning barcha postlari

Qayd etilgan


Sadulla  09 Dekabr 2012, 20:42:34

 :asl3:

Falastindan maktub bor...
Salom dadajonim...
Salom sizga ey Allohning sevimli qullari orasiga olgani, shahid dadajonim.
Bilasiz, ancha vaqttan beri sizga xat yoza olmayapman. Aslida juda ko`p narsani ancha vaqttan beri qila olmayapman. Masalan, o`yin o`ynay olmayapman, kundalik tutardim tuta olmayapman... Aslida hich narsani tuta olmayapman...
Dadajonim biz tarafda hamma narsa avvalgiday. Qo`shnilarimizni uylari yiqldi... Yiqilmagan uylarni bo`lsa, yahudiylar tortib olishyapti. Osmondan yomg`irdan ham ko`proq bomba yog`adi. Elektrlar yana yo`q. Bomba ovozlaridan quloqlarimni berkitaman, huddi butun dunyo bizdan quloqlarini berkitgandek. Hamma yoqni oyoqqa turg`azadigan hayvon haqlari himoyachilarinig ham ovozi chiqmayapti. Ajabo, ular o`z haqlarinimi himoya qilyaptilar?!
Dadajonim bizda havolar sovuq, isinish uchun onam yeg`lab meni quchoqlaydilar, men ukamni quchoqlay olmayman...
Yeyadigan narsalarimiz ham tugagan edi, tunov kuni Turkiyadan nur yuzli amakilar bizga yeyadigan narsalar olib kelishdi. Dadajonim rosttan ham ular sizning do`stlaringizmi? Ularni tanisizmi? Yuzlari huddi sizni yuzingizga o`hshaydi, dadajonim Turkiya sizga yaqinmi, uzoqmi?...
Dadajonim nima uchun dunyo bizni ko`rmaganlikka oladi, eshitmaydi? Bizni aybimiz nima? Inson bo`lishlikmi? Musulmon bo`lishlikmi?
Men oldinlari maktabga borardim, hozir bora olmayapman. Sizga xatlar yozardim, endi xatlar yoza olmayapman. Aslida hech narsa yoza olmayapman. Bu xatni ham qo`shnimizni qiziga yozdirayapman. Xat yozmayotganim uchun, sizdan hafa bo`lganimni, arazlaganimni o`ylab qolmang.
Dadajonim sizdan bitta narsa iltimos qilsam maylinmi? Sizni uyoqda farishta do`stlaringiz borku, o`shalarga aytsangiz qolimdan o`psalar, uzilgan qo`lim tuzalib qolarmikin...
Sizga aytmoqchimas edim, ammo, faqatgina sizga xat yoza olishligim uchun so`rayabman jonim dadajonim...

Turkchadan ojizona tarjimam, xato va kamchiliklar uchun uzr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Dekabr 2012, 23:26:11

Assalomu alaykum!
Ushbu nominatsiya uchun ovoz berish boshlandi. Har bir user bir marta ovoz bera oladi.

Nomzodlar (alifbo tartibida):

Abdurrohman: Islom komil insonlar dini emas, balki islom insonni komillik sari yetaklovchi dindir.
Abdurrohman: Ko'rkam, dindor, o'qimishli yigitning ota-onasi uni uylantirish harakatiga tushib qolishbdi.
Salsabil: Falastindan maktub bor...

Qayd etilgan