Igna qutilari yordami ila naqsh to'qish:)  ( 13485 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  12 Dekabr 2012, 15:20:02

 :asl3:


Turk tilida: Toplu iğne kutusu" deyiladi, shu uchiida dumaloq munchogi borligidan, to'g'risi nima deb tarjima qilishni bilmadim, umid qilamanki tushunasizlar qizlar:)

Qaynonamni navbatdagi ishlari bu:) bu ish chiqqaniga ancha bo'lgan Turkiyada, dastgohdan keyin bu ishni boshladilar qaynonam tinib tinchimay, qilmang, boshingiz ogriydi, kozingiz zotan yaxshi kormayabdi, desam, qizim, siqilaman, nima qilay, deydilar....

Kunda 2 dona qilsam, yetadi, nasib bolsa mehmonxonamga komplekt qilaman, deyabdilar.

Kecha kelgandilar, men ham organdim biroz, balki keyingi kunlarda- biroz dastgoh ishlarim ozayganda qilarman, deyabman:)

Qizlar, kerakli narsalar oddiy- siz rasmda korganday: igna (romol oraganda chetiga taqiladigan igna) ip va ko'rpa qoviydigan uzun, qalin igna...

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2012, 15:20:19

40 dona ignasi bolgan quti



Shu kruchokda naqsh to'qiladigan, osonlikcha uzilmaydigan ip, nomeri 50


Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2012, 15:20:35

Kecha birinchi toqigan naqshim, albatta qaynonamlarni yordamlari bilan, hali yaxshi bilmayman:)

Iplarni tugagan joyini kuydirishim kerak:






Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2012, 15:20:50

Ho'sh, bu naqshlardan nimalar qilish mumkin?

Sochiqlarni chetlariga tikish mumkin, qizlaringizni sarposiga:) bu yerlarda sochiqlarni shunday qoyishmaydi sarpoga:)





Rasmlarni int-dan oldim.

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2012, 15:21:06

Bu shakl rosa yoqdi, lekin qanday qilganligini aniq bila olmadik qaynonam bilan, keyinroq organarmiz balki:)

bular birlashtirilib (kruchok bilan) stol, stul, tumbochkalarni ustiga dasturxon tayyorlanadi:





Qayd etilgan


bir_qizcha  12 Dekabr 2012, 19:59:48

 :asl3:
Qaynonez tilla ayol ekanlar Kapalak opa )).Qo'llariga sog'lik,Alloh rozi bo'lsin.
Menda ashyolar bor edi.Lekin uncha tushunmadim.Vaqtiz bo'lganda ot i do qo'ysez balki sinab ko'rarman InshaAlloh

Qayd etilgan