Jamiyat va inson > Tikuvchilik
Igna qutilari yordami ila naqsh to'qish:)
Ansora:
:asl3:
Turk tilida: Toplu iğne kutusu" deyiladi, shu uchiida dumaloq munchogi borligidan, to'g'risi nima deb tarjima qilishni bilmadim, umid qilamanki tushunasizlar qizlar:)
Qaynonamni navbatdagi ishlari bu:) bu ish chiqqaniga ancha bo'lgan Turkiyada, dastgohdan keyin bu ishni boshladilar qaynonam tinib tinchimay, qilmang, boshingiz ogriydi, kozingiz zotan yaxshi kormayabdi, desam, qizim, siqilaman, nima qilay, deydilar....
Kunda 2 dona qilsam, yetadi, nasib bolsa mehmonxonamga komplekt qilaman, deyabdilar.
Kecha kelgandilar, men ham organdim biroz, balki keyingi kunlarda- biroz dastgoh ishlarim ozayganda qilarman, deyabman:)
Qizlar, kerakli narsalar oddiy- siz rasmda korganday: igna (romol oraganda chetiga taqiladigan igna) ip va ko'rpa qoviydigan uzun, qalin igna...
Ansora:
40 dona ignasi bolgan quti
Shu kruchokda naqsh to'qiladigan, osonlikcha uzilmaydigan ip, nomeri 50
Ansora:
Kecha birinchi toqigan naqshim, albatta qaynonamlarni yordamlari bilan, hali yaxshi bilmayman:)
Iplarni tugagan joyini kuydirishim kerak:
Ansora:
Ho'sh, bu naqshlardan nimalar qilish mumkin?
Sochiqlarni chetlariga tikish mumkin, qizlaringizni sarposiga:) bu yerlarda sochiqlarni shunday qoyishmaydi sarpoga:)
Rasmlarni int-dan oldim.
Ansora:
Bu shakl rosa yoqdi, lekin qanday qilganligini aniq bila olmadik qaynonam bilan, keyinroq organarmiz balki:)
bular birlashtirilib (kruchok bilan) stol, stul, tumbochkalarni ustiga dasturxon tayyorlanadi: