Achchiq tosh haqida nimalarni bilasiz?  ( 64192 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Sumeyya  06 Iyun 2014, 21:29:36

assalam
Aziz opa-singillar.
Iltimos menga yordamilar kerak bo'lib qoldi, Achchiq tosh haqida nimalarni bilasiz? men o'rgangan ma'lumotga ko'ra u juda foydali modda ekan.
u turli hil kasalliklarga ham davo ekan, achchiq toshdan foydalanish va u haqda kimda qanday ma'lumotlar yoki tajribadan kechirgan narsalaringiz bo'lsa, menga yordam berib yuboringlar.
E'tiborilar uchun tahsakkur.

Qayd etilgan


Muhammadali90  12 Iyun 2014, 16:40:55

so'ngal u bu shunga o'xshash arsalarga davo deb eshitganan.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  13 Iyun 2014, 21:28:27

Achchiq toshdan tabobatda foydalanishga taaluqli quyidagini o'qib, tajribada ham sinab ko'rganmiz. Yaxshi natija bergandi.

Men bu kasal bilan taqriban 7-8 yilcha burun og’rigan edim. Do’htirga qatnab,suratga oldirib (rentgen qildirib) shuni aniqladimki, bir buyragim va siydik yo’lida tosh (o’sha tuzlar yig’indisidan tashkil topgan bo’lsa kerak) yig’ilgan ekan. Yig'ilgan toshlar talaygina bo'lib, kattasi 2 sm lik edi. Shundan so'ng berilgan dorilarni iste'mol qilib yurdim. Dorilar og'riqni pasaytirar, lekin muammoni tubdan hal etmas edi. Bora-bora og'riq kuchaya borib, bir-ikki bor skoriy chaqirtirishga ham majbur bo'ldim. Shu orada turli tib kitoblarini titkilab, ohiri 'Kanzi shifo' degan kitobda bir tavsiyani o'qidim. Unda aytilishicha, bemor 2-3 hafta nahorga, hali nonushta qilmay turib, yangi sog'ilgan 400 ml (gr)sut (sigir suti)ga shuncha suv qo'shib aralashtirib, suvli sutni ichish kerak ekan. Ichayotgan vaqtda 2gr achchiq tosh tuyilganini shuncha novvot tuyilganiga qo'shib, og'ziga kaplab (otib), ustidan mazkur sutni ichib yuborsin ekan. Bu ishni 2- haftagacha har kuni ertalab takrorlasa, toshlarni eritib, maydalab tushirib yuboradi, deyilipti. Keyin o'sha muddat ichida kuchli ovqatlardan, achchiq, sho'r narsalardan parhez qilib turish lozim bo'lar ekan. Men buni o'qishim bilan darhol bajarishga kirishdim va Allohning fazli bilan 16 yoki 17 kunda toshlardan qutuldim, alhamdulillah. Ushbu davoni barchaga, hatto bu kasallik bilan og'rimaganlarga ham tavsiya qilaman. Har-har zamonda (1-2 yilda bir) qo'llab turish kerak. O'sha kitobda aytilishicha, bu davoni ichkariga foydasi juda katta. To'plangan tuzlarni eritishdan tashqari oshqozon, jigar faoliyatini yaxshilaydi, ichakdagi shamollashlarni oladi.

Qayd etilgan