Xudo sabr bersin! (hikoya). Husayn Rahmi Gurpinar  ( 6971 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  11 Oktyabr 2006, 19:23:00

Bu so‘zlardan keyin Jamol tirilib kelib yana qayta jon berayotganday dod-faryod ko‘tarilardi. Tashvishlangan Shukriyya xonim xonaga shoshilib kirganida qizini yana behush holda ko‘rardi. U ta’ziyaga keluvchi xotinlarga iltimos qilishning foydasi yo‘qligini anglab, boshqacharoq yo‘l tutishga qaror qildi. Darvoza ostonasini bosib o‘tgan mehmonga boshlariga og‘ir kulfat tushganini, qizi bu dardga chiday olmay xastalanib qolganini aytib, "œuyga kirgach, bolaning o‘limi haqida zinhor so‘z ochmayman", deb qasam ichishni talab etdi. Afsuslarkim, bu tadbir ham foyda bermadi. Xotinlarning ko‘plari qasam ichganlari bilan ahdlariga sodiq qola olmadilar. Qasamni buzmaganlar ham achinishlarini so‘z bilan ifoda etmasalar-da, g‘amgin qarashlari, ma’yus kulimsirashlari bilan Sabriyya xonimning yuraklarini poralab tashlardilar. Sabriyya xonim ularning ta’ziya bildirish uchun kelganlarini bilib turardi. Ularning ma’yus boquvchi ko‘zlaridan "œBechoraginam, yomon holga tushibsan-ku? Bolajoning qani? Bechora Jamol... Sening issiq bag‘ringda halovat topish o‘rniga sovuq yer qa’rida yotibdimi?" degan ma’noni uqib avvaliga xo‘rsinib, so‘ng nolasini boshlardi. Unga javoban mehmonlar ham xo‘rsinardilar. Ro‘molchalar chiqarilib ko‘z yoshlari artilardi. Bu huddi pinhona ta’ziya marosimiga o‘xshardi. Jamolning nomi ham tilga olinmasdi. Mehmonlar go‘yo ahdlariga vafo qilganday bo‘lardilar. Ammo ular ketganlaridan so‘ng Sabriyya xonimga limon hidlatishning ham, gulob yoki yurakni tinchlantiruvchi tomchidorilarning ham nafi tegmay qolardi.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2006, 19:23:09

Bu tadbiri ham foyda bermayotganini bilgan Shukriyya xonim so‘nggi chorani ko‘lladi: mehmonlarni uyga qo‘ymadi. U uy xizmatchilariga ham, oshpaz qizga ham ko‘cha eshigini ochmaslikni tayinladi. Ammo kichik uylarda bu talabni bajarish amri mahol edi. Eshikni taqillatib kelgan odam ichkaridan sharpalar eshitilib turgach, uyda hech kim yo‘q ekan, deb ishona qolarmidi? Xizmatchi qiz ham, oshpaz ham bir-ikki marta buyruqni ado etishdi. Keyin beihtiyor ravishda eshikni ochadigan bo‘lishdi. Eshik taqillatgan ayolning ta’ziyaga kelganini anglab "œVoy esginam qursin, ochmasligim kerak edi-ku?" deb afsuslanishdan boshqa choralari qolmadi.
Shukriyya xonim turli chora-tadbirlarni ko‘llashiga qaramay, qizinining yarasini yangilovchi ta’ziyalardan asray olmadi. Sabriyya xonim kundan kunga so‘lib boraverdi. Oqibat shu bo‘ldiki, Jamolning vafotidan bir yarim oy o‘tib, bu uydan ikkinchi tobutni ko‘tarib chiqishdi. Tobut ichida Allohdan sabr tilangan bechora ayol yotardi. Unga sabr tilashgan edi, o‘g‘lining yoniga borib yotish nasib etdi. Mehribonlarcha bildirilgan ta’ziyalarning sel kabi oqimi unga o‘limhadya etdi.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2006, 19:23:21

Erkaklar tobutni ko‘tarib chiqib ketishgach, Sabriyya xonim o‘tinxonaga kirib, jo‘vani eslatuvchi kichikroq bir g‘o‘lani tanlab oldi. Uning qarori qat’iy edi: birinchi bo‘lib ta’ziyadan so‘z ochgan xotinni shu g‘o‘lacha bilan uradi! Har holda u mehribonlardan birining yig‘i aralash gaplari shunday bo‘ladi:
"œGo‘zal qizingiz Sabriyya qani endi! Bechora onasi bilan erini kimlarga tashlab ketdi! Go‘r deganlari kimlarni o‘ziga tortib ketmaydi! Bechora Shukriyyagina, boshlaringga shunchalar ham kulfat tushadimi, a! Bu g‘amlarga qanday chidaysan endi! Endi Alloh senga sabr bersin! Yig‘la, to‘yib-to‘yib yig‘lab ol! Ichingdagi barcha zaxar-zaxqumlarni chiqarib tashla!"
Tobut ko‘targanlar ko‘zdan yo‘qolgunicha ko‘chada faryod urib turgan xotinlar yig‘i-sig‘i bilan ichkariga qaytayotganlarida Shukriyya xonim o‘ylaganini amalga oshirdi. Sabr tilashga og‘iz juftlagan birinchi xotinni boshiga g‘o‘lacha bilan urdi! To‘planganlar avvaliga sarosimaga tushdilar. So‘ng "œBaxti qaro kampir nabirasi bilan qizining o‘limiga chiday olmay aqldan ozibdi", degan xulosaga keldilar. Ertasiga mahalliy rahbariyat tomonidan zarur hujjatlar to‘ldirib berilgach, kampir jinnixonaga jo‘natildi.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2006, 19:23:38

Shundan so‘ng ta’ziyaga kelib, Shukriyya xonimning hamlasidan qutulib qolganlar huvillab yotgan uyga kirib afsuslar bilan bosh chayqardilar. Ular kimga ta’ziya bildirishni, kimning huzurida g‘amli ko‘z yoshlari to‘kishni bilmasdilar. Ularning: "œQanday baxtsizlik ekan bu! Sabriyya o‘libdi! Onasi jinnixonaga tushibdi! Nahot bu uyda ta’ziya bildiriladigan o‘lik egasi qolmagan bo‘lsa! Endi kimga "œAlloh sizga sabr bersin!" deb ketamiz?"- deyishlaridan o‘zga choralari yo‘qedi.
Ta’ziya kelayotgan xotinlarning bunday gaplarini xizmatchi qizdan eshitgan Shukriyya xonim chindan ham aqldan ozdi. Uning rostdanam jinni bo‘lib qolishi hech kimni ajablantirmadi. Hammaga bu tabiiy bir holday ko‘rindi.

Turk tilidan Tohir Malik tarjimasi

Qayd etilgan


siddiqa  26 Dekabr 2008, 05:20:07

ALLOh rozi bn tasirli hikoya ekan .ALLOh sabrimiz  yetmiydigan sinovlarga uchratmasin.

Qayd etilgan