Muallif Mavzu: Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ilm kitobi)  ( 96177 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ilm kitobi)
« : 12 Oktyabr 2006, 06:55:50 »
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 14:54:34 muallifi AbdulAziz »
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #1 : 12 Oktyabr 2006, 06:56:49 »
Qalb oynasiga keling

Parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning ahliga, sahobalariga va ularga qiyomatgacha go‘zal suratda ergashganlarga salovot va salomlar yo‘llaymiz.

Assalomu alaykum, aziz O‘quvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob Islom olamida mashhur va mo‘’tabar manbalardan sanaladi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Musulmon xalqimiz orasida Imom G‘azzoliyning nomlarini, u zotning «Ihyou ulumid-din» asarlarini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Lekin, afsuski, ba’zi bir parcha tarjimalarni, og‘izlarda yurgan rivoyatlarni aytmaganda, «Ihyo»dan bexabarmiz.

Alloh taologa yana ming bor hamdu sanolar aytamizki, ana shu mashhur, ammo notanish asar bugun o‘zbek kitobxoniga o‘zbek tilida taqdim etilayotir. Bu katta ishning boshida yurtimizning muborak ilm dargohlaridan biri – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti ahli turibdi. Kitobning tarjimonlari – shu dargohning mudarrislaridir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #2 : 12 Oktyabr 2006, 06:57:03 »
Imom Abu Homid G‘azzoliy ushbu kitoblarini «Ihyou ulumid-din» (ya’ni, din ilmlarini jonlantirish) deb nomladilar va u orqali zamonlar o‘tishi bilan tub ma’nosidan o‘zgacha anglashila boshlagan din ishi, ilmi, yo‘li asli qanaqa ekanini, payg‘ambarlar, salafi solihlar ularni qanday tushunishganini va  hayotlariga qanday tadbiq etishganini bayon qilishni xohladilar. O‘zini komil musulmon, ulamo, taqvodor sanaydiganlar qarshisiga bir pallasi oyat, hadis, hikmat-asarlardan iborat adolat tarozisini qo‘ydilar va har kimga nafsini tortib ko‘rishni taklif etdilar. Yoki, mazkur muborak manbalar ila qalb holatini aks ettiruvchi bir oyna sayqallab, uni sirlar yashirinib yotgan qalblarga ro‘para qildilar. Shuning uchun ham «Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas. Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim. Aks holda mutolaa so‘ngiga yetmay to‘xtashi, mashaqqatli mehnat ortidan erishilajak ne’matlar – fikriy, qalbiy, amaliy o‘zgarish va yuksalishlar qo‘lga kiritilmay qolishi mumkin.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #3 : 12 Oktyabr 2006, 06:57:25 »
«Ihyo» sabrtalab kitob. Uning mutolaasiga kirishgan kishi hayratomuz fikrlarga yoki bugun mutlaq haqiqat deya ishonilgan bir so‘zning teskarisiga duch kelib qolsa, «berdi»siga yetgunicha sabr qilishni, bu gap noto‘g‘ri-ku, deb kitobni yopmasligi kerak. «Ihyo»ning uslubi shundayki, bir fikr o‘rtaga tashlansa, uning xulosasi ko‘ngina kitoblardagi singari o‘sha zahoti yoki bir necha satrdan so‘ng emas, balki keyingi sahifada, hatto bir necha betlar keyin keladi. Shuning uchun sabr bilan o‘qiganlargina uning hayrat vodiylarda rohat ila sayr qiladi. Zero, har qanday ilm cho‘qqisiga sabr bilan yetishiladi.

Shuningdek, «Ihyo»da ayrim mulohazalar borki, ulardan umumlashtiruvchi xulosa chiqarish lozim bo‘ladi. Masalan, fiqh ilmi va olimlari haqidagi fikrlar (ayni masalada o‘sha zamondagi holatni ham nazardan qochirmaslik kerak). Ulardan Imom G‘azzoliy fiqhni va faqihlarni yomon ko‘rar ekan, degan xulosa chiqmaydi. Balki muallif  zamonasining olimlarini tanqid qilar ekan, haqiqiy faqih qanday bo‘lishini tushuntiradi, fikrini ulug‘ imomlarning holatlarini bayon qilish ila isbotlaydi.

«Ihyo»ni o‘qiyotgan kishidan yana xolisnazar va sergak bo‘lish talab etiladi. Aks holda ixtilofli fikrlar uyg‘onishi mumkin. Chunki Imom G‘azzoliy yashagan davr ila bugungi kunning diniy-dunyoviy hayotida ham, tushunchalarida ham tafovutlar mavjud, u paytda muhim bo‘lgan ba’zi narsalar bugun eskirgan, u paytda rad qilingan ba’zi narsalar bugun muhimga aylangan bo‘lishi mumkin.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #4 : 12 Oktyabr 2006, 06:57:48 »
«Ihyou ulumid-din» nafaqat din ilmlarini, balki o‘lik, mudroq, g‘ofil dillarni ham tiriltiruvchi asardir, qalblardagi narsani kashf etuvchi oynadir. Uni o‘qib-tushunganlar bunga amin bo‘lajaklar.

Endi, bevosita kitob va uning tarjimasi haqida.

Imom Abu Homid G‘azzoliy «Ihyo»da to‘rtta katta mavzuni jamlaganlar: ibodatlar haqidagi qism, urf-odatlar haqidagi qism, halok qiluvchi va najot beruvchi narsalar haqidagi qismlar. Har bir qism o‘ntadan, jami qirqta kitobni o‘z ichiga olgan. Bu haqda Imom hazratlari muqaddimalarida xabar berganlar.

Imom G‘azzoliy biror mavzuni yoritar ekanlar, islomiy odob va an’anaga ko‘ra, dastlab unga tegishli oyatlarni keltiradilar, so‘ngra Payg‘ambarimizning hadislariga murojaat etadilar, keyin esa, sahobalar, tobe’inlar va boshqa ulug‘larimizning so‘zlaridan, siyratlaridan dalillar keltiradilar, shundan so‘ng fikr-mulohazalarini bayon etadilar, lozim o‘rinlarda so‘zlarini hujjat bilan quvvatlaydilar. Muallif hadislarning izohini keltirmagan bo‘lsa-da, keyinchalik alloma Zayniddin Abu Fazl Abdurrahim ibn Husayn Iroqiy (hijriy 806 yilda vafot etganlar) tomonlaridan bu jihat to‘la ishlab chiqilgan, ya’ni har bir hadisning asosi keltirilgan, izohi berilgan. Shunga ko‘ra, tarjimada hadislar raqamlandi va kitobning oxirida ularning izohi ilova qilindi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #5 : 12 Oktyabr 2006, 06:58:13 »
«Ihyo»ning ibodatlarga bag‘ishlangan birinchi qismi Ilm kitobi bilan ochiladi. Biz uni alohida holida chop etayotgan ekanmiz, bunda o‘zimizning ham, bugungi o‘zbek kitobxonining ham holi-sharoitiga qarab yo‘l tutildi. Keyingi kitoblar qay holatda – alohida-alohidami yoki birlashtirib chop etiladimi, buni sharoit ko‘rsatadi. Har holda avvaldan ma’lum qilamizki, «Ihyo»ning boshqa qismlari ham tarjima etilmoqda va, inshaalloh, yaqin oy-kunlarda o‘quvchiga taqdim qilinajak.

Aziz kitobxon, bilasizki, katta ishni boshlash hamisha mashaqqatli va og‘ir kechadi, beixtiyor xato-kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun bilib-bilmay sodir etgan nuqsonlarimiz, tarjimadagi g‘alizlik va kamchiliklar uchun sizdan uzr, Allohdan mag‘firat so‘raymiz. Ushbu muborak Ramazon kunlarida tortiq qilayotgan tuhfamizni husni maqbul etgaysiz. Imomimiz Hujjatul Islom G‘azzoliy hazratlarining haqlariga, qolaversa biz xodimlaringizning haqlariga duo qilgaysiz, gunohlarimizni kechirishini Yaratgandan so‘ragaymiz, zero, duolar ijobat bo‘lguchi oyda Allohdan katta-katta umidlarimiz bor. Allohdan tavfiq so‘raymiz, Ungagina sig‘inamiz va  Undangina madad tilaymiz.

Ijodiy guruh
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #6 : 12 Oktyabr 2006, 06:59:42 »
Hujjatul-islom al-G‘azzoliy

Qumlar Unga tasbeh aytadigan, soyalar sajda qiladigan, haybatidan tog‘lar qo‘rqadigan zot Allohga hamd bo‘lsin. Guvohlik beramanki, Haq va Mubin, Malik Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Guvohlik beramanki, sayyidimiz Muhammad alayhissalom oriflar imomi, butun xalq ulug‘idirlar. U kishining ahliga va tohir-toyyib yaqinlariga, hamda mujohid, solih ashoblariga, shuningdek qiyomatga qadar ul zotga ergashgan kishilarga salovat va salomlar bo‘lsin.

Shak yo‘qki, Imom G‘azzoliy Islomning buyuk shaxsiyatlaridan, ulug‘ ahllaridandir. U shuningdek Islomiy fikr rahnamosi, diniy ruhni jonlantirishda va islom fikrini uyg‘otishda katta fazlga ega bo‘lgan isloh va tajdid kishisidir.

G‘azzoliyning ishlari, tajdidlari ikki asosiy yo‘nalishdadir:
1.   Falsafani tanqid va munoqasha qilish.
2.   Islomiy axloqqa, ruhga va haqiqatlarga chaqirish.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #7 : 12 Oktyabr 2006, 07:01:40 »
 Hayotlari

U kishi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad at-Tusiy Abu Homid al-G‘azzoliydirlar. Tusning Tobiron nohiyasida 450 hijriy yilda tug‘ildilar. Otalari solih bir faqir kishi bo‘lib, faqat qo‘l mehnati, jun yigirish bilan kun kechirar edilar. Faqihlar ziyoratida bo‘lib, doim ular bilan hamsuhbat, xizmatlarida shay edilar. Ularga ehson, qo‘ldan kelgancha nafaqa qilardilar. Ularning so‘zlarini eshitganda yig‘lab, tazarru’ qilardilar. Allohdan o‘g‘il berishini va u faqih bo‘lishini so‘rardilar. Alloh u kishining duolarini ijobat qildi. Otalarining vafot onlari yaqinlashganda u zot va akalari Ahmadni ahli xayrdan bo‘lgan bir so‘fi birodariga vasiyat qildilar. Otalaridan qolgan arzimas mol tugagandan keyin bu so‘fiy kishi ularni boqishga qiynalib qoldi va: «Xabaringiz bor, sizlarga tegishli bo‘lgan narsani ishlatib bo‘ldim, men o‘zim kambag‘al va yo‘qsil kishiman, sizlar to‘g‘ringizda menga kelgan eng yaxshi fikr biror madrasaga borishingizdir. Chunki sizlar tolibi ilmsizlar, sizlarga madad bo‘ladigan rizq o‘sha yerdadir», dedi. Ular bu so‘zga kirishdi.

Yosh Muhammad ilk davrda ilmni Ahmad ibn Muhammad Ar-Rozkonitdan oldi. So‘ng Jurjonga safar qilib Abu Nasr al-Ismoliyda tahsil oldi.

Tusga qaytib kelib uch yil yashagach, Saljuqiylar poytaxti, Bag‘doddan keyingi ilm shahri Nisoburga keldi va unda «qaramayn imomi» nomi ila mashhur Abdumalik ibn Abu Muhammad al-Juvayniyga shogird tushdi. Imom Juvayniy vafotidan keyin imom G‘azzoliy 484 yilda 28 yoshlarida Askarga vazir Nizomulmulkni qasd qilib yo‘lga tushdi. Va u yerda Nizomiyya madrasasiga bosh bo‘ldi. Bu ulamolar intiladigan eng oliy daraja edi. Odamlar bundan hayratga tushishdi va uni sevib qolishdi. Fazl martabasi ulug‘ bo‘lib, nomi har tarafga ketdi. Shuhrati avjiga chiqib ulamo, fuzalo va umaro unga bo‘ysundi. Zamondoshi Abdulg‘ofir al-Forsiyning aytishicha, uning Bag‘dodda martaba va darajasi o‘sib, hatto akobir, umaro va dorulxilofa hashamatidan o‘tib ketdi. Islom olamidagi ustida bosh- qa ilm markazi bo‘lmagan ilm markazida rayosat unga nasib qildi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #8 : 12 Oktyabr 2006, 07:01:54 »
Safar va sayohatlari

Ilm tarqatib, kitoblar tasnif etib to‘rt yil o‘tdi. So‘ng dunyodan zuhd qilib saodat va iymonga, nafs mujohadasi va riyozatiga sayohatni boshladi.

U kishi ma’mur qalb va sodiq niyat bilan ilm va amaldan iborat ikki qanot ila sayrga chiqdi. Makkaga yo‘l olayot- gandek bo‘lib, lekin aslida Shom safarini dilga tugib Bag‘dodni tark etdi. Shomga kelib Ummaviy jome’ining minorasida eshigini qulflab ikki yil e’tikof o‘tirdi. So‘ng Baytul-Maqdisga ko‘chib, sahroga kirgancha eshiklarini qulflab o‘n yillar chamasi qolib ketdi. Bu davr ichida «Ihyou ulumid-din» nomli qimmatli ushbu kitobni ta’lif etdi. Bundan keyin Hijoz yerlari sog‘inchi uni o‘ziga tortdi. Mana shu muddatda Misr sari yo‘l olib, Iskandariyada picha yashadi. So‘ng 499 yilda Xurosonga qaytib Nisoburdagi Nizomiyya madrasasiga 500 yili Faxrul-malik o‘ldirulguncha boshchilik qildi. Bu fojea ortidan u darsxonlikni tashladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #9 : 12 Oktyabr 2006, 07:04:02 »
Qolgan hayotlari

Tusga qaytib hovlisining yonida fuqaholarga madrasa, so‘fiylarga xonaqoh barpo qildi. To vafot etguncha vaqtini Qur’on qiroati, va’z-irshod, ahli taqvo va qalb egalari bilan suhbatga taqsimladi.

Vafotlari

Qoddasallohu sirrahuning vafoti 505 yilning (1111 yil) o‘n to‘rtinchi jumodil-oxirasida Tus shahrida bo‘ldi. Bu paytda u oltmish besh yoshda edi. Tusdagi «Tobiron» maqbarasiga dafn etilgan.

Musannafotlari

Odamlarning imom G‘azzoliyning kitoblaridan boshqa biror olimning kitoblaridan ko‘proq foydalanishi kamyob holdir. Uning ko‘pgina kitoblari ajnabiy tillarga tarjima qilingan. Masalan «Risalatul Valadiyya» olmon tiliga, «Ad-durratul foxira fi ahvalil-oxira» kitobi frantsuz tiliga tarjima etilgan va hokazo. Ta’lif etilgan kitoblari soni ikki yuztaga yetadi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #10 : 12 Oktyabr 2006, 07:06:26 »
Muallif muqaddimasi

Avvalo Allohga ketma-ket benihoya hamd aytaman. Agarchi Uning haqiqiy ulug‘ligi oldida hamd aytuvchilarning hamdi nuqsonli bo‘lsa ham. Soniyan, Uning barcha payg‘ambarlariga salotu salomlar aytamanki, u salotu salomim, bashariyat say- yidi bilan birga barcha payg‘ambarlarni chulg‘ab olsin. Solisan, qasd qilganim din ilmlarini ihyo qilishdagi kitob uchun Allohdan xayriyat so‘rayman.

To‘rtinchidan, Ey inkor qiluvchilar guruhidan bo‘lgan o‘ta minnatchi, g‘ofil munkirlar tabaqasidan bo‘lgan o‘ta munkir va qo‘pol kimsa, sening taajjubingni kesish uchun yuzlanaman (kirishaman).

Bas, haqiqatda mening tilimdan sukut saqlash tuguni yechildi, so‘zlash vazifasi va nutq bo‘yinbog‘i meni undadi. Chunki sen haqiqat ziyosini qo‘yib, ko‘rlikda davom etyapsan. Botilga nusrat berishda va nodonlikni chiroyli ko‘rsatishda davomli tortishuvdasan. Xalq marosimlarini tark etib, rasmiy mulozamatdan ilm taqozosiga amal qilishga moyil bo‘lgan, maqsadi Alloh buyurganidek nafsni poklash, qalbni isloh qilishdan va umrining zoe bo‘lgan qismini tadorik qilish uchun hojatingdan umidini uzib, payg‘ambar sollalohu alayhi vasallam hadislarida aytgan: «Qiyomat kuni odamlarning eng azobi qattig‘i Alloh taolo ilmi bilan manfaatlantirmagan olimdir», degan odamlardan bo‘lib qolmaslik uchun ilmga yuzlangan kishiga yomonlikni qo‘zg‘atarkansan. (Modomiki sen shunday bo‘lgach men bu vazifani bajaraman)
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #11 : 12 Oktyabr 2006, 07:07:34 »
Umrimga qasamki, sen takabburlikda davomli bo‘lishingning asosiy sababi ko‘pchilikni chulg‘ab olgan bu ishning yuqori nuqtasini mulohaza qilishda qosirlik qilish va ish qat’iy, xatar jiddiy, oxirat yuzlanuvchi, dunyo orqada qoluvchi, ajal yaqin, safar uzoq, zod-rohila oz, xatar buyuk, yo‘l to‘siqli, amallarni kuzatib-ko‘rib turuvchi Zot huzurida xolis uning roziligi uchun qilinmagan ilm va amal rad qilinishi, oxirat yo‘lini tutish adashtiruvchi-halok qiluvchi narsalarga to‘la bo‘lishiga qaramasdan yo‘l ko‘rsatuvchi dalil yo‘qligini bilmaslikdan iborat kasallik asosiy sababdir. Yo‘l ko‘rsatuvchi dalillar - bular payg‘ambarlar vorisi bo‘lgan ulamolardir. Zamona ulardan (olimlardan) bo‘shab qoldi, faqat rasmiyatlilarigina qoldiki,  ularning ham aksari ustidan shayton g‘olib bo‘lib, tug‘yon adashtirib qo‘ygan, ularning har biri (dunyo) nasibasini tez olishga harakat qiladigan bo‘lib qolgan. Buning natijasida ma’ruf narsa munkarga, munkar esa ma’rufga aylanib, din ilmi o‘chib, yer yuzida hidoyat yog‘dusi so‘ndi. Ular ommaga ilmni bebosh odamlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan tortishuvni hal qilishda qozilar foydalanadigan hukumatning fatvosi deb, odamlarga tasavvur qildirishga intildilar. Yoinki ilmni faxru nasab tolibi g‘alaba uchun himoya vositasi qilib olgan mujodala ilmi deb, yoki avom xalq orasida darajaga erishish uchun voiz foydalanadigan chiroyli so‘zlar birikmasi deb odamlarda tasavvur paydo qildilar. Zero ular haromni ovlab, o‘zlashtirish va dunyo matosini qo‘lga kiritish uchun bu uch narsadan boshqa narsani bilmasdilar.

Ammo salafi solihinlar yurgan, Alloh taolo O‘zining kitobida, fiqh, hikmat, ilm, ziyo, nur, hidoyat va to‘g‘ri yo‘l deb nomlagan oxirat ilmi esa, xalq orasida yopiq-maxfiy qolib, umuman unutilib ketdi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #12 : 12 Oktyabr 2006, 07:07:45 »
Bu ish dindagi bir xalal va katta shikast bo‘lgani uchun, din ilmlarini qayta ihyo qilish, o‘tgan imomlarning yo‘llarini ko‘rsatib berish va payg‘ambarlar va salafi solihlar nazdida foydali deb bilingan ilmlarni izohlab berish maqsadida bu kitobni yozish bilan mashg‘ul bo‘ldim.

Kitobni to‘rt chorak (rub’) ustiga asoslab yozdim. Ibodatlar choragi (rub’i ibodat), urf-odatlar choragi, halok qiluvchi amallar haqidagi chorak (rub’i muhlikot) va najot beruvchi amallar choragi (rub’i munjiyot).

So‘zni ilm haqidagi kitobdan boshladim. Zero ilm payg‘ambar (sollalohu alayhi vasallam) tillari bilan Alloh taolo barcha odamlardan talab qilinishi ibodat ekanligi e’lon qilingan eng muhim g‘oya ekanligini ochib berishni maqsad qildim1. Payg‘ambar (sollalohu alayhi vasallam) aytdilar: «Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir».2 Boshqa bir hadisda umum ilmlar sirasidan foydali ilmni zararlisidan ajratib: «Foydasiz ilmdan Alloh taolo panoh berishini so‘raymiz»,3deyilgan.


1. Tabaroniy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan.
2. Ibn Moja rivoyati. Imom Ahmad va Bayhaqiylar zaif deyishgan.
3. Ibn Moja hasan isnod ila rivoyat qilgan.
« So'nggi tahrir: 12 Oktyabr 2006, 07:12:31 muallifi Doniyor »
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #13 : 12 Oktyabr 2006, 07:13:56 »
Kitob yozishdagi yana bir maqsadim, asrimiz ahli (zamondoshlar) to‘g‘rilikdan burilib, sarob bilan aldanib yurgani va ilmlarning mag‘zini qo‘yib, qobig‘i bilan qanoatlanganini ochib berishdir.

Ibodatlar choragi o‘nta kitobni o‘z ichiga oladi: Ilm kitobi, aqoid qoidalari haqidagi kitob, tahorat sir-asrorlari haqidagi kitob, nikoh odoblari kitobi, kasb-kor hukmlariga oid kitob, halol va harom kitobi, turli xalqlar bilan muomala va suhbat kitobi, uzlat kitobi, safar odoblari kitoblari, samo’ va vajd kitobi, amri ma’ruf va nahyi munkar kitobi, yashash odoblari va payg‘ambarlik axloqi kitobi.

Halok qiluvchi amallar choragida ham o‘nta kitob mavjud:
Qalb ajoyibotlarining sharhi haqidagi kitob, nafs riyozati kitobi, qorin va farj shahvatining ofatlari, til ofatlari kitobi, g‘azab, adovat va hasad ofatlari kitobi, dunyoning mazammati haqidagi kitob, mol va baxillikning mazammati haqidagi kitob, obro‘ va riyoning mazammati haqidagi kitob, kibr va ujbning mazammati haqidagi kitob, g‘ururning mazammati kitobi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IHYOU ULUMID-DIN - Ilm kitobi. Abu Homid G'azzoliy
« Javob #14 : 12 Oktyabr 2006, 07:14:09 »
Najot beruvchi amallar choragi ham o‘nta kitobni o‘z ichiga oladi:Tavba kitobi, sabr va shukr kitobi, xavf va rajo kitobi, faqr va zuhd kitobi, tavhid va tavakkul kitobi, muhabbat, shavq, uns va rizo kitobi, niyat, sidq va ixlos kitobi, muroqaba va muhosaba kitobi, tafakkur kitobi, o‘limni eslash kitobi.

Ibodatlar choragida men ibodat odoblarining maxfiy jihatlari, uning sunnatlarining nozik tomonlarini, ilmiga amal qiluvchi olimga zarur bo‘lgan ularning ma’nolarini keltiraman. Balki bundan bexabar kishi oxirat olimlaridan bo‘lmaydi. Bu kabi jihatlarning aksariyati fiqh fanida bee’tibor qoldirilgan.

Urf-odatlar choragida esa, xalq orasida joriy bo‘lgan muomalalar sirlari, nozik jihatlari, taqvoning maxfiy nuqtalarini keltiramanki, bularga dindor shaxs muhtoj bo‘ladi.

Halok qiluvchi amallar choragida Qur’oni Karim yo‘q qilishga, qalblarni undan poklashga buyurgan yomon xulqlarni zikr qilaman. Va yana mazkur xulqlarning chegarasini va haqiqatini aytaman. Keyin u kelib chiqadigan sababini va undan kelib chiqadigan ofatlarni, keyin uni bilinadigan alomatlarini keltiraman. Albatta oxirida undan xalos topish uchun kerak bo‘ladigan muolaja yo‘l-yo‘riqlarini zikr qilaman. Bularning har birini Qur’on oyatlari, hadislar va asarlar bilan qo‘shgan holda zikr qilaman.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (O'limni eslash kitobi)

Muallif Muslima_subhBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 96
Ko'rilgan: 52208
So'nggi javob 22 Iyul 2008, 09:39:38
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Qalb ajoyibotlarini sharhlash kitobi)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 320
Ko'rilgan: 118235
So'nggi javob 23 Iyun 2008, 07:38:49
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Tavba kitobi)

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 222
Ko'rilgan: 80887
So'nggi javob 20 Sentyabr 2008, 00:41:06
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Ro‘za sirlari kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 17333
So'nggi javob 29 Sentyabr 2008, 01:35:42
muallifi AbdulAziz
Imom G’azzoliy. Ihyou ulumid-din (Zakot sirlari kitobi)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 65
Ko'rilgan: 27001
So'nggi javob 29 Sentyabr 2008, 02:15:22
muallifi AbdulAziz