So'rovnoma

Siz bolani bolalar bog'chasiga berish tarafdorimisiz?


Ha
  16 (61.5%)
Yo'q
  10 (38.5%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 26



Bolani bolalar bog'chasiga berish kerakmi? Yoki yo'q? (aynan O'zbekistonda)  ( 28650 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Mahdiyah  15 Dekabr 2012, 06:48:49



Assalamu alaykum.
Bola o'sgan sari savollar ko'payaerarkan.  :)

Bolalar bog'chasi...?
U kerakmi, yoki yo'q?
Bola bog'chada tarbiyalangani ma'qulmi, yoki yo'q?
O'zi bog'chada bola tarbiyalanadimi?
Uning qulayliklari va kamchiliklari?
Bolani bo'chaga berilishiga sabab nimalar?


shular haqida gaplashaylik.
Har birimizda jiyan, qarindoshlar, qo'shnilarning bolalari va o'z bolalarimiz bor.
Shulardan kelib chiqib O'zbekistonda bolalar bog'chasi qay axvolda, bolalarni bog'chasiga berish yaxshimi, yo'qmi (aynan O'zbekistonda), shu haqida gaplashamiz.

P.S. Bu haqida o'z shaxsiy fikrim bor albatta. Va bu fikrdan InshaAlloh hech kim qaytara olmaydi.
Lekin forumdoshlarning fikri qiziqtiradi mani.
Keyinroq o'z fikrim va bu haqida suxbatlashgan ayrim tanishlarimni fikrlariniyam yozaman inshaAlloh.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Dekabr 2012, 08:58:28

Va alaykum assalom.
Bolalar bog'chasiga albatta bergan bo'lardim.
1. Onaning vaqti tejaladi, vaqtini ilm olish va uy ishlari bilan o'tkazish mumkin.
2. Bola bolalar bilan qo'shilib zerikmaydi, tengdoshlari bilan yayraydi. Uyda esa hadeb onasiga osilaverib bola bo'shangroq bo'lib o'sishi ehtimoli bor.
3. Bolaga uyda yetarlikcha vaqt ajratishning iloji yo'q. Masalan, yuqoridagi rasmdagiday quruvchi o'yinlar o'ynash, logikali o'yinlar o'ynash, rasmli jumboqlarni yechish... va hokazo. Onaning kunda nari borsa 1 soat vaqti bo'lar, bu bola uchun yetarli emas.
4. Bog'chani ham tanlay bilish kerak, ayrim o'ris bog'chalardagi taomlar shubhali. Bolaning luqmasi harom bo'lmasligi kerak.
Shu bilan ayrim bog'chalar bor, eshikdan kirishingizga yuzingizga gup etib najosat hidi uriladi, bu ozodalikka rioya qilmaslikdan.
5. Eng muhimi - tarbiyasi. Bola kunduzi bog'chada o'ynaydi, ozodagarchilikni, tartibni o'rganadi. Lekin diniy tarbiya, odamlarni hurmat qilishni bog'chada yetarlikcha o'rgatishmaydi, bu tarbiya biz ota-onalarning ishi.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  15 Dekabr 2012, 11:24:35

 :asl3:
Men esa bolani boqchada emas balki uyda tarbiyalanganligini ma'qullayman. Boqcha ruslarmi yoki o'zbeklarnikimi gap bunda emas. Boqchada bolaning tarbiyasi buziladi. 3 yoshli jiyanim ihlos surasini yod aytishga harakat qilyotuvdi eni esa (ha .......  ..... ....) bu yog'ini uzila bilasla. Men umuman qarshiman

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Dekabr 2012, 11:39:21

Fikrlar xilma hil...  :)
Boshqalarni ham kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Ansora  15 Dekabr 2012, 12:52:45

 :asl3:

Mahdiyah, rahmat mavzu uchun:)

Mo'min Mirzo konglimdagi javobni beribdilar.

Ozimdan qiyos qilsam, mana oglim 2,5 yosga kiradi. Domda turamiz, qarindosh uruglar yoq yaqinimizda, qaynonam, qaynotam, qaynim bor yaqinimizda, ular esa katta insonlar. Qoshnilarni bolalari bilan issiq kunlarda kunora korishib turishardi, hozir esa havolar sovuq, domda odam bir-birinikiga hadeb kiravergani uyaladi:)

Oglim esa tengdosh, hech bolmasa ozidan biroz kattaroq bola xohlaydi birga oynagani. Biz kattalar esa albatta yosh boladay oyin oynay olmaymiz qanchalik xohlasak ham. Oglim hozir tengdoshlari bilan oynaganda ancha qizqonchiqlik qiladi, ham ozini oyinchogini, ham ortoginikini bermaydi:) dod soladi darrov. U haqli, chunki uyda undan boshqa kichkina bola yoq, hamma narsa u uchun. Darrov tutqazamiz qoliga. Uyda aka-opasi yoki uka-singlisi bolgan bolalar uchun bu muammo emas, xohlasa xohlamasa narsa talashib, urishib, yarashadi...

Yolgiz osgan bolalar odatda egoist bolishadi afsus. Yolgizlikni yoqtirishadi, hamma narsa ular xohlaganday bolishini xohlashadi.

Katta hovlida, yaqin qarindoshlar davrasida katta bolgan yolgiz bola bilan domda, yolgiz katta bolgan bola orasida juda katta farq bor.

Yozda Ozbekistondaligimizda oglim 5-6 jiyanimni orasida vaqt otkazdi, hamma mehmon, deb kongliga qaradi, lekin juda uyaldim, chunki hech murosa qila olmadi, egoist:(

Shuning uchun nasib bolsa yozda bohchaga bermoqchimiz. Bohchani ozimiz tanlashimiz mumkin, oqituvchisi, taomlari, oyinlari, puliga qarab. Avval yaxshilab surishtirib, borib kozimiz bilan koramiz.

Bolamga hozirdan kopchilik bilan chiqishib, bo'lishishini orgatmasak ertaga kech boladi, maktabga chiqqanda esa ishlar jiddiylashadi, bu yerda maktab 5 yoshdan boldi ortiq:( 2,5 yildan keyin ilm ola boshlaydi inshalloh. Bu bola ilm oladimi, yoki narsa talashadimi?

Biz kattalar bolganimiz uchun oglim hazillashib biz bilan urishganda (qol kotarganda, qattiq narsa bilan urganda) ogrisayam, oglim unday qilma, deymiz, yosh bolalarni orasiga kirib, ularga ham xuddi shunday muomala qilganda esa bolalarni joni ogriydi yo yiglaydi, yoki u ham uradi oglimni, shunda oglim hayron boladi, chunki biz unga javob bermaymizda....

Xullas, men bolaning bohchaga borish tarafdoriman, ona uchun ham muhim shu 4-5 soat. Bizda bohchalar yarim kun va toliq kun. Boshda yarim kun bersak kerak:)

Xayrlisi bolsin:) 

Qayd etilgan


Хадича  15 Dekabr 2012, 13:08:48

Assalamu alaykum.
Yaxshi mavzu ochibdiz. Yosh ota onalarga. Mani fikrimcha,bolani uyda olib o'tirish noto'g'ri. Ona baribir malakali pedagoglar kabi bola bilan alohida shug'ullana olmaydi. Bog'chada bola o'zi tengi bolalar bilan o'ynaydi,o'rtoq bo'ladi. Ilk do'stlik tuyg'ularini ham bog'chada his etadi. Keyinchalik maktabga chiqqanda ham, begonasirash,chiqishib ketmaslik,qo'rquv kabi holatlardan uzoqroq bo'ladi. Bog'cha uni jamiyatga kirib borishi uchun bir debocha. Xullas,bola uchun afzal jihatlari ko'p.
Lekin qanaqa bog'cha tanlash kerak?
Shaxsan manga hozirgi bog'chalar yoqmiydi. Ba'zi bir xususiy bog'chalarni xisobga olmaganda. Bir iymonli,taqvodor kelin qo'shnimiz bor edi. Bolasini xususiy bog'chaga bergan. Ham o'yin o'ynaydi,o'zi tengi tengdoshlari bilan do'stlashadi,va shu bilan birga turli sura,salovatlar o'rganadi. 3 yoshli qiz salovat etib bersa hayron qolgandim :) lekin ko'z tegmasin,judayam odobli,juda yuvvosh,ham zehni o'tkir qizaloq. Shu bilan birga onasi ham suralardan o'rgatardi. Hayotim davomida ko'rgan kichkintoylarim ichida eng sevimligim ham shu qizaloq :)
Bog'chaga berishdan avval Ota Ona borib bog'chani shart-sharoitlari bilan tanishishi shart. Iloji bo'lsa bir nechta bolalar bilan ham gaplashib ko'rish kerak. Gaplashishidan bilib olsa bo'ladi. Keyin bolalar sodda. Etib beradi,bog'cha opasi uradimi yo'qmi,qanaqa bolalar borligini,qaysi o'yin yoqmasligini :) shunga qarab xulosa qilib olsa bo'ladi. Lekin man xususiy bog'chalar tarafdoriman. Tartib yaxshiroq va malakali pedagoglar bo'lsa,sanitariya, odob axloq normalariga muvofiq bo'lsa,dars o'tish metodlari maqul bo'lsa bolani bergan yaxshi. Shu bilan birga bola bilan uyda ham shug'ullanish,o'zingiz tanlagan ,bolaga mos metodlarni o'yin tarzda o'tqazish ham samarani yanada kuchaytiradi. Quyida bog'chalar haqda qisqa ma'lumot bor :

farzand.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=19&Itemid=41


Bu ojizona fikrim. :5

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  15 Dekabr 2012, 13:43:17

Men barcha forumdoshga Yorqinjon qori akanind "qizlar tarbiyasi" nomlik ma'ruzasini tinglashni maslahat beraman. Google topish juda oson 2 qismlik

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  15 Dekabr 2012, 15:01:25

 :asl3:
Албатта болаларни хам кичкиналигидан бошқалар билан муомалада бслишга срганиши хамда билим олиши учун бундай муассасаларга бериш керак, сабаби уйда одатда ота ишда она хам ё ишда ёки уй ишлари билан бандлиги сабаб болалар телевизордан бошқа хамрох тополмай қолиши мумкин боғчада сса сртоқлари билан сйнайди, малакали тарбисчилар қарамоғида бошланғич билимга сга бсладилар.
Агар боғчадаги тарбисчилар сз ишларини мукаммал адо стсалар бола учун боғчадан схши жой йсқ.

Qayd etilgan


Mahdiyah  15 Dekabr 2012, 16:06:18

Xozircha "Ha" va "Yo'q" bir biridan 1 ovozga farq qilmoqda.
so'rovnoma bo'yicha "Ha" oldinda

Qayd etilgan


Muhtoj  15 Dekabr 2012, 18:48:17

14, 50/50 Forumdagi hech qaysi so'rovnomada ilgari bu kabi intriga kuzatilmagan bo'lsa kerak. Yo'q bermayman deganlar bo'shashmanglar, vperyod:)

(aynan O'zbekistonda) hozirda bog'chalarning foydasidan ko'ra zarari ko'proq bo'lsa kerak. Albatta men umumiy bog'chani nazarda tutyapman, tarbiyachilari, mudirlari halol-xaromni farqiga boradiganlari bundan mustasno albatta. Bog'cha yoshidagi bola tarbiyasiga eng ko'p e'tibor berilishi, eng xulqi ta'sirchan bo'lgan davri hisoblanadi. Ayni sura yodlab, islomiy go'zal axloqlarga o'rgatilishi uchun eng qulay bo'lgan davrda bog'chada ashula yodlab, ertak eshitib, shubhali ovqatlar bilan halqumini bulg'anishiga men ko'nmagan bo'lar edim

Qayd etilgan