Hozirgi kunda O'zbekistondagi bohchalar qanday ahvolda togrisi bilmayman:)
Men yashab turgan joyimdan kelib chiqib yozyabmanda:) Shunday bohchalar borki, odam qaytadan bola bolib, bohchaga borgisi keladi:)
1. Tarbiyachilar oliy ma'lumotli;
2. Ovqatlarni ota-onalar majlisda birga kelishib, qarorlashtirishadi;
3. Bolalarni yoshiga qarab har xil tadbirlar olib boriladi, diniy darslar, dunyoviy ilmlarga ilk qadamlar shu yerdan boshlanadi;
4. Davlatning har xil idoralariga sayohatlar uyushtiriladi, teatr, muzey, hayvonot bog'lari vhk-ga boriladi, mazza:)
5. Kichik yoshdan bolaning qiziqishiga qarab har xil mashgulotlar otkaziladi, rasm chizish, narsa yasash, tikish vhk....
Men zotan bolani 3 yoshgacha bohchaga berishga qarshiman, agar shunday bolmasa edi unv-ga taklif qilishgan domlalikni qabul qilgan bolardim:) men oglim uchun oz kasbimdan voz kechdim bir navi, mendaylar oz emas, masalan yana bir tanishim advokat edi, imtihonlarga kira olmadi qizi sabab, mana hozir uyda, hokim bolgan bolardi hozirga...agar xohlasa edi, onasi, qaynonasi qarar edi, menda ham xuddi shu holat boldi, qaynonam qarayman, sen ishlaringga qara, dedilar, lekin men bolamni tashlab keta olmadim.
Bola psixologiyasida aytiladi: Bola 3 yoshgacha ichida qorquv bilan yashar ekan: onam yoki otam meni tashlab ketadimi? Tark etilish tuygusi ularni doimo taqib etar ekan...
Eng boshlarda yozganimday nasib bolsa bu yoz yana bir bor oylab koramiz bohchaga borishni:) chunki biz unga yetmayabmiz, bolalar bilan oynashni xohlayabdi:)
Qosnim bir bolaga qaraydi, onasi ishlagani uchun, bola hozir 3,5 yoshda. 5,5 oylikdan beri qararkan qoshnim. Bola oz uyida kam qolgani uchun, enagasini uyini oz uyi, deb hisoblaydi, uyga birov kelsa dod, deb yiglaydi, enagasini qizgonadi...
Bu bola erta indin bolalar bilan qanday oynaydi, hayronman...chunki u yolgiz osdi, biz ularnikiga borsak ham hech bir sababsiz yiglayveradi...oglim u bilan oynagisi keladi, lekin u oglimdan qorqadi....
Hamma sharoitiga qarab ish qiladida, bohchaga jonatasizmi, yoqmi, bu ham sizga bogliq.
Yana bir narsani unutyabmiz, butun onalar ham tarbiyalimi? Butun onalar bolasiga kerakli ahloqni, ilmni bera oladimi uyda? Men necha onani kordim, faqat baqir, chaqir va tayoqdan boshqa narsani bilmaydi? Bunday onani yonida turgan boladan nima kutish mumkin?