So'rovnoma

Siz bolani bolalar bog'chasiga berish tarafdorimisiz?


Ha
  16 (61.5%)
Yo'q
  10 (38.5%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 26



Bolani bolalar bog'chasiga berish kerakmi? Yoki yo'q? (aynan O'zbekistonda)  ( 18832 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


BilmasOY  15 Dekabr 2012, 19:17:55

 :asl3:
 Men ham bog'achaga berish tarafdoriman chunki bola bog'chada atrofdagilar bilan muomalani, o'zini himoya qilish, boshqalar bilan bo'lishishni o'rganadi. Ansora opa aytganlariday uyda yolg'iz o'sgan bola ancha muncha egoist bo'ladi, aytganini qildiradi. Bog'chada esa o'ziga o'xshagan odamchalar orasida o'sadi, albatta ularni orasida har xil oilani farzandlari bo'ladi, ulardan bola turli yaxshi yoki yomon odatlarni o'rganishi mumkin. Lekin oilada muhit qanday bo'lsa bola asosan shunga qarab tarbiya topadi, ya'ni bog'chaga borsa tarbiyasi buziladi, degan fikr noto'g'ri menimcha. Bu jihatdan ko'p narsa ota-onaga bog'liq. Ham shariat qoidalarini, ham dunyoviy masalalarni keraklisini o'rgatish yo'li bilan tarbiyalansa, bolani bog'chaga borishini yomon tarafi yo'q deb o'ylayman. Vallohu A'lam.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  16 Dekabr 2012, 17:14:20

Har qanday halqning ham yaxshi va yomon fe'lli odamlar bo'lgani kabi, bog'chalarning ham turli hili bor. Bizning davlatimiz hududi va undagi bog'chalar soni ham oz miqdorni tashkil etmaydi. Shuning uchun bu savolga javob berishdan oldin yubormoqchi bo'lgan bog'cha qanday ekanligini avval tekshirib ko'rish kerak. Misol uchun bir qancha muddat oldin biz o'g'limni va jiyanlarimizni bog'chaga  jo'natayotgan edik. Hozir esa jo'natmay qo'yganmiz. Chunki u yerdagi tarbiyachilarning ishlash uslublari bizni qoniqtirmadi...

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  17 Dekabr 2012, 09:31:17

:asl3:
Албатта болаларни хам кичкиналигидан бошқалар билан муомалада бслишга срганиши хамда билим олиши учун бундай муассасаларга бериш керак, сабаби уйда одатда ота ишда она хам
shuning uchun ham osha yuqorida keltirilgan ma'ruzani topib eshitisg k.k. O'zim uncha eplay olmayapman link qo'yishni

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  17 Dekabr 2012, 09:41:17

 :asl3:
Dunyoning qaysi joyida bo'lmasin "islom"da onaning vazifasi Allohga ma'siyat bo'lmagan ishda eriga itoat qilishi va farzand tarbiyalashdir. Alloh buyurgan farzlarni aytmasam ham hamma biladi.
Erning vazifasi esa oilasini nafaqa b.n ta'minlashdir. Ayolning eri b.b nafaqa bilan ta'minlab turganda ko'chaga chiqishi o'ta noma'qul ishdir. Shunday ekan ayyolar ham o'z vazifasini bajarsalar boqchaga ham ehtiyoj sezilmasmidi...s

Qayd etilgan


azizbek_mx  17 Dekabr 2012, 10:20:58

 :asl3:
bizni qarindoshlarimiz bolalaridan bog'chaga borganlari bormaganlaridan ancha shöx bölib ösishyapti. Bog'chada bolalar intellektual salohiyatni örganishadi. Tengdoshlaridan aqlliroq, kuchliroq bölishga harakat qilishadi. Bog'cha sharoiti shunga majbur qiladi. Uyda esa, kattalar bilan muomala, tartib, ozodalikni örganishadi. Bu mening shaxsiy fikrim.
Agar bola uyda yolg'iz bölmasa, bog'chaga borishi shart emas. Ularga qaraydigan enaga topiladi (qöshnilarmi, jiyanlarmi, singillarmi, xullas biror bekorchi)
Agar yolg'iz bölsa, yaqinroq qöshnilar bolalariga qöshib qöyish kerak. Uniyam iloji bölmasa keyin bog'chaga borishni öylab körsa bölar. Eng muhimi ota-ona kerakli paytda bolaga mehr berib, kerakli paytda koyib ham turishi kerak deb öylayman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  17 Dekabr 2012, 21:48:50

Assalamu alaykum.

Barcha fiklani humat qilgan xolda o'z fikimni ham etib o'tsam.
Man ham bog'chada bo'lganman.
Lekin man bolani bog'chaga berishga qarshiman.
Avvalo ayolni vazifasi bolani nafaqat dunyoga keltiish balki solih, komil inson qilib tarbiyalashdir.
Hech kim bolaga o'z onasidek tarbiya bera olmaydi (chin dildan).
Bola balki bog'chada ko'p nasalarni o'rganar, dunyoqarashi kengayar.
Lekin mani fikrimcha bu narsani bog'cha bn bog'lash sal noto'g'ri.
Ona ham diniy ham dunyoviy ilmni bolasi uchun bera oladi.
Faqat bu uchun onaning o'zida bu narsalar bo'lishi kerak + bola uchun vaqt ajratishi kerak.

Bir tanishim 2 o'g'ilning onasi: "Avvaliga men ham bolalaramni bog'chaga bermoqchi emas edim. Lekin keyinchalik bolalarim faqat men bn bo'lib boshqa bolala bn o'ynamay qolganini sezdim... Keyin bog'chaga berdim. Har yili havo soviy boshlashi bilan bolalarim bog'chadan kasal yuqtirib kelishadi, shuning uchun qishda ko'pincha uyda olib qolaman..."
Shu tanishimning katta o'g'li maktabgacha ta'lim beradigan kursga ham boradi, lekin onasining gapi bo'yicha hali ham bolalar bn bemalol chiqishib keta olmaydi.  :)

Yana bir tanishimning bolalari bog'chaga boradi, lekin 8 mart, yangi yil bayamlari munosabati bn o'tkaziladigan utrenniklarga yuborilmaydilar  :D buyam bir chorada.

O'zimni singlim xuddi man borgan bog'chaga borgan.
2 marta qo'shnimiz bog'chadan tashqarida singlim va uning guruhidagi bolalarni o'qituvchisiz ko'rgan.
Bu haqida ayam bilganlarida bog'chani boshlariga ko'targan edilar.  :D
Shundan keyin singlimga alohida "e'tibor" bilan qarashgan.

Boshqalar uchun bilmadimu, man uchun avvalo (dunyo ilmidan ham ko'proq) farzandim diniy muhitda o'sishi juda muhim. Bu bn dunyoviy ilmlar chetga surilishi kerak demoqchimasman. Maktab va shu kabi muassasalar yetadi bu uchun.
Lekin bolaning ongi endigina shakllanayotgan bir paytda archa oldida aylanib..., basseynda hamma aralash cho'milib..., qiz bola-o'g'il bola aralash gorshokka borishi, xojatda birga o'tirish... (bizda aynan shunday bog'cha edi) bularni rosti bolam uchun ravo ko'rmayman.

Agar imkonimiz bo'lsa (moliyaviy tarafdan) farzandlarimizga biror hunar, chet tili kabi narsalarni individual ustoz topib o'rgatgan bo'lardim bolaligidanoq.

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2012, 14:06:04

 :asl3:

Hozirgi kunda O'zbekistondagi bohchalar qanday ahvolda togrisi bilmayman:)
Men yashab turgan joyimdan kelib chiqib yozyabmanda:) Shunday bohchalar borki, odam qaytadan bola bolib, bohchaga borgisi keladi:)

1. Tarbiyachilar oliy ma'lumotli;
2. Ovqatlarni ota-onalar majlisda birga kelishib, qarorlashtirishadi;
3. Bolalarni yoshiga qarab har xil tadbirlar olib boriladi, diniy darslar, dunyoviy ilmlarga ilk qadamlar shu yerdan boshlanadi;
4. Davlatning har xil idoralariga sayohatlar uyushtiriladi, teatr, muzey, hayvonot bog'lari vhk-ga boriladi, mazza:)
5. Kichik yoshdan bolaning qiziqishiga qarab har xil mashgulotlar otkaziladi, rasm chizish, narsa yasash, tikish vhk....

Men zotan bolani 3 yoshgacha bohchaga berishga qarshiman, agar shunday bolmasa edi unv-ga taklif qilishgan domlalikni qabul qilgan bolardim:) men oglim uchun oz kasbimdan voz kechdim bir navi, mendaylar oz emas, masalan yana bir tanishim advokat edi, imtihonlarga kira olmadi qizi sabab, mana hozir uyda, hokim bolgan bolardi hozirga...agar xohlasa edi, onasi, qaynonasi qarar edi, menda ham xuddi shu holat boldi, qaynonam qarayman, sen ishlaringga qara, dedilar, lekin men bolamni tashlab keta olmadim.

Bola psixologiyasida aytiladi: Bola 3 yoshgacha ichida qorquv bilan yashar ekan: onam yoki otam meni tashlab ketadimi? Tark etilish tuygusi ularni doimo taqib etar ekan...

Eng boshlarda yozganimday nasib bolsa bu yoz yana bir bor oylab koramiz bohchaga borishni:) chunki biz unga yetmayabmiz, bolalar bilan oynashni xohlayabdi:)

Qosnim bir bolaga qaraydi, onasi ishlagani uchun, bola hozir 3,5 yoshda. 5,5 oylikdan beri qararkan qoshnim. Bola oz uyida kam qolgani uchun, enagasini uyini oz uyi, deb hisoblaydi, uyga birov kelsa dod, deb yiglaydi, enagasini qizgonadi...

Bu bola erta indin bolalar bilan qanday oynaydi, hayronman...chunki u yolgiz osdi, biz ularnikiga borsak ham hech bir sababsiz yiglayveradi...oglim u bilan oynagisi keladi, lekin u oglimdan qorqadi....

Hamma sharoitiga qarab ish qiladida, bohchaga jonatasizmi, yoqmi, bu ham sizga bogliq.

Yana bir narsani unutyabmiz, butun onalar ham tarbiyalimi? Butun onalar bolasiga kerakli ahloqni, ilmni bera oladimi uyda? Men necha onani kordim, faqat baqir, chaqir va tayoqdan boshqa narsani bilmaydi? Bunday onani yonida turgan boladan nima kutish mumkin?

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  18 Dekabr 2012, 20:23:42

Yana bir narsani unutyabmiz, butun onalar ham tarbiyalimi? Butun onalar bolasiga kerakli ahloqni, ilmni bera oladimi uyda? Men necha onani kordim, faqat baqir, chaqir va tayoqdan boshqa narsani bilmaydi? Bunday onani yonida turgan boladan nima kutish mumkin?
Худди шунинг учун хам малакали, сз касбини ва болаларни схши ксрадиган тарбисчилар болаларни зехнини ва жисмини мукаммал ривожланиши учун сқиб имтихонлардан стиб болалар боғчаларида сз вазифаларини мукаммал адо стса бола тарбисси ва келажаги учун жуда схши бслади.
Масалан ксп оилаларда болаларга схши стибор берилсада хаётда хар-хил инсонлар бслади, баъзи ноқобил ота-оналар тсрт девор ичида болаларини нима қилсалархам хечким билмайди, аксинча боғчаларда сса болалар кспчилик тарбисчилар ва болалар ичида назоратда бслади, шунинг учун хам агар шароитлар ва тарбисчилар керакли сависда ташкил қилинса болажонлар учун боғчага етадиган жой йсқ.   Ўзбекистонда хам шундай боғчалар сероб, сна бир нарса ота-оналар боғча маъмуристи билан доим алоқада турса керак бслса талаб қилса шунда баъзи ноқобил боғча тарбисчилари ва масъуллари хам қолмайди, ахир давлатимизда бунга шароитлар бор шундай скан сифат хам талабга сраша бслади, ота оналар боғчага болаларнинг ғалвасидан қутилиш учун смас балки аксинча тарбислаш, билим сависсини ошириш учун чиниқтириш учун берсагина шунақа сифатни талаб қилади акс холда болалар уйда хам боғчада хам рсшнолик ксрмайди.

Qayd etilgan


Mahdiyah  18 Dekabr 2012, 20:49:15

Yana bir narsani unutyabmiz, butun onalar ham tarbiyalimi? Butun onalar bolasiga kerakli ahloqni, ilmni bera oladimi uyda? Men necha onani kordim, faqat baqir, chaqir va tayoqdan boshqa narsani bilmaydi? Bunday onani yonida turgan boladan nima kutish mumkin?

Bu narsani esa ERKAK kishi oila qurishdan avval o'ylashi kerak.
Juft tanlayotganda ham faqat qora qosh qora ko'zmas, dadasi palonchimas balki farosatlimi, dunyoqarashi qanaqa shularga e'tibor bersa oila ham, bolalar tarbiyasi ham ko'ngildagidek bo'ladi.

Bola bog'chada yaxshi hulq tarbiyani o'rgangani bilan onada bu narsani ko'rmasa bog'chadagisi yuqmaydi baribir.
Qush inida ko'rganini qiladiku.


Qayd etilgan


Maysara  19 Dekabr 2012, 00:07:44

 :asl3:
Ona farosatli, ilmli bölgani bn agar unda tarbiyalay olish, boshqara bilish qobiliyati bölmasa bolani 7 yilini zoe qiladi. Hayotta bunga misollar köp kuzatilyapti, undan köra boqcha afzal böladi shunday paytlarda, axir hech bölmasa bir hil tartibni örganadiku!
Barcha sohada özi ta'lim bera oladigan onalar esa bolasini albatta özi maktabga tayyorlagani afzal.

Qayd etilgan