So'rovnoma

Siz bolani bolalar bog'chasiga berish tarafdorimisiz?


Ha
  16 (61.5%)
Yo'q
  10 (38.5%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 26



Bolani bolalar bog'chasiga berish kerakmi? Yoki yo'q? (aynan O'zbekistonda)  ( 18801 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Maysara  19 Dekabr 2012, 00:54:40

:asl3:
Dunyoning qaysi joyida bo'lmasin "islom"da onaning vazifasi Allohga ma'siyat bo'lmagan ishda eriga itoat qilishi va farzand tarbiyalashdir. Alloh buyurgan farzlarni aytmasam ham hamma biladi.
Erning vazifasi esa oilasini nafaqa b.n ta'minlashdir. Ayolning eri b.b nafaqa bilan ta'minlab turganda ko'chaga chiqishi o'ta noma'qul ishdir.
Adashtiz. Faqat moddiymas, ma'naviy ta'minot ham otaning vazifasi. Ayoli bn kelishib unga ham bu vazifa berilishi ihtiyorli, biroq ba'zi huquqlar (mn, urishlik)ni ota amalga oshradi. Qiyomatda ham farzand tarbiyasi masalasida ota javob beradi. Demak, bu köproq otalar bosh qotiradigan masala!

Qayd etilgan


Uvays Koloniy  19 Dekabr 2012, 00:54:50


Assalomu alaykum!

 Ba'zi joydagi bohchalar ahvoli yahshi emasdir lekin bu mavzudan tashqari gaplar menimcha, hamda onani olgan tarbiyasini muhokama qilish ham!

 Yuqorida juda haq gaplar aytilibti.
Bohchaga bergan yahshi...
 
 Tarixga nazar solsak arablar bolalarini qo'shni qishloqlarga jo'natishgan.
Va bu yahshi natija bergan.

Qayd etilgan


Maysara  19 Dekabr 2012, 01:06:08

Tarixga nazar solavering bemalol, lekin islomdan avvalgi davrlarga ötib ketmang, chunki bu yerda asosan taqvoga oid masalalar örganilmoqda, kimdir gunohlardan qörqyapti, kimdir esa taqvo yölidagi qiyinchiliklardan va hokazo. Alloh madad bersin oxir zamon musulmonlariga.

Qayd etilgan


Aqoid  19 Dekabr 2012, 01:20:30

Kunduzi bog'chada yuraversin ertagini aytib, sherini aytib. Uyda diniy ta'limni o'zingiz beraverasiz. Bog'chada xatto o'ng oyoqdan kiyib chapdan yechishni bilmaydigan tarbiyachilar bor. Ancha muncha diniy bilimlarni qizim beryapti bog'chada o'rtoqlariyu, opalariga.
Xullas! Tastes differ.
Alloh hayrlisini bersin!
Off: Tun judayam uzun mi?

Qayd etilgan


Uvays Koloniy  19 Dekabr 2012, 15:49:50

chunki bu yerda asosan taqvoga oid masalalar örganilmoqda, kimdir gunohlardan qörqyapti, kimdir esa taqvo yölidagi qiyinchiliklardan

Taqvoga zid gap aytmadim hali.
 Aytsam aytarsiz...
 
 Nima demoqchi ekanimni yahshi gumon qilib ko'rsangiz sovob bo'ladi!

Yana; Uvays Koloniy unda o'ziz ham yahshi gumon qilingda, demang chunki bir gunohdan keyin ikkinchi gunoh sodir bo'ladi.
 ya'ni bir gumon sabab yana bir gumon sodir bo'ladi.

Demoqchi bo'lganim; siz o'ylagan narsa emas...

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2012, 16:22:23

Yana bir narsani unutyabmiz, butun onalar ham tarbiyalimi? Butun onalar bolasiga kerakli ahloqni, ilmni bera oladimi uyda? Men necha onani kordim, faqat baqir, chaqir va tayoqdan boshqa narsani bilmaydi? Bunday onani yonida turgan boladan nima kutish mumkin?

Bu narsani esa ERKAK kishi oila qurishdan avval o'ylashi kerak.
Juft tanlayotganda ham faqat qora qosh qora ko'zmas, dadasi palonchimas balki farosatlimi, dunyoqarashi qanaqa shularga e'tibor bersa oila ham, bolalar tarbiyasi ham ko'ngildagidek bo'ladi.

Bola bog'chada yaxshi hulq tarbiyani o'rgangani bilan onada bu narsani ko'rmasa bog'chadagisi yuqmaydi baribir.
Qush inida ko'rganini qiladiku.



Mahdiyah, onalik vaqti bilan organiladi, birdan emas:) hammamiz ham ilk farzandimizda shoshib qolamiz:) nima qilsak ekan, jovdiraymiz, yordam qidiramiz.

Hech kim oldindan, shu qiz zor ona boladi, deya olmaydi, albatta ilmi uning eng katta yutugi. Lekin onalik hech narsaga ohshamaydi...

Onalar odatda farzandlariga tarbiya beradilar, talim berish qiyinroq, chunki bola onasiga, otasiga erkalanadi.

Meni onam qancha Quron talabasi yetishtirdilar, Alloh rozi bolsin, ozlari ham oqituvchilar, lekin men u kishidan organa olmadim Quronni, chunki erkaladim, jiddiy tura olmadilar menga.

Bola bohcha opadan, keyinchalik oqituvchidan tortinadi, erkalay olmaydi, zotan haqiqiy oqituvchi bilan oquvchini orasida qandaydir devor, chiziq bolmasa bola erkalab, talim olishi qiyinlashadi.

Mavzulardan birida siz, "bola oq qogozga ohshaydi" degandiz, rostdan ham shunday. Bolani qalbi, miyasi oq qogoz, nima korsa, yoqsa shuni yozadi, bola ayniqsa uyda, yaqinlaridan kormagan mehrini tashqarida korsa darrov u insonga, ortamga boglanadi. Bu esa oz onasidan, uyidan uzoqlashishiga sabab boladi...

Ona kerakli sevgi, shafqatini berishi kerak, ta'limga kelganda esa qattiqqollik, yuksak hurmat shart, eskidan bekorga madrasa eshiklari pastak qilinmas ekan, chunki tolib ilm olgan dargohiga boynini egib kirarkan...

Bohcha opalarni kopi- Turkiyada judayam hurmat (albatta guruch kurmaksiz bolmaydi, hammasi emas) qilinadigan shaxslar, darrov sovchilar keladi qizni bohcha opalikka oqishini eshitganlar :D chunki bolani tilini tushungan odam- hammani tushunadi, eng oddiy, lekin shu bilan birga eng murakkab borliqlardir bolajonlar, jonlari sog bolsin hammasini:)

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Dekabr 2012, 19:40:07

Ansora opa, to'g'ri onalik vaqti bn o'rganiladi, o'nta jiyan boqqan bo'lsa ham, ona bo'lganda hammasi o'zgacha bo'ladi.
Erkak kishi uning qanaqa ona bo'lishini oldindan bilib emas, balki farosatlimi yo'qmi, halol haromni farqiga boradimi, umuman insoniy tushunchalari qanaqa shularni ahamiyatga olishi kerak degan maqsadda yozdim.

Man ham qancha o'ziga qarab yuradigan ayollarni ko'rdim, bolalik bo'lib ham bemaza gaplarini, qiliqlarini qo'ymaydilar.

Gap onani Qur'on o'rgatishida emas. Qur'on o'rgatish ham ota-ona vazifasidan biri.
Man ham aynan TARBIYA (TA'LIM emas) haqida bog'chaning o'rnini onaning bergan tarbiyasichalik bo'lolmaydi deyabmanda.
Ta'lim bu 2 chi masala.
Bolaning qay darajada ilmli, mulohazali bo'lishi tarbiyadan keyin boshlanadi.

Turkiyada bog'chalar siz etgandek bo'lsa albatta yaxshi, chunki bilishimcha Turkiya ham Yevropa kabi ayol va erkak birdek ishlaydi, shuning uchun ham bolalar bog'chasiga berishga majbur bo'ladilar.
Agar bog'cha yaxshi bo'lsa, ustozlari siz etgandek bo'lsa ishlab yurgan ota onasi hotirjam bo'ladi.

Lekin man aynan O'zbekistonda deganimning sababi ham shu.
Bizda axvol ja zo'r emas.
Xususiy bog'chalarda aynan bo'lmaganman.
U yerda yeb-ichirish, chet tillarini o'rgatish yaxshi, shuni bilaman.
Lekin man bolamdan kutgan narsalarni bu bog'chalar ham berolmasligini aniq bilaman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Dekabr 2012, 19:47:59

Tarixga nazar solsak arablar bolalarini qo'shni qishloqlarga jo'natishgan.
Va bu yahshi natija bergan.

Arablar bolalarini bog'chaga emas, emizikli onalarinikiga jo'natishgan.  :)

Qayd etilgan


Ansora  19 Dekabr 2012, 20:55:04


Lekin man bolamdan kutgan narsalarni bu bog'chalar ham berolmasligini aniq bilaman.


Mahdiya, siz xulosani chiqarib bolibsizu boshdan, biz bekora gapirib yotibmiz ekanda:)

Onamdan Quron organa olmaganimni bir misol sifatida aytdim holos. Bola ota-onasini talim, tarbiya manosida jiddiyga olmasligi mumkin, lekin begona odamni gapi jiddiy tasir qiladi, ayniqsa oqituvchi, tarbiyachini...

Mayli, Mahdiyah bagringizda katta bolaversinlar, ham qolaversa yaqinlarinigz bordir, menday "yetim" emasdirsiz u yerlarda:) bolam bechora qarindoshga zor-da, shunga bohchada oziga qarindosh bolmasayam, dost toparmidi oynagani, degandim:) haqqimizda xayrlisi bolsin.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 Dekabr 2012, 21:38:13

Mahdiyah bog'chaga bermaslikdan maqsad faqat tarbiyami?
Qiz bola bo'lsa uyda tarbiyalash mumkin, chunki qiz bolalar kelajakda ko'pincha uy bekasi bo'ladi.
O'g'il bola bo'lsa uyda qanday olib o'tirish mumkin, bu aksincha tarbiyani buzadi. Kun 24 soat, uyqusi 7-10 soat, qolgan vaqtlarda qanday qarash mumkin? har kungi bir hillik bolani zeriktiradi, injiq, qaysar, xudbin, yig'loqi qilib qo'yadi.
Shu bilan bola o'z tengdoshlari bilan o'ynashni istaydi, uyda ayollar bilan o'tiraversa ayollarga o'rganib qoladi. Buni bog'chaga bormaydigan bolalarni kuzatib ham bilishingiz mumkin, ko'pincha onasi yo opasiga bog'lanib qolgan bo'ladi, erkaklarga ko'pam qo'shilavermaydi, erkak mehmon kelsa mehmon oldida yurmay ko'pincha ichkarida ayollar bilan o'tiradi (5 yoshlarda)...
Ota ham bolaga ko'pam vaqt ajrata olmaydi. Kunduzi ishda, kechasi esa bolasi bilan birozgina o'ynasa o'ynay oladi, bo'lmasa shu ham yo'q.

Bola bog'chadan qaytganda ota-ona o'z tarbiyasini beradi, mo'min mo'minligini, juhud juhudligini, johil johilligini bolasiga ulashadi.
Aka-uka tanish bolalar bor, akasi bog'chaga borgan, hozir boshlang'ich sinfda, o'ziga juda pishiq bola. 26tacha suralarni yoddan biladi. Shunaqangi sahiyki hayron qolaman, qo'lida bitta konfet turgan bo'lsayu shuni so'rasam bemalol beraveradi.
Ukasi esa bog'chaga bormagan, sanoqli suralarni biladi, o'yinga o'chroq, shu bilan juda injiq, xudbin, xasis. o'zidan boshqaniki bo'lmasligini xohlaydi, akasiga ham hech nima bermaydi.

Qayd etilgan