Yana bir narsani unutyabmiz, butun onalar ham tarbiyalimi? Butun onalar bolasiga kerakli ahloqni, ilmni bera oladimi uyda? Men necha onani kordim, faqat baqir, chaqir va tayoqdan boshqa narsani bilmaydi? Bunday onani yonida turgan boladan nima kutish mumkin?
Bu narsani esa ERKAK kishi oila qurishdan avval o'ylashi kerak.
Juft tanlayotganda ham faqat qora qosh qora ko'zmas, dadasi palonchimas balki farosatlimi, dunyoqarashi qanaqa shularga e'tibor bersa oila ham, bolalar tarbiyasi ham ko'ngildagidek bo'ladi.
Bola bog'chada yaxshi hulq tarbiyani o'rgangani bilan onada bu narsani ko'rmasa bog'chadagisi yuqmaydi baribir.
Qush inida ko'rganini qiladiku.
Mahdiyah, onalik vaqti bilan organiladi, birdan emas:) hammamiz ham ilk farzandimizda shoshib qolamiz:) nima qilsak ekan, jovdiraymiz, yordam qidiramiz.
Hech kim oldindan, shu qiz zor ona boladi, deya olmaydi, albatta ilmi uning eng katta yutugi. Lekin onalik hech narsaga ohshamaydi...
Onalar odatda farzandlariga tarbiya beradilar, talim berish qiyinroq, chunki bola onasiga, otasiga erkalanadi.
Meni onam qancha Quron talabasi yetishtirdilar, Alloh rozi bolsin, ozlari ham oqituvchilar, lekin men u kishidan organa olmadim Quronni, chunki erkaladim, jiddiy tura olmadilar menga.
Bola bohcha opadan, keyinchalik oqituvchidan tortinadi, erkalay olmaydi, zotan haqiqiy oqituvchi bilan oquvchini orasida qandaydir devor, chiziq bolmasa bola erkalab, talim olishi qiyinlashadi.
Mavzulardan birida siz, "bola oq qogozga ohshaydi" degandiz, rostdan ham shunday. Bolani qalbi, miyasi oq qogoz, nima korsa, yoqsa shuni yozadi, bola ayniqsa uyda, yaqinlaridan kormagan mehrini tashqarida korsa darrov u insonga, ortamga boglanadi. Bu esa oz onasidan, uyidan uzoqlashishiga sabab boladi...
Ona kerakli sevgi, shafqatini berishi kerak, ta'limga kelganda esa qattiqqollik, yuksak hurmat shart, eskidan bekorga madrasa eshiklari pastak qilinmas ekan, chunki tolib ilm olgan dargohiga boynini egib kirarkan...
Bohcha opalarni kopi- Turkiyada judayam hurmat (albatta guruch kurmaksiz bolmaydi, hammasi emas) qilinadigan shaxslar, darrov sovchilar keladi qizni bohcha opalikka oqishini eshitganlar
chunki bolani tilini tushungan odam- hammani tushunadi, eng oddiy, lekin shu bilan birga eng murakkab borliqlardir bolajonlar, jonlari sog bolsin hammasini:)