So'rovnoma

Siz bolani bolalar bog'chasiga berish tarafdorimisiz?


Ha
  16 (61.5%)
Yo'q
  10 (38.5%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 26



Bolani bolalar bog'chasiga berish kerakmi? Yoki yo'q? (aynan O'zbekistonda)  ( 28630 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Abdulloh_8800  20 Dekabr 2012, 20:22:37

Bu vaziyatni bu darajada tus olishini bilmagandim.

Qayd etilgan


Guliqiz  20 Dekabr 2012, 23:21:05

Bog'chaning ham o'ziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bor. Bola bog'chada ko'p narsani o'rganadi, zehni oshadi. Vaqtida uxlaydi, vaqtida ovqatlanadi, tartibga o'rganadi. Uyda injiqlik qilib ovqat yemaydigan bola ham bog'chada tengdoshlariga qiziqib indamasdan yeydi. Albatta tekshirib ishonchli yaxshi bog'chaga berish kerak. Mening jiyanlarim ham bog'chaga borishgan. Lekin ulardagi yaxshi yoki yomon xislatlarni bog'cha sababli deb aniq ayta olmayman. Chunki ko'p narsa baribir uydagi muhitga, ota-ona tarbiyasiga bog'liq.
Ayol uyda faqat bolaga qarab, unga chiroyli tarbiya berib o'tirsaku yaxshi. Lekin hozirgi zamonda bunga doim ham sharoit bo'lavermaydi. Ba'zi uyda o'tiradigan ayollar ham bolaga yetarli vaqt ajratolmasligi mumkin. Bola bog'chadan kelguncha ishlarini bitirib oladi. Bolam bog'chadan keladigan vaqt bo'libdi deb, uni kelishiga tayyorgarlik ko'radi. Kelgandan keyin u bilan gaplashib, o'ynab o'tirishga, tarbiyasi bilan shug'ullanishga bemalol vaqt topa oladi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  20 Dekabr 2012, 23:52:25

Assalamu alaykum.
Bogchaga bermaslikning sabablarini yuqoridagi postlarimda yozdimku.
Tarbiya, muxit, ba'zi narsalar dinimizga batamom to'g'ri kelmasligi...

Mo'min Mirzo, o'g'il bolaning o'gil bola bo'lib katta bo'lishida bog'chaning ta'siri bordir balki, lekin odatda qizlar davrasida (oilada 1 o'g'il bo'lgan) o'g'il bola siz etgandek ayollarga aralashib qoladi.
Xuddi shunday oilada faqat aka-ukalar davrasida o'sgan qiz bolada o'gil boladek xarakterlar kuzatiladi. Manimcha bu ham bog'cha bn bog'liqmas.


Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Dekabr 2012, 00:00:40

Hamma o'z vaziyatidan, xolatidan, dunyoqarashidan kelib chiqib hal qiladi.
Kimdur ishlaydi, bola uchun vaqt ajrata olmaydi, kimdur o'zini yetarlicha bolaga qaray olishiga ishonmaydi, yana kimdur qandaydur vaziyatdan kelib chiqib bolani bog'chaga beradi.

Rostini etsam atrofdagi bog'chaga bolalarini bergan ota-onalarni kuzatsam, gaplari bo'yicha o'z vaqtlarini tejash, shu bahona ma'lum ish, o'qishlarini bitirib olish edi.
Lekin aynan shu insonlarda na ilmga, na boshqa ishga ishtiyoqni ko'raman.
Xatto ayrimlariga "O'ziz uyda bo'lsez, nega bolalarizni bog'chaga berdingiz?" disam "E bolalar bn o'ralashib qoldim" digan javobni olaman.
Onaning vazifasi emasmi bolalar bilan yaxshi ma'noda o'ralashib qolishi.
Ayolning eng ulug' vazifalaridan biriku solih, komil insonlarni tarbiyalash.
Hayotini chin ma'noda ilmga bag'ishlab insonlar foydasiga xizmat qilgan ayollarni juda hurmat qilaman.
Ular xohlamasalarda vaqtida bolasiga yaxshi e'tibor berolmay, gohida oilasiga qarolmay qolgandur balki.
Lekin bekorchi onalar qancha? Ularni vazifasi nima?
Faqat uyda ovqat pishirib, uy yig'ishtirishmi?
Ayolni ilk vazifasi avvalo qo'ldan kelanicha farzandini yaxshi tarbiya berib katta qilishku.
Mayli ayol u qadar ilmli bo'lmas, bu degani o'rganolmaydi degani emasku.
Bilmasa farzandiga o'rgatish asnosida o'rgansin, bilmasa izlansin, farzandlarining savollariga javob topish bilan ham o'z ilmini ancha oshirib olsa bo'ladi.

Rus qo'shnilarimning hali bog'chaga chiqmagan farzandlari o'z fikrlarini bayon eta oladilar.
Bunga ko'pchilik jamoat transportlarida guvoh bo'lgan bo'lsa kerak.
O'zbeklarning 6-7 kirgan bolasi esa bunaqa joylarda pana jo qidiradi.
Chunki "Dada bu nima? Ona anavi nima? U nima qiladi?" digan savollarga odatda "O'chir, boshimni qotirma" yoki "Keyin etaman" degan javoblarni olishadi.

Yana bir xolat: Man bn bir domda katta bo'lgan qo'shnim (sinfdoshim, dugonam) bog'chada ham birga bo'lganmiz.
Man o'zbek gruppada edim, uning ota-onasi qizimiz rus tilini yaxshi o'rgansin deb rus gruppaga berishdi.
Lekin dugonam rus tilini mandan ortiq bilib maktabga chiqmadi.
Xatto rus tilida bemalol gaplasha olmasdi.
Demoqchimanki bog'cha shunchaki yo'nalish beradigan bir maskan, ota-ona uni mustaxkamlab (har tomonlama) o'zi yordam berib turmasa shunchaki bog'chaga tashlab qo'ygandan ne foyda?

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  05 Mart 2013, 08:57:25

Tavba qildim. Endi bu yog'i juda oshib tushdi. Farzand Alloh taoloning biz bandalariga bergan oliy ne'mati va shu b.n birga undan qiyomat kunida so'raladigan omonati ekanligini mendan ham ko'ra shu ne'matning sohiblari juda yaxshi biladilar. Shunday ekan qanday qilib bu omonatni begonalarga topshiramiz. Biz u.n orqamizdan duoi xoyrlar qiladigan, ular tufayli payg'ambarlar b.n bir so'rida o'tirishimizga sababchi bo'lishi mumkin bo'lgan dilbandlarimizni shari'at amal qilmaydigan dargohga qanday topshiramiz. Insofni o'zimizga bersin.

P/S: Moderatorlar shu mavzuni yopishsa yaxshi bo'lar edi

Qayd etilgan