Hamma o'z vaziyatidan, xolatidan, dunyoqarashidan kelib chiqib hal qiladi.
Kimdur ishlaydi, bola uchun vaqt ajrata olmaydi, kimdur o'zini yetarlicha bolaga qaray olishiga ishonmaydi, yana kimdur qandaydur vaziyatdan kelib chiqib bolani bog'chaga beradi.
Rostini etsam atrofdagi bog'chaga bolalarini bergan ota-onalarni kuzatsam, gaplari bo'yicha o'z vaqtlarini tejash, shu bahona ma'lum ish, o'qishlarini bitirib olish edi.
Lekin aynan shu insonlarda na ilmga, na boshqa ishga ishtiyoqni ko'raman.
Xatto ayrimlariga "O'ziz uyda bo'lsez, nega bolalarizni bog'chaga berdingiz?" disam "E bolalar bn o'ralashib qoldim" digan javobni olaman.
Onaning vazifasi emasmi bolalar bilan yaxshi ma'noda o'ralashib qolishi.
Ayolning eng ulug' vazifalaridan biriku solih, komil insonlarni tarbiyalash.
Hayotini chin ma'noda ilmga bag'ishlab insonlar foydasiga xizmat qilgan ayollarni juda hurmat qilaman.
Ular xohlamasalarda vaqtida bolasiga yaxshi e'tibor berolmay, gohida oilasiga qarolmay qolgandur balki.
Lekin bekorchi onalar qancha? Ularni vazifasi nima?
Faqat uyda ovqat pishirib, uy yig'ishtirishmi?
Ayolni ilk vazifasi avvalo qo'ldan kelanicha farzandini yaxshi tarbiya berib katta qilishku.
Mayli ayol u qadar ilmli bo'lmas, bu degani o'rganolmaydi degani emasku.
Bilmasa farzandiga o'rgatish asnosida o'rgansin, bilmasa izlansin, farzandlarining savollariga javob topish bilan ham o'z ilmini ancha oshirib olsa bo'ladi.
Rus qo'shnilarimning hali bog'chaga chiqmagan farzandlari o'z fikrlarini bayon eta oladilar.
Bunga ko'pchilik jamoat transportlarida guvoh bo'lgan bo'lsa kerak.
O'zbeklarning 6-7 kirgan bolasi esa bunaqa joylarda pana jo qidiradi.
Chunki "Dada bu nima? Ona anavi nima? U nima qiladi?" digan savollarga odatda "O'chir, boshimni qotirma" yoki "Keyin etaman" degan javoblarni olishadi.
Yana bir xolat: Man bn bir domda katta bo'lgan qo'shnim (sinfdoshim, dugonam) bog'chada ham birga bo'lganmiz.
Man o'zbek gruppada edim, uning ota-onasi qizimiz rus tilini yaxshi o'rgansin deb rus gruppaga berishdi.
Lekin dugonam rus tilini mandan ortiq bilib maktabga chiqmadi.
Xatto rus tilida bemalol gaplasha olmasdi.
Demoqchimanki bog'cha shunchaki yo'nalish beradigan bir maskan, ota-ona uni mustaxkamlab (har tomonlama) o'zi yordam berib turmasa shunchaki bog'chaga tashlab qo'ygandan ne foyda?