EY, KO'NGIL...  ( 32541 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdusalom  16 Iyun 2006, 09:23:59

EY KO‘NGIL

Abdulkarim Jumaboyev

Ey ko‘ngil, sevgining hijronlaridan,
Manglayga bitilgan armonlaridan.
Taqdirning beayov farmonlaridan,
Sen hamon yig‘larsan, men yig‘lab bo‘ldim.

Bu bir kam dunyoda kimning kami yo‘q?
Bu bir kam dunyoda kimning g‘ami yo‘q?
Bu bir kam dunyoda dil malhami yo‘q,
Sen hamon izlarsan, men izlab bo‘ldim.

Endi rashk otashi bag‘rimni yoqmas,
Endi visol menga qayrilib boqmas.
Hatto hijron kelib eshigim qoqmas,
Sen hamon kutarsan, men kutib bo‘ldim.

Karvonlar ortidan yo‘l qolgusidir,
Sahroyi bahordan cho‘l qolgusidir.
Behuda yongandan kul qolgusidir,
Sen hamon yonursan, men yonib bo‘ldim.

Cho‘qqilar cho‘kmagay - qor ketgan bilan,
Ilk sevgi ketmagay yor ketgan bilan.
Dardlaring tugamas soz chertgan bilan,
Sen hamon kuylarsan, men kuylab bo‘ldim.

Quyoshdan ayrilib yig‘lamas ko‘zim,
Bulutlar to‘ssa-da oyu yulduzim.
Ranglarga zor buldi kecha-kunduzim,
Sen hamon bo‘zlarsan, men bo‘zlab bo‘ldim.

Parvarish yetmadi ishk niholiga,
Xazondek to‘kildim kuz shamoliga.
Ey ko‘ngil, to hanuz Karim holiga,
Sen hamon kularsan, men kulib bo‘ldim.

Mavzu arxivi

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:15:42

KO'NGIL

Ko'ngil bu-ko'ngildan yulish demakdir,
Yulib yana unda qolish demakdir.

Ko'ngil degani bu-cheki yo'q sog'inch,
Bir umr sevinish, nolish demakdir.

Unda Jomiy yashar, Navoiy yashar,
Ko'ngil-shu zotlarni bilish demakdir.

Ko'ngil ishq uchundir, muhabbat uchun,
Agar unda ishq yo'q, kalish demakdir.

Sirojiddin Sayyid

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:13:43

YURAK


Yurak,sensan mening sozim,
Tilimni nayga jo'r etding.
Ko'zimga oyni berkitding,
Yurak,sensan ishqibozim.


Senga tor keldi bu ko'krak,
Sevinching toshdi qirg'oqdan,
Tilim charchar, ajab,gohi
Seni tarjima qilmoqdan.


Sen, ey sen - o'ynoqi dilbar,
Zafardan izla yoringni.
To'lib qayna, toshib o'yna,
Tirikman, kuyla boringni!


Itoat et!
Agar sendan
Vatan rozi emas bo'lsa,
Yoril,chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o'lsam!

Usmon Nosir

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:14:04

Ko'ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?

Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi,
Qilichlar endi sinmasmi?

Tiriksan, o'lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo'yin egma,
Ki, sen ham hur tug'ilg'onsan!..

Abdulhamid Cho'lpon

http://www.htwm.de/truziboy/adabiyot/chulpon.htm

Qayd etilgan


Kumushbibi  18 Iyun 2006, 15:14:28

Birga tug'ildik-ku, yuragim,
Jahonni kezmakka piyoda
Odimlarimizdir birdir bizning,
Shu baxtli, shu badbaxt dunyoda
Odamlarimiz birdir bizning.

Birga tug'ildik-ku yuragim,
Nasib etganda ham mangulik
Sen yashayver, sen meni kutma,
Men-ku ismingman xolos,
va lek,
Yuragim, ismingni unutma...

Paur Parfi

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:04:17

Nega tinch qo'ymaysan, yuragim, meni,
Qalbim devoriga bag'rimni urib,
Shunchalar ummonli firoqing sening,
Munchalar yig'laysan, madoring qurib.

O'tinib so'rayman, yig'lama yurak,
Muhabbat chiroyin sig'dirgan nigor.
Qalbi tun bo'lsa-da ayrilma, aslo
Dunyoni qon bilan yuvsa-da, ming bor.
Sevgini qadr etmas, bevafo falak
O'tinib so'rayman, yig'lama yurak.

Qayd etilgan


maknuna  27 Iyul 2006, 08:04:35

Avval hayron qolding, quvonding, kulding,
Jim qotding. Ko’zingga yosh olding birdan.
So’ng begonaday menga termulding,
Yig’i nuqsi urgan nigohing bilan.

Xavotir ichida deding: "žMen ketdim..."œ
To’xtading. Xo’rsinding. Jo’nading shitob.
Kuzgi chorbog‘ aro yo’qolding, yitding,
Atlas liboslarga belangan sarob.

Avval hayron qoldim. Beparvo kuldim.
Jim qotdim. Go’dakday yig’ladim birdan.
So’ngra begonaday ko’kka termuldim —
Men hanuz falakka begonadayman...

Usmon Azim

Qayd etilgan


ZOKIRIY  09 Oktyabr 2006, 08:57:19

Сени согиндим, факат сени ....
-----------------------------------------------
Энди кеч билибман яшаб утганим
Уртамизга тушган экан бир маним
Кимга айтиб, кимдан олай аламим
Сени согиндим мен, сени согиндим
-----------------------------------------------
Аввалги бахтимиз бахт булган экан
Бахтиёр дамларим тахт булган экан
Сенинг висолинга маст булган экан
Сени согиндим мен, сени согиндим
-----------------------------------------------
Нахот юлдузимиз ёлгон булдиму
Кейинги хаётим ёлгон булдиму
Сенинг висолинга мехмон булдиму
Сени согиндим мен, сени согиндим
-----------------------------------------------

Qayd etilgan


shoir  23 Sentyabr 2007, 17:47:12

KO'NGIL SOZI

Ko'nglim manim osmondir,
Yer bo'lmog'i gumondir,
Oh, ayriliq yomondir,
Yor menga jafo qilma.

Toshni tillo atashdi,
Ko'zlaringni aldashdi,
Taqdir yo'li adashdi,
Ag'yora jafo qilma.

Mani ko'kka otdilar,
Muhabbatni sotdilar,
Gunohlarga botdilar,
Sen ayshu safo qilma.

Yulduz yig'lar, tong otar,
Yerda kim kimni sotar,
Og'riqlar jonga botar,
Haqdilni gado qilma.

Osmon bo'lsang, osmon bo'l,
Yomonlarga yomon bo'l.
Faqat ko'ngil tomon bo'l,
Yurakni ado qilma.

Muhabbat baland osmon,
Yetmoqlik emas oson,
Zuhro ko'nglida armon,
Bu yo'lda xato qilma.

Zuhro Aliyeva

Qayd etilgan


Muslimahon  21 Dekabr 2011, 19:57:20

Кечалар бедор ажабким, ёлғизим — ёр ишқида,
Бенаво қалб рост меҳрга интизор, зор, ишқида.

Қайта-қайта истихора стдим-у, йсқ бир нишон,
Дсст тутиб жон кун-қуёшни, тунга ағёр, ишқида.

Бу танам билмам қаердан излагай ҳамсуҳбатин,
Билганим; руҳим кезар дарбадар, хор, ишқида.

Юз кезиб, гулгун чаманда топмадим гулғунчани,
Гулни гул дерлар агар, куйса гулзор ишқида.

Субҳидамдан шом қадар ташна, оч нафсим адо,
А озиман, жоним фидо бслса дийдор ишқида.

Ае қилай, дил майни қсмсар — бодаи сарбаста ишқ,
Қуй, қадаҳ тслсин бугун, тутди хумор, ишқида.

Ибтидодан интиҳога етса гар масъудлигим,
Аздан-у, қишдан кечарман, битта баҳор ишқида.

Masud

Qayd etilgan