Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (2-jild)  ( 342265 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 111 B


Doniyor  14 Oktyabr 2006, 05:58:28

ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY
 
AL-JOMI’ AS-SAHIH
(Ishonarli to‘plam)

2
jild

Arabchadan XOJA MUZAFFAR NABIXON O'G’LI va XOJA BAXTIYOR NABIXON O’G’LI tarjimasi

QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI
1991 yil

Al-Jome' as-sahih. 2-jild



Muallif: Imom al-Buxoriy
Hajmi: 3,60 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish


MUNDARIJA

Savdo-sotiq kitobi
Bo‘nak berib mol olish haqida kitob
Shuf’a kitobi
Odam yollab ishlatish haqida kitob
Bir kishi zimmasidagi qarzning ikkinchi bir kishi zimmasiga havola qilinishi haqidagi boblar
Vakolat kitobi
Yer haydash va yerni ijaraga berish xususidagi  hadislar
Suv xususidagi hikmatlar kitobi
Qarz olish. Qarzni uzish hamda (ataylab) qarzni uzmay (birovni) sindirish haqida
Xusumatlar haqida kitob
Qarzni qistash haqida
Topilmalar haqida kitob
Zulmkorlik haqida kitob
Taom borasidagi sheriklik haqida
Muqimlikdagi garov haqida kitob
Qul ozod qilish hamda qul ozod qilishning fazilati haqidagi hadislar
Mukotab haqida
Hadya qilmoq va uning fazilati hamda hadya qilmoqqa undamoq haqida kitob
Umro va ruqbo xususida
Guvohliklar kitobi
Bo‘hton (tuhmat) haqidagi hadislar
Sulh kitobi
Shartlar kitobi
Vasiyatlar kitobi
Jihod va yurishlar kitobi
Olloh taoloning so‘zi yuksak (ulug‘vor) bo‘lmog‘i uchun jang qilgan kishi haqida
Safardan qaytganda (o‘qiladirgan) namoz xususida
Xums(ning) farz (ekanligi) haqida
Jizya haqida hamda zimma va harb ahli birlan sulh tuzish xususida
Dastlabki yaratish haqida kitob
Banu isroil xususida zikr qilingan hadislar
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalari fazilatlari haqida
Ansorlarning manoqiblari haqida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalariga makkada mushriklar tomonidan yetkazilgan aziyatlar

Qayd etilgan


Doniyor  14 Oktyabr 2006, 06:03:20

Bismilahir rohmanir rohim.

SAVDO-SOTIQ KITOBI

1-bob. Olloh taoloning: «Olloh savdo-sotiqni halol va sudxo‘rlikni harom etdi» («Baqara» surasi, 275-oyat) va «Oralaringizda yurgazib turgan naqd savdo bo‘lsa...» («Baqara» surasi, 282-oyat) va «Namoz o‘qib bo‘lingach, yer yuzi buylab tarqalingizlar-da, Ollohning fazlu karamidan (rizq) tilangizlar, Allohni ko‘p zikr etingizlar, shoyad najot topsangizlar» (“Jum’a” surasi, 10-oyat) va «Qachonki ular biror tijoratni yoki o‘yin-kulgini kurib qolsalar, o‘sha tomon ketururlar va sizni tik turgan holingizda tark qilurlar. Ayting, (Ey Muhammad), Olloh huzuridagi narsa (iymon-e’tiqod va amali solihlar uchun beriladigan mukofot) har qanday tijorat va o‘yin-kulgidan ham ulug‘dir» (“Jum’a” surasi, 10-11-oyatlar) va «Ey mo‘‘minlar, mollaringizni o‘rtalaringizda nohaq yo‘llar birlan yemangiz, balki o‘zaro rozilik birlan bo‘lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo kasb etingiz» (“Niso” surasi, 29-oyat) degan so‘zlari (qavllari) xususida».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamnish: hadislarini ko‘p aytur, muhojir va ansorlar ersa Janob Rasulullohning hadislarini Abu Hurayrachalik kup bilmaslar», - deysizlar. (Buning boisi) — muhojir birodarlarim bozorlarda bor-baraka qilish birlan band bo‘lishgan kezlarda men qornim tuyishi birlan kifoyalanib Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xizmatlarini qilib yurdim, ular bo‘lmagan joylarda bo‘ldim, ular eshitmagan narsalarni eshitpb, yod oldim. Shuningdek, ansoriy birodarlarim o‘z mol-mulklari ishlari birlan band erdilar. Men ersam, bir miskin sifat odam bo‘lib, ular eshitmagan narsalarni eshitib, yod oldim. Janob Rasululloh bir kuni: «Kimki ushbu hadisimni tugatgunimcha kiyimini yerga yeyib o‘ltirib, hadisimni tugatganimdan keyin, uni yig‘ib olib bag‘riga bossa, mendan eshitganlarini yoddan chiqarmaydigan bo‘lur», — dedilar. Shunda men chakmonimni yerga yoyib quydim. Hadis tugagach, uni olib bag‘rimga bosdim. Shu-shu Janob Rasulullohdan nimaiki eshitsam, yodimda qoladigan bo‘ldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:43:00

Ibrohim ibn Sa’d raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhu): «Biz Madinaga kelganimizda Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni Sa’d ibn ar-Rabi’ birlan aka-uka tutintirib quydilar. Sa’d ibn ar-Rabi’ menga: «Men ansorlarning (ichida) eng boyiman, sizga molu dunyomning teng yarmini beraman. Xotinlarimning qay biri ma’qul bulsa, o‘sha sizniki bo‘lsin, iddasi tugagandan keyin, unga uylanavering!» — deb aytdilar», — dedilar. Shunda Abdurrahmon: «Olloh taolo sizning ahli ayolingiz va molu dunyongizga baraka bersin! Menga bozorni ko‘rsatinglar!»— debdilar. Ul kishiga Qaynuqo’ bozorini ko‘rsatishibdi. So‘ng, Abdurrahmon ertasi kuni ertalab o‘sha bozorga borib, ozgina pishloq va sariyog‘ xarid qilibdilar. Bir necha kundan keyin, Janob Rasululloh ul kishini uchratib qolibdilar-da, qo‘llarida bir sariq narsaning dog‘i borligini ko‘rib: «Ey Abdurrahmon, ahvoling nechuk?»— debdilar. Abdurrahmon: «Bir ansoriya ayolga uylandim», — debdilar, Janob Rasululloh: «Mahriga nima berding?»— deb so‘rabdilar. Abdurrahmon: «Danakdek oltin», — debdilar. Janob Rasululloh: «Bitta qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»— debdilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Abdurrahmon ibn Avf Madinaga keldilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishini Sa’d ibn ar-Rabi’ al-Ansoriy birlan aka-uka tutintirib quydilar. Sa’d katta mol-mulk egasi erdilar. Shuning uchun ham Abdurrahmonga: «Boyligimning teng yarmini sizga berdim va ayollarimdan xohlaganingiz sizniki bo‘lsin!»— dedilar. Abdurrahmon: «Olloh taolo siz, ahlu ayolingiz va molu dunyongizga baraka ato etsin, menga bozorni ko‘rsatingizlar!»— dedilar. So‘ng, bozordan bir oz sariyog‘ va pishloq xarid qilib, o‘zlari tushgan manzil ahliga olib keldilar. Oradan qancha vaqt o‘tganligini xudo biladi, bir kuni Abdurrahmon egnilarida yangi libos birlan kelib qoldilar. Shunda Nabiy sallallohu alayhi va sallam ul kishiga: «Birortasini sevib qoldingmi?»— dedilar. Ul kishi: «Bir ansoriya ayolga uylandim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Qancha (mahr) berding?»— dedilar. Abdurrahmon: «Danakdek (yoki danak vaznidek) tillo berdim», — dedilar. Janob Rasululloh: «Bitta quy suyib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»— dedilar».

Abu Sufyon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat davrida Ukoz, Majanna va Zulmajoz nomli bozorlar bo‘lardi. Islom qaror topgach, musulmonlarga bu yerlarda savdo-sotiq qilish gunohdek tuyula boshladi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: «Ollohdan fazlu karam istashingizda sizlar uchun hech qanday gunoh yo‘qdir» (ya’ni, Haj kunlari va haj safarida tijorat qilmoq joizdur, agar asl maqsad haj qilmoqlik bulsa) (Baqara surasi, 198-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:43:14

2-bob. Halol(ning halolligi) aniqdur va harom(ning haromligi) aniqdur, ammo ba’zilar uchun ikkisining orasida halol yoxud haromligini farqlash qiyin bo‘lgan narsalar mavjud

Nu’mon ibn Bashir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Halol aniq, harom ham aniq. Lekin, ikkisining orasida shubhali narsalar mavjud. Kimki biror narsaning halol yeki haromligiga shubhalansa-yu, ammo unga qo‘l urmasa, halolga yaqin ish qilgan bulur. Gunoh ishlar Ollohning qo‘riqxonasi bo‘lib, uning atrofida yurganlar bilmay uning ichiga kirib qolishi mumkin».

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:44:31

3- bob. Shubhali ishlar tafsiri

Hasson ibn Abu Sinon: «Xudojo‘ylikdan (taqvodorlikdan) osonroq narsa ko‘rmadim. O’zingni shubhalantiradigan narsani shubhalantirmaydirgan narsa birlan almashtirsang, bas!»— dedilar».

Abdulloh ibn Abu Mulayka raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir qora xotin kelib: «Men ikkalasini (Uqba birlan ul uylangan ayolni) emizganman, deb da’vo qildi. (Uqba o‘shal xotinning so‘ziga ishonmayotganligini) Nabiy sallallohu alayhi va sallamga aytgan erdi, ul zot unga e’tiroz bildirdilar. So‘ng, tabassum qilib: «Qanday uni xotin qilursan? Axir, ikkalangizni ham emizganligini aytibdi-ku!»— dedilar. Uqba uylangan ayol Abu Ihobning qizi erdi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:44:41

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Utba o‘z ukasi Sa’d ibn Vaqqosga vasiyat qilib: «(Zam’a cho‘risining) bolasi mendan, uni senga topshiraman, uni qaramog‘ingga ol!»— dedi. Makka fath qilingan yili Sa’d bolani uz qaramog‘iga oldi va: «Bu akamning o‘g‘li, uni o‘z qaramog‘imga olishimni akam msnga vasiyat qilgan»,— dedi. Shunda Zam’aning o‘g‘li Abd ibn Zam’a o‘rnidan turib: «Bul mening ukam va otamning joriyasining o‘g‘li, u otamning to‘shagida dunyoga kelgan», — dedi. Ular bir-birlarini yetaklashib, Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi. Sa’d: «Yo Rasulalloh, bu akamning o‘g‘li bo‘lib, uni o‘z qaramog‘imga olishimni menga vasiyat qilgan», — dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Bu mening ukam hamda otamning joriyasining ug‘li, u otamning to‘shagida bunyod bo‘lgan» - dedi. Janob Rasululloh: «Ey Abd ibn Zam’a, bu bola senga, zero farzand to‘shak egasinikidir, fohisha ersa boladan mahrum etilgay»,— dedilar. So‘ngra, Savda binti Zam’aning Utbaga o‘xshashligini kurib: «Ey Savda, undan yuzingni berkit!» — dedilar. Keyin, bola Olloh taolo dargohiga rihlat qilgunga qadar ham Savdani ko‘rmadi».

Adiy ibn Hotim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan mi’roz birlan ov qilmoq haqida so‘radim (mi’roz — bir tomoniga temir uchlik o‘rnatiladigan yog‘och yoki kaltak) Janob Rasululloh: «Uning uchi birlan jarohat yetkazilgan bo‘lsa yeyaver. Agar yon tomoni birlan jarohat yetkazilib o‘ldirilgan bo‘lsa, yema, chunki harom o‘lgan bo‘ladi», — dedilar. Men: «Agar itimni «bismillo» deb qo‘yib yuborgan bo‘lsam-u, uning (ovning yonida «bismillo» aytilmagan boshqa it ham) turgan bo‘lsa va ovni qaysi biri ushlagani ma’lum bo‘lmasa, o‘sha ovning go‘shtini yesa bo‘ladimi, yo‘qmi?»— deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Unda ovning go‘shtini yema, chunki sen o‘z itingga bismillo aytgansan, begona itga esa aytmagansan», —dedilar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:44:57

4-bob. Shubhali narsalardan o‘zni yiroq tutmoq haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam yo‘lda ketayotib yerda tushib yetgan bir xurmoga ko‘zlari tushadi-da: «Agar (boshdan) sadaqa qilib tashlanmaganligani bilganimda erdi, uni yeyavergan bo‘lardim», — dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyag qiladilar: «Janob Rasululloh: «To‘shagimga tushib qolgan xurmoning sadaqa emasligini bilsam, yeyavergan bo‘lardim», — deganlar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:45:12

5-bob. Ko‘ngilni xavotirga solguvchi ayrim narsalarni shubhali deb hisoblamagan zot haqlarida

Ibod ibn Tamimning amakilari Jinob Rasulullohga bir kishi xususida shikoyat qilib: «Namoz vaqtida bir kishining orqasidan yel chiqqandek bo‘ldi, uning namozi buzildimi yoki yo‘qmi?» — dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Bunday holda yelning ovozini eshitmaguncha yoki hidini sezmaguncha namozni buzmaslik kerak», — dedilar».

Az-Zahriy bu haqda: «Rasululloh: «Yelning hidini sezmaguncha yoki ovozini eshitmaguncha, qayta tahorat qilinmaydi, deganlar», — dedilar.

Oysha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bizga bir qavm go‘sht olib kelib turadi. Lekin, biz ul go‘sht «bismillo» aytib so‘yilgan hayvonning go‘shtimi yeki yo‘qmi, bilmaymiz», — deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’zlaringiz «bismillo» aytib yeyaveringlar!»— dedilar».

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:45:26

6-bob. Olloh taoloning «Agar biror tijorat yoki tamoshoni ko‘rib qolsalar, o‘sha tomon ketib qoladilar» degan qavli haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni biz Janob Rasululloh birlan birga namoz o‘qib turgan erdik. Shom tarafdan oziq-ovqat ortilgan karvon kelib qoldi. Buni ko‘rgan namozxonlar duv etib o‘sha yoqqa ketishdi. Janob Rasululloh birlan faqat 12 kishigina qoldi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi».

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 02:45:40

7-bob. Mol-dunyoni qay yul birlan topganining farqiga bormaydiganlar haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Odamlarga shunday zamon keladiki, inson o‘z topgan molu dunyosini halol yo‘l birlan topdimi yeki harom yul birlan topdimi, ishi bulmay qo‘yadi», - dedilar».

Qayd etilgan