Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar tun qanotlarini yozsa, bolalaringizni tashqaridan chaqirib olib, uyingizda mahkam ushlab o‘ltiringiz, ularning tashqariga chiqmoqlariga yo‘l qo‘ymangiz, chunki shaytonlar aynan shul vaqtda chor atrofga tarqalgaylar. Keyin, xuftondan bir soat o‘tgach, ularni (uy ichiga) qo‘yib yuboringiz-da, «Bismillohir rahmonir rahiym» deb eshikni ichkaridan tambalab qo‘yingiz, so‘ng «Bismillohir rahmonir rahiym» deb chiroqlaringizni o‘chiringiz, keyin «Bismillohir rahmonir rahiym» deb meshlaringizning og‘zini bog‘langiz hamda bo‘lak idishlaringizning ustini biror narsa birlan yopib qo‘yingiz».
Safiyya raziyatlohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam e’tikofda o‘ltirgan erdilar, men tunda ul zotni ko‘rgani bordim. Birmuncha vaqt suhbatlashgach, o‘rnimdan turdim-da, ketishga chog‘landim. Shunda Ja-nob Rasululloh ham turib, meni tashqariga kuzatib chiqdilar. E’tikofda o‘ltirgan joylari Usoma ibn Zaydning xonadoni bo‘lib, oldimizdan ikki ansoriy kishi o‘tib qoldi. Ular Janob Rasulullohni ko‘rib, qadamlarini tezlatishdi. Janob Rasululloh ularga: «Shoshmanglar, bu Safiyya binti Huyaydur!» (ya’ni, «Bu o‘zimning xotinim, tag‘in begona ayol deb o‘ylamanglar!») — dedilar. Ular: «Subhonalloh, yo Rasulalloh!» (ya’ni, «Xudo asrasin, S Rasulalloh!») — deyishdi. Janob Rasululloh: «Shayton inson qon tomirlarida yuradi, shul boisdan ham (shayton) sizlarning ko‘nglingizga biror yomon gap keltirmadimikan, deb xavotir oldim», — dedilar».