Yo'lnoma 2  ( 8383 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 10:56:52


 :as:
Assalomu alaykum ziyouz forumi foydalanuvchilari!

Bu mening bu forumdagi birinchi postim. Ammo ochilayotgan blog raqami esa 2. Birinchisi, bir necha yillar, Men eksklusiv tarzda ishtirok etganim, hayotimning bir parchasi aks etgan, pastu-balandlarini bir qadar o'zlashtirganim forum - forum.arbuz.com da joylashgan. Aslida u blog ham unchalik yangi emas, atigi 1 oylik go'dak xolos, ismi : Men ham o'ylab oxiri bir blog ochdim.
Qarshingizdagi blogning nomi esa - yo'lnoma, chunki hayot bir yo'l, u haqida yozilgan yozuv esa nomadir. Bu yo'lnomada, hayotim yo'lida uchragan voqea-hodisalar, hangomalar, kuzatuvlar va ichki kechinmalardan namunalar qo'yish rejalashtirilgan. Bu qancha amalga oshishi yoki oshmasligini esa vaqt, qolaversa imkoniyatlar doirasidagi kenglik ko'rsatadi. Yaxshi niyat yarim mol.

Men onda-sonda Abdulaziz arbuzda qoldirgan linklarga ergashib kelganlarimdan beri, ZIYO.UZ forumingiz ancha o'zgargan va odimlagan ko'rinadi...

Bu blogda ko'tarilgan mavzu, bildirilgan fikr va mulohazalarga o'z munosabatlaringizni bildirib borasiz degan, umiddaman.

Ikkala bloglarimning ham maqsadlari, umumiy shaklda, bir-biriga yaqin bo'lganligi sabab, quyida o'sha blog debochasiga yozilgan misralarni kochirib qo'yayapman:

(Shunday deb forum.arbuz.comga kiraman desam ochilmadi, Jum'ani o'qib kelib yana qarasam hali ham ochilmabdi :), shu sababli ochilganda, ko'chirib qo'yaman, inshaalloh...)

ps. Bu forumda bir necha tanish chehralarni ko'rgandek bo'layapman...

Qayd etilgan


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 19:32:21

Bugun jum'a - muborak kun. Jumángiz muborak, azizlar!

Shu kunda "ziyo"lilar safiga qo'shilibman, ilohim ezgulikka yetaklasin bu qadam.

Kun bo'yi qadrdonim tarvuz suhabtxonasiga kirolmadim. Ishqilib yaxshilikka bo'lsin. Buning Men ZIYO.UZda ham bir xayma tikkanimga to'g'ri kelgani, bor yo'g'i bir tasodif bo'lib chiqsin... :)

Shu munosabat bilan bir rivoyat yodimga tushib ketdii..

Qadimda shofeiy mazhabi vakillari bilan hanafiy mazhab vakillari orasida kechgan deyiladigan bir hazil-mutoyiba hikoyat qilinadi.

Hikoya kaliti esa, ikkala mazhab imomlarining taqdirida ham muhim ahamiyat kasb etgan yilning aynan 1 yil ekanligi, ya'ni hijratning 150 yilida, birining vafot etgani va undan keyin esa 2- sining tug'ilganligidir. Uning ustiga ustak, imom Shofeiy hazratlarining onalari qornida, odatdagidan ancha uzoq muddat (2 yilgacha bo'lgan muddat aytiladi) qolganligi haqidagi riovoyatlardir.

Hikoyaga ko'ra, hanafiy mazhab vakillari  o'zlarining shofeiy do'stlariga hazillashib:

- Qarang, bizning imomimiz Abu Hanifa Hazratlarti, shu qadar buyukki, to U kishi bu dunyoni tark etmagunlariga qadar, Sizning imomingiz bu dunyoga kelishga jur'at eta olmadilar.

Buning javobida shofeiy birodarlarimiz esa:

- Yo'q aksincha. Qarang, bizning imomiz buykligi shu darajada ediki, buni anglagamn Abu Hanifa hazratlari, U kishining kelishidan oldin dunyoni tark etishni afzal bildilar va birga yashashga jur'at qilaolmadilar, degan mazmundagi  javobni bergan ekanlar...


Ishqilib Tarvuzimizning palagi qurimagan bo'lsin ( :) ), uzoq muddatlar yashnab- gurkirab, palag otib, tarvuzchalar tugib,  chanqoqlarni sug'orsin. Ziyo.Uz ham ziyo taratishida davom etsin, ameen!

Qayd etilgan


Hadija  23 Oktyabr 2009, 19:45:58

bizda ya'ni Uzbda tarvuzhonaga kirishga dostup yo'q-ku?

Qayd etilgan


Ulugbek75  23 Oktyabr 2009, 19:55:24

bizda ya'ni Uzbda tarvuzhonaga kirishga dostup yo'q-ku?

Bugun mana bizda ham, ya'ni chetda, Tarvuziston yurtiga virtual ziyorat uchun viza berishmadi...
Baxayr bo'lsin, kecha kattagina bir ichki nizoni bazur bosti-bosti qilgandek...

Qayd etilgan


Hadija  23 Oktyabr 2009, 20:21:19

bizda ya'ni Uzbda tarvuzhonaga kirishga dostup yo'q-ku?

Bugun mana bizda ham, ya'ni chetda, Tarvuziston yurtiga virtual ziyorat uchun viza berishmadi...
Baxayr bo'lsin, kecha kattagina bir ichki nizoni bazur bosti-bosti qilgandek...


:D Alloh o'zi oson qilsin... Haya, yangi forumdagi ilk sayohatingiz va faoliyatingiz, qo'shaloq bloklar muborak bo'lsin :)

Qayd etilgan


Ulugbek75  25 Oktyabr 2009, 09:55:05

Demak blogni ochgan kunim ko'chirib qo'yolmaganim debocha quyidagicha:

Men ham o'ylab, oxiri bir blog ochdim!


"Qaynab" yotgan fikrlardan buloq ochdim  ,
Ular haqda fikrlarga quloq ochdim,
Yopiqlikdan, yolgízlikdan yiroq qochdim,
Men ham o'ylab, oxiri bir blog ochdim!

Bu yerdachi goh-gohida so'z yozaman,
Siqilganda dardlashib ko'nglim yozaman,
Kimga hurmat, kimga dardim yetkazaman,
Shuni o'ylab, oxiri bir blog ochdim!

Aziz netdosh fikringizni o'qish uchun,
Unga qo'shib pishiq fikr to'qish uchun,
Har sohadan bitta shingil yig'ish uchun,
Shularni deb, oxiri bir blog ochdim!

2009-10-01

Qayd etilgan


Chustiy  26 Oktyabr 2009, 19:22:54

 :as:

Ibi bu kishi o'zimizning Ulug'bek aka ekanlaku?  :)

Hush ko'rdik... Bloglar moro bo'sin...  ;D

Qayd etilgan


Muhseena  26 Oktyabr 2009, 23:28:07

Yo'l ocherki yozsam bo'larkana,afsus sayohatlarga kam boraman  :)
Man hayollarimni 90 foizini yo'lda o'ylayman.Hammani kuzataman,ayniqsa jamoat transportlarida...Bu kishi bugun nimadan mamnun ekan,nimadan g'amgin...Qayerga ketishyapti,nimalarni o'ylasharkin deb o'ylayman.Ko'p hollarda ko'chadagi ayrim inonlarni ko'rib ibrat olgan bo'lsam,ba'zida esa ayrimlarini ko'rib ming marotaba shukr qilaman.
Yaqinda Chilonzor bekatida turganimda bir ko'zi ojiz ayol odamlarni yordamga chaqirardi.Oldida yupun kiyingan bir qiz turgan edi.Paynetda ishim borligi bois yonlariga borolmadim.Qaytishimda esa yonidagi qizga gapirib turgan bo'lsa ham,u qiz indamay parvo ham qilmadi.Axiyri menga qarab,yaxshi qiz bularga yordam berarkansiz dedi.Hayron qarab qoldim,u ayol avtobusi kelsa,chiqarib qo'yishimmi so'radi.Soat allamahal bo'layotgani uchun  uydagilar havotir   olishmasin deb shoshildim va bir ayolni oldiga olib bordim.U ayol ham o'sha avtobusga chiqarkanlar,avtobusim kelguncha suhbatlashib turdik.Keyin man ketdim.Lek rosa o'yladim,besh-o'n daqiqa kechqolsam ham shu ayolni avtobusga chiqarib qo'ysam bo'larkan-deb achindim.
Shunday insonla bor ekanu.....man kam shukr qilguvchi ekanman :( :( :(

Qayd etilgan