Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483369 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:30:41

Urva bunday deydilar: «Oishaning xabar berishlaricha, Abdulloh ibn Ubay bo‘hton tarqatardi, boshqalar shu haqda gapirsa, tasdiqlardi, yanada ko‘proq ovoza qilardi. Bo‘xtonchilardan faqat Hasson ibn Sobit, Mistah ibn Usosa, Hamna binti Jahshlarning nomi zikr qilingan bo‘lib, yana men tanimagan boshqa kishilar ham bor, ammo ular ham yuqoridagilarga qarindosh odamlardir. Olloh taolo o‘z oyatida bo‘htonchilarning kattasi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul erkanligiga ishora qiladi Oisha ersalar huzurlarida Hassonni haqorat qilishsa, doimo qarshilik qilib «Hasson mana bu she’rni yozgan kishi'»—der erdilar «Otam birla bobom hamda obro‘yim, Muhammad obro‘yi uchun qalqon erur»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:30:56

Oisha bunday deydilar: «Men Madinaga kelib, bir oy kasal bo‘lib yotib qoldim Odamlar bo‘htonchilarning gapiga ishonib, shov-shuv tarqatishar, men ersam bundan mutlaqo bexabar erdim. Ilgari kasal bo‘lsam, Janob Rasululloh ko‘nglimga qarab, mehribonlik qilardilar, endi ersa o‘sha lutfu marhamatni ko‘rmay, o‘zimdagi kasallik ustiga shubha ichimni kemirardi Janob Rasululloh har gal huzurimga kirganlarida salom berib «Qalaysan» — deydilar-da, keyin yana qaytib chiqib ketadilar, «Mendan nima yomonlik o‘tdi erkan» — deb gumonga botaman Bir oz tuzalganimdan keyin, Ummu Mistah birlan bir kuni hojatxonaga chiqdim Hojatxona uyimizdan uzoqroq bo‘lgani uchun faqat kechasi chiqardik. Bu voqea uyimizga yaqin joyga hojatxona qurganimizdan ancha oldin bo‘lgan erdi. Chunki, ilgari biz ham qishloqilarga o‘xshab yashardik, uyimiz yoniga hojatxona qurishdan jirkanardik. Ummu Mistah Abu Rahm ibn al-Muttalib ibn Abdu Manofning qizi bo‘lib, onasi Saxr ibn Omirning qizi — Abu Bakr Siddiqning xolasi erdi. Ummu Mistahning ersa Mistah ibn Usosa ibn Ubod ibn Muttalib degan o‘g‘li bor erdi. Men Ummu Mistah birlan birga hojatxonadan uyimiz tomon qaytayotgan erdim, Ummu Mistah toyilib ketdi va «Noumid bo‘lgur, Mistah» deb o‘z o‘g‘lini qarg‘adi Men unga «Nega bunday yomon so‘z birla qarg‘aysan, Badrda ishtirok qilgan mujohidni ham shunday qarg‘aysanmi "» — dedim. Shunda Ummu Mistah «Ey sodda, eshitmadingmi, sening haqingda nima gap aytganini» — dedi Men «Qanday gap aytdi'»—dedim. Ummu Mistah bo‘htonchilarning mening haqimda aytganlarini gapirib berdi. Shundan so‘ng, kasalimga kasal qo‘shildi. Uyimga qaytib kirganimdan keyin, Janob Rasululloh huzurimga kirdilar-da, menga salom berganlaridan so‘ng, odatdagidek «Qalaysan» — deb ahvolimni so‘radilar. Men u kishiga «Ota-onamning oldiga borib kelishimga ijozat berasizmi?» — dedim. Men o‘zim haqimdagi gaplarni ulardan surishtirib bilmoqchi erdim. Rasululloh menga izn berdilar Onamga borib «Ey onajon' Odamlar nimalar deyi-shayotir»—dedim Onam menga «Ey qizalog‘im' Parvo qilmagil, xudo haqi, eri yaxshi ko‘rgan va kundoshlari bor go‘zal ayol haqida ko‘pincha odamlar har xil gaplarni chiqarishadi»,— dedilar Men «Subhonalloh, shunday gapni gapirishadimi?» —deb kechasi birlan yig‘lab chiqdim, tong otguncha yoshim ham to‘xtamadi, ko‘zimga uyqu ham kelmadi, yig‘lagan holda tong ottirdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga vahiy kelmay qolganda Hazrat Ali va Usoma ibn Zaydni huzurlariga chaqirib, ular birlan oilalaridan ajrash to‘g‘risida maslahat qildilar. Shunda Usoma ibn Zayd Oishadan bunday yomonlik chiqmasligini, uning pok erkanligini aytib «Yo Rasulalloh, oilangizdan ajramangiz, biz uni faqat yaxshi deb bilamiz'»—dedi. Ammo, Hazrat Ali raziyallohu anhu «Yo Rasulalloh, Olloh, taolo sizni xotindan qisgan ermas, undan boshqa xotinlar ham ko‘p-ku! Joriyani chaqirib so‘rangiz, sizga bor haqiqatni aytadi»,— dedilar. Janob Rasululloh (Oishaning xizmat-kori) Burayrani chaqirib «Ey Burayra, sen shubhaga soladirgan biror narsani sezdingmi'»—deb so‘radilar Burayra «Sizni payg‘ambar qilib yuborgan zotning nomi birlan qasamyod qilurmenki, uni biror gunoh ish qilganini ko‘rmadim, buning ustiga u hali juda yosh qizaloq-ku Axir, xamir qorsa ham, charchab uxlab qolib, xamirini qo‘y yeb ketadi-yu» — dedi. Janob Rasululloh bu gapni eshitib o‘rinlaridan turdilar-da, minbarga chiqib, Abdulloh ibn Ubaydan uzr talab qildilar va «Ey musulmonlar, oilamga tuhmat qilib menga ozor yetkazgan kishini kim uzr aytkizadi' Olloh taolo haqi, men oilamni yaxshi deb bilaman, yana bir odamga tuhmat qildilarki, u odamni ham yaxshi deb bilaman, u kishi oilam huzuriga qachon kirsa, men birlan birga kirar erdi» — dedilar. Shunda Banu Abdulashhalning birodari Sa’d ibn Ma’oz o‘rnidan turib «Yo Rasulalloh, men uni sizga uzr aytkizaman, agar o‘sha odam Avs qabilasidan bo‘lsa, bo‘ynini uzaman' Mobodo u Xazraj qabilasiga mansub birodarlarimizdan bo‘lsa, siz nima deb buyursangiz, shuni ado etgaymiz!» —dedi. Shu payt Xazraj qabilasiga mansub bir odam irg‘ib turdi, Ummu Hasson ana shu odamning amakisining qizi bo‘lib, uning ismi Sa’d ibn Uboda erdi. Xazraj qabilasining boshlig‘i bo‘lmish bu odam ilgari solih kishi bo‘lgan bo‘lib, oriyati tutib ketib, Sa’d ibn Ma’ozga «Yolg‘on aytayotirsan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirolmaysan, o‘ldirish qo‘lingdan kelmagay, agar u o‘z qavmingdan bo‘lganida erdi, o‘limini xohlamagan bo‘lar erding»—deb baqirdi. Shunda Sa’d ibn Ma’ozning amakivachchasi Usayd ibn Hazir o‘rnidan turib, Sa’d ibn Ubodaga «Uzing yolg‘onchi erursan, Olloh taolo haqi, uni o‘ldirgaymiz, sen g‘irt munofiqdursan munofiqlarning yonini olayotirsan» — dedi. Natijada ikki qabila — Avs va Xazraj qizishib ketib, bir-birini o‘ldirishga qasd qilib qoldi. Janob Rasululloh ersalar hanuz minbar ustida turardilar. Nihoyat, ul zot ikki qabila o‘rtasidagi alangaga suv quyib tinchlantirdilar. Men shu kuni kechgacha yig‘ladim, ko‘zimga uyqu kelmadi, hatto yig‘i jigarimni ezib yuborgan-dek bo‘ldi, men yig‘lardim, ota-onam ersalar yonimda o‘ltirardilar. Shu payt bir ansoriya ayol kelib, ruxsat so‘rab ichkariga kirdi, u ham menga qo‘shilib yig‘lay boshladi. Biz shu holatda erdik, Janob Rasululloh kirib keldilar, salom bergach, o‘ltirdilar. Ul zot menga tuhmat qilingandan buyon yonimga o‘ltirmay qo‘ygan erdilar. Bir oy bo‘layotirki, u kishiga mening haqimda biror vahiy kelmadi. Janob Rasululloh yonimga o‘ltirayotib kalimai shahodatni aytdilar, keyin menga: «Ey Oisha, sening haqingda menga bunday va bunday xabar yetdi, agar sen pok bo‘lsang, Olloh taolo seni tez kunda bu tuhmatdan xalos qilgay, basharti biror gunoh qilgan bo‘lsang, Ollohga istig‘for ayt, tavba qil, chunki banda o‘z gunohini e’tirof qilib, tavba qilsa, Olloh taolo uning tavbasini albatta qabul qilgay!» — dedilar. Janob Rasululloh shu gaplarni aytib bo‘lganlaridan keyin, birdan ko‘z yoshim qurib, bir qatra ham yosh chiqmay qo‘ydi. Shunda men otamga: «Mening nomimdan   Janob   Rasulullohga   siz   javob   qilingiz!»   —   dedim.   Otam.   «Janob Rasulullohga men nima deyman?» — dedilar. Onamga: «Bo‘lmasa, siz javob beringiz!» — dedim. Onam ham: «Janob Rasulullohga nima ham derdim» — dedilar. Shundan so‘ng, o‘zim: «Men yoshman, hali Qur’ondan ko‘p sura yod olganim yo‘q, lekin men, Olloh taolo haqi, aniq bildimki, sizlar eshitgan mazkur tuhmat dilingizga qattiq o‘rnashib olibdi, unga ishonch ham hosil qilibsizlar. Agar men: «Bunday ishni qilganim yo‘q»,— desam, sizlar baribir ishonmaysizlar, ammo Olloh taolo mening pokligimni bilib turibdi. Vaholanki, sizlar o‘zim qilmagan gunohni e’tirof qilsam, ishonasizlar. Shunday erkan, Olloh taolo haqi, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamdagi voqeani Yusuf birlan uning otasi o‘rtasidagi voqeaga taqqoslayman-da, «Sabr go‘zaldur, Olloh o‘zingiz ta’riflaganingizdek, madadkordur!» degan oyati karimadan bo‘lak o‘zimga yupanch topolmayman!» — dedim-da, teskari o‘girilib, to‘shagimga yotib oldim. «Olloh taolo mening pokligimni yaxshi bilur, u albatta meni bu tuhmatdan xalos qilgay!» — der erdim. Ammo, men Olloh taoloning mening haqimda oyat nozil qilajagini bilmas erdim, chunki «Men bunga arzimayman, yaxshisi Janob Rasululloh tush ko‘rsalar-u, tushlarida mening pokligim ayon qilinsa!» — der erdim. Buni qarangki, Janob Rasululloh joylaridan jilmaslaridan turib, oila a’zolarimdan birortasi tashqariga chiqib ulgurmay turib, Olloh taolo ul zotga vahiy nozil qilib qoldi. Vahiyning yukidan Janob Rasulullohning badanlari bezgak tutgandek titrab, vujudlaridan marjon-marjon ter oqdi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:31:04

Janob Rasululloh vahiy qabul qilib olganlaridan so‘ng, menga kulib qaradilar va eng dastlab aytgan so‘zlari shu bo‘ldiki. «Ey Oisha! Olloh taolo sening pokligingni xabar qildi»,— dedilar. Shunda onam menga- «Turib, Rasulullohga qulluq qil!»— dedilar. Men ersam «Yo‘q, Olloh taolo haqi, men bu kishiga turib qulluq qilmayman, balki Olloh taoloning o‘ziga hamd aytaman!»—dedim Olloh taolo «Innallaziyna jo’u bil-ifki usbatun minkum» (ya’ni, «Bo‘hton to‘quvchilar o‘zlaringizning qarindoshlaringizdur») deb boshlanadirgan jami o‘nta oyat nozil qilgan erdi. Olloh mening pokligim haqidagi ana shu oyatlarni nozil qilgach, otam «Olloh haqi, Oishaga tuhmat qilgani uchun bundan buyon Mistahga bir chaqa ham bermayman!»—dedilar. Shunda Olloh taolo ushbu oyatni nozil qildi: «Oralaringizdagi fazlu saxovat egalari o‘z qarin-doshlariga, miskinu muhojirlarga mablag‘ birla yordam qilmaslikka ont ichmasinlar, ularning gunohlarini avf qilsinlar, do‘stlashsinlar! Ollohning sizlarni mag‘firat qilmog‘ini istamaysizlarmi? Olloh gunohlarni kechiruvchi, mehribon zotdur!». Bu oyatni eshitib, otam Abu Bakr: «Olloh taolo haqi, albatta men Ollohning meni mag‘firat qilmog‘i-ni istayman!»—dedilar, so‘ng Mistahga ilgarigidek yana yordam bera boshladilar-da: «Olloh haqi, men bu yordamimni umrim boricha to‘xtatmayman» — dedilar. Janob Rasululloh mening haqimda Zaynab binti Jahshdan: «Oisha haqida nima bilasan yoki ko‘rgansan?» — deb so‘rabdilar: «Ey Ollohning rasuli, men qulog‘im birlan ko‘zimni doim ehtiyot qilurman, Oishani ersa faqat yaxshi deb bilurman'»— debdi. Zaynab doimo meni Janob Rasulullohning boshqa xotinlaridan himoya qilib yurar erdi, buning uchun Olloh taolo uni taqvodor qilib, yomon ishlardan saqladi. Uning singlisi Hamna binti Jahsh ersa doim onasi birlan urushib yurardi, Olloh uni ham bo‘htonchilarga qo‘shib sharmanda qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:31:23

Ibn Shihob: «Bo‘htonchilar haqidagi hadis mana shundan iboratdur»,— deydilar.

Urva rivoyat qiladilar: «Bo‘htonchilardan biri: «Subhonalloh, meni yaratgan parvardigorim haqi, bundan buyon hech qachon ayolni malomat qilmayman!» —dedi. «Ozgina vaqtdan keyin shu kishi Olloh yo‘lida shahid bo‘lib ketdi»,— deydilar Oisha onamiz»

Zuhriy rivoyat qiladilar: «Menga Valid ibn Abdulmalik «Eshitdingmzmi' Ali ham Oishani xaqorat kilgan kishilar ichida bor erkan»,— dedi. Men: «Io‘q, lekin sizning qavmingizdan ikki kishi — Abu Salama ibn Abdurrahmon va Abu Nakr ibn Abdurrahmon ibn al-Harsning menga xabar berishlaricha, Oisha raziyallohu anho ularga: «Ali mening haqimda xech narsa demagan»,— debdilar»,— dedim». Bu masala xaqida Zuhriydan qayta so‘ralganda, u kishi Validning gapi xato erkanligini, Hazrat Ali Oisha xaqlarida bo‘hton qilmaganliklarini aytgan. «Asl ul-Atiq» kitobida ham shunday deb rivoyat qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:31:42

Oisha raziyallohu anhoning onalari Ummu Rumon bunday deb rivoyat hilidilar: «Men Oisha birlan birga o‘ltirgan erdim bir ansoriya ayol kirib keldi-da: «Falonchining Olloh taolo jazosini bersin!» — deb qayta-qayta qarg‘andi.

Nechun qarg‘ayotirsiz?» — deb so‘radim. Ayol: «Ug‘lim ig‘vogarlarga ko‘shilib qolibdi»,— dedi. «Qanday ig‘vo?» — deb so‘radim. Shunda ayol Oisha haqida to‘qilgan, hammaga tarqalgan bo‘hton haqida so‘zlab berdi. Oisha: «Bu gapni Janob Rasululloh ham eshitganmilar?»—deb so‘radi. Ayol:

«Ha», - dedi. Oisha: «Abu Bakr Siddiq ham xabardordirdirlar?»~dedi. Ayol. «Ha, xabardorlar»,— dedi. Bu gapni yeshitgach, Oisha behush bo‘lib yiqildi. Uzoq yotib, ko‘zini ochganda qattiq isitma butun vujudini titratar erdi. Men UNI qalin libosi birlan o‘rab qo‘ydim. Janob Rasululloh kelganlarida: «Yo Rasulalloh, uni bezgak tutib, isitma olayotir!»— dedim. «Anavi gaplarni eshitgandur-da?!» — dedilar Janob Rasululloh. «Ha, eshitdim!» — dedi Oisha va o‘rnidan turib o‘ltirdi, keyin: «Olloh taolo haqi, qasam ichganim birlan menga ishonmagaysizlar, uzrimni ayqam, qabul qilmagaysizlar, men birlan sizlar Ya’qub birlan UNING o‘g‘illariga o‘xshaymiz, Olloh taolo: «Olloh o‘zingiz ta’riflagaiingizdek, madadkordur!» — deganku!» — dedi. Janob Rasulullox bu gapni eshitib, indamay chiqib ketdilar. Olloh taolo oyat nozil qilib, Oishaning pokdomon erkanligini xabar qildi. Shunda Oisha Janob Rasulullohga: «Men buning uchun biror kishiga, hatto sizga ham minnatdorchilik bildirmayman, faqat Olloh taologa shukr qiliman.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:31:57

Ibn Abu Mulayka bunday deydilar: «Oisha raziyallohu anho oyatdagi «Iz talaqqavnahu bi-alsinatikum» («Vaqtiki sizlar tillariigiz ila uni naql qilur erdingizlar...») degan so‘zlarni «Iz taliquunahu bi-alsinatikum...» («Vaqtiki sizlar tillaringiz ila unga tuhmat qilishingizni quymas erdingizlar ...» deb qiroat qilar erdi-da, «Al-Valqu al-kazibu» («Al-Valq tuhmatdir») deb qo‘yar erdi».

Ibn Abu Mulayka: «Oisha tuhmat haqidagi oyatlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilur erdi, chunki bu oyatlar uning xususida nozil bo‘lgan erdi-da!»—deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:32:08

Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Men Oishaning huzurida Hassonni so‘ka boshladim, Oisha meni qaytarib, bunday dedi: «So‘kma uni, chunki Hasson Janob Rasulullohning obro‘larini himoya qilib she’r yozadi. Bir kuni Hasson Janob Rasulullohdan mushriklarni hajv qilmoqqa ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh: «Quraysh mushriklarini hajv qilayotganingda mening nasabimga ham til tekkizursanmi?»— dedilar. Hasson: «Sizni ular orasidan hamirdan qil sug‘urgandek ajratib olgayman!» — deb javob berdi».

Hishom otalari Urvadan nakl qiladilar: «Men Hassonni so‘kkanman, chunki u Oishaga eng ko‘p bo‘hton qilgan kishi erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:32:19

Masruqdan nakl qilinadi: «Biz Oishaning huzuriga kirsak, Hasson ibn Sobit yonida o‘ltirib, unga bag‘ishlagan quyidagi she’rini o‘qib berayotgan erkan:
«Hayolidur, vafolidur, iboli. Sira bilmas nadur ig‘vo xayoli!»

Hasson yuqoridagi baytni o‘qib bo‘lishi hamonoq, Oisha unga: «Ammo, o‘zing shunday odam ermassan!»—dedi. Men Oishaga: «Nima uchun huzuringizga kirmoqqa unga ijozat berdingiz? Axir, Olloh taolo: «Pokdomon ayollarga tuhmat qilib, o‘ziga katta gunoh orttirgan kishiga qattiq azob bordur!» — degan-ku?!» — dedim. Oisha: «Ko‘r bo‘lib qolmoq-dan ortiqroq azob bormi?!» — dedi (Hasson ko‘r bo‘lib qolgan erdi). Keyin, Oisha: «Ilgarilari u Janob Rasulul-lohning obro‘larini himoya qilib mushriklarni hajv qilur erdi»,— deb qo‘ydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:32:35

37- bob. Hudaybiya g‘azoti hamda Olloh taoloning «Olloh taolo daraxt tagida sizga bay’at qilgan mo‘minlardan rozi bo‘ldi» degan oyati karimasi haqida

Zayd ibn Xolid aytadilar: «Biz Hudaybiya yili Janob Rasululloh birlan birga safarga chiqdik. Tunlardan birida yomg‘ir yog‘di. Janob Rasululloh ertalab bomdodni o‘qiganlaridan so‘ng, yuzlarini bizga qaratdilar-da: «Bilasizlarmi, parvardigoringiz nima deyayotir?»—dedilar. Biz: «Olloh va uning rasuli bilur»,— dedik. «Olloh aytur-ki,— dedilar Janob Rasululloh,— bandalarim ikki toifaga bo‘lindi, biri — menga iymon keltirganlar va yana biri — kofir bo‘lganlar. Qaysi bandam: «Bizga yomg‘ir Ollohning rahmati, rizqi va fazli sababidan yog‘di»,— desa, menga iymon keltirgan kishidur. Agar: «Falon yulduz sababli yog‘di»,— desa, yulduzga iymon keltirib, menga kofir bo‘lgan kishidur».

Anas ibn Molik raziyallohu anhu xabar beradilar: «Janob Rasululloh to‘rt marta umra qilganlar, uchtasi zulqa’da oyida bo‘lib, (zulhijja oyida) bir marta haj birlan birga umra ham qilganlar. Zulqa’da oyida qilgan umralari — Hudaybiya umrasi, kelgusi yildagi umralari, Ji’rona umrasi (bu yerda Hunayn g‘azotida olingan o‘ljalar taqsimlangan erdi) va oxirgisi haj birlan birga qilgan umralaridir».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:32:49

Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilarki, otalari bunday degan erkanlar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Hudaybiya yili (Makka tomon) yo‘lga chiqdik, barcha sahobalar ehrom kiyib olishgan, men ersam ehrom kiymagan erdim».

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Sizlar fath deb Makka fathini aytasizlar, darhaqiqat Makka fathi ham fathdur, ammo biz Hudaybiya kunidagi Bay’atur-rizvonni fath deb ataymiz. Payg‘ambar alayhissalomni qo‘shib hisoblasak, bir ming to‘rt yuz kishi erdik. Xudaybiya bir quduq bo‘lib, biz uning suvini oxirgi qatrasigacha qo‘ymay tortib oldik. Janob Rasululloh buni eshitib keldilar-da, quduqning labiga o‘ltirdilar, keyin bir idishda suv so‘radilar, u birlan tahorat qildilar, og‘iz chayqadilar, qolganini duo o‘qib quduqqa quydilar. Bir oz muddat kutdik, keyin quduqdan o‘zimiz ham, otlarimiz ham qonadirgan miqdorda suv chiqdi».

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan. Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hudaybiya kuni odamlar tashna bo‘ldilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida bir idishda suv bo‘lib, tahorat qildilar. Odamlar Janob Rasulullohning qoshlariga kelishdi, ul zot ulardan: «Ne ishingiz bor?» — deb so‘radilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh! Tahoratga ham, ichishga ham qo‘lingizdagi suvdan bo‘lak suv yo‘qdur»,— deyishdi. Shunda Janob Rasululloh panjalari birlan idish og‘zini yopib erdilar, barmoqlari orasidan buloq yanglig‘ suv qaynab chiqa boshladi. Undan hammamiz to‘yib ichdik, tahorat ham qilib oldik».

Qayd etilgan