Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482717 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:16:48

33- bob. Kishi o‘z birodarlari uchun taom tayyorlab takalluf ko‘rsatadi

Abu Mas’ud al-Ansoriy rivoyat qiladilar: «Ansorlardan bo‘lmish Abu Shu’ayb ismli bir kishi bo‘lib, uning qassob g‘ulomi bor erdi. Bir kuni u o‘sha g‘ulomiga: «Menga bir taom tayyorlab bergin, Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini mehmonga taklif qilaman!» — dedi. Keyin, u Janob Rasululloh birlan yana to‘rt kishini uyiga mehmonga chaqirib erdi, ularga yana bir kishi ergashib keldi.

Janob Rasululloh mezbonga: «Sen bizni besh kishi bo‘lib kelmog‘imizni aytgan erding, ammo mana bu kishi ham bizga ergashib keldi, xohla, uni ham ichkariga taklif qil, xohla, taklif qilma!» — dedilar. Mezbon: «Mayli, kiraversin!» —dedi»,

Muhammad ibn Ismoil bunday deydilar: «Biror xontaxta (dasturxon) atrofida o‘ltirgan qavm o‘z xontaxtasidan (dasturxonidan) boshqa xontaxtaga (dasturxonga) o‘tib tanovul qilmasin, ammo bir qavm ikkinchi qavmga o‘z xontaxtasidagi (dasturxonidagi) taomdan uzatmog‘i yoki ularni chorlab mehmon qilmog‘i mumkindur».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:32:43

34-bob. Bir kishini taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketgan shaxs haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga dastyorlik qilib yuruvchi bir g‘ulom erdim. Bir kuni Janob Rasululloh o‘zlarining tikuvchi g‘ulomlari uyiga kirdilar, u bir idishda ustiga pishirilgan qovoq qo‘yilgan taom keltirib qo‘ydi. Janob Rasululloh ishtaha birlan qovoqdan tanovul qila boshladilar, buni ko‘rib men ham ul zotning oldilaridagi qovoqdan olib yeya boshladim. Tikuvchi g‘ulom ersa bizni taom birlan siylab, so‘ng o‘z ishiga ketdi. Men Janob Rasulullohning ishtaha birlan qovoq yeganlarini ko‘rganimdan buyon qovoqni yaxshi ko‘rib qoldim!»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:32:50

35-bob. Suyuq ovqat (maraq) haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi (g‘ulom) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni o‘zi tayyorlagan taomga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga bordim. U dasturxonga arpa noni, qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht keltirib qo‘ydi.   Qarasam,   Janob   Rasululloh   ishtaha   birlan   idishdagi   qovoqdan   tanovul qilaetirlar, men shu kundan e’tiboran qovoqni xush ko‘rib qoldim!».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:33:10

36-bob. Sur go‘sht haqida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht olib kelib qo‘yilganini hamda ul zotning qovoqdan ishtaha birlan tanovul qilganlarini ko‘rdim».

Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu va sallam odamlar och qolgan yiligina uch kundan ortiq qurbonlik go‘shtidan yeyishga ruxsat bermaganlar, o‘shanda boylarning kambag‘allarni to‘yg‘azmog‘ini istagan erdilar. Agar bitta sonni ko‘tarib ketolsak, uni o‘n besh kunda yeb bitirar edik»,— dedilar. (Odamlar Oisha onamizning «Un besh kunda bitta sonni yeb bitirar erdik» deb hazil qilganlarini tushunmay: «Bunga sizlarni nima majbur qilgan erdi?» — deyishdi). Oisha onamiz (kulib yubordilar-da): «Muhammad sallallohu alayhi va sallamning oilalari uch kun bo‘lsa ham oq bug‘doy nonini to‘yib yemagan!» — dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:33:24

37-bob. Do‘stining (o‘rtog‘ining) oldidagi xontaxtaga biror yegulik keltirib qo‘ygan kishi haqida

Ibn al-Muborak: «Ikki qavm bir-birini o‘z xontaxtasidagi taomdan uzatib siylamog‘i mumkin, ammo kishi o‘zicha bu xontaxtadan u xontaxtaga o‘tib tanovul qilmaydi»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Bir tikuvchi (g‘ulom) taom tayyorlab Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga taklif qildi, men ham ul zot birlan birga o‘sha mehmondorchilikka bordim. Mezbon ul zotning oldilariga arpa noni, qovoq solib pishirilgan maraq va sur go‘sht keltirib qo‘ydi. Qarasam, Janob Rasululloh idishdagi qovoqdan ishtaha birlan tanovul qilayotirlar. Ushandan beri men qovoqni xush ko‘rib qolganman!».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:33:35

38-bob. Yangi uzilgan xurmoni bodring (tarrak)  birlan yemoq haqida

Abdulloh ibn Ja’far ibn Abu Tolib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yangi uzilgan xurmoni tarrak birlan yeyayotganlarini ko‘rdim».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:33:46

39-bob.

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Men yetti kishi bo‘lib Abu Hurayranikiga mehmonga bordim. Shunda uning o‘zi, xotini va xizmatkori tunning uchdan bir qismini navbatchilik qilib o‘tkazishdi, ya’ni biri namoz o‘qib bo‘lib, ikkinchisini uyg‘otar erdi. Ushanda Abu Hurayraning bunday deb aytganini eshitgan erdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga xurmo taqsim qildilar, menga yettita xurmo tegdi, ulardan birining sifati yomon erdi».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga xurmo taqsim qildilar, shunda menga beshta xurmo tegdi, to‘rttasi yaxshi va bittasi yomon erdi. Qarasam, o‘sha bitta yomoniga tishim ham o‘tmaydi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:34:19

40- bob. Yangi uzilgan xurmo va xurmo qoqisi haqida

Olloh taoloning qavli: «Va qimirlat (silkit) xurmo daraxtini o‘z tarafinggaki, tushurur sanga yangi pishgan xurmoni».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Xurmo birlan suvga endigina to‘yganimizda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafot etib qoldilar».

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Madinada bir yahudiy bo‘lib, u xurmolarimni (pishganda) o‘ziga uzib olish sharti birlan menga qarz bergan erdi  (Ruma degan quduq tomonda Jobirning xurmozori bor erdi) O’sha yili xurmozorimning hosili kechikib ketib, qarzimni uzolmadim. Yahudiy kelasi yil hosilini yig‘ishtirish paytida kelib erdi, xurmozorimga kirib qarzimni uzishga yetarlik xurmo ko‘rmadim. Shunda yahudiydan yanagi yil hosilini kutmog‘ini iltimos qildim, u ko‘nmadi. Keyin, shu haqda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga xabar qildim. Janob Rasululloh ashoblariga! «Turingizlar, biz Jobirga muhlat bersin, deb yahudiydan talab qilamiz!»— dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh sahobalari birlan birga xurmozorimga keldilar-da, yahudiydan koyinib: «Ey Abulqosim, qani o‘zi u, uni ko‘rmayapman-ku?» — dedilar. Keyin, yahudiyga ko‘zlari tushgach, xurmozorimni bir aylanib keldilar-da, oldiga borib uni ko‘ndirishga harakat qildilar, u ko‘nmadi. Men o‘rnimdan turib biroz xurmo uzib keldim-da, Janob Rasulullohning oldilariga qo‘ydim, ul zot ularni tanovul qilgach, menga: «Xurmozoringning eng soya-salqin yeri qaerda?» — dedilar. Men o‘zim dam oladirgan eng soya-salqin joyni ko‘rsatdim. Janob Rasululloh: «Usha yerga joy solib ber!» — dedilar, men joy solib berdim. Janob Rasululloh yetib dam oldilar, so‘ng uyg‘ondilar. Men yana biroz xurmo uzib keldim. Ul zot ulardan tanovul Qilgach, o‘rinlaridan turib yana yahudiyni ko‘ndirishga harakat qildilar, ammo u ko‘nmay: «Ikkinchi (kelgusi) yil hosilini olmayman!» — deb turib oldi. Shunda Janob Rasululloh: «Yo Jobir, xurmolarni terib olib qarzingni uzgil!» —dedilar-da, terim tugaguncha kutib turdilar. Men (baraka kasb etgan) xurmolarni terib qarzimni uzdim, yana qanchasi ortib ham qoldi. Keyin, xurmozordan chiqib, Janob Rasulullohning qoshlariga keldim-da, bo‘lgan voqeani aytib xursand qildim. Ul zot: «Darhaqiqat, men Olloh taoloning rasulidurman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:34:30

41-bob. Jummor (xurmoning ezilib pishgan joyi) yemoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir payt biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, jummor olib kelib qolishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Aytingizlarchi, qaysi daraxtning barakasi musulmonning barakasi kabidur?»— dedilar. Men: «Bu xurmo daraxti bo‘lsa kerak?»— deb o‘ylab, «Yo Rasulalloh, bu xurmo daraxtidur!» — deb aytmoqchi bo‘ldim-u, ammo atrofimga qarab, shu yerda turganlarning eng yoshi kichigi erkanligimni ko‘rdim-da, indamay qo‘ya qol-dim. Janob Rasululloh (hech kim javob bermagach); «Bu xurmo daraxtidur!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:35:21

42-bob. Ajva (eng oliy nav xurmo daraxti) haqida

Omir ibn Sa’d otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki erta birlan turib yetti dona ajva xurmosidan tanovul qilsa, o‘sha kuni unga zahar ham, sihr ham zarar yetkazmaydi»,— dedilar».

Qayd etilgan