Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483385 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:35:29

43-bob. Xurmoni juftlab yemoq haqida

Jabla ibn Suhaym rivoyat qiladilar: «Mudroq bosgan yili (Badr g‘azoti vaqtida Olloh taolo musulmonlarga yengil uyqu nozil qilib, shayton vasvasasi tufayli ularning dillarida paydo bo‘lgan dushman vahmini bartaraf qilgan erdi) biz Ibn Zubayr birlan xurmo yeb kun kechirgan erdik. Bir kuni biz xurmo yeb turgan erdik, Abdulloh ibn Umar yonimizdan o‘tib ketayotib: «Xurmoni juftlab yemangizlar, chunki Janob Rasululloh (xurmoni) juftlab yemoqdan qaytarganlar»,— dedi, so‘ng: «Agar kishi birodariga izn bersa, mumkin»—deb qo‘ydi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:35:49

44- bob. Bodring haqida

Abdulloh ibn Ja’far rivoyat qiladilar: «Men Janob Rasulullohning yangi uzilgan xurmoni bodring birlan yeganlarini ko‘rganman».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:36:46

45-bob. Xurmo daraxtining barakasi haqida

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar ichida (baraka jihatidan) musulmonga o‘xshash bir daraxt mavjud, u xurmo daraxtidur!» —   dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:36:53

46-bob. Bir vaqtda ikki xil taom yemoqlik haqida

Abdulloh ibn Ja’far raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning yangi uzilgan xurmoni tarrak birlan yeyayotganlarini ko‘rganman».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:37:08

47-bob. Mehmonlarni o‘nta-o‘ntadan qilib uyga kiritgan kishi hamda o‘nta-o‘nta bo‘lib ovqatlanmoq xususida

Anas rivoyat qiladilar. Ummu Sulaym bir mudd arpani un qilgach, hamir qorib kulcha yopdilar, keyin uyda mavjud yog‘ idishni silqitdilar-da, meni Janob Rasulullohning huzurlariga jo‘natdilar. Men borsam, ul zot sahobalari davrasida o‘ltirgan erkanlar, mehmonga taklif qildim. Shunda ul zot sahobalariga: «Barchangiz men birlan yuringiz!» — dedilar. Men qaytib borib: «Janob Rasululloh sahobalariga: «Barchangiz men birlan yuringiz!» — deb aytdilar».— dedim. Abu Talha chiqib ul zotni kutib oldilar-da: «Yo Rasulalloh, Ummu Sulaym biroz taom tayyorlagan erdi!» —dedilar. Janob Rasululloh Abu Talha birlan uyga kirgach: «Tashqaridagilarni o‘nta-o‘ntadan huzurimga kirit!»—dedilar. Ichkariga o‘n kishi kirib, to‘yguncha taom tanovul qildi. So‘ng, ul zot: «Yana o‘n kishini kirit!» — dedilar. Yana o‘n kishi kirib, to‘yguncha ovqatlandi. Janob Rasululloh: «Yana o‘n kishini kirit!» — dedilar. Yana o‘n kishi kirib, to‘yguncha ovqatlandi, shul tariqa qirq kishi kirib, to‘yib ovqatlandi. Shundan keyingina ul zotning o‘zlari taom tanovul qilib chiqib ketdilar. Keyin, men: «Yegulik biroz bo‘lsa ham kamaydimikan?»—deb ichkariga kirib qaray boshladim».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:37:22

48-bob. Sarimsoq va ayrim ko‘katlarning makruhligi haqida

Abdulaziz rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sarimsoq haqida nima deganlar?»
—   deb Anasdan so‘rashdi. «Kimki sarimsoq yesa, masjidimizga yaqinlashmasin!» - deb aytganlar»,— dedi Anas»
—   
Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Janob Rasululloh «Kimki sarimsoq yoki piyoz yegan bo‘lsa, bizni (yoki masjidimizni) xoli qo‘ysin!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:37:31

49-bob. Arok (yog‘ochidan misvok yasaladirgan daraxt) mevasi haqida

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Marruzzahronda arok mevasini terayotgan erdik Shunda ul zot «Qorayganini teringizlar, chunki qoraygani yaxshi (pishgan) bo‘ladi!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:37:56

50-bob. Taom yegandan so‘ng og‘iz chayqash haqida

Suvayd ibn an-Nu’mon rivoyat qiladilar «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar gazotiga chiqdik. Sahbo degan yerga borganimizda ul zot taom keltirmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik olib kelishmadi. Biz talqonni yedik. So‘ng, ul zot o‘rinlaridan turib ogiz chayqadilar, biz ham ogiz chayqadik, keyin namoz o‘qidik».

Suvayd rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Xaybar gazotiga chiqdik. Sahbo degan joyga yetganimizda ul zot yegulik olib kelmoqni amr qildilar, ammo talqondan bo‘lak yegulik keltirishmadi. Biz ul zot birlan birgalikda talqonni chaynay-chaynay yedik. Keyin, ul zot suv keltirmoqni amr qildilar, suv keltirishgach, ogyaz chaiqadilar, biz ham ogiz chayqadik So‘ng, tahoratlarini yangilamay biz birlan shom o‘qidilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:38:08

51- bob Barmoqlarni yalab va so‘rib, so‘ng ro‘molchaga (sochiqqa) artmoq lozim!

Ibn Abbos rivoyat qiladshar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Birortangiz taom yesangiz, barmoqlaringizni yalab tozalamaguningizcha rumolchaga artmangiz!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:38:18

52- bob Kishi ovqatlanib bo‘lgach, ne deb aytmog‘i lozim?

Abu Umoma rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dasturxon yigishtirib olingach «Olloh taologa beadad ezgu shukronalar bo‘lsinki, ul doimo saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bo‘lib, unga muhtoj bo‘lmagan kimsa yo‘qdur! Yo parvardigoro!» — der erdilar».

Xolid ibn Mi’don Abu Umomadan naql qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ovqat yeb bo‘lib, dasturxon yigishtirib olingach: «Bizni yedirib-ichirguvchi Olloh taologa shukronalar bo‘lsinkim, ul doimo saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bir zotdir!»—deb erdilar. Keyin, ul zot yana bir kuni «Parvardigorimizga shukronalar bo‘lsinkim, ul saxovatli va bandalarining shukronasiga ijobat qilguvchi bir zot bo‘lib, unga muhtoj bulmagan kimsa yo‘qdur!» — deb aytdilar»

Qayd etilgan